logo
SavatKirish

VIAGRA 0,025 tabletkalari N1

Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Frantsiya
Kategoriya:Urologik dorilar
Faol modda:Sildenafil
Ishlab chiqaruvchi:Fareva Ambuaz
Teglar:Erkaklar uchun
ATX kodi:G04BE03
Barcha Viagra dorilari
Mavjud emas
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

VIAGRA 0,025 tabletkalari N1 o'xshash dorilari

VIAGRA 0,025 tabletkalari N1 qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Farmakokinetikasi

Sildenafil farmakokinetikasi tavsiya etilgan dozalar diapazonida chiziqli xususiyatga ega.

So'rilishi

Ichga qabul qilingandan so'ng sildenafil tez so'riladi. Mutlaq biologik kira olishligi o'rtacha 40% (25-63%) ni tashkil qiladi. In vitro sildenafil taxminan 1,7 ng/ml (3,5 nM) kontsentratsiyada odam FDE5 ni 50% ga bostiradi. 100 mg preparat bir marta ichga qabul qilingandan so'ng Cmax 18 ng/ml (38nM) ni tashkil qiladi va och qoringa qabul qilinganda o'rtacha 60 daqiqa (30-120 daqiqa) ichida erishiladi.

Yog'li ovqat bilan birga qabul qilinganda so'rilish tezligi pasayadi; Тmax 60 daqiqaga ortadi, Cmax esa o'rtacha 29% ga kamayadi. Biroq so'rilish darajasi ishonchli o'zgarmaydi (AUC 11% ga kamayadi).

Taqsimlanishi

Muvozanat holatida sildenafil Vd si o'rtacha 105 l ni tashkil qiladi.

Sildenafil va uning asosiy aylanib yuruvchi N-desmetil metaboliti taxminan 96% plazma oqsillari bilan bog'lanadi. Oqsillar bilan bog'lanish sildenafilning umumiy kontsentratsiyasiga bog'liq emas. Preparat qabul qilinganidan 90 daqiqa o'tgach spermada dozaning 0,0002% dan kamrog'i (o'rtacha 188 ng) aniqlangan.

Metabolizmi

Sildenafil, asosan, jigarda CYP3A4 (asosiy yo'l) va CYP2C9 (ikkinchi darajali yo'l) izofermentlari ta'sirida metabolizmga uchraydi.

Sildenafilning N-demetillanishi natijasida hosil bo'lgan asosiy aylanib yuruvchi faol metabolit keyingi metabolizmga uchraydi.

FDE ga ta'sir selektivligi bo'yicha metabolit sildenafil bilan taqqoslanarli, uning FDE5 ga nisbatan in vitro faolligi esa sildenafil faolligining taxminan 50% ini tashkil qiladi.

Qon plazmasidagi metabolit kontsentratsiyasi sildenafilnikining taxminan 40% ini tashkil qiladi.

N-demetil metaboliti keyingi metabolizmga uchraydi; uning T1/2 taxminan 4 soatni tashkil qiladi.

Chiqarilishi

Sildenafilning organizmdan umumiy klirensi 41 l/soatga teng, yakuniy T1/2 esa - 3-5 soat. Ichga qabul qilingandan so'ng sildenafil metabolitlar ko'rinishida, asosan, axlat bilan (dozaning taxminan 80%) va kamroq darajada - siydik bilan (dozaning taxminan 13%) chiqariladi.

Maxsus klinik holatlarda farmakokinetikasi

Sog'lom keksa yoshdagi odamlarda (65 yoshdan katta) sildenafil klirensi pasaygan, plazmadagi erkin faol modda kontsentratsiyasi esa yosh (18-45 yosh) bemorlardagi kontsentratsiyasidan taxminan 40% ga oshadi.

Yengil (KK 50-80 ml/daq) va o'rtacha (KK 30-49 ml/daq) og'irlikdagi buyrak yetishmovchiligida sildenafilning farmakokinetik parametrlari bir marta (50 mg) ichga qabul qilingandan so'ng o'zgarmaydi.

Og'ir darajadagi buyrak yetishmovchiligida (KK ? 30 ml/daq) sildenafil klirensi pasayadi, bu AUC (100%) va Cmax (88%) ning xuddi shu yosh guruhidagi buyrak funktsiyasi normal bo'lgan bemorlardagi shunday ko'rsatkichlarga nisbatan taxminan ikki baravar oshishiga olib keladi.

Jigar sirrozi (Chayld-Pyu shkalasi bo'yicha A va B sinfi) bo'lgan bemorlarda sildenafil klirensi pasayadi, bu AUC (84%) va Cmax (47%) ning xuddi shu yosh guruhidagi jigar funktsiyasi normal bo'lgan bemorlardagi shunday ko'rsatkichlarga nisbatan oshishiga olib keladi.

Jigar funktsiyasining og'ir buzilishlari (sinf) bo'lgan bemorlarda sildenafil farmakokinetikasi

Nojo'ya samaralari

Nojo'ya ta'sirlar odatda o'tkinchi va yengil yoki o'rtacha ifodalangan.

Noxush hodisalarning uchrash tezligi doza oshishi bilan ko'payadi.

A'zolar va a'zolar tizimi Nojo'ya ta'sirlar Sildenafil (%) Platsebo (%)

Eng ko'p uchraydigan (>1/10)

Asab tizimi bosh og'rig'i 10.8 2.8

Yurak-qon tomir tizimi vazodilatatsiya (yuzga qon oqib kelishi) 10.9 1.4

Tez-tez (>1/100 va
Asab tizimi bosh aylanishi 2.9 1.0

Ko'rish a'zosi ko'rishning o'zgarishi (ko'rishning xiralashishi, yorug'likka sezuvchanlikning o'zgarishi) 2.5 0.4

xromatopsiya (yengil va o'tkinchi, asosan rang tuslarini idrok etishning o'zgarishi) 1.1 0.03

Yurak-qon tomir tizimi Yurak qisqarishlari sonining oshishi 1.0 0.2

Nafas olish tizimi rinit (burun bitishi) 2.1 0.3

Ovqat hazm qilish tizimi dispepsiya 3.0 0.4

Preparat tavsiya etilgan dozalardan yuqori dozalarda qo'llanilganda, nojo'ya ta'sirlar yuqorida qayd etilganlarga o'xshash bo'lgan, ammo odatda tez-tez uchragan.

Allergik reaksiyalar: o'ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari (shu jumladan teri toshmasi).

MNS tomonidan: tirishishlar.

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: taxikardiya, qon bosimining pasayishi, hushdan ketish, burun qonashi.

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: qusish.

Ko'rish a'zosi tomonidan: ko'zlarda og'riq, ko'z qizarishi/skleralar in'ektsiyasi.

Jinsiy tizim tomonidan: uzoq muddatli erektsiya va/yoki priapizm.

Maxsus saqlash sharoitlari

Ereksiya buzilishlarini tashxislash, ularning ehtimoliy sabablarini aniqlash va adekvat davolashni tanlash uchun to'liq tibbiy anamnez yig'ish va sinchkovlik bilan fizikal tekshiruv o'tkazish kerak.

Jinsiy faollik yurak kasalliklarida ma'lum bir xavf tug'diradi; shu munosabat bilan ereksiya buzilishlari bo'yicha har qanday terapiyani boshlashdan oldin shifokor yurak-qon tomir tizimini tekshirishni zarur deb hisoblashi mumkin. Yurak yetishmovchiligi, nostabil stenokardiya, oxirgi 6 oyda o'tkazilgan miokard infarkti yoki insult, hayot uchun xavfli aritmiyalar, arterial gipertenziya (QB>170/100 mm sim.ust.) yoki gipotenziya (QB
Ereksiya buzilishlarini davolash uchun mo'ljallangan preparatlarni jinsiy faollik istalmagan erkaklarga tayinlash mumkin emas.

Viagra® tizimli vazodilatatsion ta'sir ko'rsatadi, bu QBning o'tkinchi pasayishiga olib keladi. Bu samara klinik ahamiyatli hisoblanmaydi va ko'pchilik bemorlarda hech qanday oqibatlarga olib kelmaydi. Biroq Viagra® preparatini tayinlashdan oldin shifokor muayyan yondosh kasalliklari bo'lgan bemorlarda, ayniqsa jinsiy faollik fonida vazodilatatsion ta'sirning noxush ko'rinishlari xavfini sinchkovlik bilan baholashi kerak. Vazodilatatorlarga yuqori sezuvchanlik chap qorincha chiqish traktining obstruksiyasi (masalan, aortal stenoz, gipertrofik obstruktiv kardiomiopatiya) bo'lgan bemorlarda, shuningdek vegetativ nerv tizimi tomonidan QB boshqarilishining og'ir buzilishi bilan namoyon bo'luvchi kam uchraydigan ko'p tizimli atrofiya sindromi bo'lgan bemorlarda kuzatiladi.

Barcha FDE5 ingibitorlari, shu jumladan sildenafil qo'llanilishi fonida ko'rish yomonlashishi yoki yo'qolishining sababi sifatida ko'rish nervi noarterial genezli old ishemik nevropatiyasi rivojlanishining kamdan-kam holatlari qayd etilgan. Ushbu bemorlarning ko'pchiligida ko'rish nervi diskining ekskavatsiyasi (chuqurlashishi), yoshi 50 dan katta, qandli diabet, arterial gipertenziya, YIK, giperlipidemiya, chekish kabi xavf omillari bo'lgan. FDE5 ingibitorlarini qabul qilish va ko'rish nervi noarterial genezli old ishemik nevropatiyasi o'rtasida sabab-oqibat bog'liqligi aniqlanmagan. Shifokor bemorni, agar ilgari unda bu holat qayd etilgan bo'lsa, ko'rish nervi noarterial genezli old ishemik nevropatiyasi rivojlanishi xavfi oshishi haqida xabardor qilishi kerak.

Sildenafil va alfa-adrenoblokatorlarning birgalikda qo'llanilishi ayrim sezgir bemorlarda simptomatik gipotenziyaga olib kelishi mumkinligi sababli, sildenafilni alfa-adrenoblokatorlarni qabul qilayotgan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan tayinlash kerak. Bemorlarda postural gipotenziya rivojlanishi xavfini minimallashtirish uchun, qabul...

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

sildenafilga yoki preparatning har qanday komponentiga yuqori sezuvchanlik;

— doimiy ravishda yoki tanaffuslar bilan azot oksidi donatorlari, organik nitratlar yoki har qanday shakldagi nitratlarni qabul qiluvchi bemorlarda qo'llash, chunki sildenafil nitratlarning gipotenziv ta'sirini kuchaytiradi.

Preparatni ereksiya buzilishini davolash uchun boshqa vositalar bilan birgalikda qo'llash tavsiya etilmaydi (kombinatsiyalangan terapiyaning xavfsizligi va samaradorligi o'rganilmagan).

Preparat 18 yoshgacha bo'lgan bolalar va o'smirlarda, ayollarda qo'llash uchun mo'ljallanmagan.

Jinsiy olatning anatomik deformatsiyasida (shu jumladan angulyatsiyada, kavernoz fibrozda yoki Peyroni kasalligida); priapizm rivojlanishiga moyillik tug'diruvchi kasalliklarda (masalan, o'roqsimon hujayrali anemiya, ko'p sonli miyeloma, leykoz, trombotsitopeniya); qon ketish bilan kechuvchi kasalliklarda; me'da va o'n ikki barmoqli ichak yara kasalligining zo'rayishida; irsiy pigmentli retinitda ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak;

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Boshqa dori vositalarining sildenafil metabolizmiga ta'siri

Sildenafil metabolizmi asosan jigarda CYP3A4 (asosiy yo'l) va CYP2C9 izofermentlari ta'sirida sodir bo'ladi, shuning uchun ushbu izofermentlar ingibitorlari sildenafil klirensini kamaytirishi, induktorlar esa, mos ravishda, sildenafil klirensini oshirishi mumkin.

CYP3A4 ingibitorlari (ketokonazol, eritromitsin, simetidin kabi) bir vaqtda qo'llanilganda sildenafil klirensi pasayishi qayd etilgan.

CYP3A4 ning nospetsifik ingibitori bo'lgan simetidin (800 mg) sildenafil (50 mg) bilan bir vaqtda qabul qilinganda plazmada sildenafil konsentratsiyasini 56% ga oshishini chaqiradi.

100 mg dozadagi sildenafilni CYP3A4 ning spetsifik ingibitori bo'lgan eritromitsin (eritromitsin 5 kun davomida 2 tadan 500 mg qabul qilinganda) bilan bir vaqtda, qonda eritromitsinning doimiy darajasiga erishish fonida bir marta qabul qilish sildenafil AUC ning 182% ga oshishiga olib keladi.

Dozirovkasi
DozalashPreparat ichishga qabul qilinadi.

Ko'pchilik bemorlar uchun tavsiya etilgan doza jinsiy faollikdan taxminan 1 soat oldin 50 mg ni tashkil qiladi. Samaradorlik va o'zlashtirishni hisobga olgan holda doza 100 mg gacha oshirilishi yoki 25 mg gacha kamaytirilishi mumkin.

Maksimal tavsiya etilgan doza 100 mg ni tashkil qiladi. Maksimal tavsiya etilgan qo'llash takroriyligi – kuniga 1 marta.

Keksa yoshdagi bemorlarda dozani to'g'rilash talab qilinmaydi.

Yengil va o'rtacha og'irlikdagi buyrak yetishmovchiligida (KK 30-80 ml/daq) dozani to'g'rilash talab qilinmaydi, og'ir darajadagi buyrak yetishmovchiligida (KK<30 ml/daq) doza 25 mg gacha kamaytiriladi.

Jigar funksiyasi buzilganda preparat dozasini 25 mg gacha kamaytirish mumkin.

Ritonavir bilan birgalikda qo'llanilganda Viagra® preparatining maksimal bir martalik dozasi 25 mg ni tashkil qilishi kerak, qo'llash takroriyligi - 48 soatda 1 marta.

CYP3A4 izofermenti ingibitorlari (eritromitsin, sakvinavir, ketokonazol, itrakonazol) bilan birgalikda qo'llanilganda Viagra® preparatining boshlang'ich dozasi 25 mg ni tashkil qilishi kerak.

Alfa-adrenoblokatorlarni qabul qilayotgan bemorlarda postural gipotenziya rivojlanish xavfini minimallashtirish uchun sildenafillni qabul qilishni faqat ushbu bemorlarda gemodinamika barqarorlashuviga erishilgandan so'ng boshlash kerak. Viagra® preparatining boshlang'ich dozasini kamaytirish maqsadga muvofiqligini ko'rib chiqish kerak.

Xususiyatlar VIAGRA 0,025 tabletkalari N1

VIAGRA 0,025 tabletkalari N1 analoglari

SILDENAFIL KARDIO 0,02 tabletkalari N90
Retseptli
SILDENAFIL KARDIO 0,02 tabletkalari N90
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Severnaya Zvezda, ZAO
VIZARSIN KU TAB 0,05 tabletkalari N4
Retseptli
VIZARSIN KU TAB 0,05 tabletkalari N4
Sloveniya
Ishlab chiqaruvchi:
KRKA, d.d., Novo mesto, AO
VIZARSIN KU TAB 0,1 tabletkalari N4
Retseptli
VIZARSIN KU TAB 0,1 tabletkalari N4
Sloveniya
Ishlab chiqaruvchi:
KRKA, d.d., Novo mesto, AO

VIAGRA 0,025 tabletkalari N1 haqida savollar

VIAGRA 0,025 tabletkalari N1 haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil