Sildenafil
Sildenafil qo'llanmasi
Qo‘llash ko‘rsatmalari
- Erektsiya buzilishlarini davolash, bunda jinsiy olatning qoniqarli jinsiy aloqa uchun yetarli erektsiyasiga erishish yoki uni saqlab qolish qobiliyati yo'qligi bilan tavsiflanadi. Sildenafil faqat seksual stimulyatsiya mavjud bo'lganda samarali.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
- Sildenafiilga yoki preparatning boshqa har qanday komponentiga yuqori sezuvchanlik. Azot oksidi donatorlari, organik nitratlar yoki nitritlarni har qanday shaklda doimiy yoki tanaffuslar bilan qabul qilayotgan bemorlarda qo‘llash, chunki sildenafil nitratlarning gipotenziv ta’sirini kuchaytiradi («Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta’siri» bo‘limiga qarang).
- Jinsiy faollik istalmagan bemorlarda qo‘llash (masalan, og‘ir yurak yetishmovchiligi, beqaror stenokardiya kabi og‘ir yurak-qon tomir kasalliklari bilan).
- Arterial gipotenziya (arterial bosim 90/50 mm sim. ust. dan kam).
- Og‘ir darajadagi surunkali buyrak yetishmovchiligi.
- Oxirgi olti oy ichida o‘tkazilgan miya qon aylanishining buzilishi yoki miokard infarkti.
- To‘r pardaning irsiy degenerativ kasalliklari, shu jumladan pigmentli retinit.
- Laktozani o‘zlashtira olmaslik, laktaza tanqisligi, glyukoza-galaktoza malabsorbtsiyasi.
- Ritonavirni bir vaqtda qabul qilish.
- Sildenafillning xavfsizligi va samaradorligi...
Farmakokinetikasi
- Faol modda: sildenafil sitrati - 70,2400 mg (sildenafil asosi hisobida - 50,0000 mg).
- Yordamchi moddalar:
- laktoza monogidrati (sut qandi) - 60,0000 mg. mikrokristall tsellyuloza - 43,8600 mg, natriy kroskarmelloza - 8.0000 mg, povidon - K25 - 6,0000 mg,
- magniy stearati - 1,9000 mg.
- Qobiq tarkibi: opadray II 85F205024 moviy - 6,0000 mg, shu jumladan: polivinil spirti - 2.4000 mg; makrogol - 4000 - 1.2120 mg; indigokarmin va brilliant moviy bo‘yoqlari bilan alyuminiy lak - 0.3738 mg; temir oksidi sariq bo‘yog‘i -0.0162 mg; talk - 0.8880 mg; titan dioksidi - 1.1100 mg.
Nojo'ya ta'sirlar
- Odatda sildenafilning nojo'ya ta'sirlari kuchsiz yoki o'rtacha ifodalangan va o'tkinchi xarakterga ega.
- Qat'iy belgilangan dozani qo'llash bilan o'tkazilgan tadqiqotlarda ba'zi noxush hodisalarning tez-tezligi doza oshishi bilan ko'payishi ko'rsatilgan.
- Preparat tavsiya etilgandan yuqori dozalarda ishlatilganda noxush hodisalar yuqorida qayd etilganlarga o'xshash bo'lgan, ammo odatda tez-tezroq uchragan.
- Umumiy holatning buzilishi: ko'krakda og'riq, umumiy holsizlik.
- Allergik reaktsiyalar: yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari (shu jumladan teri toshmasi), Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal pekroliz (Layel sindromi). Markaziy va periferik asab tizimi tomonidan buzilishlar: uyquchanlik, insult, hushdan ketish, gipesteziya, tranzitor ishemik hujum, tirishishlar shu jumladan takrorlanuvchi.
- Yurak-qon tomir tizimi tomonidan buzilishlar: taxikardiya, AB oshishi yoki pasayishi, miokard infarkti, bo'lmachalar fibrillyatsiyasi, qorinchalar aritmiyasi, nostabil stenokardiya, to'satdan o'lim.
- Nafas olish a'zolari tomonidan buzilishlar: burun qonashi.
- Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan buzilishlar: qusish, ko'ngil aynishi, og'iz bo'shlig'i shilliq qavatining qurishi.
- Ko'rish a'zosi tomonidan buzilishlar: ko'zlarda og'riq, ko'z qizarishi/skleralar in'ektsiyasi, kon'yunktiva shikastlanishi, ko'z yoshi ajralishining buzilishi, oldingi ishemik optik neyropatiya, to'r parda tomirlari okklyuziyasi, ko'rish maydonlari nuqsonlari.
- Eshitish a'zolari tomonidan buzilishlar: vertigo, quloqlarda shovqin, karlik.
- Tayanch-harakat aparati tomonidan buzilishlar: mialgiya.
- Reproduktiv tizim tomonidan buzilishlar: uzoq muddatli erektsiya va/yoki priapizm, gematospermiya va jinsiy olatdan qon ketishi.
Dozirovkasi
Buyrak funksiyasining buzilishi
Dozani to'g'rilash talab qilinmaydi, ammo preparat yomon o'zlashtirilganda doza kuniga 2 marta 20 mg gacha kamaytiriladi.
Jigar funksiyasining buzilishi
Jigar funksiyasining yengil yoki o'rtacha buzilishi (Chayld-Pyu shkalasi bo'yicha 5-9 ball) bo'lgan bemorlarda dozani to'g'rilash talab qilinmaydi, ammo preparat yomon o'zlashtirilganda doza kuniga 2 marta 20 mg gacha kamaytiriladi. Jigar funksiyasining og'ir buzilishlari (Chayld-Pyu shkalasi bo'yicha 9 balldan yuqori) bo'lgan bemorlarda preparatni qo'llash o'rganilmagan ("Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar" bo'limiga qarang).
Keksa yoshdagi bemorlar (≥ 65 yosh)
Dozani to'g'rilash talab qilinmaydi.
Bolalar
Sildenafilni 18 yoshdan kichik bolalarda qo'llash tavsiya etilmaydi (samaradorlik va xavfsizlik bo'yicha ma'lumotlar yetarli emas).
Hamrohlik qiluvchi terapiyani olayotgan bemorlarda qo'llanilishi
Sildenafil va epoprostenolni birgalikda qo'llash "Farmakodinamika" va "Nojo'ya ta'sir" bo'limlarida ko'rib chiqiladi.
O'pka gipertenziyasini davolash uchun sildenafilni boshqa preparatlar (bozentan, iloprost) bilan birgalikda qo'llashning samaradorligi va xavfsizligini baholash bo'yicha nazoratli tadqiqotlar o'tkazilmagan. Sildenafil Kardio preparatini ko'rsatilgan preparatlar bilan kombinatsiyalangan terapiyasini ehtiyotkorlik bilan o'tkazish kerak, ehtimol, sildenafil dozasini to'g'rilash talab qilinishi mumkin. Shunga qaramay, bozentan bilan bir vaqtda qo'llanilganda sildenafil dozasini oshirish zarurati to'g'risida ma'lumotlar yo'q.
O'pka arterial gipertenziyasi bo'lgan bemorlarda Sildenafil Kardio preparatini boshqa FDE5 ingibitorlari bilan birgalikda qo'llashning samaradorligi va xavfsizligi o'rganilmagan.
Sildenafilni kuchli CYP3A4 izofermenti ingibitorlari (masalan, ketokonazol, itrakonazol, ritonavir) bilan bir vaqtda qo'llash tavsiya etilmaydi. Biroq, bunday kombinatsiya zarur bo'lgan taqdirda, Sildenafil Kardio preparatining dozasini eritromitsin va sakvinavir kabi CYP3A4 izofermenti ingibitorlarini qabul qilayotgan bemorlarda kuniga 2 marta 20 mg gacha kamaytirish kerak. Klaritromitsin, telitromitsin va nefazodon kabi kuchliroq CYP3A4 izofermenti induktorlari bilan bir vaqtda qo'llash zarurati bo'lganda, Sildenafil Kardio preparatining dozasini kuniga 1 marta 20 mg gacha kamaytirish kerak.Dozani oshirib yuborishSimptomlari: bosh og'rig'i, yuz terisiga qon "quyilishi", bosh aylanishi, dispepsiya, burun bitishi, ko'rish a'zosi tomonidan buzilish.
Davolash: simptomatik.
Gemodializ samarasiz (sildenafil qon plazmasi oqsillari bilan faol bog'lanadi).
Dozani oshirib yuborilishi
Dori shaklining ta'rifi
- Dumaloq ikki tomonlama qavariq, havorang parda qobiq bilan qoplangan tabletkalar. Tabletka sinig'ida ikki qatlam ko'rinadi - oq yoki deyarli oq rangli yadro va parda qobiq.
Maxsus saqlash sharoitlari
Asoratlarni oldini olish uchun faqat shifokor tayinlovi bo'yicha qo'llanilshsin! Og'ir o'pka gipertenziyasi (funksional sinf IV) bo'lgan bemorlarda Sildenafil Kardio preparatini qo'llash samaradorligi va xavfsizligi isbotlanmagan. Sildenafil Kardio preparati bilan terapiya fonida bemor ahvoli yomonlashgan taqdirda, o'pka gipertenziyasining ushbu bosqichini davolash uchun qo'llaniladigan terapiyaga (masalan, epoprostenol) o'tish imkoniyatini ko'rib chiqish kerak («Qo'llash usuli va dozalari» bo'limiga qarang). Sildenafil Kardio preparati bozentan yoki boshqa CYP3A4 izofermenti induktorlari bilan birga qo'llanilganda dozaga tuzatish kiritish talab qilinishi mumkin.
O'pka gipertenziyasi I funksional sinfi bo'lgan bemorlarda Sildenafil Kardio preparatining foyda/xavf nisbati aniqlanmagan. Sildenafil Kardio preparatini biriktiruvchi to'qima kasalliklari bilan bog'liq o'pka gipertenziyasi va rezidual o'pka gipertenziyasidan tashqari, ikkilamchi o'pka gipertenziyasini davolashda qo'llash bo'yicha tadqiqotlar o'tkazilmagan.
Arterial gipotenziya
Sildenafil Kardio preparati tizimli vazodilatatsion ta'sir ko'rsatadi, bu QBning biroz tranzitor pasayishiga olib keladi. Preparatni tayinlashdan oldin arterial gipotenziyasi (QB
Yurak-qon tomir asoratlari
Erektil disfunksiyani davolash uchun Sildenafil Kardio preparatini postmarketing qo'llash davomida sildenafil qo'llash bilan vaqtinchalik bog'liqlikka ega bo'lgan jiddiy yurak-qon tomir asoratlari (shu jumladan miokard infarkti, nostabil stenokardiya, to'satdan yurak o'limi, qorinchalar aritmiyasi, gemorragik insult, tranzitor ishemik hujum, arterial gipertenziya va arterial gipotenziya) kabi noxush hodisalar haqida xabar berilgan. Ushbu bemorlarning ko'pchiligi, lekin hammasi emas, yurak-qon tomir asoratlari xavf omillariga ega bo'lgan. Ko'rsatilgan noxush hodisalarning ko'pchiligi jinsiy faollikdan ko'p o'tmay kuzatilgan va ularning ba'zilari Sildenafil Kardio preparati qabul qilingandan so'ng keyingi jinsiy faolliksiz qayd etilgan. Qayd etilgan noxush hodisalar va ko'rsatilgan omillar yoki boshqa sabablar o'rtasida to'g'ridan-to'g'ri bog'liqlik mavjudligini aniqlash imkoni yo'q.
Ko'rish buzilishlari
Barcha FDE5 ingibitorlari, shu jumladan Sildenafil Kardio qo'llanilishi fonida ko'rish yomonlashishi yoki yo'qolishining sababi sifatida ko'rish nervi noarteriit old ishemik nevropatiyasi rivojlanishining kamdan-kam holatlari qayd etilgan. Ushbu bemorlarning ko'pchiligida ko'rish nervi diski ekskavatsiyasi (chuqurlashishi), yoshi 50 dan katta, qandli diabet, arterial gipertenziya, yurak ishemik kasalligi, giperlipidemiya va chekish kabi xavf omillari bo'lgan. Ko'rish to'satdan yo'qolgan taqdirda bemorlar Sildenafil Kardio preparati qabul qilishni darhol to'xtatishlari va tibbiy yordamga murojaat qilishlari kerak.
Ilgari ko'rish nervi noarteriit old ishemik nevropatiyasi holatlari qayd etilgan bemorlarda ushbu kasallik rivojlanish xavfi yuqori. Shu munosabat bilan shifokor bemor bilan FDE5 ingibitorlarini qo'llashda ehtimoliy xavflarni muhokama qilishi kerak. Bunday bemorlarda Sildenafil Kardio preparatini ehtiyotkorlik bilan va foyda-xavf nisbatini sinchkovlik bilan baholagandan so'ng qo'llash kerak.
Eshitish buzilishlari
Ba'zi postmarketing va klinik tadqiqotlarda barcha FDE5 ingibitorlarini, shu jumladan Sildenafil Kardio qo'llash bilan bog'liq eshitishning to'satdan yomonlashishi yoki yo'qolishi holatlari haqida xabar beriladi. Ushbu bemorlarning ko'pchiligida eshitishning to'satdan yomonlashishi yoki yo'qolishi xavf omillari bo'lgan. FDE5 ingibitorlarini qo'llash va eshitishning to'satdan yomonlashishi yoki yo'qolishi o'rtasida sabab-oqibat bog'liqligi aniqlanmagan. Sildenafil Kardio preparati qabul qilish fonida eshitish to'satdan yomonlashgan yoki yo'qolgan taqdirda darhol shifokor bilan maslahatlashish kerak.
Qon ketishlar
Sildenafil in vitro sharoitida odam trombotsitlariga azot oksidi donatori natriy nitroprussidning antiagregant samarasini kuchaytiradi. Qon ketishga moyilligi yoki me'da va 12 barmoqli ichak yara kasalligi zo'rayishi bo'lgan bemorlarda Sildenafil Kardio preparatini qo'llash xavfsizligi to'g'risida ma'lumotlar yo'q, shuning uchun Sildenafil Kardio preparatini ushbu bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak. Biriktiruvchi to'qimaning tizimli kasalliklari bilan bog'liq O'AG bo'lgan bemorlarda burundan qon ketish chastotasi birlamchi O'AG bo'lgan bemorlarga qaraganda yuqori bo'lgan. K vitamini antagonisti bilan birgalikda Sildenafil Kardio olgan bemorlarda burundan qon ketish chastotasi K vitamini antagonisti qabul qilmagan bemorlarga qaraganda yuqori bo'lgan.
Priapizm
Ereksiya davomiyligi 4 soatdan oshganda darhol tibbiy yordamga murojaat qilish kerak. Agar zudlik bilan tibbiy aralashuv o'tkazilmasa, jinsiy a'zo to'qimalarining shikastlanishi va potensiyaning to'liq yo'qolishi mumkin.
Bozentan bilan bir vaqtda qo'llash
Bozentan bilan boshlang'ich terapiya fonida Sildenafil Kardio preparati qo'llanilganda bozentan bilan monoterapiya qo'llashga nisbatan bemorlar holatining yaxshilanishi (6 daqiqalik yurish testi yordamida baholash) qayd etilmagan. 6 daqiqalik yurish testi natijalari birlamchi O'AG va biriktiruvchi to'qimaning tizimli kasalliklari bilan bog'liq O'AG bo'lgan bemorlarda farq qilgan. Biriktiruvchi to'qimaning tizimli kasalliklari bilan bog'liq O'AG bo'lgan bemorlarda Sildenafil Kardio preparati va bozentanni bir vaqtda qo'llash natijasi bozentan bilan monoterapiya qo'llashga qaraganda yomonroq bo'lgan, ammo bozentan bilan monoterapiya olgan birlamchi O'AG bo'lgan bemorlarga qaraganda yaxshiroq bo'lgan. Shunday qilib, shifokor birlamchi O'AG bo'lgan bemorlarda Sildenafil Kardio preparati va bozentanni bir vaqtda qo'llashda terapiya natijasini o'zining O'AG terapiyasi tajribasiga tayanib baholashi kerak. Sildenafil Kardio preparati va bozentanni biriktiruvchi to'qimaning tizimli kasalliklari bilan bog'liq O'AG bo'lgan bemorlarda bir vaqtda qo'llash tavsiya etilmaydi.
Boshqa FDE5 ingibitorlari bilan bir vaqtda qo'llash
Sildenafil Kardio preparatini boshqa FDE5 ingibitorlari, shu jumladan Viagra® preparati bilan O'AG bo'lgan bemorlarda bir vaqtda qo'llash samaradorligi va xavfsizligi o'rganilmagan, shuning uchun bunday kombinatsiyani qo'llash tavsiya etilmaydi.
Transport vos. va mex. boshqarish qobiliyatiga ta'siri:
Sildenafil Kardio preparati transport vositalarini yoki boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ahamiyatsiz darajada ta'sir qiladi.
Biroq Sildenafil Kardio preparati qabul qilinganda QB yaqqol pasayishi, bosh aylanishi, xromatopsiya rivojlanishi, ko'rish xiralashishi va boshqa nojo'ya hodisalar rivojlanishi mumkinligi sababli, ko'rsatilgan vaziyatlarda, ayniqsa davolash boshida va dozalash tartibi o'zgarganda preparatning individual ta'siriga diqqatli bo'lish kerak.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Nojo'ya samaralari
Nojo‘ya hodisalar MedDRA tasniflash tizimi bo‘yicha a'zolar tizimlari va tez-tezligi bo‘yicha taqsimlangan: juda tez-tez (> 1/10), tez-tez (> 1/100, < 1/10), tez-tez emas (> 1/1000, < 1/100), kam hollarda (> 1/10 000, < 1/1000), tez-tezligi noma'lum (mavjud ma'lumotlar bo‘yicha aniqlab bo‘lmaydi).
Infektsiyalar va invaziyalar:
Tez-tez: teri osti kletchatkasi yallig‘lanishi, gripp, aniqlanmagan sinusit.
Qon tizimi va limfa tizimi tomonidan:
Tez-tez: aniqlanmagan anemiya.
Metabolizm va oziqlanish:
Tez-tez: suyuqlikning ushlanib qolishi (shishlar).
Ruhiy buzilishlar:
Tez-tez: uyqusizlik, xavotir.
Markaziy nerv tizimi tomonidan:
Juda tez-tez: bosh og‘rig‘i.
Tez-tez: tremor, paresteziya, aniqlanmagan achishish hissi, gipoesteziya.
Tez-tezligi noma'lum: migren.
Ko‘rish a'zosi tomonidan:
Tez-tez: ko‘z to‘r pardasiga qon quyilishi, ko‘rishning aniqlanmagan buzilishlari, ko‘rishning xiralashishi, fotofobiya, xromatopsiya, tsianopsiya, ko‘z yallig‘lanishi, ko‘z qizarishi.
Kam hollarda: ko‘rish o‘tkirligining pasayishi, diplopiya, ko‘z sezgirligining buzilishi.
Eshitish a'zosi va labirint buzilishlari:
Tez-tez: vertigo.
Tez-tezligi noma'lum: to‘satdan kar bo‘lib qolish.
Tomir buzilishlari:
Juda tez-tez: giperemiya (yuz terisining qizarishi).
Tez-tezligi noma'lum: qon bosimining pasayishi.
Nafas olish tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i tomonidan:
Tez-tez: aniqlanmagan bronxit, burun qonashi, aniqlanmagan rinit, yo‘tal, burun bitishi.
Me'da-ichak yo‘llari tomonidan:
Juda tez-tez: diareya, dispepsiya.
Tez-tez: aniqlanmagan gastrit, aniqlanmagan gastroenterit, gastroezofageal reflyuks kasalligi, gemorroy, qorin dam bo‘lishi, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining qurishi.
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan:
Tez-tez: alopesiya, eritema, tunda ko‘p terlash.
Tez-tezligi noma'lum: teri toshmasi.
Tayanch-harakat aparati va biriktiruvchi to‘qima tomonidan:
Juda tez-tez: oyoq-qo‘llarda og‘riq.
Tez-tez: mialgiya, belda og‘riq.
Reproduktiv tizim va sut bezi tomonidan:
Tez-tez: ginekomastiya, gemospermiya.
Tez-tezligi noma'lum: priapizm, uzoq muddatli erektsiya.
Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi reaksiyalar:
Tez-tez: isitma.
Sildenafil bilan sutkada 3 marta 20 mg tavsiya etilgan dozada davolashni to‘xtatishning umumiy tez-tezligi past bo‘lgan va platsebo guruhidagi ko‘rsatkichdan farq qilmagan (2,9%).
Platsebo-nazorat qilinadigan tadqiqotda epoprostenolni vena ichiga yuborishga qo‘shimcha sifatida sildenafil bilan ad'yuvant terapiyaning samarasi o‘rganilgan. O‘pka arterial gipertenziyasi (O‘AG) bo‘lgan 134 nafar bemor sutkada 3 marta 20 mg dan 80 mg gacha dozalarda sildenafil va epoprostenol, va 131 nafar bemor platsebo va epoprostenol qabul qilgan. Davolash davomiyligi 16 haftani tashkil etgan. Sildenafil/epoprostenol guruhida noxush hodisalar tufayli terapiyani to‘xtatishning umumiy tez-tezligi platsebo/epoprostenol guruhidagi 10,7% ga nisbatan 5,2% ni tashkil etgan.
Sildenafil o'xshash dorilari
Sildenafil barcha rasmlari













