Ташкент
logo
SavatKirish

SIKLON tabletkalari 100mg

Retseptli
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Hindiston
Kategoriya:Urologik dorilar
Faol modda:Sildenafil
Ishlab chiqaruvchi:Avison Pharmaceuticals Pvt. Ltd., Indiya proizvedeno: Coral Laboratories Limited
Teglar:Prostata adenomasidan, Prostatitdan, Potentsia uchun, Prostata uchun
ATX kodi:G04BE03
Barcha Siklon dorilari
Mavjud emas
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

SIKLON tabletkalari 100mg o'xshash dorilari

EREGRA tabletkalari 100mg N4
EREGRA tabletkalari 100mg N4
O'zbekiston
Vakil:
Nika Pharm
Ishlab chiqaruvchi:
Nika Pharm
•31 ta dorixonada bor
Narxi
20 000 so'm dan
ADJIGRA 100 tabletkalari 100mg N4
Retseptli
ADJIGRA 100 tabletkalari 100mg N4
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Agio Pharmaceutical Limited
Narxi
13 000 so'm dan
Narxi
60 000 so'm dan

SIKLON tabletkalari 100mg qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

Plyonka qobiq bilan qoplangan har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: sildenafil (sildenafil sitrati shaklida) – 50 mg yoki 100 mg;
yordamchi moddalar: mikrokristall sellyuloza, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, suvsiz kalьtsiy gidrofosfati, natriy kroskarmelloza, magniy stearati.
qobig'ini tarkibi: Opadri II ko'k 85F20400 (polivinil spirti, makrogol, titan dioksidi, talьk, indigokarmin alyumin laki).

Farmakokinetikasi

Tavsiya etilgan dozalar diapazonida sildenafilning farmakokinetikasi to'g'ri chizig'li xarakterga ega.
So'rilishi
Ichga qabul qilinganidan so'ng sildenafil tez so'riladi. Mutloq biokiraolishligi o'rtacha 40% (25-63%) ni tashkil etadi. Preparatning 100 mg dozasi ichga bir marta qabul qilinganidan so'ng erkin sildenafilning o'rtacha maksimal kontsentratsiyasi 18 ng/ml (38 nM) tashkil etadi va och qoringa qabul qilinganida o'rtacha 60 minut (30-120 minut) davomida erishiladi.
Yog'li ovqat bilan birga qabul qilinganida so'rilish tezligi pasayadi; maksimal vaqti 60 minutga uzayadi, maksimal kontsentratsiyasi esa o'rtacha 29% ga pasayadi. Biroq so'rilish darajasi ishonchli darajada o'zgarmaydi (AUC 11% ga pasayadi).
Taqsimlanishi
Sildenafilni taqsimlanish hajmi muvozanatli holatda o'rtacha 105 l ni tashkil etadi.
Sildenafil va uning qonda aylanib yurgan asosiy N-desmetil metabolitini plazma oqsillari bilan bog'lanishi taxminan 96% ni tashkil etadi va sildenafilning umumiy kontsentratsiyasiga bog'liq emas.
Metabolizmi
Sildenafil asosan jigarda CYP3A4 (asosiy yo'l) va CYP2C9 (ikkinchi darajali yo'l) izofermentlari ta'sirida metabolizmga uchraydi.
Sildenafilni N-demetillanishi natijasida hosil bo'lgan qonda aylanib yurgan asosiy faol metaboliti keyinchalik metabolizmga uchraydi.
Sildenafilning metaboliti FDE ga selektiv ta'siri bo'yicha sildenafil bilan bir xildir, FDE ga nisbatan faolligi esa in vitro sharoitlarida sildenafilning faolligini taxminan 50% ni tashkil etadi. Qon plazmasida metabolitining kontsentratsiyasi sildenafilning kontsentratsiyasini taxminan 40% ni tashkil etadi. N-desmetil metaboliti keyinchalik metabolizmga uchraydi; uning yarim chiqarilish davri taxminan 4 saotni tashkil etadi.
Chiqarilishi
Organizmdan sildenafilning umumiy klirensi soatiga 41 l ga, yakuniy yarim chiqarilish davri 3-5 soatga teng. Sildenafil ichga qabul qilinganidan so'ng metabolitlar holida, asosan axlat (dozasining taxminan 80%) va kamroq darajada (dozasining taxminan 13%) – siydik bilan chiqariladi.
Ayrim klinik holatlarda sildenafilning farmakokinetikasi
Keksa yoshdagi (65 yoshdan oshgan) sog'lom odamlarda sildenafilning klirensi pasaygan bo'ladi, plazmada erkin sog'lom moddaning kontsentratsiyasi yosh patsiyentlardagi (18-45 yosh) kontsentratsiyasidan taxminan 40% ga yuqori bo'ladi.
Yengil darajada bo'yrak yetishmovchiligida (kreatinin klirensi minutiga 50-80 ml) va o'rtacha darajadagi buyrak yetishmovchiligida (kreatinin klirensi minutiga 30-49 ml) ichga 50 mg dozada qabul qilinganidan so'ng sildenafilning farmakokinetik ko'rsatkichlari o'zgarmaydi.
Og'ir darajadagi buyrak yetishmovchiligida (kreatinin klirensi minutiga  30 ml) sildenafilning kontsentratsiyasi pasayadi, bu AUC (100%) va maksimal kontsentratsiyasini (88%) buyraklarning faoliyati normal bo'lgan shunday yoshdagi patsiyentlar guruhida shunday ko'rsatkichlarga nisbatan ikki marta oshishiga olib keladi.
Jigar sirrozi (Chayld-Pьyu shkalasi bo'yicha A va V sinflar) sildenafilning kontsentratsiyasi pasayadi, bu AUC (84%) va maksimal kontsentratsiyasini (47%) buyraklarning faoliyati normal bo'lgan shunday yoshdagi patsiyentlar guruhida shunday ko'rsatkichlarga nisbatan oshishiga olib keladi. Jigar faoliyatini og'ir darajadagi buzilishi (Chayld-Pьyu shkalasi bo'yicha S sinf) bo'lgan patsiyentlarda sildenafilning farmakokinetikasi o'rganilmagan.

Farmakologik ta'siri

Siklon – erektil disfunktsiyani davolash uchun qo'llanadigan preparat. Jinsiy qo'zg'alishda preparat jinsiy olatga qon oqimini kuchayishi hisobiga pasaygan erektil faoliyatni yaxshilaydi. Preparatning samaradorligini asosiy sharti bo'lib jinsiy rag'batlanish hisoblanadi.
Jinsiy olat erektsiyasini fiziologik mexanizmi jinsiy rag'batlanishda g'ovak tanadan azot oksidini ajralib chiqishidan iborat. Azot oksidi siklik guanozinmonofosfati (tsGMF) ning darajasini oshishi, g'ovak tananing silliq mushaklarini bo'shashishi va unga qon oqimini kuchayishini chaqiradigan guanilattsiklaza fermentini faollashtiradi.
Sildenafil g'ovak tanadagi sGMF-spetsifik fosfodiesteraza-5 (FDE-5) ni kuchli va selektiv ingibitori hisoblanadi, u yerda FDE-5 sGMF ni parchalanishiga javob beradi. Sildenafilni erektsiyaga nisbatan samarasi pereferik xarakterga ega. Sildenafil odamdagi izolyatsiyalangan g'ovak tanaga bevosita bo'shashtiruvchi ta'sir ko'rsatmaydi, ammo azot oksidini ushbu to'qimaga nisbatan bo'shashtiruvchi ta'sirini juda kuchaytiradi. Azot oksidi / sGMF metabolik jarayonni faollashuvida, bu jarayon jinsiy rag'batlanish natijasida amalga oshadi, FDE-5 ni sildenafil tomonidan ingibitsiya bo'lishi g'ovak tanada sGMF ning darajasini oshishiga olib keladi. Shunday qilib, sildenafil kerakli farmakologik samarani chaqirishi uchun jinsiy qo'zg'alish kerak.

Nojo'ya samaralari

MNT tomonidan: bosh og'rig'i, qizib ketish hissi, bosh aylanishi, uyqusizlik bo'lishi mumkin.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: dispepsiya, asteniya, diareya, qorinda og'riq, ko'ngil aynishi bo'lishi mumkin.
Suyak-mushak tizimi tomonidan: artalgiya, mialgiya, mushaklar tonusini oshishi.
Nafas tizimi tomonidan: burunni bitishi, faringit, rinit, sinusit, nafas yo'llari infektsiyasi, nafas faoliyatini buzilishi.
Ko'rish a'zolari tomonidan: ko'rishni o'zgarishi (engil darajada va o'tib ketuvchan; asosan jismlar rangini o'zgarishi, shuningdek yorug'lik sezishni kuchayishi va ko'rish o'tkirligini buzilishi), kon'yunktivit.
Boshqalar: grippsimon sindrom, infektsion kasalliklar, vazodilatatsiya simptomlari, belda og'riq, toshma, siydik chiqarish yo'llari infektsiyasi, prostata bezining faoliyatini buzilishi; yakka hollarda – priapizm rivojlanishi mumkin.

Maxsus saqlash sharoitlari

Siklon preparatini qabul qilishni boshlashdan oldin yurak qon-tomir tizimini tekshirish kerak. Jinsiy olatni anatomik deformatsiyasida (shu jumladan, angulyatsiya, kavernoz fibroz yoki Peyron kasalligida); priapizmni rivojlanishiga olib keluvchi kasalliklarda (o'roqsimon hujayrali anemiya, ko'p sonli miyeloma, leykoz, trombotsitopeniya); qon ketishi bilan kechuvchi kasalliklarda; me'da va o'n ikki barmoq ichak yara kasalligini zo'rayishida; nasliy pigmentli retinitda; yurak yetishmovchiligi, nostabil stenokardiya, oxirgi 6 oy davomida o'tkazilgan miokard infarkti, insulьt, hayot uchun havf tug'diruvchi og'ir darajadagi aritmiyalar, arterial gipertenziya (arterial qon bosimi 170/100 mm sm.ust. dan ortiq) yoki arterial gipotenziya (arterial qon bosimi 90/50 mm sm.ust.) da preparatni ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak. Jinsiy faollikni kuchaytirish mumkin bo'lmagan patsiyentlarda preparatni qo'llash mumkin emas. Homiladorlik va laktatsiyada qo'llanishi Preparat ayollarda qo'llash uchun mo'ljallanmagan. Pediatriyada qo'llanishi Preparat bolalar va 18 yoshgacha bo'lgan o'smirlarda qo'llash uchun mo'ljallanmagan. Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri Siklon avtomobilni haydash va psixomotor reaktsiyalar tezligini talab etuvchi ishlarni bajarish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so'ng ishlatilmasin.

Qo'llanilishi

Jinsiy aloqa qoniqarli darajada bo'lishi uchun jinsiy olat erektsiyasiga erishish yoki saqlab turish qobiliyatini sustligi bilan xarakterlanadigan erektsiyani buzilishini davolash uchun qo'llanadi. Sildenafil faqat jinsiy rag'batlanish bo'lgandagina samaralidir.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

sildenafilga yoki preparatning har qanday komponentiga yuqori sezuvchanlik;
azot oksidini donatorlari, organik nitratlar yoki har qanday shakldagi nitratlarni doimo yoki tanaffuslar bilan qabul qiladigan patsiyentlarda qo'llash, chunki sildenafil nitratlarning gipotenziv ta'sirini kuchaytiradi;
preparatni, erektsiyani buzilishini davolash uchun qo'llanadigan boshqa preparatlar bilan birga qo'llash tavsiya etilmaydi (majmuaviy davolash samaradorligi va havfsizligi o'rganilmagan).

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Boshqa dori vositalarni sildenafilning metabolizmiga ta'siri
Sildenafilning metabolizmi asosan jigarda CYP3A4 (asosiy yo'l) va CYP2C9 izofermentlarining ta'sirida amalga oshadi, shuning uchun ushbu izofermentlarning ingibitorlari sildenafilning klirensini pasaytirishi, induktorlari esa sildenafilning klirensini muvofiq ravishda oshirishlari mumkin.
CYP3A4 ingibitorlari (ketokonazol, eritromitsin, simetidin kabilar) bilan bir vaqtda qo'llanganida sildenafilning klirensini pasayishi kuzatilgan.
CYP3A4 ni nospetsifik ingibitori bo'lgan simetidin (800 mg dozada) sildenafil (50 mg dozada) bilan bir vaqtda qabul qilinganida plazmada sildenafilning kontsentratsiyasini 56% ga oshishini chaqiradi.
Sildenafilni 100 mg dozada CYP3A4 ni nospetsifik ingibitori – eritromitsin (eritromitsinni 500 mg dan sutkada 2 marta 5 kun davomida) bilan bir vaqtda bir marta qabul qilish qonda eritromitsinning darajasi doimiy darajaga erishishi fonida sildenafilning AUC 182% ga oshishiga olib kelgan.
Sildenafil (100 mg dozada bir marta) va ham OITV-proteaza ingibitori, ham CYP3A4 ingibitori hisoblangan sakvinavir (1200 mg kuniga 3 marta) bir vaqtda qo'llaganida qonda sakvinavirning darajasi doimiy darajaga erishishi fonida qonda sildenafilning maksimal kontsentratsiyasi 140% ga oshgan, AUC 210% ga oshgan. Sildenafil sakvinavirning farmakokinetik ko'rsatkichlariga ta'sir ko'rsatmagan.
CYP3A4 izofermentining ketokonazol yoki itrakonazol kabi yanada kuchliroq ingibitorlari sildenafilning farmakokinetikasini yanada yaqqolroq o'zgartirishi mumkin.
Sildenafil (100 mg dozada bir marta) va OITV-proteaza ingibitori va sitoxrom R450 izofermentlar tizimining kuchli ingibitori hisoblangan ritonavir (500 mg dan kuniga 2 marta) bir vaqtda qo'llaganida qonda ritonavirning darajasi doimiy darajaga erishishi fonida qonda sildenafilning maksimal kontsentratsiyasi 300% ga (4 marta), AUC 1000% ga (11 marta) oshgan. 24 soatdan keyin qon plazmasida sildenafilning kontsentratsiyasi taxminan 200 ng/ml (faqat sildenafil bir marta qo'llanganida – 5 ng/ml) ni tashkil etgan.
Sildenafil, CYP3A4 kuchli ingibitorlarini olayotgan patsiyentlarga maksimal dozalarda buyurilganida, sildenafilning maksimal kontsentratsiyasi barcha patsiyentlarda 200 nM dan oshgan, va yaxshi o'zlashtirilgan.
Antatsid (magniy gidroksidi / alyuminiy gidroksidi) dori vositasini bir marta qabul qilish sildenafilning biokiraolishligiga ta'sir qilmaydi.
CYP2C9 izofermentini ingibitorlari (tolbutamid, varfarin kabilar) CYP2D6 izofermentining ingibitorlari (serotoninni qayta qamrab olinishini selektiv ingibitorlari, tritsiklik antidepressantlar), tiazidlar va tiazidga o'xshash diuretiklar, angiotenzinga aylantiruvchi fermentning ingibitorlari va kalьtsiyni antagonistlari sildenafilning farmakokinetikasiga ta'sir ko'rsatmaydilar.
Sildenafilni boshqa dori vositalariga ta'siri
Sildenafil sitoxrom R450 izofermentlar tizimi – 1A2, 2C9, 2C19, 2D6, 2E1 va 3A4 ning kuchsiz ingibitori (ingibitsiya koeffitsiyenti 50  150 mkmolь) hisoblanadi. Sildenafil ushbu izofermentlar substratlarining klirensiga ta'sir qilish ehtimoli kam.
Sildenafil nitratlarning gipotenziv ta'sirini, ular uzoq muddat qo'llanganda ham, o'tkir holatlar bo'yicha qo'llanganida ham, kuchaytiradi. Shu sababli sildenafilni nitratlar yoki azot oksidining donatorlari bilan birga qo'llash mumkin emas.
Gemodinamik ko'rsatkichlari barqaror, prostata bezining havfsiz giperplaziyasi bo'lgan patsiyentlarda α-adrenoblokator doksazozin (4 mg va 8 mg) va sildenafil bir vaqtda qabul qilinganida sistolik / diastolik arterial bosimni o'rtacha qo'shimcha pasayishi orqa bilan yotgan holatda muvofiq ravishda 7/7 mm sm.ust., 9/5 mm sm.ust. va 8/4 mm sm.ust. tashkil etgan, turgan holatda esa muvofiq ravishda 6/6 mm sm.ust., 11/4 mm sm.ust. va 4/5 mm sm.ust. tashkil etgan. Bunday patsiyentlarda bosh aylanishi ko'rinishida (xushdan ketmasdan) namoyon bo'luvchi simptomatik postural gipotenziyani rivojlanganligi yuzasidan kam xabarlar berilgan. α-adrenoblokatorlarni olayotgan ayrim sezgir patsiyentlarda sildenafilni bir vaqtda qo'llash simptomatik gipotenziyaga olib kelishi mumkin.
Sildenafilni CYP2C9 tomonidan metabolizmga uchraydigan tolbutamid (250 mg) yoki varfarin (40 mg) bilan ahamiyatli darajadagi o'zaro ta'sir qilish belgilari aniqlanmagan.
Sildenafil 100 mg dozada bir vaqtning o'zida CYP3A4 ning substratlari hisoblangan sakvinavir va ritonavir kabi OITV-proteaza ingibitorlarining farmakokinetik ko'rsatkichlariga, ularning qondagi kontsentratsiyalari doimiy bo'lganida, ta'sir ko'rsatmagan.
Sildenafil 50 mg dozada atsetilsalitsil kislotasi (150 mg dozada) bilan birga qabul qilinganida qon ketish vaqtini qo'shimcha uzayishini chaqirmagan.
Arterial gipertenziyasi bo'lgan patsiyentlarda sildenafil 100 mg dozada amlodipin bilan o'zaro ta'sir qilish belgilari aniqlanmagan. Arterial bosimni o'rtacha qo'shimcha pasayishi yotgan holatda 8 mm sm.ust. (sistolik) va 7 mm sm.ust. (diastolik) tashkil etgan.
Sildenafilni antigipertnziv vositalar bilan birga qo'llash qo'shimcha nojo'ya samaralarni rivojlanishiga olib kelishi mumkin.

Dozirovkasi

Siklon rejalashtirilayotgan jinsiy faollikdan taxminan 1 soat oldin ichga qabul qilinadi. Bir martalik dozasi 50 mg ni tashkil etadi. Preparatni samaradorligi va o'zlashtirilishiga qarab dozasi 100 mg gacha oshirilishi yoki 25 mg gacha pasaytirilishi mumkin. Maksimal bir martalik dozasi 100 mg ni tashkil etadi. Maksimal qabul qilishlar soni sutkada 1 martani tashkil etadi.
Keksa yoshdagi patsiyentlar
Keksa yoshdagi odamlarda preparatning dozasiga tuzatish kiritish zarurati yo'q.
Buyrak faoliyatini buzilishlari bo'lgan patsiyentlarda qo'llanishi
Yengil va o'rtacha og'irlik darajasidagi buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi minutiga 30-80 ml) bo'lgan shaxslarda dozalash tartibi o'zgarmaydi. Og'ir darajadagi buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi minutiga  30 ml) bo'lgan patsiyentlarda sildenafilning klirensi past bo'lganligi tufayli, preparatni 25 mg doza bilan boshlash kerak. Preparatni samaradorligi va o'zlashtirilishga qarab dozani 50 mg va 100 mg gacha oshirish mumkin.
Jigar faoliyatini buzilishlari bo'lgan patsiyentlarda qo'llanishi
Jigar yetishmovchiligi bo'lgan patsiyentlarda sildenafilning klirensi past bo'lganligi tufayli, masalan, sirrozda Sildenafil preparatini 25 mg doza bilan boshlash kerak. Preparatning samaradorligi va o'zlashtirilishiga qarab dozani 50 mg va 100 mg gacha oshirish mumkin.
Boshqa davolash turlarini olayotgan patsiyentlarda qo'llanishi
Ritonavirdan tashqari, CYP3A4 ingibitorlarini qabul qilayotgan patsiyentlarga preparatning tavsiya etilgan boshlang'ich dozasi 25 mg ni tashkil etadi. Ortostatik gipotenziyaning rivojlanish havfini minimallashtirish maqsadida, α-adrenoretseptorlarning blokatorlarini qabul qilayotgan patsiyentlarning holati sildenafilni qabul qilishni boshlashdan oldin barqarorlashtirilishi kerak.
Siklon preparati ayollarda qo'llash uchun mo'ljallangan.

Dozani oshirib yuborilishi

Preparat 800 mg gacha bo'lgan dozada bir marta qabul qilinganida nojush ko'rinishlar sildenafil kichikroq dozalarda qabul qilingandagi noxush ko'rinishlar bilan bir xil bo'lgan, ammo ko'proq kuzatilgan.
Davolash: zarurat bo'lganida simptomatik davolash o'tkaziladi. Gemodializ sildenafilning klirensini tezlashtirmaydi, chunki sildenafil plazma oqsillari bilan faol darajada bog'lanadi va siydik bilan chiqarilmaydi.

SIKLON tabletkalari 100mg boshqa chiqarish shakllari

SIKLON DX tabletkalari 100mg/60mg N4
SIKLON DX tabletkalari 100mg/60mg N4
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Avison Pharmaceuticals Pvt. Ltd., Indiya proizvedeno: Coral Laboratories Limited
Narxi
31 400 so'm dan
SIKLON tabletkalari 100 mg N4
SIKLON tabletkalari 100 mg N4
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
WELL MED PHARM, IP OOO
•55 ta dorixonada bor
Narxi
29 565 so'm dan
SIKLON tabletkalari 50 mg N4
SIKLON tabletkalari 50 mg N4
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
WELL MED PHARM, IP OOO
•47 ta dorixonada bor
Narxi
22 000 so'm dan
SIKLON tabletkalari 50mg N4
Retseptli
SIKLON tabletkalari 50mg N4
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Avison Pharmaceuticals Pvt. Ltd., Indiya proizvedeno: Coral Laboratories Limited
•47 ta dorixonada bor
Narxi
22 000 so'm dan
SIKLON DX tabletkalari 50mg/30mg N4
SIKLON DX tabletkalari 50mg/30mg N4
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Avison Pharmaceuticals Pvt. Ltd., Indiya proizvedeno: Coral Laboratories Limited
Narxi
25 000 so'm dan
SIKLON DX tabletkalari 100mg/60mg N1
Retseptli
SIKLON DX tabletkalari 100mg/60mg N1
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Avison Pharmaceuticals Pvt. Ltd, Indiya proizvedeno: Coral Laboratories Limited
SIKLON DX tabletkalari 50mg/30mg N1
Retseptli
SIKLON DX tabletkalari 50mg/30mg N1
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Avison Pharmaceuticals Pvt. Ltd, Indiya proizvedeno: Coral Laboratories Limited
SIKLON tabletkalari 50mg N1
SIKLON tabletkalari 50mg N1
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Avison Pharmaceuticals Pvt. Ltd., Indiya proizvedeno: Coral Laboratories Limited

SIKLON tabletkalari 100mg analoglari

SILDENAFIL KARDIO 0,02 tabletkalari N90
Retseptli
SILDENAFIL KARDIO 0,02 tabletkalari N90
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Severnaya Zvezda, ZAO
VIZARSIN KU TAB 0,05 tabletkalari N4
Retseptli
VIZARSIN KU TAB 0,05 tabletkalari N4
Sloveniya
Ishlab chiqaruvchi:
KRKA, d.d., Novo mesto, AO

SIKLON tabletkalari 100mg savollari

SIKLON tabletkalari 100mg fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil