SENADEKSIN tabletkalari N10

SENADEKSIN tabletkalari N10 qo'llanmasi
Farmakokinetikasi
Senna antraglikozidlari metabolitlari amalda so'rilmaydi, asosan axlat bilan, shuningdek siydik bilan chiqariladi. Shuningdek ter bilan chiqariladi, ko'krak sutiga o'tadi.
Farmakologik ta'siri
Antraglikozidlar (asosan sennozidlar A va B), shuningdek boshqa glikozidlar bilan bog‘liq surguvchi ta’sir ko‘rsatadi. Ichga qo‘llanilganda senna glikozidlari me’da va ingichka ichak orqali o‘zgarmagan holda o‘tadi va so‘rilmaydi. Yo‘g‘on ichakda antraglikozidlar ichak bakteriyalari tomonidan farmakologik faol antronlar va antranolargacha parchalanadi, ular yo‘g‘on ichak interoretseptorlarini ta’sirlaydi, peristaltikani kuchaytiradi va ichak bo‘shalishini tezlashtiradi. Antronlar va antranollar suv va elektrolitlar so‘rilishiga to‘sqinlik qiladi, ichak bo‘shlig‘iga suv diffuziyasiga yordam beradi. Osmotik samara oqibatida axlat massalarining yumshashi va hajmining oshishi sodir bo‘ladi, bu antraglikozidlarning surguvchi samarasiga yordam beradi.
Surguvchi ta’sir 6-10 soatdan keyin namoyon bo‘ladi. Preparat uzoq muddat qo‘llanilganda organizmda kaliy miqdorining kamayishi oqibatida uning ta’sir jadalligi pasayishi mumkin.
Nojo'ya samaralari
Oshqozon-ichak trakti tomonidan:
- qorinda spastik og'riqlar,
- ko'ngil aynishi,
- qusish,
- diareya,
- meteorizm,
- yo'g'on ichak atoniyasi,
- yo'g'on ichak pigmentatsiyasi (yo'g'on ichak shilliq qavatida melanin pigmentining to'planishi).
Allergik reaksiyalar:
- teri qichishishi,
- eritema,
- teri toshmasi.
Siydik-tanosil tizimi tomonidan:
- siydikning sarg'ish-jigarrang yoki qizg'ish rangga bo'yalishi (buyraklar orqali chiqariladigan metabolitlar hisobiga; bu patologik belgi emas va preparat bekor qilingandan keyin o'tib ketadi),
- proteinuriya,
- gematuriya (uzoq muddat qo'llanilganda, ayniqsa yuqori dozalarda).
Metabolizm buzilishlari:
- gipovolemiya,
- gipokaliyemiya (uzoq muddat qabul qilinganda, ayniqsa yuqori dozalarda, diuretiklar, kortikosteroidlar va yurak glikozidlari bilan birga qabul qilinganda),
- ikkilamchi giperaldosteronizm.
Boshqalar:
- toliqish,
- ongning chalkashishi,
- mushak talvasalari (uzoq muddat qo'llanilganda).
Maxsus saqlash sharoitlari
Preparatni qo'llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashish kerak.
Preparatni faqat axlat ajralishini normallashtirishga parhezni o'zgartirish yoki ichak tarkibi hajmini oshiruvchi preparatlarni qo'llash orqali erishib bo'lmagan holda qo'llash tavsiya etiladi.
Preparat uzoq muddat qo'llanilganda o'rganib qolish rivojlanishi mumkin, shu munosabat bilan uni qabul qilishni boshqa surgi vositalari bilan navbatma-navbat o'tkazish maqsadga muvofiqdir.
Qandli diabeti bo'lgan bemorlar bitta tabletkada taxminan 0,17 g uglevodlar (0,014 NB) borligini hisobga olishlari kerak.
Davolash vaqtida kislotali siydik sarg'ish-jigarrang tusga, ishqoriy siydik – qizg'ish tusga kirishi mumkin.
Preparatni qo'llash transport vositalarini boshqarish va diqqatni yuqori jamlashni hamda psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiladigan boshqa potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug'ullanish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
- preparat tarkibiy qismlariga yuqori individual sezuvchanlik,
- bachadondan qon ketishlar,
- ichak tutilishi,
- spastik qabziyat,
- ichakning o'tkir yallig'lanish kasalliklari (Kron kasalligi, yarali kolit, appenditsit),
- peritonit,
- me'da va o'n ikki barmoqli ichak peptik yarasi,
- me'da-ichakdan qon ketishlar,
- qisilgan churra,
- sistit,
- qorin sohasidagi kelib chiqishi aniqlanmagan og'riq,
- suv-elektrolit muvozanatining og'ir buzilishlari,
- homiladorlik, emizish davri,
- laktaza yetishmovchiligi,
- laktoza o'zlashtira olmaslik,
- glyukoza-galaktoza malabsorbsiyasi,
- 12 yoshgacha bo'lgan bolalar.
Ehtiyotkorlik bilan:
- Qandli diabet,
- jigar va/yoki buyrak kasalliklari,
- 12 yoshdan katta bolalar.
- Tarkibida uglevodlar kamaytirilgan dietada bo'lgan shaxslarga.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Uzoq vaqt qo'llanilganda yoki yuqori dozalarda qo'llanilganda preparat organizmda kaliy miqdori kamayishi oqibatida yurak glikozidlari va antiaritmik vositalar samarasini kuchaytiradi, tetratsiklin qatori antibiotiklari so'rilishini buzadi.
Tiazid diuretiklar, buyrak usti bezi po'stlog'i gormonlari va qizilmiya preparatlari bilan bir vaqtda qo'llanilganda gipokaliemiya rivojlanish xavfi oshadi.
Oshqozon-ichak traktida sekin so'riladigan preparatlar samaradorligini pasaytiradi.
Dozirovkasi
Ichga kuniga bir marta kechqurun uyqudan oldin, suv bilan qabul qilinadi.
Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga – 1-2 tabletkadan; samara bo'lmasa, doza bir qabulda 2-3 tabletkagacha oshiriladi. Maksimal sutkalik doza – 3 tabletka.
Yumshoq axlat olish uchun zarur bo'lgan eng kam dozani qo'llash kerak. Tanlash jarayonida bir xil dozani bir necha kun davomida qabul qilish va samara bo'lmasa, dozani asta-sekin ½ tabletkaga oshirish kerak. Agar maksimal dozani qo'llaganda uch kun ichida defekatsiya sodir bo'lmasa, shifokorga murojaat qilish kerak. Preparatni ikki haftadan ortiq qo'llash mumkin emas.
Shifokor tavsiyasi bo'yicha preparatni kursli qo'llash zarur bo'lganda, ikki hafta qo'llagandan so'ng ikki hafta tanaffus qilish kerak.
SENADEKSIN tabletkalari N10 o'xshash dorilari



Senadeksin boshqa chiqarish shakllari
SENADEKSIN tabletkalari N10 analoglari
SENADEKSIN tabletkalari N10 narxlari va Toshkentdagi dorixonalardagi mavjudligi
{
"data": {
"id": 62855,
"stores_apteka_id": 307681,
"slug": "senadeksin-tabletki-n10",
"stores_apteka_slug": "senadeksin-tabletki-n10",
"name": "SENADEKSIN tabletkalari N10",
"brand_name": "SENADEKSIN",
"image": "uploads/iblock/5b3/5b3dd17d596143c2b5c0d1d0070da8ea.webp",
"atx_code": "A06AB06",
"drug_form_id": 1,
"over_the_counter": false,
"prescription_type": "non_prescription",
"availability": "available",
"reviews_count": 0,
"reviews_rating": 0,
"has_pickup": true,
"has_delivery": true,
"manufacturer": null,
"manufacturer_plain": "Herbal Pharm, OOO",
"representative": null,
"representative_plain": null,
"distributor": null,
"distributor_plain": null,
"is_manufacturer_advertiser": false,
"is_representative_advertiser": false,
"is_dietary_supplement": false,
"is_medical_device": false,
"category": {
"id": 487,
"slug": "pishchevaritelnyy-trakt-i-obmen-veshchestv",
"name": "Hazm qilish va moddalar almashinuvi tizimi",
"external_link_title": "Gastroenterolog maslahati",
"external_link": "https://med24.uz/uz/doctors/gastroenterolog"
},
"drug_group": {
"id": 7461,
"slug": "senadeksin",
"name": "Senadeksin"
},
"is_purchasable": true,
"country": {
"id": 1,
"slug": "uzbekistan",
"name": "O'zbekiston"
},
"active_ingredients": [
{
"id": 8836,
"slug": "sennozidy",
"name": "sennozidi"
}
],
"tags": []
}
}











