SEFOTAKSIM 1,0 poroshok

SEFOTAKSIM 1,0 poroshok o'xshash dorilari



SEFOTAKSIM 1,0 poroshok qo'llanmasi
In'ektsiya joyidan tez so'riladi. Plazma oqsillari bilan bog'lanishi 40% ni tashkil qiladi. Organizmning to'qimalari va suyuqliklarida keng taqsimlanadi. Orqa miya suyuqligida, ayniqsa meningitda terapevtik kontsentratsiyalarga yetadi. Yo'ldosh to'sig'i orqali o'tadi, past kontsentratsiyalarda ko'krak suti bilan ajralib chiqadi. Jigarda qisman metabolizmga uchraydi. Dozaning 40-60% i 24 soat ichida siydik bilan o'zgarmagan holda, 20% i - metabolitlar ko'rinishida chiqariladi.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko'ngil aynishi, qusish, diareya, jigar transaminazalari faolligining o'tkinchi oshishi, xolestatik sariqlik, gepatit, soxtamembranoz kolit.
Allergik reaksiyalar: teri toshmasi, qichishish, eozinofiliya; kamdan-kam hollarda - Kvinke shishi.
Qon yaratish tizimi tomonidan: yuqori dozalarda uzoq muddat qo'llanilganda periferik qon ko'rinishining o'zgarishi (leykopeniya, neytropeniya, trombotsitopeniya, gemolitik anemiya) bo'lishi mumkin.
Qon ivish tizimi tomonidan: gipoprotrombinemiya.
Siydik chiqarish tizimi tomonidan: interstitsial nefrit.
Kimyoterapevtik ta'sir bilan bog'liq effektlar: kandidoz.
Mahalliy reaksiyalar: flebit (v/i yuborilganda), in'ektsiya qilingan joyda og'riq (m/i yuborilganda).
Sefotaksim buyrak funksiyasi buzilishlarida, anamnezida kolit ko‘rsatilganda, shuningdek yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llaniladi.
Penitsillinlarga yuqori sezuvchanligi bo‘lgan bemorlarda sefalosporin antibiotiklariga allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin.
Davolash davrida musbat to‘g‘ridan-to‘g‘ri Kumbs reaksiyasi va siydikda glyukozaga soxta musbat reaksiya bo‘lishi mumkin.
"Halkali" diuretiklar bilan bir vaqtda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Sefotaksimga va boshqa sefalosporinlarga yuqori sezuvchanlik.
Sefotaksim ichak florasini bostirib, K vitamini sinteziga to'sqinlik qiladi. Shuning uchun trombotsitlar agregatsiyasini pasaytiruvchi preparatlar (NYQV, salitsilatlar, sulfinpirazon) bilan bir vaqtda qo'llanilganda qon ketish rivojlanish xavfi ortadi. Xuddi shu sababga ko'ra antikoagulyantlar bilan bir vaqtda qo'llanilganda antikoagulyant ta'sirning kuchayishi qayd etiladi.
Aminoglikozidlar, polimiksin B va "halkali" diuretiklar bilan bir vaqtda qo'llanilganda buyrak shikastlanishi xavfi ortadi.
Kanalchalar sekretsiyasini kamaytiruvchi preparatlar bilan bir vaqtda qo'llanilganda qon plazmasida sefotaksim kontsentratsiyasi oshadi.
Probenetsid oxirgisining kanalchalar sekretsiyasini pasaytirish hisobiga sefotaksim chiqarilishini sekinlashtiradi.
Maksimal dozalar: kattalar uchun - 12 g/, tana vazni 50 kg dan kam bo'lgan bolalar uchun - 180 mg/kg/
Sefotaksim boshqa chiqarish shakllari



SEFOTAKSIM 1,0 poroshok analoglari


















