Sefpod
Sefpod chiqarish shakllari



Sefpod qo'llanmasi
Sefalosporinlarga yuqori sezuvchanlik.
Anamnezda penitsillin qatori antibiotiklariga allergik reaksiyalari bo'lgan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.
Gistamin H2-retseptorlarini bloklovchi preparatlar, antatsid preparatlar sefpodoksimning biokiraolishligini pasaytiradi.
Sefpod sefpodoksim proksetil (propreparat) ko'rinishida qo'llaniladi. Oxirgisi MITYdan so'riladi va sefpodoksim hosil qilib deesterifikatsiyalanadi. Ichga ovqatgacha 100 mg qabul qilingandan so'ng 50% so'riladi, Сmax - 1,4 mkg/ml. Ovqat qabul qilish Cmax ni oshiradi, ammo tabletkalar tayinlanganda unga erishish vaqtini (Тmax) emas, suspenziyadan foydalanilganda esa Тmax ni, ammo Сmax ni emas. Qon oqsillari bilan bog'lanadi (20-30%). Тmax - 2-3 soat, to'qimalarga, shu jumladan murtaklar, o'pka va suyuqliklarga kirib, ularda ko'pchilik mikroorganizmlar uchun MKP50 dan oshadigan kontsentratsiyani hosil qiladi. Т1/2 - 2,09-2,84 soat. Dozaning taxminan 30-35% siydik bilan o'zgarmagan holda 12 soat ichida chiqariladi. Buyrak funktsiyasi buzilganda ekskretsiya kamayadi: agar kreatinin Сl 50-80 ml/daq bo'lsa, unda Т1/2 3,5 soatni, 30-49 ml/daq - 5,9 soatni, 5-29 ml/daq - 9,8 soatni tashkil qiladi.
Standart 3 soatlik gemodializ seansida organizmdan dozaning 23% chiqariladi. Jigar sirrozi bo'lgan bemorlarda so'rilish biroz kamayadi.
Sefpod transpeptidazani bostiradi va bakteriya hujayra devori mukopeptidining biosintezini to'xtatadi. Beta-laktamazalar ta'siriga chidamli, kislotali muhitda parchalanmaydi. Antibakterial, bakteritsid.
12 yoshgacha bo'lgan bolalarga preparat suspenziya shaklida 8 mg/kg tana vazni dozasida kuniga 1 marta yoki 4 mg/kg dan har 12 soatda buyuriladi. 5-11 yoshli bolalarga sutkalik doza 8-10 ml suspenziyani, 2-4 yoshda - 5 ml ni, 6 oylikdan 1 yoshgacha - 2,5-4 ml ni tashkil qiladi.
Streptococcus pyogenes chaqirgan infeksiyalarda davolash kursi kamida 10 kunni tashkil qilishi kerak.
Buyrak funksiyalari buzilganda (KK 21 dan 60 ml/daq gacha bo'lganda) yoki peritoneal dializda bo'lgan bemorlarda sutkalik dozani 2 baravar kamaytirish kerak.
Hozirgi vaqtda 6 oylikkacha bo'lgan chaqaloqlar uchun sefpodoksimning samaradorligi va xavfsizligi to'g'risida ma'lumotlar yo'q.
Nefrotoksik preparatlar bilan birikmada buyrak funksiyasini nazorat qilish tavsiya etiladi. Disbakterioz va superinfeksiya rivojlanishi mumkinligini (qoida tariqasida uzoq muddat tayinlanganda) nazarda tutish kerak.
Anamnezida penitsillin qatori antibiotiklariga allergik reaksiyalari bo'lgan bemorlarga preparat ehtiyotkorlik bilan tayinlanadi.
Davolash davrida Kumbs reaksiyasi musbat bo'lishi mumkin.
Gistamin H2-retseptorlari blokatorlari (ranitidin, simetidin va boshqalar) va antatsid preparatlar (alyuminiy gidroksidi va natriy bikarbonat) so'rilishning to'liqligini (ammo tezligini emas) va Cmax ni 27–32% ga kamaytiradi.
Peroral antixolinesteraza vositalari so'rilish intensivligini va Cmax ga erishish vaqtini oshiradi (47% ga). Probenetsid buyrak ekskretsiyasini susaytiradi, AUC ni 37% ga, Cmax ni — 20% ga oshiradi.
Halkali diuretiklar (furosemid va boshqalar) nefrotoksiklikni (o'zaro) oshiradi.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan:
- diareya, ko'ngil aynishi, qusish, qorinda og'riqlar bo'lishi mumkin.
Dermatologik reaksiyalar:
- kam hollarda - o'tkinchi teri toshmalari va qichishish.
MNS tomonidan:
- kam hollarda - bosh og'riqlari.
Laboratoriya ko'rsatkichlari tomonidan:
- kam hollarda - jigar transaminazalari va IF faolligining tranzitor o'rtacha oshishi, qonda mochevina va kreatinin darajasining biroz oshishi;
- alohida hollarda - trombotsitoz, trombotsitopeniya, leykopeniya va eozinofiliya.
Sefpod narxlari
Sefpod barcha rasmlari
















