Apteka.uz
SavatKirish

SEFPOD tabletkalari 100mg N10

Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Hindiston
Kategoriya:Antibiotiklar
Faol modda:sefpodoksim
Ishlab chiqaruvchi:Ultra Laboratoires Pvt. Ltd.
ATX kodi:J01DA33
Barcha Sefpod dorilari
13 ta dorixonada bor
Narxi 40 000 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 13 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

SEFPOD tabletkalari 100mg N10 haqida qo'llanma

Farmakokinetikasi

SEFPOD ichga ovqatgacha 100 mg qabul qilingandan so'ng 50% so'riladi, Cmax — 1,4 mkg/ml. Ovqat qabul qilish Cmax ni oshiradi, ammo tabletkalar tayinlanganda unga erishish vaqtini (Tmax) emas, suspenziyadan foydalanilganda esa Tmax ni, ammo Cmax ni emas. Qon oqsillari bilan bog'lanadi (20–30%). Tmax — 2–3 soat, to'qimalarga, shu jumladan murtaklar, o'pka va suyuqliklarga kirib, ularda ko'pchilik mikroorganizmlar uchun MBK50 dan oshadigan kontsentratsiyani hosil qiladi. T1/2 — 2,09- 2,84 soat. Dozaning taxminan 30–35% siydik bilan o'zgarmagan holda 12 soat ichida chiqariladi.
Buyrak funktsiyasi buzilganda ekskretsiya kamayadi: agar kreatinin Cl 50–80 ml/daq bo'lsa, unda Т1/2 3,5 soatni, 30–49 ml/daq — 5,9 soatni, 5–29 ml/daq — 9,8 soatni tashkil qiladi. Standart 3 soatlik gemodializ seansida organizmdan dozaning 23% chiqariladi.
Jigar sirrozi bo'lgan bemorlarda so'rilish biroz kamayadi.

Farmakologik ta'siri

SEFPOD transpeptidazani bostiradi va bakteriya hujayra devori mukopeptidining biosintezini to'xtatadi. Beta-laktamazalar ta'siriga chidamli, kislotali muhitda parchalanmaydi. Sefpodoksim proksetil (prodori) ko'rinishida ishlatiladi. Oxirgisi MIT dan so'riladi va deesterifikatsiyalanib, sefpodoksim hosil qiladi.
Ko'plab grammusbat va grammanfiy mikroorganizmlarga nisbatan faol: Staphylococcus aureus (shu jumladan penitsillinaza ishlab chiqaruvchi, lekin metitsillinga rezistent bo'lmagan shtammlar), Staphylococcus saprophyticus, Streptococcus pneumoniae, Streptococcus pyogenes, Streptococcus agalactiae, Streptococcus spp. (C, F, G guruhlari), Escherichia coli, Haemophilus influenzae (shu jumladan beta-laktamaza ishlab chiqaruvchi shtammlar), Klebsiella pneumoniae, Moraxella catarrhalis, Neisseria gonorrhoeae (shu jumladan penitsillinaza ishlab chiqaruvchi shtammlar), Proteus mirabilis, Citrobacter diversus, Haemophilus parainfluenzae, Klebsiella oxytoca, Proteus vulgaris, Providencia rettgeri, anaeroblar (Peptostreptococcus magnus).

Nojo'ya samaralari

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan:
- diareya, ko'ngil aynishi, qusish, qorinda og'riqlar bo'lishi mumkin.

Dermatologik reaksiyalar:
- kam hollarda - o'tkinchi teri toshmalari va qichishish.

MNS tomonidan:
- kam hollarda - bosh og'riqlari.

Laboratoriya ko'rsatkichlari tomonidan:
- kam hollarda - jigar transaminazalari va IF faolligining tranzitor o'rtacha oshishi, qonda mochevina va kreatinin darajasining biroz oshishi;
- alohida hollarda - trombotsitoz, trombotsitopeniya, leykopeniya va eozinofiliya.

Maxsus ko‘rsatmalari

Nefrotoksik preparatlar bilan birikmada buyrak funksiyasini nazorat qilish tavsiya etiladi. Disbakterioz va superinfeksiya rivojlanishi mumkinligini (qoida tariqasida uzoq muddat tayinlanganda) nazarda tutish kerak.
Anamnezida penitsillin qatori antibiotiklariga allergik reaksiyalari bo'lgan bemorlarga preparat ehtiyotkorlik bilan tayinlanadi. Davolash davrida Kumbs reaksiyasi musbat bo'lishi mumkin.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Sefalosporinlarga yuqori sezuvchanlik.
Anamnezda penitsillin qatori antibiotiklariga allergik reaksiyalari bo'lgan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan buyuriladi. Gistamin H2 — retseptorlarini bloklovchi preparatlar, antatsid preparatlar sefpodoksimning biokiraolishligini pasaytiradi.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Gistamin H2-retseptorlari blokatorlari (ranitidin, simetidin va b.) va antatsid preparatlar (alyuminiy gidroksidi va natriy bikarbonati) so'rilish to'liqligini (lekin tezligini emas) va Cmax ni 27–32% ga pasaytiradi.
Peroral antixolinesteraza vositalari absorbsiya intensivligini va Cmax ga erishish vaqtini oshiradi (47% ga). Probenetsid buyrak ekskretsiyasini susaytiradi, AUC ni 37% ga, Cmax ni — 20% ga oshiradi.
Halqali diuretiklar (furosemid va b.) nefrotoksiklikni (o'zaro) oshiradi.

Dozirovkasi

Kattalar va tana vazni 50 kg dan ortiq bo'lgan 12 yoshdan katta bolalar uchun sutkalik doza 400 mg ni tashkil qiladi (kuniga 1 marta yoki 200 mg dan kuniga 2 marta). Davolash kursi davomiyligi - 7-10 kun.
Siydik chiqarish kanali va bachadon bo'yni asoratsiz gonoreyasida 400 mg bir marta buyuriladi.
12 yoshgacha bo'lgan bolalarga preparat suspenziya shaklida 8 mg/kg tana vazni dozasida kuniga 1 marta yoki 4 mg/kg dan har 12 soatda buyuriladi.
5-11 yoshli bolalarga sutkalik doza 8-10 ml suspenziyani, 2-4 yoshda - 5 ml ni, 6 oylikdan 1 yoshgacha - 2,5-4 ml ni tashkil qiladi.
Streptococcus pyogenes chaqirgan infeksiyalarda davolash kursi kamida 10 kunni tashkil qilishi kerak.
Buyrak funksiyasi buzilganda (KK 21 dan 60 ml/daq gacha bo'lganda) yoki gemodializda bo'lgan bemorlarda sutkalik dozani 25% ga kamaytirish kerak. KK 20 ml/daq bo'lganda yoki peritoneal dializda bo'lgan bemorlarda sutkalik dozani 2 baravar kamaytirish kerak.
Hozirgi vaqtda 6 oylikkacha bo'lgan chaqaloqlar uchun sefpodoksimning samaradorligi va xavfsizligi to'g'risida ma'lumotlar yo'q.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. SEFPOD tabletkalari 100mg N10 preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

SEFPOD tabletkalari 100mg N10 o'xshash dorilari

GENTAMISIN K inyeksiya uchun eritma 80mg/2ml N10
Retseptli
GENTAMISIN K inyeksiya uchun eritma 80mg/2ml N10
Sloveniya
Vakil:
KRKA
Ishlab chiqaruvchi:
Krka d.d.
•86 ta dorixonada bor
Narxi
64 900 so'm dan
PRAZOBAK poroshok 1g, 1,5g
PRAZOBAK poroshok 1g, 1,5g
Hindiston
Vakil:
Farmalife
Ishlab chiqaruvchi:
Scott-Edil Advance Research Laboratories & Education Ltd
Narxi
43 000 so'm dan

Sefpod boshqa chiqarish shakllari

SEFPOD tabletkalari 200mg N10
SEFPOD tabletkalari 200mg N10
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Ultra Laboratoires Pvt. Ltd.
•13 ta dorixonada bor
Narxi
55 000 so'm dan
SEFPOD poroshok 15g 50mg/5ml
SEFPOD poroshok 15g 50mg/5ml
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Ultra Laboratoires Pvt. Ltd.
•11 ta dorixonada bor
Narxi
36 400 so'm dan

SEFPOD tabletkalari 100mg N10 analoglari

SEFPOD poroshok 15g 50mg/5ml
SEFPOD poroshok 15g 50mg/5ml
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Ultra Laboratoires Pvt. Ltd.
•11 ta dorixonada bor
Narxi
36 400 so'm dan
SEFPOD tabletkalari 200mg N10
SEFPOD tabletkalari 200mg N10
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Ultra Laboratoires Pvt. Ltd.
•13 ta dorixonada bor
Narxi
55 000 so'm dan

SEFPOD tabletkalari 100mg N10 narxlari va Toshkentdagi dorixonalardagi mavjudligi

Vaksina Med №1
Shayxontoxur tumani, Farobiy ko'ch., 29 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-22:00
40 000 so'm
Bron qilish
D5
Olmazor tumani, Sag'bon ko'ch., 246 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-18:00
45 000 so'm
Bron qilish
D5 №4
Shayxontoxur tumani, Samarqand Darvoza ko'ch., 1 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-18:00
45 700 so'm
Bron qilish
Eco Pharm №9
Mirobod tumani, Oybek koʻchasi 44-uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
46 000 so'm
Bron qilish
Eco Pharm №6
Bektemir tumani, Suvsoz 2 mavzesi, 29/3 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
46 000 so'm
Bron qilish
Eco Pharm №7
Bektemir tumani, Suvsoz 2 mavzesi, 77 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
46 000 so'm
Bron qilish
Eco Pharm №10
Yunusobod tumani, Yunusobod, 8-mavze, 29-uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
46 000 so'm
Bron qilish
Eco Pharm №5
Mirobod tumani, Oltinko'l ko'ch., 10 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
46 000 so'm
Bron qilish
Eco Pharm №11
Yashnobod tumani, Parkent ko'chasi, 30B-uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
46 000 so'm
Bron qilish
Eco Pharm №8
Shayxontoxur tumani, Beruniy ko'ch., 3 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
46 000 so'm
Bron qilish

SEFPOD tabletkalari 100mg N10 haqida savollar

SEFPOD tabletkalari 100mg N10 haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Ko‘rilgan mahsulotlar

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil