Senadeksin
Senadeksin chiqarilish shakllari





Senadeksin haqida qo'llanma
Umumiy ma'lumot
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
SENADEKSIN
SENADEXINUM
Preparatning savdo nomi: Senadeksin
Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): A va V sennozidlar (kalsiy tuzlari ko‘rinishida).
Dori shakli: Tabletkalar.
Tarkibi:
xar bir tabletka saqlaydi:
faol modda: 20% kalsiy sennoizidlari – 70 mg.
yordamchi moddalar: monogidrat laktozasi, makkajo‘xori kraxmali, vanilin, magniy stearati, nipagin, stearin kislotasi.
Ta‘rifi: yassisilindrik shaklli faskasi bilan, bir tomoni riskali kul rang tusli, och jigarrang ranglidan to‘q jigarrang rangligacha bo‘lgan,oq va to‘q rangli dog‘li, vanilin hidli tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi: Surgi vosita.
ATX kodi: A06AV06
Farmakologik xususiyatlari
Preparatni ichilgandan 8-10 soatdan keyin ich keltiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi. Preparatni bu xususiyati, yo‘g‘on ichak reseptorlariga ta‘siri natijasida ichak peristaltikasini kuchaytirishi bilan belgilanadi. Chambarak ichakka tanlab ta‘sir ko‘rsatadi, ichakni me‘yoriy faoliyatini tiklaydi, preparatga o‘rganib qolish holatlari uchramaydi va ovqatni hazm qilishga ta‘sir ko‘rsatmaydi.
Farmakokinetikasi
Preparatni ta‘sir etuvchi moddalari qisman ingichka ichakda so‘riladi va yo‘g‘on ichakda ajralib chiqadi, bir qismi esa bakteriyalar ta‘siri natijasida aynan yo‘g‘on ichakda ajralib chiqadi. Organizmdan siydik va ahlat bilan chiqib ketadi.
Qo‘llanilishi
Senadeksin turli etiologiyali spastik va atonik qabziyatlarda, shu jumladan yo‘g‘on ichak peristaltikasini susayishiga va gipotoniyasiga qo‘llaniladi. Ich kelishini tartibga solish maqsadida gemorroyda, proktitda va orqa teshik yoriqlari kasalliklarida tavsiya etiladi.
Qo‘llash usuli va dozasi
Senadeksin ichga kechki ovqatdan keyin odatda 1 tabletkadan ichiladi. Ta‘siri sezilmasa bir necha kundan so‘ng bir martalik dozasini 2-3 tabletkagacha oshirish mumkin.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Preparat qabul qilingandan so‘ng meteorizm, qorinda sanchiqsimon og‘riq va ich surish holatlari kuzatilishi mumkin. Bunday holatlarda dozasini kamaytirish yoki davolashni to‘xtatish lozim bo‘ladi. Uzoq vaqt qo‘llanganda, ayniqsa katta dozalarda, elektrolitlarni yo‘qolishi asosan, kaliy, albuminuriya, gematuriya, ichak shilliq qavatida melaninni to‘planishi va muskullararo bog‘lanishlarni buzilishi holatlari kuzatilishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Spastik kolitda, ko‘richakda, ichakni bekilib qolishida, cababi noaniq qorindagi og‘riqlarda, suv va elektrolit almashinuvi buzilishida, jaroxatlangan churra, qorin bo‘shlig‘i a‘zolarini o‘tkir yallig‘lanish kasalliklarida, peritonitda, me‘da-ichak yo‘lidan va bachadondan qon ketishi holatlarida, sistitda, qo‘llanilmaydi.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Senadeksinning katta dozalarini uzoq vaqt qabul qilish yurak glikozidlari ta‘sirini kuchaytiradi va gipokaliemiya rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan antiaritmik preparatlarga ta‘sir qiladi.
Tiazid diuretiklar, glyukokortikoidlar, qizil miya ildizi preparatlari bilan birga qabul qilganda gipokaliemiya xavfi oshadi. Tetrosiklin qatoridagi antibiotiklar absorbsiyasi buziladi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Jigar va buyrak kasalliklarida, homiladorlikda va emizikli davrida ehtiyotkorlik bilan tavsiya etiladi. Ba‘zan senadeksin qabul qilinganda siydikni rangi o‘zgarishi mumkin, buni klinik ahamiyati yo‘q.
Homiladorlik va emizish davri:
Homiladorlikda senadeksin preparatini qabul qilgandagi xavfsizligi isbotlanmagan. Abdominal og‘riq, diareya, ichaklar spazmini rivojlanish xavfi bo‘lgani uchun buyurish tavsiya etilmaydi.
Avtomobil va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri:
Preparat avtomobil va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘sir qilmaydi.
Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlash va uni yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatmaslik lozim.
Dozani oshirib yuborilishi
Terapevtik dozani oshirib yuborish kuchli diareya suv-elektrolit disbalansi rivojlanishi bilan kechadi. Preparat bekor qilinib, simptomatik dori vositalarini buyurish o‘tkaziladi.
Chiqarilish shakli
Tabletkalar.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Reseptsiz.
Qo‘llash ko‘rsatmalari
- Yo'g'on ichak gipotoniyasi va sust peristaltikasi bilan bog'liq qabziyatlar. Gemorroy, proktit, anal yoriqlarda ich kelishini tartibga solish; turli etiologiyali spastik va atonik qabziyatlar.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
- Ichak tutilishi, noaniq genezli qorinda og‘riqlar, suv va elektrolitlar almashinuvining buzilishi, qisilgan churra, qorin bo‘shlig‘i a’zolarining o‘tkir yallig‘lanish kasalliklari, peritonit, OITdan qon ketishlar, bachadondan qon ketishlar, tsistit, spastik qabziyat
Tarkibi
- Sennozidlar A+B/senna bargi ekstrakti; Yordamchi moddalar: sut qandi, makkajo‘xori kraxmali, vanilin, magniy stearati, nipagin, stearin kislotasi. talk
Farmakokinetikasi
Senna antraglikozidlari metabolitlari amalda so'rilmaydi, asosan axlat bilan, shuningdek siydik bilan chiqariladi. Shuningdek ter bilan chiqariladi, ko'krak sutiga o'tadi.
Farmakologik ta'siri
Nojo'ya ta'sirlar
- Bo'lishi mumkin: meteorizm, qorinda sanchiqsimon og'riqlar. Uzoq muddat qo'llanilganda, ayniqsa yuqori dozalarda - elektrolitlar yo'qolishi (asosan kaliy), albuminuriya va gematuriya, ichak shilliq qavatida melanin to'planishi, mushaklararo chigallikning shikastlanishi.
Dozirovkasi
- 70 mg
Dori shaklining ta'rifi
- tabletkalar
Maxsus ko‘rsatmalari
Preparatni qo'llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashish kerak.
Preparatni faqat axlat ajralishini normallashtirishga parhezni o'zgartirish yoki ichak tarkibi hajmini oshiruvchi preparatlarni qo'llash orqali erishib bo'lmagan holda qo'llash tavsiya etiladi.
Preparat uzoq muddat qo'llanilganda o'rganib qolish rivojlanishi mumkin, shu munosabat bilan uni qabul qilishni boshqa surgi vositalari bilan navbatma-navbat o'tkazish maqsadga muvofiqdir.
Qandli diabeti bo'lgan bemorlar bitta tabletkada taxminan 0,17 g uglevodlar (0,014 NB) borligini hisobga olishlari kerak.
Davolash vaqtida kislotali siydik sarg'ish-jigarrang tusga, ishqoriy siydik – qizg'ish tusga kirishi mumkin.
Preparatni qo'llash transport vositalarini boshqarish va diqqatni yuqori jamlashni hamda psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiladigan boshqa potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug'ullanish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Uzoq vaqt qo'llanilganda yoki yuqori dozalarda qo'llanilganda preparat organizmda kaliy miqdori kamayishi oqibatida yurak glikozidlari va antiaritmik vositalar samarasini kuchaytiradi, tetratsiklin qatori antibiotiklari so'rilishini buzadi.
Tiazid diuretiklar, buyrak usti bezi po'stlog'i gormonlari va qizilmiya preparatlari bilan bir vaqtda qo'llanilganda gipokaliemiya rivojlanish xavfi oshadi.
Oshqozon-ichak traktida sekin so'riladigan preparatlar samaradorligini pasaytiradi.
Qo‘llash usuli va dozirovkasi
Ichga kuniga bir marta kechqurun uyqudan oldin, suv bilan qabul qilinadi.
Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga – 1-2 tabletkadan; samara bo'lmasa, doza bir qabulda 2-3 tabletkagacha oshiriladi. Maksimal sutkalik doza – 3 tabletka.
Yumshoq axlat olish uchun zarur bo'lgan eng kam dozani qo'llash kerak. Tanlash jarayonida bir xil dozani bir necha kun davomida qabul qilish va samara bo'lmasa, dozani asta-sekin ½ tabletkaga oshirish kerak. Agar maksimal dozani qo'llaganda uch kun ichida defekatsiya sodir bo'lmasa, shifokorga murojaat qilish kerak. Preparatni ikki haftadan ortiq qo'llash mumkin emas.
Shifokor tavsiyasi bo'yicha preparatni kursli qo'llash zarur bo'lganda, ikki hafta qo'llagandan so'ng ikki hafta tanaffus qilish kerak.
- 1. Dori vositalari va tibbiy buyumlar Davlat reestri (O‘zbekiston Respublikasi)
- 2. Ishlab chiqaruvchining rasmiy yo‘riqnomasi
- 3. Anatomik-terapevtik-kimyoviy tasnif (ATX)













