SPAZMEKS 0,03 tabletkalari N30

SPAZMEKS 0,03 tabletkalari N30 qo'llanmasi
Farmakokinetikasi
So'rilishi
Preparat ichga qabul qilingandan so'ng Cmax 4-6 soatdan keyin erishiladi. Trospiy xloridning kontsentratsiyasi 20-60 mg bir martalik qabul qilinganda qabul qilingan dozaga mutanosibdir.
Taqsimlanishi
Qon plazmasi oqsillari bilan bog'lanishi 50-80% ni tashkil qiladi. Kumulyatsiya qilinmaydi.
Metabolizmi
Efir bog'lari gidrolizlanganda metabolit - spiroalkogol hosil bo'ladi.
Chiqarilishi
T1/2 5 dan 18 soatgacha o'zgarib turadi. Siydik bilan, katta qismi - o'zgarmagan holda, taxminan 10% i - metabolit ko'rinishida chiqariladi.
Nojo'ya samaralari
Nojo'ya samaralarning uchrash tezligi (holatlar soni : kuzatuvlar soni): tez-tez (>1:100), ba'zida (1:100 - 1:1000), kamdan-kam (<1:1000).
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: kamdan-kam - taxikardiya.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: tez-tez - og'iz qurishi, dispepsiya, qabziyat, ko'ngil aynishi.
MNS tomonidan: ba'zida - akkomodatsiya parezi.
Siydik chiqarish tizimi tomonidan: ba'zida - qovuq bo'shashining buzilishi.
Allergik reaksiyalar: ba'zida - teri toshmasi.
Maxsus saqlash sharoitlari
Davolashni boshlashdan oldin yurak yoki buyrak yetishmovchiligi, polidipsiya, siydik chiqarish yo‘llari o‘smalari kabi pollakiuriya va siydik tuta olmaslikning organik sabablarini istisno qilish kerak.
Preparatni uretra sfinkteri yoki qovuq detruzori funksiyasi buzilishi bo‘lgan bemorlarga tayinlashda qovuqni to‘liq bo‘shatish imkoniyati ta'minlanishi kerak (shu jumladan kateterizatsiya).
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Davolash davrida avtotransportni boshqarishdan va diqqatni yuqori jamlash hamda psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiluvchi potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishdan saqlanish kerak.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
— siydik tutilishi;
— yopiq burchakli glaukoma;
— taxiaritmiya;
— miasteniya;
— 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlar (bolalarda trospiy xloridini qo‘llash bo‘yicha adekvat va qat’iy nazorat qilingan tadqiqotlar o‘tkazilmagan);
— preparatga yuqori sezuvchanlik.
Ehtiyotkorlik bilan preparat taxikardiya, surunkali yurak yetishmovchiligi, YuIK, tireotoksikoz, tana haroratining oshishi, reflyuks-ezofagit, diafragma qizilo‘ngach teshigining reflyuks-ezofagit bilan kechuvchi churrasi, axalaziya, pilorus stenozi, keksa yoshdagi yoki holsizlangan bemorlarda ichak atoniyasi, paralitik ichak tutilishi, yopiq va ochiq burchakli glaukoma, Kron kasalligi, yarali kolit, og‘iz qurishi, buyrak yetishmovchiligi, o‘pkaning surunkali kasalliklari (ayniqsa holsizlangan bemorlarda), vegetativ nevropatiya, homiladorlik toksikozi, bolalar serebral falaji, Daun sindromida tayinlanadi.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Bir vaqtda qo'llanilganda trospiy xlorid amantadin, tritsiklik antidepressantlar, xinidin, antigistamin dori vositalari, dizopiramid, beta-adrenostimulyatorlarning antixolinergik samarasini kuchaytiradi.
Sitoxrom P450 izofermentlari tizimiga ta'sir qiluvchi dori preparatlari bilan o'zaro ta'sir kutilmaydi, chunki trospiy xloridning metabolizm jarayonida dori vositalarini parchalashda ishtirok etuvchi CYP1A2, CYP2A6, CYP3C9, CYP2C19, CYP2D6, CYP2E1, CYP3A4 izofermentlari bilan o'zaro ta'siri aniqlanmagan.
Dozirovkasi
Tabletkalarni ovqatdan oldin, chaynamasdan, yetarli miqdordagi suv bilan qabul qilish kerak.
Kattalar va 14 yosh va undan katta o'smirlarga ichga 10 mg dan 3 marta (sutkalik doza 30 mg) yoki 15 mg dan 2-3 marta (sutkalik doza 30-45 mg) tayinlanadi. Sutkalik doza 45 mg bo'lganda 30 mg ertalab va 15 mg kechqurun qo'llash mumkin.
Detruzorning neyrogen giperaktivligida 15-20 mg dan 2 marta ertalab va kechqurun tayinlanadi (sutkalik doza 30-40 mg).
Davolash davomiyligi o'rtacha 2-3 oyni tashkil qiladi.
Simptomlar yo'qolgandan keyin 2-4 hafta davomida qaytalanishga qarshi davolash o'tkazish tavsiya etiladi. Uzoqroq davolash zarur bo'lganda terapiyani davom ettirish masalasi har 3-6 oyda qayta ko'rib chiqilishi kerak.
Buyrak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda (KK 10-30 ml/daq/1,73 m2) preparatning sutkalik dozasi 20 mg ni tashkil qiladi.Dozani oshirib yuborishSimptomlari: ko'rishning buzilishi, taxikardiya, og'iz qurishi, teri qoplamalarining qizarishi.
Davolash: oshqozonni yuvish, adsorbentlar (shu jumladan faollashtirilgan ko'mir) qabul qilish, siydik tutilishida kateterizatsiya, glaukomasi bo'lgan bemorlarga - mahalliy qo'llash uchun pilokarpin.
SPAZMEKS 0,03 tabletkalari N30 o'xshash dorilari


SPAZMEKS 0,03 tabletkalari N30 xususiyatlari
Spazmeks boshqa chiqarish shakllari


SPAZMEKS 0,03 tabletkalari N30 analoglari


{
"data": {
"id": 28571,
"stores_apteka_id": null,
"slug": "spazmeks-0-03-n30-tabl-p-plen-oboloch",
"stores_apteka_slug": null,
"name": "SPAZMEKS 0,03 tabletkalari N30",
"brand_name": "SPAZMEKS 0,03",
"image": "uploads/iblock/122/122369bd1b7d4014b808d059c32ec646.webp",
"atx_code": "G04BD09",
"drug_form_id": 1,
"over_the_counter": false,
"prescription_type": "unknown",
"availability": "not_available",
"reviews_count": 0,
"reviews_rating": 0,
"has_pickup": false,
"has_delivery": false,
"manufacturer": null,
"manufacturer_plain": "Dr. R.Pfleger, Ximicheskaya fabrika GmbX",
"representative": null,
"representative_plain": null,
"distributor": null,
"distributor_plain": null,
"is_manufacturer_advertiser": false,
"is_representative_advertiser": false,
"is_dietary_supplement": false,
"is_medical_device": false,
"category": {
"id": 1082,
"slug": "urologicheskie",
"name": "Urologik dorilar",
"external_link_title": "Urolog maslahati",
"external_link": "https://med24.uz/uz/doctors/urolog"
},
"drug_group": {
"id": 5584,
"slug": "spazmeks",
"name": "Spazmeks"
},
"is_purchasable": false,
"country": {
"id": 2,
"slug": "germaniya",
"name": "Germaniya"
},
"active_ingredients": [
{
"id": 9262,
"slug": "trospiya-khlorid",
"name": "Trospiya xlorid"
}
],
"tags": [
{
"id": 700,
"slug": "dlya-mochevogo-puzyrya",
"name": "Qovuq uchun"
}
]
}
}




