Apteka.uz
SavatKirish

SIMALGEL suspenziya 300ml

Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Misr
Ishlab chiqaruvchi:World Medicine, Angliya proizvedeno: E.I.P.I.Co.
ATX kodi:A02AF02
Barcha SIMALGEL dorilari
7 ta dorixonada bor
Narxi 75 000 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 7 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

SIMALGEL suspenziya 300ml haqida qo'llanma

Farmakologik ta'siri

Antatsid, o'rab oluvchi, adsorbtsiyalovchi vosita. Maksimal kislotani neytrallovchi samaraga ega, oshqozon shirasining peptik faolligini kamaytiradi va oshqozon-ichak trakti shilliq qavatini shikastlovchi ta'sirlardan himoya qiladi. Simetikon yel haydovchi vosita bo'lib, meteorizmning klinik ko'rinishlarini (og'riq, havo kekirish, qorinda dam bo'lish hissi, quldirash) bartaraf etadi.

Preparatning dori shakli uni oshqozon shilliq qavati bo'ylab bir tekis taqsimlanishi va uzoqroq ta'sir qilishi uchun sharoit yaratadi.

Nojo'ya samaralari

Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda alyuminiy, magniy intoksikatsiyasi rivojlanishi mumkin. Suyak-bo‘g‘im kasalliklari va Altsgeymer kasalligi (keksa odamlarda) zo‘rayishi mumkin. Kam hollarda me’da-ichak trakti organlari tomonidan ta’m buzilishi, ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, qabziyat namoyon bo‘lishi mumkin.

Maxsus ko‘rsatmalari

Jigar va markaziy asab tizimi kasalliklari bo‘lgan bemorlarga; alkogolizm va epilepsiyadan aziyat chekuvchi; homilador ayollarga - ehtiyotkorlik bilan qo‘llaniladi.

Ishlatishdan oldin flakonni suspenziya bilan yaxshilab chayqatish kerak!

Simalgel va boshqa dori vositalarini birga qo‘llashda qabul qilish o‘rtasidagi interval kamida 2 soat bo‘lishi kerak. Buyrak, jigar funksiyasi buzilishi bo‘lgan bemorlarga va keksa yoshdagi bemorlarga alohida ehtiyotkorlik bilan tayinlanadi – bu holda tayinlash davolovchi shifokor nazorati ostida o‘tkaziladi.

Preparat uzoq muddat qo‘llanilganda qonda fosfor va magniy miqdorini nazorat qilish tavsiya etiladi.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik; buyrak funksiyasining yaqqol buzilishi (buyraklar orqali ajralishining sekinlashishi sababli qon zardobida magniy va alyuminiy ionlari konsentratsiyasining oshishi xavfi tufayli); 10 yoshgacha bo‘lgan bolalar.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Simalgelni tetratsiklin qatori antibiotiklari, gistamin H2-retseptorlari blokatorlari, angishvonagul glikozidlari, temir tuzlari, siprofloksatsin, fenotiazin, izoniazid, beta-adrenoblokatorlar, indometatsin, ketokonazol va boshqalar bilan qo'llaganda oxirgilarining terapevtik samarasi kamayishi mumkin.

Dozirovkasi

Ichga qabul qilish uchun suspenziya.

Kattalarga 10-15 ml dan sutkasiga 4 marta ovqatdan 30 daqiqa oldin yoki ovqatdan 1-1,5 soat keyin tayinlanadi.

Reflyuks-ezofagitda preparat ovqatdan keyin qisqa vaqt o'tgach qabul qilinadi.

Davolash kursi – 2-3 oy.

Epizodik qo'llanilganda (noto'g'ri ovqatlanishdagi noqulaylik) – bir marta 10 ml.

10 yoshdan katta bolalar uchun dozani davolovchi shifokor belgilaydi (odatda kattalar dozasining ½ qismi).

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. SIMALGEL suspenziya 300ml preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

SIMALGEL suspenziya 300ml o'xshash dorilari

RENNI jevatelnie tabletkalari so vkusom mentola N24
Retseptsiz
RENNI jevatelnie tabletkalari so vkusom mentola N24
Germaniya
Vakil:
Bayer
Ishlab chiqaruvchi:
Bayer Consumer Care AG
Narxi
31 900 so'm dan
OMEPRAZOL kapsulalar  20mg N100
Retseptli
OMEPRAZOL kapsulalar 20mg N100
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Avantika Medex Pvt. Ltd, Indiya proizvedeno: Kentreck Laboratories Pvt. Ltd
•103 ta dorixonada bor
Narxi
6 000 so'm dan
PANZAK tabletkalari 40mg N30
PANZAK tabletkalari 40mg N30
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Agio Pharmaceutical Limited
Narxi
48 000 so'm dan
NOLPAZA tabletkalari 20mg N28
NOLPAZA tabletkalari 20mg N28
Sloveniya
Vakil:
KRKA
Ishlab chiqaruvchi:
KRKA, d.d., Novo mesto, AO
•126 ta dorixonada bor
Narxi
34 500 so'm dan

SIMALGEL boshqa chiqarish shakllari

SIMALGEL suspenziya 250ml
Retseptsiz
SIMALGEL suspenziya 250ml
Turkiya
Ishlab chiqaruvchi:
World Medicine Ilas San. Ve Tic. A.S.
Narxi
76 000 so'm dan

SIMALGEL suspenziya 300ml analoglari

SIMALGEL suspenziya 250ml
Retseptsiz
SIMALGEL suspenziya 250ml
Turkiya
Ishlab chiqaruvchi:
World Medicine Ilas San. Ve Tic. A.S.
Narxi
76 000 so'm dan

SIMALGEL suspenziya 300ml narxlari va Toshkentdagi dorixonalardagi mavjudligi

Maks Medico Biznes
Uchtepa tumani, Zulfizar ko'chasi, 119-uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-18:00
84 000 so'm
Azizbek-Farm-Plyus
Yangihayot tumani, Qo'rg'ontepa ko'ch., 23 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-22:00
85 000 so'm

SIMALGEL suspenziya 300ml haqida savollar

SIMALGEL suspenziya 300ml haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Ko‘rilgan mahsulotlar

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil