Apteka.uz
SavatKirish

TRIMOL tabletkalari N100

Retseptsiz
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:Ajanta Pharma Limited
Teglar:Yuqori haroratda (shamollashda)
ATX kodi:N02BE71
Barcha Trimol dorilari
120 ta dorixonada bor
Narxi 5 544 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 120 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

TRIMOL tabletkalari N100 haqida qo'llanma

Farmakokinetikasi

Parasetamol ichga qabul qilingandan so'ng oshqozon-ichak traktidan (OIT) tez so'riladi. Yog' to'qimasi va orqa miya suyuqligidan tashqari to'qimalar va tana suyuqliklarida keng taqsimlanadi. Qon plazmasi oqsillari bilan bog'lanishi 10% dan kam. Parasetamol asosan jigarda glyukuronidlar, sulfatlar bilan kon'yugatsiya, so'ngra jigar aralash oksidazalari va sitoxrom P450 ishtirokida oksidlanish yo'li bilan metabollanadi. Yarim chiqarilish davri (T1/2) 1-3 soatni tashkil qiladi. Siydik bilan, asosan, metabolitlar ko'rinishida va 5% dan kamrog'i o'zgarmagan parasetamol ko'rinishida chiqariladi.

Kofein OITdan to'liq va tez so'riladi. Uning qondagi maksimal kontsentratsiyasi qabul qilingandan 30 daqiqa o'tgach paydo bo'ladi va taxminan 2 soat davomida saqlanib qoladi. Qonda preparat albuminlar bilan bog'lanadi. Kattalarda qabul qilingan kofein dozasining 90% dan ortig'i, hayotining birinchi yillaridagi bolalarda esa atigi 10-15% jigarda biotransformatsiyaga uchraydi. Preparatning o'zgargan va o'zgarmagan holda ekskretsiyasi buyraklar orqali amalga oshiriladi.

Propifenazon OITdan tez so'riladi. Qondagi maksimal kontsentratsiyaga 0,5-2 soatdan keyin erishiladi. Qon plazmasi oqsillari bilan bog'lanishi 80% dan ortiqni tashkil qiladi. Jigarda biotransformatsiyaga uchraydi. Asosan buyraklar orqali chiqariladi.

Farmakologik ta'siri

Majmuaviy preparat.

Paratsetamol analgetik, isitmani tushiruvchi va kuchsiz yallig'lanishga qarshi ta'sirga ega. Ta'sir mexanizmi prostaglandinlar sintezini ingibirlash, asosan gipotalamusdagi termoregulyatsiya markaziga ta'sir qilish bilan bog'liq.

Kofein ksantin hosilasi hisoblanadi, u adenozin retseptorlarini bloklaydi, siklik adenozin- va guanodinmonofosfatlarni inaktivatsiya qiluvchi fosfodiesterazalarni susaytiradi. Kofein markaziy nerv tizimiga rag'batlantiruvchi ta'sir ko'rsatadi.

Propifenazon pirazolon hosilasi hisoblanadi, analgetik, isitmani tushiruvchi ta'sirga ega. Ta'sir mexanizmi araxidon kislotasidan prostaglandinlar hosil bo'lishida ishtirok etuvchi siklooksigenazani (TsOG) ingibirlash orqali amalga oshiriladi.

Nojo'ya samaralari

- allergik reaksiya

- yurak urishi

- bosh aylanishi, uyqu buzilishi.

Kamdan-kam hollarda:

– trombotsitopeniya, leykopeniya, agranulotsitoz

- gepatotoksik va nefrotoksik ta'sir (yuqori dozalarda uzoq muddat qabul qilinganda).

Maxsus ko‘rsatmalari

Uzoq muddatli davolashda periferik qon manzarasini nazorat qilish zarur. Jigar yoki buyrak funksiyasi buzilgan bemorlarda, Jilber sindromida (konstitutsional giperbilirubinemiya), shuningdek keksa yoshdagi shaxslarda ehtiyotkorlik bilan qo'llaniladi. Jigar toksik shikastlanishining oldini olish uchun Trimolni alkogolli ichimliklar qabul qilish bilan birga qo'llamaslik, shuningdek alkogolni surunkali iste'mol qilishga moyil shaxslar qabul qilmasligi kerak.

Porfiriyadan aziyat chekuvchi bemorlarda qo'llash mumkin emas.

Mahsulotning transport vositalarini yoki potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga salbiy ta'siri holatlari haqida ma'lumotlar yo'q, ammo avtotransport va mexanizmlarni boshqarishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

- preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik

- jigar yoki buyrak funksiyasining yaqqol buzilishlari

- glyukoza-6-fosfatdegidrogenazaning genetik yo‘qligi

- qon kasalliklari

- homiladorlik va laktatsiya davri

- glaukoma

- yuqori qo‘zg‘aluvchanlik, uyqusizlik

- arterial gipertenziya

- yurak-qon tomir tizimining organik kasalliklari (sh.j. aterosklerozda)

- 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Trimolning dori vositalari bilan o'zaro ta'siri uning tarkibiga kiruvchi komponentlarning xususiyatlari bilan bog'liq.

Preparatni tirishishga qarshi vositalar bilan bir vaqtda qo'llash mumkin emas. Paratsetamol va boshqa nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlarni (NYQV) uzoq muddat birga qo'llash nefropatiya va buyrak papillyar nekrozi rivojlanish xavfini, buyrak etishmovchiligining terminal bosqichi boshlanishini oshiradi.

Urikozurik dori vositalarining samaradorligini pasaytiradi. Paratsetamolni etanol bilan birga qabul qilish o'tkir pankreatit rivojlanishiga yordam beradi.

Barbituratlar, difenin, karbamazepin, rifampitsin, zidovudin, fenilbutazon, tritsiklik antidepressantlar va boshqa jigar mikrosomal fermentlari induktorlari bir vaqtda tayinlanganda paratsetamolning gepatotoksik ta'siri rivojlanish xavfi ortadi. Preparatlarning bunday kombinatsiyasi paratsetamolning gidroksillangan faol metabolitlari ishlab chiqarilishini oshiradi, bu esa hatto kichik dozani oshirib yuborishda ham og'ir intoksikatsiyalar rivojlanish ehtimolini keltirib chiqaradi.

Diflunisal paratsetamolning plazmadagi kontsentratsiyasini 50% ga oshiradi, bu esa gepatotoksiklik rivojlanish xavfini oshiradi.

Kofein uxlatuvchi va narkotik vositalar ta'sirini susaytiradi, NYQV samaralarini kuchaytiradi.

Dozirovkasi

Preparat ichga, ovqatdan keyin qo‘llaniladi.

Kattalarga: kuniga 1 yoki 2 tabletkadan.

6 dan 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarga: kuniga 1 tabletkadan.

Davolash davomiyligi – 5 kundan ortiq emas.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. TRIMOL tabletkalari N100 preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

TRIMOL tabletkalari N100 o'xshash dorilari

Narxi
32 000 so'm dan
KETONAL krem 30g 5%
KETONAL krem 30g 5%
Sloveniya
Ishlab chiqaruvchi:
Lek d.d.,Salutas Pharma GmbH
•86 ta dorixonada bor
Narxi
43 800 so'm dan
FORSIL poroshok so vkusom apelsina 3g N30
FORSIL poroshok so vkusom apelsina 3g N30
O'zbekiston
Vakil:
Nika Pharm
Ishlab chiqaruvchi:
Nika Pharm
•53 ta dorixonada bor
Narxi
45 000 so'm dan
RINIL XOTMIKS poroshok so vkusom limona 5g N5
Retseptli
RINIL XOTMIKS poroshok so vkusom limona 5g N5
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Agio Pharmaceutical Limited
Narxi
10 000 so'm dan

TRIMOL tabletkalari N100 xususiyatlari

Trimol boshqa chiqarish shakllari

TRIMOL FORTE tabletkalari N100
Retseptsiz
TRIMOL FORTE tabletkalari N100
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Ajanta Pharma Limited
Narxi
8 000 so'm dan

TRIMOL tabletkalari N100 analoglari

TRIMOL FORTE tabletkalari N100
Retseptsiz
TRIMOL FORTE tabletkalari N100
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Ajanta Pharma Limited
Narxi
8 000 so'm dan

TRIMOL tabletkalari N100 narxlari va Toshkentdagi dorixonalardagi mavjudligi

CITY PHARM Kardiologiya 27
Mirzo Ulug'bek tumani, Osiyo ko'ch., 17 uy
24/7
50 000 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №25
Chilonzor tumani, Qizil Sharq ko'ch., 24 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
50 000 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №20
Mirzo Ulug'bek tumani, TTZ 2 daha, Gulsanam ko'ch., 12A uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-22:00
50 000 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №31
Shayxontoxur tumani, Ko'kcha Darboza ko'ch., 7 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
50 000 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №26
Chilonzor tumani, Muqumiy ko'ch., 4 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
50 000 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №29
Yashnobod tumani, Birlashgan ko'ch., 6 kirish, 9 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
50 000 so'm
Bron qilish
CITY PHARM Kadisheva bozor 37
Yashnobod tumani, 3 mavze, 45/3 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
50 000 so'm
Bron qilish
CITY PHARM Algoritm 19
Chilonzor tumani, Sharq dahasi, 24 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
50 000 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №10
Mirzo Ulug'bek tumani, Feruza ko'ch., 15 uy, 12-xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-23:30
50 000 so'm
Bron qilish
CITY PHARM Bunyodkor 08
Chilonzor tumani, 6 mavze, 63 uy
24/7
50 000 so'm
Bron qilish

TRIMOL tabletkalari N100 haqida savollar

TRIMOL tabletkalari N100 haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Ko‘rilgan mahsulotlar

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil