SEFPOD tabletkalari 200mg N10

SEFPOD tabletkalari 200mg N10 qo'llanmasi
Farmakokinetikasi
SEFPOD ichga ovqatgacha 100 mg qabul qilingandan so'ng 50% so'riladi, Cmax — 1,4 mkg/ml. Ovqat qabul qilish Cmax ni oshiradi, ammo tabletkalar tayinlanganda unga erishish vaqtini (Tmax) emas, suspenziyadan foydalanilganda esa Tmax ni, ammo Cmax ni emas. Qon oqsillari bilan bog'lanadi (20–30%). Tmax — 2–3 soat, to'qimalarga, shu jumladan murtaklar, o'pka va suyuqliklarga kirib, ularda ko'pchilik mikroorganizmlar uchun MBK50 dan oshadigan kontsentratsiyani hosil qiladi. T1/2 — 2,09- 2,84 soat. Dozaning taxminan 30–35% siydik bilan o'zgarmagan holda 12 soat ichida chiqariladi.
Buyrak funktsiyasi buzilganda ekskretsiya kamayadi: agar kreatinin Cl 50–80 ml/daq bo'lsa, unda Т1/2 3,5 soatni, 30–49 ml/daq — 5,9 soatni, 5–29 ml/daq — 9,8 soatni tashkil qiladi. Standart 3 soatlik gemodializ seansida organizmdan dozaning 23% chiqariladi.
Jigar sirrozi bo'lgan bemorlarda so'rilish biroz kamayadi.
Farmakologik ta'siri
CEFPOD transpeptidazani bostiradi va bakteriya hujayra devori mukopeptidining biosintezini to'xtatadi. Beta-laktamazalar ta'siriga chidamli, kislotali muhitda parchalanmaydi. Sefpodoksim proksetil (prodori) ko'rinishida ishlatiladi. Oxirgisi MIT dan so'riladi va deesterifikatsiyalanib, sefpodoksim hosil qiladi.
Ko'plab grammusbat va grammanfiy mikroorganizmlarga nisbatan faol: Staphylococcus aureus (shu jumladan penitsillinaza ishlab chiqaruvchi, lekin metitsillinga rezistent bo'lmagan shtammlar), Staphylococcus saprophyticus, Streptococcus pneumoniae, Streptococcus pyogenes, Streptococcus agalactiae, Streptococcus spp. (C, F, G guruhlari), Escherichia coli, Haemophilus influenzae (shu jumladan beta-laktamaza ishlab chiqaruvchi shtammlar), Klebsiella pneumoniae, Moraxella catarrhalis, Neisseria gonorrhoeae (shu jumladan penitsillinaza ishlab chiqaruvchi shtammlar), Proteus mirabilis, Citrobacter diversus, Haemophilus parainfluenzae, Klebsiella oxytoca, Proteus vulgaris, Providencia rettgeri, anaeroblar (Peptostreptococcus magnus).
Nojo'ya samaralari
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan:
- diareya, ko'ngil aynishi, qusish, qorinda og'riqlar bo'lishi mumkin.
Dermatologik reaksiyalar:
- kamdan-kam hollarda - o'tib ketuvchi teri toshmalari va qichishish.
MNS tomonidan:
- kamdan-kam hollarda - bosh og'riqlari.
Laboratoriya ko'rsatkichlari tomonidan:
- kamdan-kam hollarda - jigar transaminazalari va ishqoriy fosfataza faolligining o'tkinchi o'rtacha oshishi, qonda mochevina va kreatinin darajasining biroz oshishi;
- yagona hollarda - trombotsitoz, trombotsitopeniya, leykopeniya va eozinofiliya.
Maxsus saqlash sharoitlari
Nefrotoksik preparatlar bilan birga qo'llanilganda buyrak funksiyasini nazorat qilish tavsiya etiladi. Disbakterioz va superinfektsiya rivojlanishi mumkinligini (odatda uzoq muddat tayinlanganda) nazarda tutish kerak.
Anamnezida penitsillin qatori antibiotiklariga allergik reaksiyalari bo'lgan bemorlarga preparat ehtiyotkorlik bilan tayinlanadi. Davolash davrida musbat Kumbs reaksiyasi paydo bo'lishi mumkin.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Tsefalosporinlarga yuqori sezuvchanlik.
Anamnezida penitsillin qatori antibiotiklariga allergik reaktsiyalar bo'lgan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan buyuriladi. Gistamin H2-retseptorlarini bloklovchi preparatlar, antatsid preparatlar tsefpodoksimning biokiraolishini kamaytiradi.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Gistamin H2-reseptorlari blokatorlari (ranitidin, simetidin va b.) va antatsid preparatlar (alyuminiy gidroksidi va natriy bikarbonati) so'rilish to'liqligini (lekin tezligini emas) va Cmax ni 27–32% ga pasaytiradi.
Peroral antixolinesteraz vositalar so'rilish intensivligini va Cmax ga erishish vaqtini oshiradi (47% ga). Probenetsid buyrak ekskretsiyasini susaytiradi, AUC ni 37% ga, Cmax ni — 20% ga oshiradi.
Halqali diuretiklar (furosemid va b.) nefrotoksiklikni (o'zaro) oshiradi.
Dozirovkasi
Kattalar va tana vazni 50 kg dan ortiq bo'lgan 12 yoshdan katta bolalar uchun sutkalik doza 400 mg ni tashkil qiladi (1 marta/sut yoki 200 mg dan 2 marta/sut). Davolash kursi davomiyligi - 7-10 kun.
Siydik chiqarish kanali va bachadon bo'ynining asoratlanmagan gonoreyasida bir marta 400 mg tayinlanadi.
12 yoshgacha bo'lgan bolalarga preparat suspenziya ko'rinishida tana vazniga 8 mg/kg dozada 1 marta/sut yoki 4 mg/kg dan har 12 soatda tayinlanadi.
5-11 yoshli bolalarga sutkalik doza 8-10 ml suspenziyani, 2-4 yoshda - 5 ml, 6 oylikdan 1 yoshgacha - 2,5-4 ml ni tashkil qiladi.
Streptococcus pyogenes chaqirgan infektsiyalarda davolash kursi kamida 10 kunni tashkil qilishi kerak.
Buyrak funktsiyasi buzilganda (KK 21 dan 60 ml/daq gacha bo'lganda) yoki gemodializdagi bemorlarda sutkalik dozani 25% ga kamaytirish kerak. KK 20 ml/daq bo'lganda yoki peritoneal dializdagi bemorlarda sutkalik dozani 2 baravar kamaytirish kerak.
Hozirgi vaqtda 6 oylikkacha bo'lgan go'daklar uchun tsefpodoksimning samaradorligi va xavfsizligi to'g'risida ma'lumotlar yo'q.
Hajm/og'irlik
SEFPOD tabletkalari 200mg N10 o'xshash dorilari



Sefpod boshqa chiqarish shakllari
SEFPOD tabletkalari 200mg N10 analoglari




SEFPOD tabletkalari 200mg N10 narxlari va Toshkentdagi dorixonalardagi mavjudligi
{
"data": {
"id": 69129,
"stores_apteka_id": 344549,
"slug": "tsefpod-tabletki-pokrytye-obolochkoy-200-mg-n10",
"stores_apteka_slug": "tsefpod-tab-200mg-n10",
"name": "SEFPOD tabletkalari 200mg N10",
"brand_name": "SEFPOD",
"image": "uploads/iblock/fbf/fbf1c9243eae49614b18e81de99b48bd.webp",
"atx_code": "J01DA33",
"drug_form_id": 1,
"over_the_counter": false,
"prescription_type": "unknown",
"availability": "available",
"reviews_count": 0,
"reviews_rating": 0,
"has_pickup": true,
"has_delivery": false,
"manufacturer": null,
"manufacturer_plain": "Ultra Laboratoires Pvt. Ltd.",
"representative": null,
"representative_plain": null,
"distributor": null,
"distributor_plain": null,
"is_manufacturer_advertiser": false,
"is_representative_advertiser": false,
"is_dietary_supplement": false,
"is_medical_device": false,
"category": {
"id": 480,
"slug": "antibiotiki",
"name": "Antibiotiklar",
"external_link_title": null,
"external_link": null
},
"drug_group": {
"id": 69265,
"slug": "tsefpod",
"name": "Sefpod"
},
"is_purchasable": true,
"country": {
"id": 3,
"slug": "indiya",
"name": "Hindiston"
},
"active_ingredients": [
{
"id": 9577,
"slug": "tsefpodoksim",
"name": "sefpodoksim"
}
],
"tags": []
}
}











