Apteka.uz
SavatKirish

Viagra

Viagra chiqarilish shakllari

VIAGRA 0,05 tabletkalari N4
VIAGRA 0,05 tabletkalari N4
Frantsiya
Ishlab chiqaruvchi:
Fareva Ambuaz
VIAGRA 0,1 tabletkalari N12
VIAGRA 0,1 tabletkalari N12
Frantsiya
Ishlab chiqaruvchi:
Fareva Ambuaz
VIAGRA 0,05 tabletkalari N4
VIAGRA 0,05 tabletkalari N4
Frantsiya
Ishlab chiqaruvchi:
Fareva Ambuaz
VIAGRA 0,025 tabletkalari N1
VIAGRA 0,025 tabletkalari N1
Frantsiya
Ishlab chiqaruvchi:
Fareva Ambuaz
VIAGRA 0,05 tabletkalari N2
VIAGRA 0,05 tabletkalari N2
Frantsiya
Ishlab chiqaruvchi:
Fareva Ambuaz
VIAGRA 0,05 tabletkalari N1
VIAGRA 0,05 tabletkalari N1
Frantsiya
Ishlab chiqaruvchi:
Fareva Ambuaz
VIAGRA 0,1 tabletkalari N1
VIAGRA 0,1 tabletkalari N1
Frantsiya
Ishlab chiqaruvchi:
Fareva Ambuaz
VIAGRA 0,1 tabletkalari N4
VIAGRA 0,1 tabletkalari N4
Frantsiya
Ishlab chiqaruvchi:
Fareva Ambuaz
- Viagra qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Viagraning tarkibi
- Viagra ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Viagra narxi Toshkent dorixonalarida

Viagra haqida qo'llanma

Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

VIAGRA®

VIAGRA

Preparatning savdo nomi: Viagra®

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): sildenafil

Dori shakli: og‘iz bo‘shlig‘ida dispersiyalanuvchi tabletkalar.

Tarkibi:

Og‘iz bo‘shlig‘ida dispersiyalanuvchi har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: sildenafil sitrati (50 mg sildenafilga ekvivalent).

yordamchi moddalar: mikrokristall sellyuloza, kolloid gidrofob kremniy dioksidi, natriy kroskarmelloza, magniystearati, indigokarmin asosidagi alyumin laki (E132), sukraloza, mannitol, krospovidon, polivinilasetat, povidon;

maltodekstrin va dekstrin saqlovchi aromatizator;

maltodekstrin, gliserin (E422) va propilenglikol (E1520) saqlovchi tabiiy aromatizator;

maltodekstrin va alfa-tokoferol (E307) saqlovchi limonli aromatizator.

Ta‘rifi: rombsimon shaklli, bir tomonida “V50” gravirovkasi bo‘lgan, boshqa tomoni tekis bo‘lgan ko‘k rangli dumaloq tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: erektil disfunksiyani davolash uchun vosita – FDE-5 (fosfodiesteraza-5)-ingibitori.

ATX kodi: G04BE03.

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Penisni ereksiyasi uchun mas‘ul bo‘lgan fiziologik mexanizm seksual stimulyasiya vaqtida g‘ovak tanalarda azot oksidini (NO) ajralib chiqishini o‘z ichiga oladi. Azot oksidi guanilatsiklazani faollashtiradi, bu siklik guanozinmonofosfat (sGMF) ning darajasini oshishiga olib kelib, g‘ovak tanalarning silliq mushaklarni bo‘shashishini chaqiradi va qon oqimini kuchayishiga olib keladi.

Sildenafil – g‘ovak tanalarda sGMF ni parchalanishi uchun javob beruvchi sGMF- spesifik fosfodiesterazaning 5-turi (FDE-5) kuchli selektiv ingibitoridir. Sildenafil ereksiyaga periferik ta‘sir ko‘rsatadi. Sildenafil odamdan izolyasiya qilib olingan g‘ovak tanaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘shashtiruvchi ta‘sir ko‘rsatmaydi, ammo azot oksidi – NO ning bu to‘qimaga bo‘shashtiruvchi samarasini kuchaytiradi. Seksual stimulyasiya vaqtida yuz beradigan holat kabi, NO/sGMF ning metabolik yo‘lini faollashuvida, FDE-5 ni sildenafil tomonidan ingibisiya qilinishi g‘ovak tanalarda sGMF darajasini oshishiga olib keladi. Shuning uchun sildenafildan kutilgan ta‘sir natijasida istalgan davolovchi farmakologik samaraga erishish uchun seksual stimulyasiya zarurdir.

In vitro sharoitlar sildenafil ereksiya jarayonini boshqarishda ishtirok etuvchi  FDE-5 ga selektiv ta‘sir qilishini ko‘rsatdi. Preparatning FDE5 ga nisbatan, boshqa ma‘lum fosfodiesterazalarga nisbatan kuchliroqdir. Preparatning bu ta‘sir samarasi ko‘zning to‘r pardasida fotoni qayta shakllanish jarayonida ishtirok etuvchi  FDE6 ga nisbatan samarasi 10 barobar kuchliroqdir. Maksimal tavsiya etilgan dozalarda qo‘llanganda sildenifilning FDE5 ga nisbatan selektivligi, uning FDE1 ga nisbatan selektivligidan 80 marta ortiq bo‘lsa, FDE-2, 3, 4, 7, 8, 9, 10 va 11 ga nisbatan selektivligiga qaraganda 700 marta yuqoridir. Xususan, sildenafilning FDE5 ga nisbatan selektivligi, yurak qisqaruvchanligini yo‘lga solishda ishtirok etuvchi fosfodiesterazaning sAMF-spesifik izoformasi FDE3 ga nisbatan selektivligidan 4000 marta yuqoridir.

Klinik samaradorligi va xavfsizligi

Preparat qabul qilingandan keyin, sildenafil seksual stimulyasiyaga javoban ereksiyani yuz berishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan vaqt intervalini baholash uchun ikkita maxsus klinik tadqiqort o‘tkazilgan. Sildenafilni och qoringa qabul qilgan pasientlar ishtirokida o‘tkazilgan klinik tadqiqotlarda, jinsiy olatni pletizmografiyasi (RigiScan) o‘tkazilganda, 60% rigidlikka ega ereksiyaga erishgan pasientlarda ereksiya boshlangungacha bo‘lgan (jinsiy aloqani amalga oshirishi uchun yetarli bo‘lgan) vaqt medianasi sildenafilni qabul qilingandan keyin 25 minutni (ko‘rsatkichlar diapazoni 12-37 minut) tashkil etdi. RigiScan pletizmografini ishlatish bilan o‘tkazilgan alohida tadqiqotda sildenafil, uni qabul qilingandan so‘ng 4-5 soatdan keyin xam seksual stimulyasiyaga javoban eresiyani chaqirish qobiliyatiga ega bo‘lgan.

Sildenafil arterial bosimni, ko‘pchilik hollarda klinik ko‘rinishlar bilan kechmaydigan yengil va o‘tkinchi pasayishiga olib keladi. Sildenafilni 100 mg dozada peroral qabul qilingandan keyin chalqancha yotgan holatda sistolik arterial bosimni o‘rtacha maksimal pasayishi 8,4 mm sim. ust. ni tashkil etgan. Chalqancha yotgan holatda diastolik arterial bosimni muvofiq o‘zgarishi 5,5 mm sim. ust. ni tashkil qilgan. Arterial bosimni bunday pasayishi, sildenafilning, ehtimol qon tomirlarining silliq mushaklarida sGMF darajasini oshishi bilan bog‘liq bo‘lgan qon tomirlarni kengaytiruvchi ta‘siri bilan mos keladi. Sildenafilni 100 mg gacha dozada peroral bir marta qabul qilinishi sog‘lom ko‘ngillilarda EKG da xech qanday klinik ahamiyatga ega o‘zgarishlarni chaqirmagan.

Og‘ir yurak ishemik kasalligi (YUIK) bo‘lgan (70% dan ortiq pasientda xech bo‘lmaganda bir koronar arteriyaning stenozi bo‘lgan) 14 nafar pasientda sildenafilning 100 mg li bir martalik dozasini gemodinamik samaralarini o‘rganish yuzasidan tadqiqotda sistolik va diastolik arterial bosim tinch holatda, dastlabki darajasiga nisbatan muvofiq ravishda 7% va 6% ga pasaygan. O‘pkaning o‘rtacha sistolik arterial bosimi 9% ga pasaygan. Sildenafil yurakdan otilib chiqayotgan qon xajmiga ta‘sir ko‘rsatmagan va stenozga uchragan arteriyalar orqali qon oqimini kamaytirmagan.

Ikki yoqlama yashirin plasebo nazoratli tadqiqotda stress-testlar va jismoniy yuklamani qo‘llash bilan, erektil disfunksiyasi va surunkali stabil stenokardiyasi bo‘lgan, antianginal preparatlarni (nitratlardan tashqari) muntazam qabul qilayotgan 144 nafar pasientni baholash o‘tkazilgan. Sildenafil va plasebo guruhi orasida limitli stenokardiyani yuz berishigacha bo‘lgan vaqt ichida biron-bir klinik ahamiyatli farqlar aniqlanmagan.

Ayrim pasientlarda preparatni 100 mg dozada qabul qilganlaridan so‘ng 1 soatdan keyin 100 xil tusli Farnsvort-Munsell testi yordamida ranglarni (ko‘k/yashil) ajratish qobiliyatini yengil va o‘tkinchi buzilishi aniqlangan, lekin ayni paytda barcha samaralar preparatning dozasi qabul qilingandan keyin 2 soatdan so‘ng batamom yo‘qolgan. Rang ajratishning bu buzilishlarining taxminiy mexanizmi ko‘zning to‘r pardasida yorug‘likni o‘tkazish jarayonida ishtirok etadigan FDE6 fermentini ingibisiya qilinishi bilan bog‘liqdir. Sildenafil ko‘rish o‘tkirligiga yoki kontrastlikni sezuvchanlikka ta‘sir qilmaydi. Uncha katta bo‘lmagan plasebo-nazoratli tadqiqotda isbotlangan yoshga bog‘liq erta makulyar degenerasiyasi bo‘lgan pasientlarda (n=9) sildenafilni qo‘llanishi (100 mg dozada bir marta qabul qilish) o‘tkazilgan ko‘rish qobiliyatini (ko‘rish o‘tkirligi, Amsler setkasi, svetofor rangni ajratishni modellashtirish, Xemfri perimetri va fotostress) tekshirish natijalarini ahamiyatli o‘zgarishini chaqirmagan.

Sog‘lom ko‘ngillilarda sildenafilni bir martalik 100 mg peroral dozada qabul qilingandan keyin preparatni spermatozoidlar va ularning morfologiyasiga ta‘siri aniqlanmagan.

Klinik tadqiqotlar to‘g‘risida qo‘shimcha ma‘lumotlar

Klinik tadqiqotlar vaqtida sildenafil 19-87 yoshdagi 8000 dan ortiq pasientda qo‘llanilgan. Tadqiqotda pasientlarning quyidagi guruhi keltirilgan: keksa pasientlar (19,9%), arterial gipertenziyasi bo‘lgan pasientlar (30,9%), qandli diabeti bo‘lgan pasientlar (20,3%), yurak ishemik kasalligi bilan (5,8%), giperlipidemiya bilan (19%), orqa miyani shikastlanishi bilan (0,6%), depressiya bilan xastalangan pasientlar (5,2%), prostata bkzini transuretral rezeksiyasini o‘tkazganlar (3,7%) va radikal prostatektomiyani o‘tkazgan pasientlar (3,3%). Pasientlarning keyingi guruhlari yetarli darajada keltirilmagan yoki klinik tadqiqotlarga kiritilmagan: chanoq a‘zolarida operasiyadan keyingi pasientlar, nur bilan davolashdan keyingi pasientlar, buyrak yoki jigar faoliyatini og‘ir buzilishi bo‘lgan pasientlar, shuningdek ayrim yurak-qon tomir kasalliklari bilan xastalangan pasientlar bo‘lgan.

Preparatning fiksasiyalangan dozalarni qo‘llash bilan o‘tkazilgan tadqiqotlarda, davolash oqibatida ereksiyani yaxshilangani xususida xabar bergan pasientlar ulushi, plasebo guruhidagi 25% ga nisbatan, 62% ni (sildenafilning 25 mg li dozasi), 74% ni (sildenafilning 50 mg li dozasi) va 82% ni (sildenafilning 100 mg li dozasi) tashkil etgan. Nazoratli klinik tadqiqotlarda sildenafilni qo‘llashni to‘xtatish chastotasi uncha katta bo‘lmagan va plaseboni qo‘llashni to‘xtatish chastotasi bilan bir xil bo‘lgan.

Barcha ushbu tadqiqotlarda sildenafilni qabul qilingandan keyin holatni yaxshilanganligi to‘g‘risida xabar bergan pasientlar ulushi quyidagicha bo‘lgan: psixogen erektil disfunksiyasi bo‘lgan pasientlar (84%), aralash erektil disfunksiyasi bo‘lgan pasientlar (77%), organik erektil disfunksiyasi bo‘lgan pasientlar (68%), keksa pasientlar (57%), qandli diabeti bo‘lgan pasientlar (59%), yurak ishemik kasalligi bo‘lgan pasientlar (69%), aretrial gipertenziyasi bo‘lgan pasientlar (68%), prostata bezini transuretral rezeksiyasi (TUR) ni o‘tkazgan pasientlar (61%), radikal prostatektomiyani o‘tkazgan pasientlar (43%), orqa miyani shikastlanishi bo‘lgan pasientlar (83%), depressiv holatlari bo‘lgan pasientlar (75%). Sildenafilning xavfsizligi va samaradorligi uzoq muddatli tadqiqotlarning ma‘lumotlari bilan tasdiklangan.

Farmakokinetikasi

So‘rilishi

Sildenafil tez so‘riladi. Preparatni og‘iz  orqali och qoringa qabul qilingandan keyin plazmada kuzatiladigan maksimal konsentrasiyasiga 30 minutdan 120 minutgacha (o‘rtacha 60 minut) bo‘lgan davr davomida erishiladi. Preparatni og‘iz orqali qabul qilingandagi o‘rtacha mutloq biokiraolishligi 41% (ko‘rsatkichlar diapazoni 25-63%) ni tashkil qiladi. Sildenafilni og‘iz orqali tavsiya qilinadigan dozalar (25-100 mg) diapazonida qabul qilingandan keyingi AUC va Cmax qiymatlari qabul qilingan dozalarga to‘g‘ri proporsional oshadi.

Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalarni ovqat bilan qabul qilinganda sildenafilni so‘rilish tezligi Tmax ni 60 minutgacha o‘rtacha kechikishi va Cmax  ni o‘rtacha 29% gacha kamayishi bilan pasayadi.

45 yosh va undan katta yoshdagi 36 nafar sog‘lom erkaklar ishtirokidagi klinik tadqiqotlarda, suv bilan ichmay qabul qilingan 50 mg dozali og‘iz bo‘shlig‘ida dispersiyalanuvchi tabletkalarning 50 mg dozali plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalarga bioekvivalentligi aniqlangan. Aynan shu tadqiqotda AUC ko‘rsatkichi o‘zgarmagancha qolgan, lekin Cmax  ning o‘rtacha qiymati 50 mg dozali plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalarga nisbatan, 50 mg dozali suv bilan ichib qabul qilingan og‘iz bo‘shlig‘ida dispersiyalanuvchi tabletkalar qabul qilinganda 14% ga past bo‘lgan.

Dispersiyalanadigan peroral tabletkalarni yog‘ miqdori yuqori bo‘lgan ovqat bilan qabul qilinganda sildenafilni so‘rilishi pasayadi, Tmax ni o‘rtacha kechikishi taxminan 3,4 soatni tashkil etadi va Cmax va AUC ning o‘rtacha qiymati og‘iz bo‘shlig‘ida dispersiyalanuvchi peroral tabletkalarni och qoringa qabul qilingandagiga nisbatan, muvofiq ravishda taxminan 59% va 12% ga kamayadi.

Taqsimlanishi

Sildenafil uchun muvozanatni taqsimlanishi hajmi (Vd), 105 l ni tashkil etadi, bu preparatni organizmni to‘qimalarda taqsimlanishidan dalolat beradi. Sildenafilni 100 mg dozada bir marta og‘iz orqali qabul qilingandan keyin, sildenafilning plazmadagi o‘rtacha maksimal umumiy konsentrasiyasi taxminan 440 ng/ml ni (o‘zgarishi koeffisienti 40% bilan) tashkil qiladi. Sildenafil (va uning asosiy aylanib yuruvchi metaboliti-N –desmetilsildenafil) plazma oqsillari bilan 69% bog‘lanishi sababli, erkin sildenafilning plazmadagi o‘rtacha maksimal konsentrasiyasi 18 ng/ml (38 nM) ni tashkil qiladi. Oqsillar bilan bog‘lanish darajasi preparatning umumiy konsentrasiyalariga bog‘liq emas.

Sildenafilni qabul qilgan (100 mg dozada bir marta qabul qilgan) sog‘lom ko‘ngillilarda, qabul qilinganidan keyin 90 minutdan so‘ng spermada dozaning 0,0002% dan kamrog‘i (o‘rtacha 188 ng) aniqlangan.

Biotransformasiyasi

Sildenafilning biotransformasiyasini asosan jigarning mikrosomal izorfermentlari SYR3A4 (asosiy yo‘l) va SYR2S9 (ikkinchi darajali yo‘l) ishtirokida amalga oshiriladi. Asosiy aylanib yuruvchi metabolit sildenafilni N-metil guruhini yo‘qotishi yo‘li orqali hosil bo‘ladi. Metabolit fosfodiesterazaga nisbatan sildenafil bilan bir xil darajadagi selektivligi bilan xarakterlanadi, metabolitning in vitro FDE-5 ga nisbatan faolligi esa, preparatning dastlabki moddasining faolligining taxminan 50% ni tashkil qiladi. Bu metabolitning qon plazmasidagi konsentrasiyasi sildenafil uchun xarakterli bo‘lgan konsentrasiyalarining taxminan 40% ni tashkil qiladi. N-metil guruhini yo‘qotgan metabolit, yakuniy yarim chiqarilish davri taxminan 4 soatni tashkil qilishi bilan, keyinchalik yana metabolizmga uchraydi.

Chiqarilishi

Sildenafilning 3-5 soat davomiylikdagi yakuniy terminal yarim chiqarilish davri bilan bo‘lgan umumiy klirensi soatiga 41 l ni tashkil qiladi. Peroral qabul qilingandan keyin bo‘lganidek, vena ichga yuborilganda xam sildenafilni chiqarilishi metabolitlar ko‘rinishida asosan ahlat bilan (peroral qabul qilingan dozaning taxminan 80%) va kamroq darajada siydik bilan (peroral qabul qilingan dozaning taxminan 13%) amalga oshadi.

Alohida pasientlar guruhida farmakokinetikasi

Keksa yoshdagi pasientlar

Keksa yoshdagi (65 yosh va undan katta yoshdagi) sog‘lom ko‘ngillilarda sildenafil va uning faol N-metil guruhini yo‘qotgan metabolitining plazmadagi konsentrasiyalarini, kichikroq yoshdagi (18-45 yoshdagi) sog‘lom ko‘ngillilardagi xuddi shunday ko‘rsatkichga nisbatan, taxminan 90% ga oshishiga olib kelgan, sildenafilning klirensini pasayishi aniqlangan. Qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanishdagi yoshdagi farq bilan bog‘liq bo‘lgan erkin sildenafilning plazmadagi konsentrasiyasini muvofiq oshishi taxminan 40% ni tashkil qilgan.

Buyrak yetishmovchiligi

Buyrak faoliyatini yengil (kreatinin klirensi minutiga 50-80 ml) va o‘rtacha (kreatinin klirensi minutiga 30-49 ml) darajadagi buzilishi bo‘lgan ko‘ngillilarda preparatning bir martalik 50 mg li peroral dozasi qabul qilingandan keyin sildenafilning farmakokinetikasi o‘zgarmagan. N-metil guruhini yo‘qotgan metabolitning AUC va Smax o‘rtacha ko‘rsatkichlari buyrak faoliyatini buzilishlari bo‘lmagan xuddi shu yoshdagi ko‘ngillilarning xuddi shunday ko‘rsatkichlariga nisbatan, muvofiq 126% va 73% ga oshgan. Biroq pasientlar orasidagi yuqori o‘zgaruvchanlik borligi tufayli bu farqlar statistik ishonarli bo‘lmagan. Og‘ir buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi
<30 ml/min) bo‘lgan ko‘ngillilarda sildenafilning klirensi pasaygan, bu farmakokinetik egri chiziq ostidagi maydoni (AUC) va Smax taxminan ikki marta (88%) oshishiga olib keladi. Bundan tashqari, N-metil guruhini yo‘qotgan metabolit uchun AUC va Smax qiymatlari sezilarli darajada – muvofiq ravishda 200% va 79% ga oshgan.

Jigar yetishmovchiligi

Yengil va o‘rtacha og‘irlik darajasidagi (Chayld-Pyu A va V) jigar sirrozi bo‘lgan ko‘ngillilarda sildenafilning klirensi pasaygan, bu xuddi shunday yoshdagi jigar faoliyatini buzilishlari bo‘lmagan ko‘ngillilarga nisbatan, AUC ni (84% ga) va Smax ni (47% ga) oshishiga olib kelgan. Jigar faoliyatini og‘ir darajadagi buzilishlari bo‘lgan pasientlarda sildenafilning farmakokinetikasi o‘rganilmagan.

Qo‘llanilishi

Viagra jinsiy olatning jinsiy aloqani amalga oshirish uchun yetarli bo‘lgan ereksiyasini saqlash yoki erishishga qodir bo‘lmaslik bilan xarakterlanuvchi erektil disfunksiya bo‘lgan katta yoshdagi erkaklarda qo‘llaniladi.

Viagra faqat jinsiy stimulyasiya borligida samaralidir.

Qo‘llash usuli va dozalari

Dozalash tartibi

Kattalarda qo‘llanilishi

Viagrani zaruratga ko‘ra jinsiy aloqadan taxminan bir soat oldin qo‘llash lozim. Preparatni tavsiya qilinadigan dozasi 50 mg ni tashkil qiladi va och qoringa qabul qilinadi, chunki ovqat bilan bir vaqtda qabul qilish so‘rilishni sekinlashtiradi va dispersiyalanuvchi peroral tabletkaning samarasini kechiktiradi.

Preparatning samaradorligi va o‘zlashtira olinishini hisobga olgan holda doza 100 mg gacha oshirilishi mumkin. Preparatning maksimal tavsiya qilinadigan dozasi 100 mg ni tashkil etadi. Preparatning dozasini 100 mg gacha oshirish zarur bo‘lgan pasientlar ikkita 50 mg li dispersiyalanuvchi peroral tabletkalarni ketma-ket qabul qilishlari lozim. Dori vositasini maksimal tavsiya qilingan qabul qilishlar soni – sutkada 1 marta. Agar preparatning 25 mg li dozasini qabul qilish zarur bo‘lsa, 25 mg dan plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalarni qabul qilishni tavsiya qilish lozim.

Pasientlarning alohida toifalari

Keksa pasientlar

Keksa yoshdagi (≥ 65 yosh) pasientlarda preparatning dozasiga tuzatish kiritish talab qilinmaydi.

Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlar

Preparatni dozalash bo‘yicha “Kattalarda qo‘llanilishi” bo‘limida keltirilgan tavsiyalar buyrak faoliyatini yengil va o‘rtacha og‘irlik darajasidagi buzilishlari (kreatinin klirensi minutiga 30-80 ml) bo‘lgan pasientlar uchun xam taalluqlidir.

Buyrak faoliyatini og‘ir buzilishlari (kreatinin klirensi <30 ml/min) bo‘lgan pasientlarda sildenafilning klirensi pasayganligi tufayli, preparatni 25 mg dozada qo‘llash mumkinligini qayta ko‘rib chiqish lozim. Preparatning samaradorligi va o‘zlashtiraolinishidan kelib chiqib, zaruratga ko‘ra, uning dozasini bosqichma-bosqich
50 mg gacha va 100 mg gacha oshirish mumkin.

Jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlar

Jigar faoliyatini buzilishlari (masalan, sirrozi bo‘lgan) bo‘lgan pasientlarda sildenafilning klirensi pasayganligi tufayli, preparatni 25 mg dozada qo‘llash imkoniyatini ko‘rib chiqish kerak. Preparatning samaradorligi va o‘zlashtiraolinishidan kelib chiqib, zaruratga ko‘ra, uning dozasini bosqichma-bosqich 50 mg gacha va 100 mg gacha oshirish mumkin.

Pasient bolalar

Viagrani 18 yoshdan kichik pasientlarda qo‘llash ko‘rsatilmagan.

Boshqa dori vositalarini qabul qilayotgan pasientlarda qo‘llanilishi.

Sildenafil bilan bir vaqtda qabul qilish tavsiya etilmagan ritonavirdan tashqari, CYP3A4 ingibitorlari bilan yondosh davolash qabul qilayotgan pasientlarda preparatni 25 mg boshlang‘ich dozada qo‘llash mumkinligini ko‘rib chiqish keraku.

Alfa-adrenoblokatorlar bilan davolanayotgan pasientlarda postural arterial gipotenziyani rivojlanish xavfini kamaytirish maqsadida, sildenafil bilan davolashni boshlashdan oldin, ularning holatini barqarorlashtirish lozim. Bundan tashqari, sildenafilni 25 mg dozadan boshlab qo‘llash mumkinligini ko‘rib chiqish lozim.

Qo‘llash usuli

Peroral qo‘llash uchun buyuriladi.

Og‘iz bo‘shlig‘ida dispersiyalanuvchi tabletkani og‘izga til ustiga qo‘yish va suv bilan ichib yoki suv ichmay, yutib yuborishdan oldin uni to‘liq erishini kutish lozim. Blister o‘ramidan olinganidan keyin tabletkani zudlik bilan qabul qilish kerak. Yakuniy 100 mg dozaga erishish uchun 50 mg dozali og‘iz bo‘shlig‘ida dispersiyalanuvchi ikkinchi tabletka zarur bo‘lgan pasientlar, ikkinchi tabletkani birinchi tabletka to‘liq erigandan keyin qabul qilishlari kerak

Og‘iz bo‘shlig‘ida dispersiyalanuvchi tabletkalarni tarkibida yog‘ miqdori yuqori bo‘lgan ovqat bilan qabul qilingan hollarda, preparatni och qoringa qabul qilinganiga nisbatan, preparatni so‘rilishini sezilarli kechikishi kuzatiladim. Og‘iz bo‘shlig‘ida dispersiyalanuvchi tabletkalarni och qoringa qabul qilin tavsiya etiladi. Og‘iz bo‘shlig‘ida dispersiyalanuvchi tabletkalarni suv bilan ichib yoki suv ichmay qabul qilish mumkin.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Xavfsizlik profili to‘g‘risida qisqacha ma‘lumotlar

Sildenafil bilan davolangan pasientlarda klinik tadqiqotlar vaqtida qayd etilgan eng ko‘p uchraydigan nojo‘ya reaksiyalar bosh og‘rig‘i, giperemiya, dispepsiya, burun bitishi, bosh aylanishi, qizib ketishlar, ko‘rishni buzilishi, sianopsiya va ko‘rishni noaniqligi bo‘lgan.

Noxush reaksiyalarni jadval ko‘rinishidagi ro‘yxati

Preparatni qo‘llash bilan o‘tkazilgan klinik tadqiqotlarda, plaseboga nisbatan ko‘proq yuz bergan tibbiyot nuqtai-nazaridan barcha muhim noxush reaksiyalar quyida tizim-a‘zolar sinfi va yuz berish chastotasiga qarab quyida tasniflangan: juda tez-tez (≥ 1/10), tez-tez (≥ 1/100 i < 1/10), tez-tez emas (≥ 1/1 000 i < 1/100), kam hollarda (≥ 1/10 000 va < 1/1000). Har bir guruhda noxush samaralarni yuz berish tez-tezligi ularning jiddiylik darajasini kamayishi tartibida keltirilgan.

Infeksion va parazitar kasalliklar: tez-tez emas — rinit.

Immun tizimi tomonidan: tez-tez emas – o‘ta yuqori sezuvchanlik.

Nerv tizimi tomonidan buzilishlar: juda tez-tez — bosh og‘rig‘i; tez-tez — bosh aylanishi; tez-tez emas — uyquchanlik, gipesteziya; kam hollarda — bosh miyada qon aylanishini o‘tkir buzilishi, tranzitor ishemik ishemik xuruj, tirishish xurujlari*, tirishish xurujlarini qaytalanishi*, hushdan ketish.

Ko‘rish a‘zosi tomonidan buzilishlar: tez-tez – rang ajratishni buzilishi (xloropsiya, xromatopsiya, sianopsiya; eritropsiya va ksantopsiya), ko‘rishni buzilishi, noaniq ko‘rish, tez-tez emas – ko‘z yoshini ajralishi bilan buzilishlar (ko‘zni qurishi, ko‘z yoshi bezini ishini buzilishi va ko‘zni kuchli yoshlanishi), ko‘zda og‘riq, fotofobiya, fotopsiya, ko‘z qon tomirlari giperemiyasi, yorug‘likni ko‘rish yorqinligi, kon‘yunktivit; kam hollarda – noarteriitli ko‘rish nervining old ishemik nevropatiyasi (NAION)*, ko‘zning to‘r pardasi qon tomirlari okklyuziyasi, ko‘zning to‘r pardasiga qon quyilishi, arteriosklerotik retinopatiya, ko‘zning to‘r pardasi kasalliklari, glaukoma, ko‘rish maydoni nuqsoni, diplopiya, ko‘rish o‘tkirligini pasayishi, miopiya, astenopiya, shishasimon tanani suzuvchi xiralashishi, ko‘zning kamalak pardasi kasalliklari, midriaz, ko‘rish maydonida yorug‘lik manbayi atrofida kamalak aylanalarini bo‘lishi, ko‘zni shishi, ko‘zda shish, ko‘z kasalliklari, kon‘yunktival giperemiya, ko‘zda g‘ayri-tabiiy hislar, ko‘z qovoqlarini shishi, sklera rangini o‘zgarishi.

Eshitish a‘zosi va vestibulyar apparat tomonidan buzilishlar: tez-tez emas – vertigo, quloqlarni shang‘illashi; kam hollarda  – karlik.

Yurak tomonidan buzilishlar: tez-tez emas – taxikardiya, yurakni urib ketishini his qilish, kam hollarda – yurak kasalligi oqibatida to‘satdan o‘lim*, miokard infarkti, yurak qorinchalari aritmiyasi*, yurak bo‘lmachalari fibrillyasiyasi, nostabil stenokardiya.

Qon tomirlari tomonidan buzilishlar: tez-tez – giperemiya, qizib ketishlar; tez-tez emas – arterial gipertenziya, arterial gipotenziya.

Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a‘zolari tomonidan buzilishlar: tez-tez – burun bitishi; tez-tez emas – burundan qon ketishi, burunning qo‘shimcha bo‘shliqlarini bitishi; kam hollarda – tomoqda qisilish hissi, burun shilliq qavatini shishi, burun bo‘shlig‘i shilliq qavatini qurishi.

Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar: tez-tez – ko‘ngil aynishi, dispepsiya; tez-tez emas – gastroezofageal reflyuks kasalligi, qusish, qorinning yuqori sohasida og‘riq, og‘iz qurishi; kam hollarda – og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatini gipesteziyasi.

Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar: tez-tez emas – terida toshma; kam hollarda – Stivens-Djonson sindromi (SDS)*, toksik epidermal nekroliz (TEN)*.

Skelet-mushak tizimi va biriktiruvchi to‘qima tomonidan buzilishlar: tez-tez emas – mialgiya, qo‘l-oyoqlarda og‘riq.

Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar: tez-tez emas – gematuriya. Jinsiy a‘zolar va sut bezi tomonidan buzilishlar: kam hollarda – penisdan qon ketishlari, priapizm*, gematospermiya, ereksiyani kuchayishi. Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi buzilishlar: tez-tez emas – ko‘krak qafasida og‘riq, kuchli toliqish, qizib ketish hissi; kam hollarda – jizzakilik.

Laborator va instrumental tekshirish ma‘lumotlari: tez-tez emas – yurak qisqarishlari sonini oshishi.

* Faqat postmarketing kuzatuvlar vaqtida qayd etilgan.

Qo‘llash mumkin

Qo‘llash ko‘rsatmalari

  • — erektsiya buzilishlarini davolash, bunda jinsiy olatning qoniqarli jinsiy aloqa uchun yetarli erektsiyasiga erishish yoki uni saqlab qolish qobiliyati yo'qligi bilan tavsiflanadi. Sildenafil faqat seksual stimulyatsiya mavjud bo'lganda samarali.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

  • — sildenafilga yoki preparatning har qanday komponentiga yuqori sezuvchanlik; — azot oksidi donatorlari, organik nitratlar yoki nitratlarni har qanday shaklda doimiy yoki tanaffuslar bilan qabul qilayotgan bemorlarda qo‘llash, chunki sildenafil nitratlarning gipotenziv ta’sirini kuchaytiradi. Ereksiya buzilishini davolash uchun boshqa vositalar bilan birgalikda qo‘llash tavsiya etilmaydi (kombinatsiyalangan terapiyaning xavfsizligi va samaradorligi o‘rganilmagan). Preparat 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlarda, ayollarda qo‘llash uchun mo‘ljallanmagan. Jinsiy olatning anatomik deformatsiyasida (shu jumladan angulyatsiya, kavernoz fibroz yoki Peyroni kasalligida); priapizm rivojlanishiga moyillik beruvchi kasalliklarda (o‘roqsimon hujayrali anemiya, ko‘p sonli mieloma, leykoz, trombotsitopeniya kabi); qon ketish bilan kechuvchi kasalliklarda; oshqozon va o‘n ikki barmoqli ichak yarasining zo‘rayishida; irsiy pigmentli retinitda preparatni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak;

Farmakokinetikasi

Sildenafilning farmakokinetikasi tavsiya etilgan dozalar diapazonida chiziqli xususiyatga ega. So‘rilishi: Ichga qabul qilingandan so‘ng sildenafil tez so‘riladi. Mutlaq biokiraolishligi o‘rtacha 40% (25-63%) ni tashkil qiladi. In vitro sildenafil taxminan 1,7 ng/ml (3,5 nM) konsentratsiyada inson FDE5 ini 50% ga bostiradi. 100 mg preparat ichga bir marta qabul qilingandan so‘ng Cmax 18 ng/ml (38nM) ni tashkil qiladi va och qoringa qabul qilinganda o‘rtacha 60 daqiqa (30-120 daqiqa) ichida erishiladi. Yog‘li ovqat bilan birga qabul qilinganda so‘rilish tezligi pasayadi; Tmax 60 daqiqaga oshadi, Cmax esa o‘rtacha 29% ga pasayadi. Biroq absorbtsiya darajasi ishonchli o‘zgarmaydi (AUC 11% ga pasayadi). Taqsimlanishi: Muvozanatli holatda sildenafilning Vd o‘rtacha 105 l ni tashkil qiladi. Sildenafil va uning asosiy aylanib yuruvchi N-desmetil metaboliti taxminan 96% ga plazma oqsillari bilan bog‘lanadi. Oqsillar bilan bog‘lanish sildenafilning umumiy konsentratsiyasiga bog‘liq emas. Preparat qabul qilingandan so‘ng 90 daqiqa o‘tgach spermada dozaning 0,0002% dan kami (o‘rtacha 188 ng) aniqlangan. Metabolizmi: Sildenafil asosan jigarda CYP3A4 (asosiy yo‘l) va CYP2C9 (ikkinchi darajali yo‘l) izofermentlari ta'sirida metabolizmga uchraydi. Sildenafilning N-demetillanishi natijasida hosil bo‘ladigan asosiy aylanib yuruvchi faol metabolit keyingi metabolizmga uchraydi. FDE ga ta'sir selektivligi bo‘yicha metabolit sildenafil bilan solishtirib bo‘ladigan darajada, uning FDE5 ga nisbatan faolligi in vitro sildenafil faolligining taxminan 50% ini tashkil qiladi. Qon plazmasida metabolit konsentratsiyasi sildenafilnikining taxminan 40% ini tashkil qiladi. N-demetil metabolit keyingi metabolizmga uchraydi; uning T1/2 taxminan 4 soatni tashkil qiladi. Chiqarilishi: Sildenafilning organizmdan umumiy klirensi 41 l/soatga, yakuniy T1/2 esa - 3-5 soatga teng. Ichga qabul qilingandan so‘ng sildenafil metabolitlar ko‘rinishida, asosan, axlat bilan (dozaning taxminan 80%) va kamroq darajada - siydik bilan (dozaning taxminan 13%) chiqariladi. Maxsus klinik holatlarda farmakokinetikasi: Keksa yoshdagi sog‘lom odamlarda (65 yoshdan katta) sildenafil klirensi pasaygan, plazmadagi erkin faol modda konsentratsiyasi esa yosh (18-45 yosh) bemorlardagi konsentratsiyasidan taxminan 40% ga oshadi. Yengil (KK 50-80 ml/daq) va o‘rtacha (KK 30-49 ml/daq) darajadagi buyrak yetishmovchiligida sildenafilning farmakokinetik parametrlari ichga bir marta (50 mg) qabul qilingandan so‘ng o‘zgarmaydi. Og‘ir darajadagi buyrak yetishmovchiligida (KK ? 30 ml/daq) sildenafil klirensi pasayadi, bu o‘sha yosh guruhidagi buyrak funktsiyasi normal bo‘lgan bemorlardagi ko‘rsatkichlarga nisbatan AUC (100%) va Cmax (88%) ning taxminan ikki baravar oshishiga olib keladi. Jigar tsirrozi bo‘lgan bemorlarda (Chayld-Pyu shkalasi bo‘yicha A va B sinf) sildenafil klirensi pasayadi, bu o‘sha yosh guruhidagi jigar funktsiyasi normal bo‘lgan bemorlardagi ko‘rsatkichlarga nisbatan AUC (84%) va Cmax (47%) ning oshishiga olib keladi. Og‘ir jigar funktsiyasi buzilishi bo‘lgan bemorlarda sildenafil farmakokinetikasi (sinf

Farmakologik ta'siri

Sildenafil sGMF-ga xos fosfodiesteraza 5-turi (FDE5) ning kuchli selektiv ingibitori hisoblanadi. Ereksiya fiziologik mexanizmining amalga oshishi jinsiy stimulyatsiya vaqtida g'ovak tanada azot oksidi (NO) ajralib chiqishi bilan bog'liq. Bu o'z navbatida sGMF darajasining oshishiga, keyinchalik g'ovak tana silliq mushak to'qimasining bo'shashishiga va qon oqimining oshishiga olib keladi. Sildenafil odamda izolyatsiya qilingan g'ovak tanaga to'g'ridan-to'g'ri bo'shashtiruvchi ta'sir ko'rsatmaydi, ammo sGMF parchalanishi uchun javobgar bo'lgan FDE5 ni ingibitsiya qilish orqali NO ta'sirini kuchaytiradi. Sildenafil in vitro FDE5 ga nisbatan selektivdir, uning FDE5 ga nisbatan faolligi boshqa ma'lum fosfodiesteraza izofermentlariga nisbatan faolligidan ustun turadi: FDE6 - 10 marta; FDE1 - 80 martadan ortiq; FDE2, FDE4, FDE7-FDE11 - 700 martadan ortiq. Sildenafil FDE3 bilan solishtirganda FDE5 ga nisbatan 4000 marta ko'proq selektivdir, bu juda muhim ahamiyatga ega, chunki FDE3 miokard qisqaruvchanligini tartibga solishning asosiy fermentlaridan biridir. Sildenafil samaradorligining majburiy sharti jinsiy stimulyatsiya hisoblanadi. Klinik ma'lumotlar Kardiologik tadqiqotlar Sildenafilni 100 mg gacha dozalarda qo'llash sog'lom ko'ngillilarda EKGning klinik ahamiyatga ega o'zgarishlariga olib kelmagan. 100 mg dozada sildenafil qabul qilingandan so'ng yotgan holatda sistolik AB ning maksimal pasayishi 8,3 mm sim. ust. ni, diastolik AB ning esa 5,3 mm sim. ust. ni tashkil qilgan. AB ga yaqqolroq, ammo shuningdek o'tkinchi ta'sir nitratlar qabul qilayotgan bemorlarda qayd etilgan. Og'ir YuIK (yurak ishemik kasalligi) bo'lgan 14 nafar bemorda (bemorlarning 70% dan ortig'ida kamida bitta koronar arteriya stenozi bo'lgan) sildenafilning 100 mg bir martalik dozasining gemodinamik samarasini o'rganishda, tinch holatda sistolik va diastolik AB mos ravishda 7% va 6% ga kamaygan, o'pka sistolik bosimi esa 9% ga pasaygan. Sildenafil yurak otilib chiqishiga ta'sir qilmagan va stenozlangan koronar arteriyalarda qon oqimini buzmagan, shuningdek stenozlangan va intakt koronar arteriyalarda adenozin-induktsiyalangan koronar qon oqimining oshishiga (taxminan 13% ga) olib kelgan. Erektil disfunktsiyasi va barqaror stenokardiyasi bo'lgan, antianginal preparatlar (nitratlardan tashqari) qabul qilayotgan 144 nafar bemorda o'tkazilgan ikki tomonlama yashirin platsebo-nazorat qilinadigan tadqiqotda bemorlar stenokardiya simptomlari kamayguniga qadar jismoniy mashqlarni bajarganlar. Mashqni bajarish davomiyligi 100 mg bir martalik dozada sildenafil qabul qilgan bemorlarda platsebo qabul qilgan bemorlarga nisbatan ishonchli ravishda ko'proq bo'lgan (19,9 sek; 0,9-38,9 sek). Ikkitadan ortiq antigipertenziv preparatlar qabul qilayotgan, erektil disfunktsiyasi va arterial gipertenziyasi bo'lgan erkaklarda (n = 568) sildenafilning o'zgaruvchan dozasining (100 mg gacha) samarasini o'rganish bo'yicha randomizatsiyalangan ikki tomonlama yashirin platsebo-nazorat qilinadigan tadqiqotda sildenafil platsebo guruhidagi 18% ga nisbatan 71% erkaklarda ereksiyani yaxshilagan. Noxush samaralar chastotasi boshqa guruhlardagi bemorlar bilan, shuningdek uchtadan ortiq antigipertenziv preparatlar qabul qilayotgan shaxslar bilan solishtirganda o'xshash bo'lgan. Ko'rish buzilishlarini o'rganish Ba'zi bemorlarda 100 mg dozada sildenafil qabul qilingandan 1 soat o'tgach Farnsvort-Munsel 100 testi yordamida ranglar tusini (moviy/yashil) ajratish qobiliyatining engil va o'tkinchi buzilishi aniqlangan. Preparat qabul qilingandan 2 soat o'tgach ushbu o'zgarishlar yo'qolgan. Rangli ko'rishning buzilishi ko'zning to'r pardasida yorug'lik uzatish jarayonida ishtirok etuvchi FDE6 ning ingibitsiya qilinishi tufayli kelib chiqadi deb hisoblanadi. Sildenafil ko'rish o'tkirligiga, kontrastni qabul qilishga, elektroretinogrammaga, ko'z ichi bosimiga yoki qorachiq diametriga ta'sir ko'rsatmagan. Isbotlangan erta yoshdagi makulyar degeneratsiyasi bo'lgan bemorlarda (n = 9) o'tkazilgan platsebo-nazorat qilinadigan kesishuvchi tadqiqotda sildenafil 100 mg bir martalik dozada yaxshi o'zlashtirilgan. Maxsus vizual testlar (ko'rish o'tkirligi, Amsler panjarasi, rangni qabul qilish, rang o'tishini modellashtirish, Xemfrie perimetri va fotostress) bo'yicha baholangan ko'rishning klinik ahamiyatga ega hech qanday o'zgarishlari aniqlanmagan. Samaradorlik Sildenafilning samaradorligi va xavfsizligi 19 yoshdan 87 yoshgacha bo'lgan turli etiologiyali (organik, psixogen yoki aralash) erektil disfunktsiyasi bo'lgan 3000 nafar bemorda 6 oygacha davom etgan 21 ta randomizatsiyalangan ikki tomonlama yashirin platsebo-nazorat qilinadigan tadqiqotda baholangan. Preparatning samaradorligi ereksiyalar kundaligi, erektil funktsiyaning xalqaro indeksi (jinsiy funktsiya holati bo'yicha validatsiyalangan so'rovnoma) va sherikning so'rovi yordamida global baholangan. Sildenafilning samaradorligi, qoniqarli jinsiy aloqa uchun etarli bo'lgan ereksiyaga erishish va uni saqlab qolish qobiliyati sifatida belgilangan bo'lib, barcha o'tkazilgan tadqiqotlarda namoyish etilgan va 1 yil davom etgan uzoq muddatli tadqiqotlarda tasdiqlangan. Qayd qilingan doza qo'llanilgan tadqiqotlarda terapiya ereksiyani yaxshilaganini xabar qilgan bemorlar nisbati platsebo guruhidagi 25% ga nisbatan: 62% (sildenafil dozasi 25 mg), 74% (sildenafil dozasi 50 mg) va 82% (sildenafil dozasi 100 mg) ni tashkil qilgan. Erektil funktsiyaning xalqaro indeksi tahlili shuni ko'rsatdiki, ereksiyani yaxshilashga qo'shimcha ravishda sildenafil bilan davolash shuningdek orgazm sifatini oshirgan, jinsiy aloqadan qoniqish va umumiy qoniqishga erishishga imkon bergan. Umumlashtirilgan ma'lumotlarga ko'ra, sildenafil bilan davolashda ereksiya yaxshilanganini xabar qilgan bemorlar orasida diabeti bo'lgan bemorlarning 59% i, radikal prostatektomiyani boshdan kechirgan bemorlarning 43% i va orqa miya shikastlanishi bo'lgan bemorlarning 83% i bo'lgan (platsebo guruhidagi mos ravishda 16%, 15% va 12% ga nisbatan).

Nojo'ya ta'sirlar

  • Nojo'ya ta'sirlar odatda o'tkinchi va yengil yoki o'rtacha ifodalangan. Noxush hodisalar tez-tezligi doza oshishi bilan ortadi. A'zolar va a'zolar tizimlari Nojo'ya ta'sirlar Sildenafil (%) Platsebo (%) Eng tez-tez (>1/10) Asab tizimi bosh og'rig'i 10.8 2.8 Yurak-qon tomir tizimi vazodilatatsiya (yuzga qon oqib kelishi) 10.9 1.4 Tez-tez (>1/100 va

Dozirovkasi

  • 100 mg 25 mg 25, 50, 100mg 50 mg

Dozani oshirib yuborilishi

Preparat 800 mg gacha dozada bir marta qabul qilinganda noxush ko‘rinishlar sildenafilni pastroq dozalarda qabul qilgandagi bilan bir xil bo‘lgan.

Dori shaklining ta'rifi

  • Ta'rifi Moviy parda qobiq bilan qoplangan tabletkalar, romb shaklli, biroz ikki tomonlama qavariq, kesilgan va yumaloqlangan chetli, bir tomonida «Pfizer» va ikkinchi tomonida mos ravishda «VGR 25», «VGR 50» yoki «VGR 100» gravirovkasi bo'lgan Moviy parda qobiq bilan qoplangan tabletkalar, romb shaklli, biroz ikki tomonlama qavariq, kesilgan va yumaloqlangan chetli, bir tomonida "Pfizer" va ikkinchi tomonida "VGR 100" yozuvi bor Moviy parda qobiq bilan qoplangan tabletkalar, romb shaklli, biroz ikki tomonlama qavariq, kesilgan va yumaloqlangan chetli, bir tomonida "Pfizer" va ikkinchi tomonida "VGR 100" yozuvi bor. Moviy parda qobiq bilan qoplangan tabletkalar, romb shaklli, biroz ikki tomonlama qavariq, kesilgan va yumaloqlangan chetli, bir tomonida "Pfizer" va ikkinchi tomonida "VGR 25" yozuvi bor. Moviy parda qobiq bilan qoplangan tabletkalar, romb shaklli, biroz ikki tomonlama qavariq, kesilgan va yumaloqlangan chetli, bir tomonida "Pfizer" va ikkinchi tomonida "VGR 50" yozuvi bor Moviy parda qobiq bilan qoplangan tabletkalar, romb shaklli, biroz ikki tomonlama qavariq, kesilgan va yumaloqlangan chetli, bir tomonida "Pfizer" va ikkinchi tomonida "VGR 50" yozuvi bor.

Maxsus ko‘rsatmalari

Ereksiya buzilishlarini tashxislash, ularning mumkin bo'lgan sabablarini aniqlash va adekvat davolashni tanlash uchun to'liq tibbiy anamnez yig'ish va sinchkov fizikal tekshiruv o'tkazish zarur.

Erektil disfunksiyani davolash vositalari jinsiy olatning anatomik deformatsiyasi (angulyatsiya, kavernoz fibroz, Peyroni kasalligi) bo'lgan bemorlarda yoki priapizm rivojlanish xavf omillari (o'roqsimon hujayrali anemiya, ko'p sonli miyeloma, leykemiya) bo'lgan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan ishlatilishi kerak ("Ehtiyotkorlik bilan" bo'limiga qarang).

Postmarketing tadqiqotlar vaqtida uzoq muddatli ereksiya va priapizm rivojlanish holatlari haqida xabar berilgan. Ereksiya 4 soatdan ortiq saqlanib qolganda darhol tibbiy yordamga murojaat qilish kerak. Agar priapizm terapiyasi darhol o'tkazilmasa, bu jinsiy olat to'qimalarining shikastlanishiga va potentsiyaning qaytmas yo'qolishiga olib kelishi mumkin.

Ereksiya buzilishlarini davolash uchun mo'ljallangan preparatlarni jinsiy faollik istalmagan erkaklarga tayinlash kerak emas.

Jinsiy faollik yurak kasalliklari mavjud bo'lganda ma'lum xavf tug'diradi, shuning uchun ereksiya buzilishlari bo'yicha har qanday terapiyani boshlashdan oldin shifokor bemorni yurak-qon tomir tizimi holatini tekshirishga yuborishi kerak. Jinsiy faollik yurak yetishmovchiligi, nostabil stenokardiya, oxirgi 6 oyda o'tkazilgan miokard infarkti yoki insult, hayotga xavf soluvchi aritmiyalar, gipertenziya (AB > 170/100 mm sim. ust.) yoki gipotoniya (AB
Yurak-qon tomir asoratlari

Erektil disfunksiyani davolash uchun sildenafilni postmarketing qo'llash davomida og'ir yurak-qon tomir asoratlari (shu jumladan miokard infarkti, nostabil stenokardiya, to'satdan yurak o'limi, qorinchalar aritmiyasi, gemorragik insult, tranzitor ishemik hujum, gipertenziya va gipotenziya) kabi noxush hodisalar haqida xabar berilgan, ular sildenafilni qo'llash bilan vaqtinchalik bog'liqlikka ega bo'lgan. Ushbu bemorlarning aksariyati, lekin hammasi emas, yurak-qon tomir asoratlari xavf omillariga ega bo'lgan. Ko'rsatilgan noxush hodisalarning ko'pi jinsiy faollikdan so'ng qisqa vaqt ichida kuzatilgan va ularning ba'zilari sildenafil qabul qilingandan keyin keyingi jinsiy faolliksiz qayd etilgan. Qayd etilgan noxush hodisalar va ko'rsatilgan yoki boshqa omillar o'rtasida to'g'ridan-to'g'ri bog'liqlik mavjudligini aniqlash imkoni yo'q.

Gipotenziya

Sildenafil AB ning o'tkinchi pasayishiga olib keluvchi tizimli vazodilatator ta'sir ko'rsatadi, bu klinik ahamiyatli hodisa hisoblanmaydi va ko'pchilik bemorlarda hech qanday oqibatlarga olib kelmaydi. Shunga qaramay, Viagra® preparatini tayinlashdan oldin shifokor tegishli kasalliklari bo'lgan bemorlarda, ayniqsa jinsiy faollik fonida vazodilatator ta'sirning mumkin bo'lgan noxush ko'rinishlari xavfini sinchkov baholashi kerak.

Vazodilatatorlarga yuqori ta'sirchanlik chap qorincha chiqaruvchi traktining obstruktsiyasi (aorta stenozi, gipertrofik obstruktiv kardiomiopatiya) bo'lgan bemorlarda, shuningdek vegetativ asab tizimi tomonidan AB boshqarilishining og'ir buzilishi bilan namoyon bo'ladigan kam uchraydigan ko'p sonli tizimli atrofiya sindromi bo'lgan bemorlarda kuzatiladi.

Sildenafil va beta-adrenoblokatorlarni birga qo'llash alohida sezgir bemorlarda simptomatik gipotenziyaga olib kelishi mumkinligi sababli, Viagra® preparatini beta-adrenoblokatorlarni qabul qilayotgan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan tayinlash kerak ("Boshqa dori vositalari bilan o'zaro ta'siri" bo'limiga qarang). Beta-adrenoblokatorlarni qabul qilayotgan bemorlarda postural gipotenziya rivojlanish xavfini minimal darajaga tushirish uchun, Viagra® preparatini qabul qilishni faqat ushbu bemorlarda gemodinamika ko'rsatkichlari barqarorlashgandan so'ng boshlash kerak. Shuningdek Viagra® preparatining boshlang'ich dozasini kamaytirish maqsadga muvofiqligini ko'rib chiqish kerak ("Qo'llash usuli va dozalari" bo'limiga qarang). Shifokor bemorlarni postural gipotenziya simptomlari paydo bo'lganda qanday harakatlar qilish kerakligi haqida xabardor qilishi kerak.

Ko'rish buzilishlari

Barcha FDE5 ingibitorlari, shu jumladan sildenafilni ro'yxatdan o'tkazilgandan keyingi qo'llash vaqtida kamdan-kam hollarda ko'rish nervining noarteriit oldingi ishemik nevropatiyasi (NAOIN) - kam uchraydigan kasallik va ko'rish pasayishi yoki yo'qolishi sababi haqida xabar berilgan. Ushbu bemorlarning ko'pchiligida xavf omillari, xususan ekskavatsiya va ko'rish nervi diski diametrlari nisbatining pasayishi ("dimlangan disk"), 50 yoshdan katta yosh, qandli diabet, gipertenziya, yurak ishemik kasalligi, giperlipidemiya va chekish bo'lgan. Observatsion tadqiqotda FDE5 ingibitorlari sinfi preparatlarini yaqinda qo'llash NAOIN o'tkir boshlanishi bilan bog'liqligi baholangan. Natijalar FDE5 ingibitori qo'llanilgandan so'ng 5 yarim chiqarilish davri chegarasida NAOIN xavfining taxminan 2 baravar oshishini ko'rsatadi. Chop etilgan adabiyot ma'lumotlariga ko'ra, NAOIN yuzaga kelishining yillik tez-tezligi umumiy populyatsiyada 50 yosh va undan katta erkaklarda 100 000 taga 2,5-11,8 holatni tashkil etadi. Bemorlarga ko'rish to'satdan yo'qolganda sildenafil bilan terapiyani to'xtatish va darhol shifokor bilan maslahatlashishni tavsiya etish kerak. NAOIN holati bo'lgan shaxslarda NAOIN qaytalanishi xavfi yuqori. Shuning uchun shifokor bunday bemorlar bilan ushbu xavfni muhokama qilishi, shuningdek ular bilan FDE5 ingibitorlarining noxush ta'siri potentsial imkoniyatini muhokama qilishi kerak. FDE5 ingibitorlari, shu jumladan sildenafilni bunday bemorlarda ehtiyotkorlik bilan va faqat kutilayotgan foyda xavfdan ustun bo'lgan vaziyatlarda qo'llash kerak. Bir ko'zda ko'rish yo'qolishi bilan NAOIN rivojlanishi epizodlari bo'lgan bemorlarda sildenafil qabul qilish qarshi ko'rsatilgan ("Qarshi ko'rsatmalar" bo'limiga qarang).

Nasliy pigmentli retiniti bo'lgan bemorlarning kichik sonida ko'z to'r pardasi fosfodiesterazalari funksiyalarining genetik determinatsiyalangan buzilishlari mavjud. Pigmentli retiniti bo'lgan bemorlarda Viagra® preparatini qo'llash xavfsizligi haqida ma'lumotlar yo'q, shuning uchun bunday bemorlarda sildenafilni qo'llash kerak emas ("Qarshi ko'rsatmalar" bo'limiga qarang).

Eshitish buzilishlari

Ba'zi postmarketing va klinik tadqiqotlarda barcha FDE5 ingibitorlari, shu jumladan sildenafilni qo'llash bilan bog'liq eshitishning to'satdan yomonlashishi yoki yo'qolishi holatlari haqida xabar beriladi. Ushbu bemorlarning ko'pchiligida eshitishning to'satdan yomonlashishi yoki yo'qolishi xavf omillari bo'lgan. FDE5 ingibitorlarini qo'llash va eshitishning to'satdan yomonlashishi yoki yo'qolishi o'rtasida sababiy bog'liqlik aniqlanmagan. Sildenafil qabul qilish fonida eshitish to'satdan yomonlashganda yoki yo'qolganda darhol shifokor bilan maslahatlashish kerak.

Qon ketishlar

Sildenafil natriy nitroprussidi, azot oksidi donatorining in vitro odam trombotsitlariga antiagregant ta'sirini kuchaytiradi. Qon ketishga moyilligi yoki me'da va 12 barmoqli ichak yara kasalligi zo'rayishi bo'lgan bemorlarda sildenafilni qo'llash xavfsizligi haqida ma'lumotlar yo'q, shuning uchun Viagra® preparatini ushbu bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak ("Ehtiyotkorlik bilan" bo'limiga qarang). Biriktiruvchi to'qimaning diffuz kasalliklari bilan bog'liq o'pka gipertenziyasi (O'G) bo'lgan bemorlarda burun qonashlari tez-tezligi (sildenafil 12,9%, platsebo 0%), birlamchi o'pka arterial gipertenziyasi bo'lgan bemorlarga qaraganda (sildenafil 3,0%, platsebo 2,4%) yuqori bo'lgan. K vitamini antagonisti bilan birgalikda sildenafil olgan bemorlarda burun qonashlari tez-tezligi (8,8%), K vitamini antagonistini qabul qilmagan bemorlarga qaraganda (1,7%) yuqori bo'lgan.

Ereksiya buzilishlarini davolashning boshqa vositalari bilan birgalikda qo'llash

Viagra® preparatining boshqa FDE5 ingibitorlari yoki sildenafil saqlovchi o'pka arterial gipertenziyasini davolash uchun boshqa preparatlar (masalan, Revatsio®) yoki ereksiya buzilishlarini davolashning boshqa vositalari bilan birgalikda xavfsizligi va samaradorligi o'rganilmagan, shuning uchun bunday kombinatsiyalarni qo'llash tavsiya etilmaydi ("Qarshi ko'rsatmalar" bo'limiga qarang).

Preparatning transport vositalarini va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri:

Sildenafil qabul qilish fonida avtomobilni yoki boshqa texnik vositalarni boshqarish qobiliyatiga biron-bir salbiy ta'sir kuzatilmagan.

Biroq sildenafil qabul qilinganda bosh aylanishi, AB pasayishi, xromatopsiya rivojlanishi, ko'rishning xiralashishi va h.k. nojo'ya hodisalar rivojlanishi mumkinligi sababli, transport vositalarini boshqarishda va diqqatni yuqori jamlashni hamda psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiladigan boshqa potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug'ullanishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Shuningdek ko'rsatilgan vaziyatlarda preparatning individual /ta'siriga, ayniqsa davolash boshida va dozalash rejimi o'zgartirilganda diqqat bilan munosabatda bo'lish kerak.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Boshqa dori vositalarining sildenafil metabolizmiga ta’siri. Sildenafil metabolizmi asosan jigarda CYP3A4 (asosiy yo‘l) va CYP2C9 izofermentlari ta’sirida sodir bo‘ladi, shuning uchun ushbu izofermentlar ingibitorlari sildenafil klirensini pasaytirishi, induktorlar esa mos ravishda sildenafil klirensini oshirishi mumkin. CYP3A4 ingibitorlari (ketokonazol, eritromitsin, simetidin kabi) bir vaqtda qo‘llanilganda sildenafil klirensining pasayishi qayd etilgan. CYP3A4 ning nosepesifik ingibitori bo‘lgan simetidin (800 mg) sildenafil (50 mg) bilan bir vaqtda qabul qilinganda plazmada sildenafil konsentratsiyasini 56% ga oshiradi. Sildenafilni 100 mg dozada eritromitsin, CYP3A4 ning spetsifik ingibitori bilan bir vaqtda bir marta qabul qilish (eritromitsin 500 mg dan kuniga 2 marta 5 kun davomida qabul qilinganda), qonda eritromitsinning doimiy darajasiga erishish fonida sildenafilning AUC sini 182% ga oshishiga olib keladi.

Qo‘llash usuli va dozirovkasi

DozalashIchga.

Aksariyat kattalar uchun tavsiya etilgan doza jinsiy faoliyatdan taxminan 1 soat oldin 50 mg ni tashkil qiladi. Samaradorlik va o'zlashtirilishini hisobga olgan holda doza 100 mg gacha oshirilishi yoki 25 mg gacha kamaytirilishi mumkin. Maksimal tavsiya etilgan doza 100 mg ni tashkil qiladi. Maksimal tavsiya etilgan qo'llash chastotasi - sutkasiga bir marta.

Buyrak funktsiyasi buzilishlari

Buyrak yetishmovchiligining engil va o'rtacha og'irlik darajasida (KK 30-80 ml/daq) dozani to'g'irlash talab etilmaydi, og'ir buyrak yetishmovchiligida (KK < 30 ml/daq) - sildenafil dozasini 25 mg gacha kamaytirish kerak.

Jigar funktsiyasi buzilishlari

Sildenafilning chiqarilishi jigar shikastlanishi bo'lgan bemorlarda (xususan, sirrozda) buzilganligi sababli, Viagra® preparati dozasini 25 mg gacha kamaytirish kerak.

Boshqa dori vositalari bilan birgalikda qo'llanilishi

Ritonavir bilan birgalikda qo'llash tavsiya etilmaydi. Har qanday holatda ham Viagra® preparatining maksimal dozasi hech qanday sharoitda 25 mg dan oshmasligi kerak, qo'llash chastotasi esa - 48 soatda 1 marta ("Boshqa dori vositalari bilan o'zaro ta'siri" bo'limiga qarang).

CYP3A4 izofermenti ingibitorlari (eritromitsin, sakvinavir, ketokonazol, itrakonazol) bilan birgalikda qo'llanilganda Viagra® preparatining boshlang'ich dozasi 25 mg ni tashkil qilishi kerak ("Boshqa dori vositalari bilan o'zaro ta'siri" bo'limiga qarang).

a-adrenoblokatorlarni qabul qilayotgan bemorlarda postural gipotenziya rivojlanish xavfini minimallashtirish uchun Viagra® preparatini qabul qilishni ushbu bemorlarda gemodinamika barqarorlashgandan keyingina boshlash kerak. Shuningdek, sildenafilning boshlang'ich dozasini kamaytirish maqsadga muvofiqligini ko'rib chiqish kerak ("Maxsus ko'rsatmalar" va "Boshqa dori vositalari bilan o'zaro ta'siri" bo'limlariga qarang).

Keksa yoshdagi bemorlar

Viagra® preparati dozasini to'g'irlash talab etilmaydi.Dozani oshirib yuborishViagra® preparati 800 mg gacha dozada bir marta qabul qilinganda noxush hodisalar preparat pastroq dozalarda qabul qilingandagidek bo'lgan, ammo tez-tez uchragan. 200 mg doza qo'llanilishi preparat samaradorligining oshishiga olib kelmagan, ammo nojo'ya reaktsiyalar (bosh og'rig'i, "qizishlar", bosh aylanishi, dispepsiya, burun bitishi, ko'rishning buzilishi) chastotasi oshgan.

Davolash simptomatik. Gemodializ sildenafil klirensini tezlashtirmaydi, chunki u plazma oqsillari bilan faol bog'lanadi va buyraklar orqali chiqarilmaydi.
Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Viagra preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing
Manbalar ro‘yxati:

Viagra haqida savollar

Viagra haqida fikr-mulohazalar

Reyting 4.1, 8 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil