VIAGRA 0,1 tabletkalari N2

VIAGRA 0,1 tabletkalari N2 o'xshash dorilari


VIAGRA 0,1 tabletkalari N2 qo'llanmasi
Sildefanil farmakokinetikasi tavsiya etilgan dozalar diapazonida chiziqli xususiyatga ega.
So'rilishi
Ichga qabul qilingandan so'ng sildenafil tez so'riladi. Mutlaq biologik kira olishligi o'rtacha taxminan 40% ni tashkil qiladi (25% dan 63% gacha). In vitro sildenafil taxminan 1,7 ng/ml (3,5 nM) kontsentratsiyada odam FDE5 faolligini 50% ga bostiradi. Sildenafil 100 mg dozada bir marta qabul qilingandan so'ng erkaklar qon plazmasidagi erkin sildenafilning o'rtacha maksimal kontsentratsiyasi (Cmax) taxminan 18 ng/ml (38 nM) ni tashkil qiladi. Sildenafil och qoringa ichga qabul qilinganda Stax ga o'rtacha 60 daqiqa ichida erishiladi (30 daqiqadan 120 daqiqagacha). Yog'li ovqat bilan birga qabul qilinganda so'rilish tezligi pasayadi: Сmax o'rtacha 29% ga kamayadi, maksimal kontsentratsiyaga erishish vaqti (Тmax) esa 60 daqiqaga ortadi, ammo so'rilish darajasi ishonchli o'zgarmaydi (kontsentratsiya-vaqt farmakokinetik egri chizig'i ostidagi maydon (AUC) 11% ga kamayadi).
Taqsimlanishi
Sildenafilning muvozanat holatidagi taqsimlanish hajmi o'rtacha 105 l ni tashkil qiladi. Sildenafil va uning asosiy aylanib yuruvchi N-demetil metabolitining qon plazmasi oqsillari bilan bog'lanishi taxminan 96% ni tashkil qiladi va preparatning umumiy kontsentratsiyasiga bog'liq emas. Preparat qabul qilinganidan 90 daqiqa o'tgach spermada sildenafil dozasining 0,0002% dan kamrog'i (o'rtacha 188 ng) aniqlangan.
Metabolizmi
Sildenafil asosan jigarda CYP3A4 sitoxromi izofermenti (asosiy yo'l) va CYP2C9 sitoxromi izofermenti (minor yo'l) ta'sirida metabolizmga uchraydi. Sildenafilning N-demetillanishi natijasida hosil bo'lgan asosiy aylanib yuruvchi faol metabolit keyingi metabolizmga uchraydi. Ushbu metabolitning FDE ga nisbatan ta'sir selektivligi sildenafilniki bilan taqqoslanarli, uning FDE5 ga nisbatan in vitro faolligi esa sildenafil faolligining taxminan 50% ini tashkil qiladi. Metabolitning sog'lom ko'ngillilar qon plazmasidagi kontsentratsiyasi sildenafil kontsentratsiyasining taxminan 40% ini tashkil etdi. N-demetil metaboliti keyingi metabolizmga uchraydi; uning yarim chiqarilish davri (Т1/2) taxminan 4 soatni tashkil qiladi.
Chiqarilishi
Sildenafilning umumiy klirensi 41 l/soatni, yakuniy Т1/2 esa - 3-5 soatni tashkil qiladi. Ichga qabul qilingandan so'ng xuddi vena ichiga yuborilgandagi kabi sildenafil metabolitlar ko'rinishida, asosan ichak orqali (peroral dozaning taxminan 80%) va kamroq darajada buyraklar orqali (peroral dozaning taxminan 13%) chiqariladi.
Bemorlarning alohida guruhlarida farmakokinetikasi
Keksa bemorlar
Sog'lom keksa bemorlarda (65 yoshdan katta) sildenafil klirensi pasaygan, qon plazmasidagi erkin sildenafil kontsentratsiyasi esa yoshlarga (18-45 yosh) qaraganda taxminan 40% ga yuqori. Yosh nojo'ya ta'sirlar rivojlanish chastotasiga klinik ahamiyatga ega ta'sir ko'rsatmaydi.
Buyrak funktsiyasining buzilishi
Yengil (kreatinin klirensi (KK) 50-80 ml/daq) va o'rtacha (KK 30-49 ml/daq) darajadagi buyrak yetishmovchiligida sildenafil farmakokinetikasi 50 mg dozada bir marta ichga qabul qilingandan so'ng o'zgarmaydi. Og'ir buyrak yetishmovchiligida (KK
Jigar funktsiyasining buzilishi
Jigar sirrozi (Chayld-Pyu tasnifi bo'yicha A va B sinflari) bo'lgan bemorlarda sildenafil klirensi pasayadi, bu AUC (84%) va Сmax (47%) qiymatining xuddi shu yosh guruhidagi jigar funktsiyasi normal bo'lgan bemorlardagi shunday ko'rsatkichlarga nisbatan oshishiga olib keladi. Jigar funktsiyasining og'ir buzilishlari (Chayld-Pyu tasnifi bo'yicha C sinfi) bo'lgan bemorlarda sildenafil farmakokinetikasi o'rganilmagan.
Eng ko'p uchraydigan nojo'ya ta'sirlar bosh og'rig'i va "yuzga qon oqib kelishi" bo'lgan.
Odatda Viagra" preparatining nojo'ya ta'sirlari kuchsiz yoki o'rtacha ifodalangan va o'tkinchi xarakterga ega.
Qat'iy belgilangan dozani qo'llash bilan o'tkazilgan tadqiqotlarda ba'zi noxush hodisalarning uchrash tezligi doza oshishi bilan ko'payishi ko'rsatilgan.
Immun tizimi tomonidan: tez-tez emas - o'ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari (shu jumladan teri toshmasi), allergik reaksiyalar.
Ko'rish a'zosi tomonidan: tez-tez - ko'rishning xiralashishi, ko'rishning buzilishi, tsianopsiya; tez-tez emas - ko'zlarda og'riq, fotofobiya, fotopsiya, xromatopsiya, ko'z qizarishi/skleralar in'ektsiyasi, yorug'likni idrok etish yorqinligining o'zgarishi, midriaz, kon'yunktivit, ko'z to'qimasiga qon quyilishi, katarakta, ko'z yoshi aparati ishining buzilishi; kam hollarda - qovoq va unga tutash to'qimalar shishi, ko'zda quruqlik hissi, ko'rish maydonida yorug'lik manbai atrofida kamalak doiralari bo'lishi, ko'zning yuqori toliqishi, narsalarni sariq rangda ko'rish (ksantopsiya), narsalarni qizil rangda ko'rish (eritropsiya), kon'yunktiva giperemiyasi, ko'z shilliq qavatining ta'sirlanishi, ko'zda noxush hislar; uchrash tezligi noma'lum - ko'ruv nervining noarteriit oldingi ishemik nevropatiyasi, to'r parda venalari okklyuziyasi, ko'rish maydoni nuqsoni, diplopiya*, vaqtincha ko'rishni yo'qotish yoki ko'rish o'tkirligining pasayishi, ko'z ichi bosimining oshishi, to'r parda shishi, to'r parda tomirlari kasalliklari, shishasimon tana ko'chishi/vitreal traktsiya.
Eshitish a'zosi tomonidan: tez-tez emas - eshitishning to'satdan pasayishi yoki yo'qolishi, quloqlarda shovqin, quloqlarda og'riq.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: tez-tez - "qizib ketish hissi"; tez-tez emas - taxikardiya, yurak urishini his qilish, qon bosimining pasayishi, yurak qisqarishlari sonining oshishi, nostabil stenokardiya, atrioventrikulyar blokada, miokard infarkti, bosh miya tomirlari trombozi, yurak to'xtashi, yurak yetishmovchiligi, elektrokardiogramma ko'rsatkichlarida og'ishlar, kardiomiopatiya; kam hollarda - bo'lmachalar fibrillatsiyasi, to'satdan yurak o'limi*, qorinchalar aritmiyasi*.
Qon va limfa tizimi tomonidan: tez-tez emas - anemiya, leykopeniya.
Moddalar almashinuvi va oziqlanish tomonidan: tez-tez emas - chanqoq hissi, shishlar, podagra, kompensatsiyalanmagan qandli diabet, giperglikemiya, periferik shishlar, giperurikemiya, gipoglikemiya, gipernatriemiya.
Nafas olish tizimi tomonidan: tez-tez - burun bitishi; tez-tez emas - burun qonashi, rinit, astma, dispnoe, laringit, faringit, sinusit, bronxit, ajraladigan balg'am hajmining oshishi, yo'talning kuchayishi; kam hollarda - tomoqda siqilish hissi, burun bo'shlig'i shilliq qavatining qurishi, burun bo'shlig'i shilliq qavatining shishi.
Oshqozon-ichak trakti tomonidan: tez-tez - ko'ngil aynishi, dispepsiya; tez-tez emas - gastroezofageal reflyuks kasalligi, qusish, qorin sohasida og'riq, og'iz bo'shlig'i shilliq qavatining qurishi, glossit, gingivit, kolit, disfagiya, gastrit, gastroenterit, ezofagit, stomatit, "jigar" funktsional testlarining normadan og'ishi, rektal qon ketish; kam hollarda - og'iz bo'shlig'i shilliq qavati gipesteziyasi.
Tayanch-harakat tizimi tomonidan: tez-tez - belda og'riq; tez-tez emas - mialgiya, oyoq-qo'llarda og'riq, artrit, artroz, pay uzilishi, tenosinovit, suyaklarda og'riq, miasteniya, sinovit.
Siydik-tanosil tizimi tomonidan: tez-tez emas - sistit, nikturiya, sut bezlarining kattalashishi, siydik tuta olmaslik, gematuriya, eyakulyatsiyaning buzilishi, genitliylar shishi, anorgazmiya, gematospermiya, jinsiy olat to'qimalarining shikastlanishi; kam hollarda - uzoq muddatli erektsiya va/yoki priapizm.
Markaziy va periferik asab tizimi tomonidan: juda tez-tez - bosh og'rig'i; tez-tez - bosh aylanishi; tez-tez emas - uyquchanlik, migren, ataksiya, gipertonus, nevralgiya, neyropatiya, paresteziya, tremor, vertigo, depressiya belgilari, uyqusizlik, g'ayrioddiy tushlar, reflekslarning kuchayishi, gipesteziya; kam hollarda - tirishishlar*, takroriy tirishishlar*, hushdan ketish.
Teri va teri osti to'qimalari tomonidan: tez-tez emas - teri toshmasi, eshakemi, oddiy gerpes, teri qichishishi, ko'p terlash, teri yaralanishi, kontakt dermatit, eksfoliativ dermatit; uchrash tezligi noma'lum - Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz.
Boshqalar: tez-tez emas - issiqlik hissi, yuz shishi, fotosezuvchanlik reaksiyasi, shok, asteniya, yuqori toliqish, turli joylashuvdagi og'riq, qaltirash, tasodifiy yiqilishlar, ko'krak qafasi sohasida og'riq, tasodifiy jarohatlar; kam hollarda - ta'sirchanlik.
* Postmarketing tadqiqotlar davomida aniqlangan nojo'ya ta'sirlar.
Yurak-qon tomir asoratlari
Erektil disfunktsiyani davolash uchun sildenafilning postmarketing qo'llanilishi davomida og'ir yurak-qon tomir asoratlari (shu jumladan miokard infarkti, nostabil stenokardiya, to'satdan yurak o'limi, qorinchalar aritmiyasi, gemorragik insult, tranzitor ishemik hujum, gipertenziya va gipotenziya) kabi noxush hodisalar haqida xabar berilgan, ular sildenafilni qo'llash bilan vaqtinchalik bog'liqlikka ega bo'lgan. Ushbu bemorlarning ko'pchiligi, lekin hammasi emas, yurak-qon tomir asoratlari xavf omillariga ega bo'lgan. Ko'rsatilgan noxush hodisalarning aksariyati jinsiy faollikdan ko'p o'tmay kuzatilgan va ularning ba'zilari sildenafil qabul qilingandan keyin keyingi jinsiy faolliksiz qayd etilgan. Qayd etilgan noxush hodisalar va ko'rsatilgan yoki boshqa omillar o'rtasida to'g'ridan-to'g'ri bog'liqlik mavjudligini aniqlash imkoni yo'q.
Ko'rish buzilishlari
FDE5 ingibitorlarining barcha sinflarini, shu jumladan sildenafilni ro'yxatdan o'tkazgandan keyingi qo'llash davrida kamdan-kam hollarda ko'ruv nervining noarteriit oldingi ishemik nevropatiyasi (KNOOIN) - kam uchraydigan kasallik va ko'rishning pasayishi yoki yo'qolishi sababi haqida xabar berilgan. Ushbu bemorlarning ko'pchiligida xavf omillari bo'lgan, xususan ko'ruv nervi diski va ekskavatsiya diametrlari nisbatining pasayishi ("dimlangan disk"), yoshning 50 dan katta bo'lishi, qandli diabet, gipertenziya, yurak ishemik kasalligi, giperlipidemiya va chekish. Observatsion tadqiqotda FDE5 ingibitorlari sinfi preparatlarini yaqinda qo'llash KNOOIN ning o'tkir boshlanishi bilan bog'liqmi yoki yo'qmi baholandi. Natijalar FDE5 ingibitorini qo'llagandan keyin 5 yarim chiqarilish davri chegarasida KNOOIN xavfining taxminan 2 baravar oshishini ko'rsatadi. Nashr etilgan adabiyot ma'lumotlariga ko'ra, KNOOIN paydo bo'lishining yillik chastotasi umumiy populyatsiyada ? 50 yoshdagi erkaklarda 100 000 kishiga 2,5-11,8 holatni tashkil etadi.
Bemorlarga ko'rish to'satdan yo'qolganda sildenafil bilan davolashni to'xtatish va darhol shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etilishi kerak. KNOOIN holati bo'lgan shaxslarda KNOOIN qaytalanish xavfi yuqori bo'ladi. Shuning uchun shifokor bunday bemorlar bilan ushbu xavfni muhokama qilishi, shuningdek ular bilan FDE5 ingibitorlarining potentsial noxush ta'sir qilish imkoniyatini muhokama qilishi kerak. Bunday bemorlarda FDE5 ingibitorlarini, shu jumladan sildenafilni ehtiyotkorlik bilan va faqat kutilayotgan foyda xavfdan ustun bo'lgan hollarda qo'llash kerak.
Viagra® preparati tavsiya etilganlardan yuqori dozalarda ishlatilganda, noxush hodisalar yuqorida qayd etilganlarga o'xshash bo'lgan, ammo odatda tez-tez uchragan.
Ereksiya buzilishlarini tashxislash, ularning mumkin bo'lgan sabablarini aniqlash va adekvat davolashni tanlash uchun to'liq tibbiy anamnez yig'ish va sinchkov fizikal tekshiruv o'tkazish zarur.
Erektil disfunksiyani davolash vositalari jinsiy olatning anatomik deformatsiyasi (angulyatsiya, kavernoz fibroz, Peyroni kasalligi) bo'lgan bemorlarda yoki priapizm rivojlanish xavf omillari (o'roqsimon hujayrali anemiya, ko'p sonli miyeloma, leykemiya) bo'lgan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan ishlatilishi kerak ("Ehtiyotkorlik bilan" bo'limiga qarang).
Postmarketing tadqiqotlar vaqtida uzoq muddatli ereksiya va priapizm rivojlanish holatlari haqida xabar berilgan. Ereksiya 4 soatdan ortiq saqlanib qolganda darhol tibbiy yordamga murojaat qilish kerak. Agar priapizm terapiyasi darhol o'tkazilmasa, bu jinsiy olat to'qimalarining shikastlanishiga va potentsiyaning qaytmas yo'qolishiga olib kelishi mumkin.
Ereksiya buzilishlarini davolash uchun mo'ljallangan preparatlarni jinsiy faollik istalmagan erkaklarga tayinlash kerak emas.
Jinsiy faollik yurak kasalliklari mavjud bo'lganda ma'lum xavf tug'diradi, shuning uchun ereksiya buzilishlari bo'yicha har qanday terapiyani boshlashdan oldin shifokor bemorni yurak-qon tomir tizimi holatini tekshirishga yuborishi kerak. Jinsiy faollik yurak yetishmovchiligi, nostabil stenokardiya, oxirgi 6 oyda o'tkazilgan miokard infarkti yoki insult, hayotga xavf soluvchi aritmiyalar, gipertenziya (AB > 170/100 mm sim. ust.) yoki gipotoniya (AB
Yurak-qon tomir asoratlari
Erektil disfunksiyani davolash uchun sildenafilni postmarketing qo'llash davomida og'ir yurak-qon tomir asoratlari (shu jumladan miokard infarkti, nostabil stenokardiya, to'satdan yurak o'limi, qorinchalar aritmiyasi, gemorragik insult, tranzitor ishemik hujum, gipertenziya va gipotenziya) kabi noxush hodisalar haqida xabar berilgan, ular sildenafilni qo'llash bilan vaqtinchalik bog'liqlikka ega bo'lgan. Ushbu bemorlarning aksariyati, lekin hammasi emas, yurak-qon tomir asoratlari xavf omillariga ega bo'lgan. Ko'rsatilgan noxush hodisalarning ko'pi jinsiy faollikdan so'ng qisqa vaqt ichida kuzatilgan va ularning ba'zilari sildenafil qabul qilingandan keyin keyingi jinsiy faolliksiz qayd etilgan. Qayd etilgan noxush hodisalar va ko'rsatilgan yoki boshqa omillar o'rtasida to'g'ridan-to'g'ri bog'liqlik mavjudligini aniqlash imkoni yo'q.
Gipotenziya
Sildenafil AB ning o'tkinchi pasayishiga olib keluvchi tizimli vazodilatator ta'sir ko'rsatadi, bu klinik ahamiyatli hodisa hisoblanmaydi va ko'pchilik bemorlarda hech qanday oqibatlarga olib kelmaydi. Shunga qaramay, Viagra® preparatini tayinlashdan oldin shifokor tegishli kasalliklari bo'lgan bemorlarda, ayniqsa jinsiy faollik fonida vazodilatator ta'sirning mumkin bo'lgan noxush ko'rinishlari xavfini sinchkov baholashi kerak.
Vazodilatatorlarga yuqori ta'sirchanlik chap qorincha chiqaruvchi traktining obstruktsiyasi (aorta stenozi, gipertrofik obstruktiv kardiomiopatiya) bo'lgan bemorlarda, shuningdek vegetativ asab tizimi tomonidan AB boshqarilishining og'ir buzilishi bilan namoyon bo'ladigan kam uchraydigan ko'p sonli tizimli atrofiya sindromi bo'lgan bemorlarda kuzatiladi.
Sildenafil va beta-adrenoblokatorlarni birga qo'llash alohida sezgir bemorlarda simptomatik gipotenziyaga olib kelishi mumkinligi sababli, Viagra® preparatini beta-adrenoblokatorlarni qabul qilayotgan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan tayinlash kerak ("Boshqa dori vositalari bilan o'zaro ta'siri" bo'limiga qarang). Beta-adrenoblokatorlarni qabul qilayotgan bemorlarda postural gipotenziya rivojlanish xavfini minimal darajaga tushirish uchun, Viagra® preparatini qabul qilishni faqat ushbu bemorlarda gemodinamika ko'rsatkichlari barqarorlashgandan so'ng boshlash kerak. Shuningdek Viagra® preparatining boshlang'ich dozasini kamaytirish maqsadga muvofiqligini ko'rib chiqish kerak ("Qo'llash usuli va dozalari" bo'limiga qarang). Shifokor bemorlarni postural gipotenziya simptomlari paydo bo'lganda qanday harakatlar qilish kerakligi haqida xabardor qilishi kerak.
Ko'rish buzilishlari
Barcha FDE5 ingibitorlari, shu jumladan sildenafilni ro'yxatdan o'tkazilgandan keyingi qo'llash vaqtida kamdan-kam hollarda ko'rish nervining noarteriit oldingi ishemik nevropatiyasi (NAOIN) - kam uchraydigan kasallik va ko'rish pasayishi yoki yo'qolishi sababi haqida xabar berilgan. Ushbu bemorlarning ko'pchiligida xavf omillari, xususan ekskavatsiya va ko'rish nervi diski diametrlari nisbatining pasayishi ("dimlangan disk"), 50 yoshdan katta yosh, qandli diabet, gipertenziya, yurak ishemik kasalligi, giperlipidemiya va chekish bo'lgan. Observatsion tadqiqotda FDE5 ingibitorlari sinfi preparatlarini yaqinda qo'llash NAOIN o'tkir boshlanishi bilan bog'liqligi baholangan. Natijalar FDE5 ingibitori qo'llanilgandan so'ng 5 yarim chiqarilish davri chegarasida NAOIN xavfining taxminan 2 baravar oshishini ko'rsatadi. Chop etilgan adabiyot ma'lumotlariga ko'ra, NAOIN yuzaga kelishining yillik tez-tezligi umumiy populyatsiyada 50 yosh va undan katta erkaklarda 100 000 taga 2,5-11,8 holatni tashkil etadi. Bemorlarga ko'rish to'satdan yo'qolganda sildenafil bilan terapiyani to'xtatish va darhol shifokor bilan maslahatlashishni tavsiya etish kerak. NAOIN holati bo'lgan shaxslarda NAOIN qaytalanishi xavfi yuqori. Shuning uchun shifokor bunday bemorlar bilan ushbu xavfni muhokama qilishi, shuningdek ular bilan FDE5 ingibitorlarining noxush ta'siri potentsial imkoniyatini muhokama qilishi kerak. FDE5 ingibitorlari, shu jumladan sildenafilni bunday bemorlarda ehtiyotkorlik bilan va faqat kutilayotgan foyda xavfdan ustun bo'lgan vaziyatlarda qo'llash kerak. Bir ko'zda ko'rish yo'qolishi bilan NAOIN rivojlanishi epizodlari bo'lgan bemorlarda sildenafil qabul qilish qarshi ko'rsatilgan ("Qarshi ko'rsatmalar" bo'limiga qarang).
Nasliy pigmentli retiniti bo'lgan bemorlarning kichik sonida ko'z to'r pardasi fosfodiesterazalari funksiyalarining genetik determinatsiyalangan buzilishlari mavjud. Pigmentli retiniti bo'lgan bemorlarda Viagra® preparatini qo'llash xavfsizligi haqida ma'lumotlar yo'q, shuning uchun bunday bemorlarda sildenafilni qo'llash kerak emas ("Qarshi ko'rsatmalar" bo'limiga qarang).
Eshitish buzilishlari
Ba'zi postmarketing va klinik tadqiqotlarda barcha FDE5 ingibitorlari, shu jumladan sildenafilni qo'llash bilan bog'liq eshitishning to'satdan yomonlashishi yoki yo'qolishi holatlari haqida xabar beriladi. Ushbu bemorlarning ko'pchiligida eshitishning to'satdan yomonlashishi yoki yo'qolishi xavf omillari bo'lgan. FDE5 ingibitorlarini qo'llash va eshitishning to'satdan yomonlashishi yoki yo'qolishi o'rtasida sababiy bog'liqlik aniqlanmagan. Sildenafil qabul qilish fonida eshitish to'satdan yomonlashganda yoki yo'qolganda darhol shifokor bilan maslahatlashish kerak.
Qon ketishlar
Sildenafil natriy nitroprussidi, azot oksidi donatorining in vitro odam trombotsitlariga antiagregant ta'sirini kuchaytiradi. Qon ketishga moyilligi yoki me'da va 12 barmoqli ichak yara kasalligi zo'rayishi bo'lgan bemorlarda sildenafilni qo'llash xavfsizligi haqida ma'lumotlar yo'q, shuning uchun Viagra® preparatini ushbu bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak ("Ehtiyotkorlik bilan" bo'limiga qarang). Biriktiruvchi to'qimaning diffuz kasalliklari bilan bog'liq o'pka gipertenziyasi (O'G) bo'lgan bemorlarda burun qonashlari tez-tezligi (sildenafil 12,9%, platsebo 0%), birlamchi o'pka arterial gipertenziyasi bo'lgan bemorlarga qaraganda (sildenafil 3,0%, platsebo 2,4%) yuqori bo'lgan. K vitamini antagonisti bilan birgalikda sildenafil olgan bemorlarda burun qonashlari tez-tezligi (8,8%), K vitamini antagonistini qabul qilmagan bemorlarga qaraganda (1,7%) yuqori bo'lgan.
Ereksiya buzilishlarini davolashning boshqa vositalari bilan birgalikda qo'llash
Viagra® preparatining boshqa FDE5 ingibitorlari yoki sildenafil saqlovchi o'pka arterial gipertenziyasini davolash uchun boshqa preparatlar (masalan, Revatsio®) yoki ereksiya buzilishlarini davolashning boshqa vositalari bilan birgalikda xavfsizligi va samaradorligi o'rganilmagan, shuning uchun bunday kombinatsiyalarni qo'llash tavsiya etilmaydi ("Qarshi ko'rsatmalar" bo'limiga qarang).
Preparatning transport vositalarini va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri:
Sildenafil qabul qilish fonida avtomobilni yoki boshqa texnik vositalarni boshqarish qobiliyatiga biron-bir salbiy ta'sir kuzatilmagan.
Biroq sildenafil qabul qilinganda bosh aylanishi, AB pasayishi, xromatopsiya rivojlanishi, ko'rishning xiralashishi va h.k. nojo'ya hodisalar rivojlanishi mumkinligi sababli, transport vositalarini boshqarishda va diqqatni yuqori jamlashni hamda psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiladigan boshqa potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug'ullanishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Shuningdek ko'rsatilgan vaziyatlarda preparatning individual /ta'siriga, ayniqsa davolash boshida va dozalash rejimi o'zgartirilganda diqqat bilan munosabatda bo'lish kerak.
Sildenafila yoki preparatning boshqa har qanday komponentiga yuqori sezuvchanlik.
Azot oksidi donatorlarini, organik nitratlar yoki nitritlarni har qanday shaklda doimiy yoki tanaffuslar bilan qabul qilayotgan bemorlarda qo'llash, chunki sildenafil nitratlarning gipotenziv ta'sirini kuchaytiradi ("Boshqa dori vositalari bilan o'zaro ta'siri" bo'limiga qarang).
FDE5 ingibitorlarini, shu jumladan sildenafilni, riotsiguat kabi guanilatsiklaza stimulyatorlari bilan birgalikda qo'llash, chunki bu simptomatik gipotenziyaga olib kelishi mumkin.
Viagra® preparatining erektsiya buzilishini davolashning boshqa vositalari bilan birgalikda qo'llash xavfsizligi va samaradorligi o'rganilmagan, shuning uchun bunday kombinatsiyalarni qo'llash tavsiya etilmaydi ("Maxsus ko'rsatmalar" bo'limiga qarang).
Laktozani o'zlashtiraolmaslik, laktaza yetishmovchiligi, glyukoza-galaktoza malabsorbtsiyasi.
Og'ir jigar yetishmovchiligi (Chayld-Pyu tasnifi bo'yicha S sinfi).
Ritonavirni bir vaqtda qabul qilish.
Og'ir yurak-qon tomir kasalliklari (og'ir yurak yetishmovchiligi, nostabil stenokardiya, oxirgi olti oy ichida o'tkazilgan insult yoki miokard infarkti, hayotga xavf soluvchi aritmiyalar, gipertenziya (AB > 170/100 mm sim. ust.) yoki arterial gipotenziya (AB 90/50 mm sim. ust. dan kam)) ("Maxsus ko'rsatmalar" bo'limiga qarang).
Bitta ko'zda ko'rishni yo'qotish bilan kechuvchi ko'ruv nervining noarteriit old ishemik neyropatiyasi rivojlanish epizodlari bo'lgan bemorlar.
Irsiy pigmentli retinit ("Maxsus ko'rsatmalar" bo'limiga qarang).
Ro'yxatga olingan ko'rsatma bo'yicha Viagra® preparati 18 yoshgacha bo'lgan bolalarda qo'llash uchun mo'ljallanmagan.
Ro'yxatga olingan ko'rsatma bo'yicha Viagra® preparati ayollarda qo'llash uchun mo'ljallanmagan.
Ehtiyotkorlik bilan:
Jinsiy olatning anatomik deformatsiyasi (angulyatsiya, kavernoz fibroz yoki Peyroni kasalligi) ("Maxsus ko'rsatmalar" bo'limiga qarang).
Priapizm rivojlanishiga moyillik yaratuvchi kasalliklar (o'roqsimon hujayrali anemiya, ko'plab miyeloma, leykoz, trombotsitemiya) ("Maxsus ko'rsatmalar" bo'limiga qarang). Qon ketish bilan kechuvchi kasalliklar.
Me'da va o'n ikki barmoqli ichak yara kasalligi zo'rayish bosqichida.
Jigar faoliyatining buzilishi.
Og'ir buyrak yetishmovchiligi (KK 30 ml/daq dan kam).
Anamnezda ko'ruv nervining old noarteriit ishemik neyropatiyasi rivojlanish epizodi bo'lgan bemorlar ("Maxsus ko'rsatmalar" bo'limiga qarang).
Alfa-adrenoretseptorlar blokatorlarini bir vaqtda qabul qilish.
Homiladorlik va laktatsiya:
Ro'yxatga olingan ko'rsatma bo'yicha preparat ayollarda qo'llash uchun mo'ljallanmagan.
Boshqa dori preparatlarining sildenafil farmakokinetikasiga ta'siri
Sildenafil metabolizmi asosan sitoxrom CYP3A4 (asosiy yo'l) va CYP2C9 izofermentlari ta'sirida sodir bo'ladi, shuning uchun ushbu izofermentlar ingibitorlari sildenafil klirensini kamaytirishi, induktorlar esa, mos ravishda, sildenafil klirensini oshirishi mumkin. Sitoxrom CYP3A4 izofermenti ingibitorlari (ketokonazol, eritromitsin, simetidin) bir vaqtda qo'llanilganda sildenafil klirensi pasayishi qayd etilgan.
Sitoxrom CYP3A4 izofermentining nospetsifik ingibitori simetidin (800 mg) sildenafil (50 mg) bilan birga qabul qilinganda plazmada sildenafil konsentratsiyasini 56% ga oshishini chaqiradi.
100 mg sildenafilni sitoxrom CYP3A4 izofermentining o'rtacha ingibitori eritromitsin (kuniga 2 marta 500 mg dan 5 kun davomida) bilan birga bir marta qabul qilish, qonda eritromitsinning doimiy konsentratsiyasiga erishish fonida, sildenafil AUC ning 182% ga oshishiga olib keladi.
Sildenafil (bir marta 100 mg) va OIV-proteaza va sitoxrom CYP3A4 izofermenti ingibitori sakvinavir (kuniga 3 marta 1200 mg) birga qabul qilinganda, qonda sakvinavirning doimiy konsentratsiyasiga erishish fonida sildenafil Cmax 140% ga oshgan, AUC esa 210% ga oshgan. Sildenafil sakvinavir farmakokinetikasiga ta'sir ko'rsatmaydi.
Sitoxrom CYP3A4 izofermentining yanada kuchliroq ingibitorlari, masalan ketokonazol va itrakonazol, sildenafil farmakokinetikasining yanada kuchliroq o'zgarishlarini chaqirishi mumkin.
Sildenafil (bir marta 100 mg) va OIV-proteaza ingibitori va sitoxrom P450 ning kuchli ingibitori ritonavir (sutkasiga 2 marta 500 mg dan) bir vaqtda qo'llanilganda, qonda ritonavirning doimiy konsentratsiyasiga erishish fonida sildenafil Cmax ning 300% ga (4 baravar), AUC ning esa 1000% ga (11 baravar) oshishiga olib keladi. 24 soatdan keyin qon plazmasida sildenafil konsentratsiyasi taxminan 200 ng/ml ni tashkil qiladi (bitta sildenafil bir marta qabul qilingandan keyin - 5 ng/ml). Bu ritonavirning sitoxrom P450 substratlari keng doirasiga ta'siriga mos keladi. Sildenafil ritonavir farmakokinetikasiga ta'sir qilmaydi. Ushbu ma'lumotlarni hisobga olib, ritonavir va sildenafilni bir vaqtda qabul qilish tavsiya etilmaydi. Har qanday holatda ham sildenafilning maksimal dozasi hech qanday sharoitda 48 soat ichida 25 mg dan oshmasligi kerak.
Agar sildenafilni bir vaqtning o'zida sitoxrom CYP3A4 izofermentining kuchli ingibitorlarini qabul qilayotgan bemorlar tavsiya etilgan dozalarda qabul qilsalar, erkin sildenafil Cmax 200 nM dan oshmaydi va preparat yaxshi o'zlashtiriladi.
Antatsidni (magniy gidroksidi/alyuminiy gidroksidi) bir marta qabul qilish sildenafil biokiraolishligiga ta'sir qilmaydi.
Sog'lom ko'ngillilar ishtirokidagi tadqiqotlarda endotelin retseptorlari antagonisti bozentan (CYP3A4 (o'rtacha), CYP2C9 va ehtimol CYP2C19 izofermenti induktori) muvozanatli konsentratsiyada (sutkasiga ikki marta 125 mg) va sildenafil muvozanatli konsentratsiyada (sutkasiga uch marta 80 mg) bir vaqtda qo'llanilganda sildenafil AUC va Cmax mos ravishda 62,6% va 52,4% ga pasayishi qayd etilgan. Sildenafil bozentan AUC va Cmax ni mos ravishda 49,8% va 42% ga oshirgan. Rifampitsin kabi CYP3A4 izofermentining kuchli induktorlari bilan sildenafilni bir vaqtda qo'llash qon plazmasida sildenafil konsentratsiyasining yanada ko'proq pasayishiga olib kelishi mumkin deb taxmin qilinadi.
Sitoxrom CYP2C9 izofermenti (tolbutamid, varfarin), sitoxrom CYP2D6 izofermenti (serotoninni qayta qamrab olinishining selektiv ingibitorlari, tritsiklik antidepressantlar) ingibitorlari, tiazid va tiazidsimon diuretiklar, AOF ingibitorlari va kaltsiy antagonistlari sildenafil farmakokinetikasiga ta'sir ko'rsatmaydi. Azitromitsin (3 kun davomida 500 mg/sut) sildenafil yoki uning asosiy aylanib yuruvchi metabolitining AUC, Cmax, Tmax, chiqarilish tezligi konstantasi va T1/2 ga ta'sir ko'rsatmaydi.
Sildenafilning boshqa dori vositalariga ta'siri
Sildenafil sitoxrom P450 - 1A2, 2C9, 2C19, 2D6, 2E1 va 3A4 izofermentlarining kuchsiz ingibitori hisoblanadi (IK50>150 mkmol). Sildenafil tavsiya etilgan dozalarda qabul qilinganda uning Cmax taxminan 1 mkmol ni tashkil qiladi, shuning uchun sildenafil ushbu izofermentlar substratlari klirensiga ta'sir qilishi ehtimoldan yiroq.
Sildenafil nitratlarning gipotenziv ta'sirini ular ham uzoq muddat qo'llanilganda, ham o'tkir ko'rsatmalar bo'yicha tayinlanganda kuchaytiradi. Shu munosabat bilan sildenafilni nitratlar yoki azot oksidi donatorlari bilan kombinatsiyada qo'llash mumkin emas.
Prostata bexavotir giperplaziyasi bo'lgan, gemodinamikasi barqaror bemorlarda α-adrenoblokator doksazozin (4 mg va 8 mg) va sildenafil (25 mg, 50 mg va 100 mg) bir vaqtda qabul qilinganda chalqancha yotgan holatda sistolik/diastolik AB ning o'rtacha qo'shimcha pasayishi mos ravishda 7/7 mm sim. ust., 9/5 mm sim. ust. va 8/4 mm sim. ust. ni, turgan holatda esa - mos ravishda 6/6 mm sim. ust., 11/4 mm sim. ust. va 4/5 mm sim. ust. ni tashkil qilgan. Bunday bemorlarda bosh aylanishi ko'rinishida namoyon bo'lgan simptomatik postural gipotenziya (hushdan ketishsiz) rivojlanishi kamdan-kam holatlari haqida xabar beriladi. α-adrenoblokatorlarni qabul qilayotgan alohida sezgir bemorlarda sildenafilni bir vaqtda qo'llash simptomatik gipotenziyaga olib kelishi mumkin.
Sitoxrom CYP2C9 izofermenti orqali metabolizmga uchraydigan tolbutamid (250 mg) yoki varfarin (40 mg) bilan ahamiyatli o'zaro ta'sir belgilari aniqlanmagan.
Sildenafil (100 mg) OIV-proteaza ingibitori, CYP3A4 izofermenti substrati bo'lgan sakvinavirning qonda doimiy darajasi bo'lganda uning farmakokinetikasiga ta'sir ko'rsatmaydi.
Sildenafilni muvozanatli holatda (sutkasiga uch marta 80 mg) bir vaqtda qo'llash bozentan (sutkasiga ikki marta 125 mg) AUC va Cmax ning mos ravishda 49,8% va 42% ga oshishiga olib keladi.
Sildenafil (50 mg) asetilsalitsil kislotasi (150 mg) qabul qilinganda qon ketish vaqtining qo'shimcha uzayishini chaqirmaydi.
Sildenafil (50 mg) sog'lom ko'ngillilarda qonda alkogolning maksimal konsentratsiyasi o'rtacha 0,08% (80 mg/dl) bo'lganda alkogolning gipotenziv ta'sirini kuchaytirmaydi.
Gipertenziyasi bo'lgan bemorlarda sildenafilning (100 mg) amlodipin bilan o'zaro ta'siri belgilari aniqlanmagan. Yotgan holatda AB ning o'rtacha qo'shimcha pasayishi 8 mm sim. ust. (sistolik) va 7 mm sim. ust. (diastolik) ni tashkil qiladi.
Sildenafilni antigipertenziv vositalar bilan birgalikda qo'llash qo'shimcha nojo'ya samaralar yuzaga kelishiga olib kelmaydi.
Aksariyat kattalar uchun tavsiya etilgan doza jinsiy faoliyatdan taxminan 1 soat oldin 50 mg ni tashkil qiladi. Samaradorlik va o'zlashtirilishini hisobga olgan holda doza 100 mg gacha oshirilishi yoki 25 mg gacha kamaytirilishi mumkin. Maksimal tavsiya etilgan doza 100 mg ni tashkil qiladi. Maksimal tavsiya etilgan qo'llash chastotasi - sutkasiga bir marta.
Buyrak funktsiyasi buzilishlari
Buyrak yetishmovchiligining engil va o'rtacha og'irlik darajasida (KK 30-80 ml/daq) dozani to'g'irlash talab etilmaydi, og'ir buyrak yetishmovchiligida (KK < 30 ml/daq) - sildenafil dozasini 25 mg gacha kamaytirish kerak.
Jigar funktsiyasi buzilishlari
Sildenafilning chiqarilishi jigar shikastlanishi bo'lgan bemorlarda (xususan, sirrozda) buzilganligi sababli, Viagra® preparati dozasini 25 mg gacha kamaytirish kerak.
Boshqa dori vositalari bilan birgalikda qo'llanilishi
Ritonavir bilan birgalikda qo'llash tavsiya etilmaydi. Har qanday holatda ham Viagra® preparatining maksimal dozasi hech qanday sharoitda 25 mg dan oshmasligi kerak, qo'llash chastotasi esa - 48 soatda 1 marta ("Boshqa dori vositalari bilan o'zaro ta'siri" bo'limiga qarang).
CYP3A4 izofermenti ingibitorlari (eritromitsin, sakvinavir, ketokonazol, itrakonazol) bilan birgalikda qo'llanilganda Viagra® preparatining boshlang'ich dozasi 25 mg ni tashkil qilishi kerak ("Boshqa dori vositalari bilan o'zaro ta'siri" bo'limiga qarang).
a-adrenoblokatorlarni qabul qilayotgan bemorlarda postural gipotenziya rivojlanish xavfini minimallashtirish uchun Viagra® preparatini qabul qilishni ushbu bemorlarda gemodinamika barqarorlashgandan keyingina boshlash kerak. Shuningdek, sildenafilning boshlang'ich dozasini kamaytirish maqsadga muvofiqligini ko'rib chiqish kerak ("Maxsus ko'rsatmalar" va "Boshqa dori vositalari bilan o'zaro ta'siri" bo'limlariga qarang).
Keksa yoshdagi bemorlar
Viagra® preparati dozasini to'g'irlash talab etilmaydi.Dozani oshirib yuborishViagra® preparati 800 mg gacha dozada bir marta qabul qilinganda noxush hodisalar preparat pastroq dozalarda qabul qilingandagidek bo'lgan, ammo tez-tez uchragan. 200 mg doza qo'llanilishi preparat samaradorligining oshishiga olib kelmagan, ammo nojo'ya reaktsiyalar (bosh og'rig'i, "qizishlar", bosh aylanishi, dispepsiya, burun bitishi, ko'rishning buzilishi) chastotasi oshgan.
Davolash simptomatik. Gemodializ sildenafil klirensini tezlashtirmaydi, chunki u plazma oqsillari bilan faol bog'lanadi va buyraklar orqali chiqarilmaydi.
Xususiyatlar VIAGRA 0,1 tabletkalari N2
Viagra boshqa chiqarish shakllari
VIAGRA 0,1 tabletkalari N2 analoglari

















