VIAGRA 0,05 tabletkalari N4

VIAGRA 0,05 tabletkalari N4 qo'llanmasi
Farmakokinetikasi
Sildefanil farmakokinetikasi tavsiya etilgan dozalar diapazonida chiziqli xususiyatga ega.
So'rilishi
Ichga qabul qilingandan so'ng sildenafil tez so'riladi. Mutlaq biologik kira olishligi o'rtacha taxminan 40% ni tashkil qiladi (25% dan 63% gacha). In vitro sildenafil taxminan 1,7 ng/ml (3,5 nM) kontsentratsiyada odam FDE5 faolligini 50% ga bostiradi. Sildenafil 100 mg dozada bir marta qabul qilingandan so'ng erkaklar qon plazmasidagi erkin sildenafilning o'rtacha maksimal kontsentratsiyasi (Cmax) taxminan 18 ng/ml (38 nM) ni tashkil qiladi. Sildenafil och qoringa ichga qabul qilinganda Stax ga o'rtacha 60 daqiqa ichida erishiladi (30 daqiqadan 120 daqiqagacha). Yog'li ovqat bilan birga qabul qilinganda so'rilish tezligi pasayadi: Сmax o'rtacha 29% ga kamayadi, maksimal kontsentratsiyaga erishish vaqti (Тmax) esa 60 daqiqaga ortadi, ammo so'rilish darajasi ishonchli o'zgarmaydi (kontsentratsiya-vaqt farmakokinetik egri chizig'i ostidagi maydon (AUC) 11% ga kamayadi).
Taqsimlanishi
Sildenafilning muvozanat holatidagi taqsimlanish hajmi o'rtacha 105 l ni tashkil qiladi. Sildenafil va uning asosiy aylanib yuruvchi N-demetil metabolitining qon plazmasi oqsillari bilan bog'lanishi taxminan 96% ni tashkil qiladi va preparatning umumiy kontsentratsiyasiga bog'liq emas. Preparat qabul qilinganidan 90 daqiqa o'tgach spermada sildenafil dozasining 0,0002% dan kamrog'i (o'rtacha 188 ng) aniqlangan.
Metabolizmi
Sildenafil asosan jigarda CYP3A4 sitoxromi izofermenti (asosiy yo'l) va CYP2C9 sitoxromi izofermenti (minor yo'l) ta'sirida metabolizmga uchraydi. Sildenafilning N-demetillanishi natijasida hosil bo'lgan asosiy aylanib yuruvchi faol metabolit keyingi metabolizmga uchraydi. Ushbu metabolitning FDE ga nisbatan ta'sir selektivligi sildenafilniki bilan taqqoslanarli, uning FDE5 ga nisbatan in vitro faolligi esa sildenafil faolligining taxminan 50% ini tashkil qiladi. Metabolitning sog'lom ko'ngillilar qon plazmasidagi kontsentratsiyasi sildenafil kontsentratsiyasining taxminan 40% ini tashkil etdi. N-demetil metaboliti keyingi metabolizmga uchraydi; uning yarim chiqarilish davri (Т1/2) taxminan 4 soatni tashkil qiladi.
Chiqarilishi
Sildenafilning umumiy klirensi 41 l/soatni, yakuniy Т1/2 esa - 3-5 soatni tashkil qiladi. Ichga qabul qilingandan so'ng xuddi vena ichiga yuborilgandagi kabi sildenafil metabolitlar ko'rinishida, asosan ichak orqali (peroral dozaning taxminan 80%) va kamroq darajada buyraklar orqali (peroral dozaning taxminan 13%) chiqariladi.
Bemorlarning alohida guruhlarida farmakokinetikasi
Keksa bemorlar
Sog'lom keksa bemorlarda (65 yoshdan katta) sildenafil klirensi pasaygan, qon plazmasidagi erkin sildenafil kontsentratsiyasi esa yoshlarga (18-45 yosh) qaraganda taxminan 40% ga yuqori. Yosh nojo'ya ta'sirlar rivojlanish chastotasiga klinik ahamiyatga ega ta'sir ko'rsatmaydi.
Buyrak funktsiyasining buzilishi
Yengil (kreatinin klirensi (KK) 50-80 ml/daq) va o'rtacha (KK 30-49 ml/daq) darajadagi buyrak yetishmovchiligida sildenafil farmakokinetikasi 50 mg dozada bir marta ichga qabul qilingandan so'ng o'zgarmaydi. Og'ir buyrak yetishmovchiligida (KK
Jigar funktsiyasining buzilishi
Jigar sirrozi (Chayld-Pyu tasnifi bo'yicha A va B sinflari) bo'lgan bemorlarda sildenafil klirensi pasayadi, bu AUC (84%) va Сmax (47%) qiymatining xuddi shu yosh guruhidagi jigar funktsiyasi normal bo'lgan bemorlardagi shunday ko'rsatkichlarga nisbatan oshishiga olib keladi. Jigar funktsiyasining og'ir buzilishlari (Chayld-Pyu tasnifi bo'yicha C sinfi) bo'lgan bemorlarda sildenafil farmakokinetikasi o'rganilmagan.
Nojo'ya samaralari
Eng ko'p uchraydigan nojo'ya ta'sirlar bosh og'rig'i va "yuzga qon oqib kelishi" bo'lgan.
Odatda Viagra" preparatining nojo'ya ta'sirlari kuchsiz yoki o'rtacha ifodalangan va o'tkinchi xarakterga ega.
Qat'iy belgilangan dozani qo'llash bilan o'tkazilgan tadqiqotlarda ba'zi noxush hodisalarning uchrash tezligi doza oshishi bilan ko'payishi ko'rsatilgan.
Nojo'ya reaksiyalarning tezligi quyidagi tasnif bo'yicha taqdim etilgan:
Juda tez-tez ≥10%
Tez-tez ≥1% va
Tez-tez emas ≥0,1% va
Kam hollarda ≥0,01% va
Juda kam hollarda
Uchrash tezligi noma'lum mavjud ma'lumotlar asosida aniqlab bo'lmaydi
Immun tizimi tomonidan: tez-tez emas - o'ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari (shu jumladan teri toshmasi), allergik reaksiyalar.
Ko'rish a'zosi tomonidan: tez-tez - ko'rishning xiralashishi, ko'rishning buzilishi, tsianopsiya; tez-tez emas - ko'zlarda og'riq, fotofobiya, fotopsiya, xromatopsiya, ko'z qizarishi/skleralar in'ektsiyasi, yorug'likni idrok etish yorqinligining o'zgarishi, midriaz, kon'yunktivit, ko'z to'qimasiga qon quyilishi, katarakta, ko'z yoshi aparati ishining buzilishi; kam hollarda - qovoq va unga tutash to'qimalar shishi, ko'zda quruqlik hissi, ko'rish maydonida yorug'lik manbai atrofida kamalak doiralari bo'lishi, ko'zning yuqori toliqishi, narsalarni sariq rangda ko'rish (ksantopsiya), narsalarni qizil rangda ko'rish (eritropsiya), kon'yunktiva giperemiyasi, ko'z shilliq qavatining ta'sirlanishi, ko'zda noxush hislar; uchrash tezligi noma'lum - ko'ruv nervining noarteriit oldingi ishemik nevropatiyasi, to'r parda venalari okklyuziyasi, ko'rish maydoni nuqsoni, diplopiya*, vaqtincha ko'rishni yo'qotish yoki ko'rish o'tkirligining pasayishi, ko'z ichi bosimining oshishi, to'r parda shishi, to'r parda tomirlari kasalliklari, shishasimon tana ko'chishi/vitreal traktsiya.
Eshitish a'zosi tomonidan: tez-tez emas - eshitishning to'satdan pasayishi yoki yo'qolishi, quloqlarda shovqin, quloqlarda og'riq.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: tez-tez - "qizib ketish hissi"; tez-tez emas - taxikardiya, yurak urishini his qilish, qon bosimining pasayishi, yurak qisqarishlari sonining oshishi, nostabil stenokardiya, atrioventrikulyar blokada, miokard infarkti, bosh miya tomirlari trombozi, yurak to'xtashi, yurak yetishmovchiligi, elektrokardiogramma ko'rsatkichlarida og'ishlar, kardiomiopatiya; kam hollarda - bo'lmachalar fibrillatsiyasi, to'satdan yurak o'limi*, qorinchalar aritmiyasi*.
Qon va limfa tizimi tomonidan: tez-tez emas - anemiya, leykopeniya.
Moddalar almashinuvi va oziqlanish tomonidan: tez-tez emas - chanqoq hissi, shishlar, podagra, kompensatsiyalanmagan qandli diabet, giperglikemiya, periferik shishlar, giperurikemiya, gipoglikemiya, gipernatriemiya.
Nafas olish tizimi tomonidan: tez-tez - burun bitishi; tez-tez emas - burun qonashi, rinit, astma, dispnoe, laringit, faringit, sinusit, bronxit, ajraladigan balg'am hajmining oshishi, yo'talning kuchayishi; kam hollarda - tomoqda siqilish hissi, burun bo'shlig'i shilliq qavatining qurishi, burun bo'shlig'i shilliq qavatining shishi.
Oshqozon-ichak trakti tomonidan: tez-tez - ko'ngil aynishi, dispepsiya; tez-tez emas - gastroezofageal reflyuks kasalligi, qusish, qorin sohasida og'riq, og'iz bo'shlig'i shilliq qavatining qurishi, glossit, gingivit, kolit, disfagiya, gastrit, gastroenterit, ezofagit, stomatit, "jigar" funktsional testlarining normadan og'ishi, rektal qon ketish; kam hollarda - og'iz bo'shlig'i shilliq qavati gipesteziyasi.
Tayanch-harakat tizimi tomonidan: tez-tez - belda og'riq; tez-tez emas - mialgiya, oyoq-qo'llarda og'riq, artrit, artroz, pay uzilishi, tenosinovit, suyaklarda og'riq, miasteniya, sinovit.
Siydik-tanosil tizimi tomonidan: tez-tez emas - sistit, nikturiya, sut bezlarining kattalashishi, siydik tuta olmaslik, gematuriya, eyakulyatsiyaning buzilishi, genitliylar shishi, anorgazmiya, gematospermiya, jinsiy olat to'qimalarining shikastlanishi; kam hollarda - uzoq muddatli erektsiya va/yoki priapizm.
Markaziy va periferik asab tizimi tomonidan: juda tez-tez - bosh og'rig'i; tez-tez - bosh aylanishi; tez-tez emas - uyquchanlik, migren, ataksiya, gipertonus, nevralgiya, neyropatiya, paresteziya, tremor, vertigo, depressiya belgilari, uyqusizlik, g'ayrioddiy tushlar, reflekslarning kuchayishi, gipesteziya; kam hollarda - tirishishlar*, takroriy tirishishlar*, hushdan ketish.
Teri va teri osti to'qimalari tomonidan: tez-tez emas - teri toshmasi, eshakemi, oddiy gerpes, teri qichishishi, ko'p terlash, teri yaralanishi, kontakt dermatit, eksfoliativ dermatit; uchrash tezligi noma'lum - Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz.
Boshqalar: tez-tez emas - issiqlik hissi, yuz shishi, fotosezuvchanlik reaksiyasi, shok, asteniya, yuqori toliqish, turli joylashuvdagi og'riq, qaltirash, tasodifiy yiqilishlar, ko'krak qafasi sohasida og'riq, tasodifiy jarohatlar; kam hollarda - ta'sirchanlik.
* Postmarketing tadqiqotlar davomida aniqlangan nojo'ya ta'sirlar.
Yurak-qon tomir asoratlari
Erektil disfunktsiyani davolash uchun sildenafilning postmarketing qo'llanilishi davomida og'ir yurak-qon tomir asoratlari (shu jumladan miokard infarkti, nostabil stenokardiya, to'satdan yurak o'limi, qorinchalar aritmiyasi, gemorragik insult, tranzitor ishemik hujum, gipertenziya va gipotenziya) kabi noxush hodisalar haqida xabar berilgan, ular sildenafilni qo'llash bilan vaqtinchalik bog'liqlikka ega bo'lgan. Ushbu bemorlarning ko'pchiligi, lekin hammasi emas, yurak-qon tomir asoratlari xavf omillariga ega bo'lgan. Ko'rsatilgan noxush hodisalarning aksariyati jinsiy faollikdan ko'p o'tmay kuzatilgan va ularning ba'zilari sildenafil qabul qilingandan keyin keyingi jinsiy faolliksiz qayd etilgan. Qayd etilgan noxush hodisalar va ko'rsatilgan yoki boshqa omillar o'rtasida to'g'ridan-to'g'ri bog'liqlik mavjudligini aniqlash imkoni yo'q.
Ko'rish buzilishlari
FDE5 ingibitorlarining barcha sinflarini, shu jumladan sildenafilni ro'yxatdan o'tkazgandan keyingi qo'llash davrida kamdan-kam hollarda ko'ruv nervining noarteriit oldingi ishemik nevropatiyasi (KNOOIN) - kam uchraydigan kasallik va ko'rishning pasayishi yoki yo'qolishi sababi haqida xabar berilgan. Ushbu bemorlarning ko'pchiligida xavf omillari bo'lgan, xususan ko'ruv nervi diski va ekskavatsiya diametrlari nisbatining pasayishi ("dimlangan disk"), yoshning 50 dan katta bo'lishi, qandli diabet, gipertenziya, yurak ishemik kasalligi, giperlipidemiya va chekish. Observatsion tadqiqotda FDE5 ingibitorlari sinfi preparatlarini yaqinda qo'llash KNOOIN ning o'tkir boshlanishi bilan bog'liqmi yoki yo'qmi baholandi. Natijalar FDE5 ingibitorini qo'llagandan keyin 5 yarim chiqarilish davri chegarasida KNOOIN xavfining taxminan 2 baravar oshishini ko'rsatadi. Nashr etilgan adabiyot ma'lumotlariga ko'ra, KNOOIN paydo bo'lishining yillik chastotasi umumiy populyatsiyada ≥ 50 yoshdagi erkaklarda 100 000 kishiga 2,5-11,8 holatni tashkil etadi.
Bemorlarga ko'rish to'satdan yo'qolganda sildenafil bilan davolashni to'xtatish va darhol shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etilishi kerak. KNOOIN holati bo'lgan shaxslarda KNOOIN qaytalanish xavfi yuqori bo'ladi. Shuning uchun shifokor bunday bemorlar bilan ushbu xavfni muhokama qilishi, shuningdek ular bilan FDE5 ingibitorlarining potentsial noxush ta'sir qilish imkoniyatini muhokama qilishi kerak. Bunday bemorlarda FDE5 ingibitorlarini, shu jumladan sildenafilni ehtiyotkorlik bilan va faqat kutilayotgan foyda xavfdan ustun bo'lgan hollarda qo'llash kerak.
Viagra® preparati tavsiya etilganlardan yuqori dozalarda ishlatilganda, noxush hodisalar yuqorida qayd etilganlarga o'xshash bo'lgan, ammo odatda tez-tez uchragan.
Maxsus saqlash sharoitlari
Ereksiya buzilishlarini tashxislash, ularning ehtimoliy sabablarini aniqlash va adekvat davolashni tanlash uchun to'liq tibbiy anamnez yig'ish va sinchkovlik bilan fizikal tekshiruv o'tkazish kerak.
Erektil disfunksiyani davolash vositalari jinsiy a'zoning anatomik deformatsiyasi (angulyatsiya, kavernoz fibroz, Peyroni kasalligi) bo'lgan bemorlarda yoki priapizm rivojlanishi xavf omillari (o'roqsimon hujayrali anemiya, ko'p sonli miyeloma, leykemiya) bo'lgan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan ishlatilishi kerak («Ehtiyotkorlik bilan» bo'limiga qarang).
Postmarketing tadqiqotlar vaqtida uzoq muddatli ereksiya va priapizm rivojlanishi holatlari haqida xabar berilgan. Ereksiya 4 soatdan ortiq saqlanib qolgan taqdirda darhol tibbiy yordamga murojaat qilish kerak. Agar priapizm terapiyasi darhol o'tkazilmasa, bu jinsiy a'zo to'qimalarining shikastlanishiga va potensiyaning qaytmas yo'qolishiga olib kelishi mumkin.
Ereksiya buzilishlarini davolash uchun mo'ljallangan preparatlarni jinsiy faollik istalmagan erkaklarga tayinlash mumkin emas.
Jinsiy faollik yurak kasalliklari mavjud bo'lganda ma'lum bir xavf tug'diradi, shuning uchun ereksiya buzilishlari bo'yicha har qanday terapiyani boshlashdan oldin shifokor bemorni yurak-qon tomir tizimi holatini tekshirishga yuborishi kerak. Yurak yetishmovchiligi, nostabil stenokardiya, oxirgi 6 oyda o'tkazilgan miokard infarkti yoki insult, hayot uchun xavfli aritmiyalar, gipertenziya (QB > 170/100 mm sim. ust.) yoki gipotenziya (QB
Yurak-qon tomir asoratlari
Erektil disfunksiyani davolash uchun sildenafilni postmarketing qo'llash davomida sildenafil qo'llash bilan vaqtinchalik bog'liqlikka ega bo'lgan og'ir yurak-qon tomir asoratlari (shu jumladan miokard infarkti, nostabil stenokardiya, to'satdan yurak o'limi, qorinchalar aritmiyasi, gemorragik insult, tranzitor ishemik hujum, gipertenziya va gipotenziya) kabi noxush hodisalar haqida xabar berilgan. Ushbu bemorlarning ko'pchiligi, lekin hammasi emas, yurak-qon tomir asoratlari xavf omillariga ega bo'lgan. Ko'rsatilgan noxush hodisalarning ko'pchiligi jinsiy faollikdan ko'p o'tmay kuzatilgan va ularning ba'zilari sildenafil qabul qilingandan so'ng keyingi jinsiy faolliksiz qayd etilgan. Qayd etilgan noxush hodisalar va ko'rsatilgan yoki boshqa omillar o'rtasida to'g'ridan-to'g'ri bog'liqlik mavjudligini aniqlash imkoni yo'q.
Gipotenziya
Sildenafil tizimli vazodilatatsion ta'sir ko'rsatadi, bu QBning o'tkinchi pasayishiga olib keladi, bu klinik ahamiyatli hodisa hisoblanmaydi va ko'pchilik bemorlarda hech qanday oqibatlarga olib kelmaydi. Shunga qaramay, Viagra® preparatini tayinlashdan oldin shifokor tegishli kasalliklari bo'lgan bemorlarda, ayniqsa jinsiy faollik fonida vazodilatatsion ta'sirning ehtimoliy noxush ko'rinishlari xavfini sinchkovlik bilan baholashi kerak.
Vazodilatatorlarga yuqori sezuvchanlik chap qorincha chiqish traktining obstruksiyasi (aorta stenozi, gipertrofik obstruktiv kardiomiopatiya) bo'lgan bemorlarda, shuningdek vegetativ nerv tizimi tomonidan QB boshqarilishining og'ir buzilishi bilan namoyon bo'luvchi kam uchraydigan ko'p tizimli atrofiya sindromi bo'lgan bemorlarda kuzatiladi.
Sildenafil va α-adrenoblokatorlarning birgalikda qo'llanilishi ayrim sezgir bemorlarda simptomatik gipotenziyaga olib kelishi mumkinligi sababli, Viagra® preparatini α-adrenoblokatorlarni qabul qilayotgan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan tayinlash kerak («Boshqa dori vositalari bilan o'zaro ta'siri» bo'limiga qarang). α-adrenoblokatorlarni qabul qilayotgan bemorlarda postural gipotenziya rivojlanishi xavfini minimallashtirish uchun Viagra® preparatini qabul qilishni faqat ushbu bemorlarda gemodinamika ko'rsatkichlari barqarorlashgandan keyingina boshlash kerak. Shuningdek Viagra® preparatining boshlang'ich dozasini kamaytirish maqsadga muvofiqligini ko'rib chiqish kerak («Qo'llash usuli va dozalari» bo'limiga qarang). Shifokor bemorlarga postural gipotenziya simptomlari paydo bo'lgan taqdirda qanday harakatlarni amalga oshirish kerakligi haqida ma'lumot berishi kerak.
Ko'rish buzilishlari
Barcha FDE5 ingibitorlarini, shu jumladan sildenafilni ro'yxatdan o'tkazilgandan keyingi qo'llash vaqtida kamdan-kam hollarda ko'rish nervining noarteriit old ishemik nevropatiyasi (KNOOIN) - kam uchraydigan kasallik va ko'rish pasayishi yoki yo'qolishi sababi haqida xabar berilgan. Ushbu bemorlarning ko'pchiligida xavf omillari, xususan ko'rish nervi ekskavatsiyasi va diski diametrlari nisbatining pasayishi ("dimiqib qolgan disk"), yoshi 50 dan katta, qandli diabet, gipertenziya, yurak ishemik kasalligi, giperlipidemiya va chekish bo'lgan. Observatsion tadqiqotda FDE5 ingibitorlari sinfi preparatlarini yaqinda qo'llash KNOOIN o'tkir boshlanishi bilan bog'liqligi baholangan. Natijalar FDE5 ingibitori qo'llanilgandan so'ng 5 yarim chiqarilish davri chegarasida KNOOIN xavfining taxminan 2 baravar oshishini ko'rsatadi. Chop etilgan adabiyot ma'lumotlariga ko'ra, umumiy populyatsiyada yoshi ≥ 50 bo'lgan erkaklarda KNOOIN yuzaga kelishining yillik chastotasi 100 000 kishiga 2,5-11,8 holatni tashkil qiladi. Bemorlarga ko'rish to'satdan yo'qolgan taqdirda sildenafil bilan terapiyani to'xtatish va darhol shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etilishi kerak. KNOOIN holati bo'lgan shaxslarda KNOOIN retsidivi xavfi yuqori. Shuning uchun shifokor bunday bemorlar bilan ushbu xavfni muhokama qilishi, shuningdek ular bilan FDE5 ingibitorlarining noxush ta'siri ehtimolini muhokama qilishi kerak. FDE5 ingibitorlarini, shu jumladan sildenafilni bunday bemorlarda ehtiyotkorlik bilan va faqat kutilayotgan foyda xavfdan ustun bo'lgan vaziyatlarda qo'llash kerak. Bir ko'zda ko'rish yo'qolishi bilan kechuvchi KNOOIN rivojlanishi epizodlari bo'lgan bemorlarda sildenafil qabul qilish mumkin emas («Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar» bo'limiga qarang).
Nasliy pigmentli retinit bo'lgan bemorlarning kichik qismida ko'z to'r pardasi fosfodiesterazalarining genetik determinirlangan funksiyasi buzilishlari mavjud. Pigmentli retiniti bo'lgan bemorlarda Viagra® preparatini qo'llash xavfsizligi to'g'risida ma'lumotlar yo'q, shuning uchun bunday bemorlarda sildenafilni qo'llash kerak emas («Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar» bo'limiga qarang).
Eshitish buzilishlari
Ba'zi postmarketing va klinik tadqiqotlarda barcha FDE5 ingibitorlarini, shu jumladan sildenafilni qo'llash bilan bog'liq eshitishning to'satdan yomonlashishi yoki yo'qolishi holatlari haqida xabar beriladi. Ushbu bemorlarning ko'pchiligida eshitishning to'satdan yomonlashishi yoki yo'qolishi xavf omillari bo'lgan. FDE5 ingibitorlarini qo'llash va eshitishning to'satdan yomonlashishi yoki yo'qolishi o'rtasida sabab-oqibat bog'liqligi aniqlanmagan. Sildenafil qabul qilish fonida eshitish to'satdan yomonlashgan yoki yo'qolgan taqdirda darhol shifokor bilan maslahatlashish kerak.
Qon ketishlar
Sildenafil in vitro sharoitida odam trombotsitlariga azot oksidi donatori natriy nitroprussidning antiagregant samarasini kuchaytiradi. Qon ketishga moyilligi yoki me'da va 12 barmoqli ichak yara kasalligi zo'rayishi bo'lgan bemorlarda sildenafilni qo'llash xavfsizligi to'g'risida ma'lumotlar yo'q, shuning uchun Viagra® preparatini ushbu bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak («Ehtiyotkorlik bilan» bo'limiga qarang). Biriktiruvchi to'qimaning diffuz kasalliklari bilan bog'liq O'G (o'pka gipertenziyasi) bo'lgan bemorlarda burundan qon ketish chastotasi birlamchi o'pka arterial gipertenziyasi bo'lgan bemorlarga (sildenafil 3,0%, platsebo 2,4%) qaraganda yuqori bo'lgan (sildenafil 12,9%, platsebo 0%). K vitamini antagonisti bilan birgalikda sildenafil olgan bemorlarda burundan qon ketish chastotasi (8,8%) K vitamini antagonisti qabul qilmagan bemorlarga (1,7%) qaraganda yuqori bo'lgan.
Ereksiya buzilishlarini davolashning boshqa vositalari bilan birgalikda qo'llash
Viagra® preparatining boshqa FDE5 ingibitorlari yoki sildenafil saqlovchi o'pka arterial gipertenziyasini davolash uchun boshqa preparatlar (masalan, Revatsio®) yoki ereksiya buzilishlarini davolashning boshqa vositalari bilan birgalikda xavfsizligi va samaradorligi o'rganilmagan, shuning uchun bunday kombinatsiyalarni qo'llash tavsiya etilmaydi («Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar» bo'limiga qarang).
Preparatning transport vositalarini va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri:
Sildenafil qabul qilish fonida avtomobilni yoki boshqa texnik vositalarni boshqarish qobiliyatiga biror-bir salbiy ta'sir kuzatilmagan.
Biroq sildenafil qabul qilinganda bosh aylanishi, QB pasayishi, xromatopsiya rivojlanishi, ko'rish xiralashishi va sh.k. nojo'ya hodisalar rivojlanishi mumkinligi sababli, transport vositalarini boshqarishda va yuqori diqqatni jamlash hamda psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiluvchi boshqa potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug'ullanishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Shuningdek ko'rsatilgan vaziyatlarda, ayniqsa davolash boshida va dozalash tartibi o'zgarganda preparatning individual ta'siriga diqqatli bo'lish kerak.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Sildenafila yoki preparatning boshqa har qanday komponentiga yuqori sezuvchanlik.
Azot oksidi donatorlarini, organik nitratlar yoki nitritlarni har qanday shaklda doimiy yoki tanaffuslar bilan qabul qilayotgan bemorlarda qo'llash, chunki sildenafil nitratlarning gipotenziv ta'sirini kuchaytiradi ("Boshqa dori vositalari bilan o'zaro ta'siri" bo'limiga qarang).
FDE5 ingibitorlarini, shu jumladan sildenafilni, riotsiguat kabi guanilatsiklaza stimulyatorlari bilan birgalikda qo'llash, chunki bu simptomatik gipotenziyaga olib kelishi mumkin.
Viagra® preparatining erektsiya buzilishini davolashning boshqa vositalari bilan birgalikda qo'llash xavfsizligi va samaradorligi o'rganilmagan, shuning uchun bunday kombinatsiyalarni qo'llash tavsiya etilmaydi ("Maxsus ko'rsatmalar" bo'limiga qarang).
Laktozani o'zlashtiraolmaslik, laktaza yetishmovchiligi, glyukoza-galaktoza malabsorbtsiyasi.
Og'ir jigar yetishmovchiligi (Chayld-Pyu tasnifi bo'yicha S sinfi).
Ritonavirni bir vaqtda qabul qilish.
Og'ir yurak-qon tomir kasalliklari (og'ir yurak yetishmovchiligi, nostabil stenokardiya, oxirgi olti oy ichida o'tkazilgan insult yoki miokard infarkti, hayotga xavf soluvchi aritmiyalar, gipertenziya (AB > 170/100 mm sim. ust.) yoki arterial gipotenziya (AB 90/50 mm sim. ust. dan kam)) ("Maxsus ko'rsatmalar" bo'limiga qarang).
Bitta ko'zda ko'rishni yo'qotish bilan kechuvchi ko'ruv nervining noarteriit old ishemik neyropatiyasi rivojlanish epizodlari bo'lgan bemorlar.
Irsiy pigmentli retinit ("Maxsus ko'rsatmalar" bo'limiga qarang).
Ro'yxatga olingan ko'rsatma bo'yicha Viagra® preparati 18 yoshgacha bo'lgan bolalarda qo'llash uchun mo'ljallanmagan.
Ro'yxatga olingan ko'rsatma bo'yicha Viagra® preparati ayollarda qo'llash uchun mo'ljallanmagan.
Ehtiyotkorlik bilan:
Jinsiy olatning anatomik deformatsiyasi (angulyatsiya, kavernoz fibroz yoki Peyroni kasalligi) ("Maxsus ko'rsatmalar" bo'limiga qarang).
Priapizm rivojlanishiga moyillik yaratuvchi kasalliklar (o'roqsimon hujayrali anemiya, ko'plab miyeloma, leykoz, trombotsitemiya) ("Maxsus ko'rsatmalar" bo'limiga qarang). Qon ketish bilan kechuvchi kasalliklar.
Me'da va o'n ikki barmoqli ichak yara kasalligi zo'rayish bosqichida.
Jigar faoliyatining buzilishi.
Og'ir buyrak yetishmovchiligi (KK 30 ml/daq dan kam).
Anamnezda ko'ruv nervining old noarteriit ishemik neyropatiyasi rivojlanish epizodi bo'lgan bemorlar ("Maxsus ko'rsatmalar" bo'limiga qarang).
Alfa-adrenoretseptorlar blokatorlarini bir vaqtda qabul qilish.
Homiladorlik va laktatsiya:
Ro'yxatga olingan ko'rsatma bo'yicha preparat ayollarda qo'llash uchun mo'ljallanmagan.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Boshqa dori vositalarining sildenafil metabolizmiga ta'siri
Sildenafil metabolizmi asosan jigarda CYP3A4 (asosiy yo'l) va CYP2C9 izofermentlari ta'sirida sodir bo'ladi, shuning uchun ushbu izofermentlar ingibitorlari sildenafil klirensini kamaytirishi, induktorlar esa, mos ravishda, sildenafil klirensini oshirishi mumkin.
CYP3A4 ingibitorlari (ketokonazol, eritromitsin, simetidin kabi) bir vaqtda qo'llanilganda sildenafil klirensi pasayishi qayd etilgan.
CYP3A4 ning nospetsifik ingibitori bo'lgan simetidin (800 mg) sildenafil (50 mg) bilan bir vaqtda qabul qilinganda plazmada sildenafil konsentratsiyasini 56% ga oshishini chaqiradi.
100 mg dozadagi sildenafilni CYP3A4 ning spetsifik ingibitori bo'lgan eritromitsin (eritromitsin 5 kun davomida 2 tadan 500 mg qabul qilinganda) bilan bir vaqtda, qonda eritromitsinning doimiy darajasiga erishish fonida bir marta qabul qilish sildenafil AUC ning 182% ga oshishiga olib keladi.
Dozirovkasi
Aksariyat kattalar uchun tavsiya etilgan doza jinsiy faoliyatdan taxminan 1 soat oldin 50 mg ni tashkil qiladi. Samaradorlik va o'zlashtirilishini hisobga olgan holda doza 100 mg gacha oshirilishi yoki 25 mg gacha kamaytirilishi mumkin (faqat tegishli dozadagi plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalarni qabul qilish kerak). Maksimal tavsiya etilgan doza 100 mg ni tashkil qiladi. Sildenafilning 100 mg dozasi tavsiya etilgan bemorlarga 50 mg dozadagi og'iz bo'shlig'ida dispersiyalanadigan ikkita tabletkani ketma-ket birin-ketin qabul qilish kerak. Maksimal tavsiya etilgan qo'llash chastotasi - sutkasiga bir marta. Yog'li ovqat bilan birgalikda qo'llanilganda sildenafil so'rilishi sezilarli darajada sekinlashishini hisobga olish kerak.
Preparatni qabul qilishda og'iz bo'shlig'ida dispersiyalanadigan tabletkani til ustiga qo'yish kerak, shundan so'ng u tez eriydi va uni yutib yuborish mumkin bo'ladi.
Og'iz bo'shlig'ida dispersiyalanadigan tabletkani blister ochilgandan so'ng darhol qabul qilish kerak. Sildenafilning 100 mg dozasi tavsiya etilgan bemorlarga ikkinchi 50 mg sildenafil tabletkasini birinchi tabletka to'liq erib ketgandan so'ng qabul qilish kerak.
Buyrak funktsiyasi buzilishlari
Buyrak yetishmovchiligining engil va o'rtacha og'irlik darajasida (KK 30-80 ml/daq) dozani to'g'irlash talab etilmaydi, og'ir buyrak yetishmovchiligida- (KK < 30
ml/daq) - sildenafil dozasini 25 mg gacha kamaytirish kerak.
Jigar funktsiyasi buzilishlari
Sildenafilning chiqarilishi jigar shikastlanishi bo'lgan bemorlarda (xususan, sirrozda) buzilganligi sababli, Viagra preparati dozasini 25 mg gacha kamaytirish kerak.
Boshqa dori vositalari bilan birgalikda qo'llanilishi
Ritonavir bilan birgalikda qo'llash tavsiya etilmaydi. Har qanday holatda ham Viagra preparatining maksimal dozasi hech qanday sharoitda 25 mg dan oshmasligi kerak, qo'llash chastotasi esa - 48 soatda 1 marta ("Boshqa dori vositalari bilan o'zaro ta'siri" bo'limiga qarang).
CYP3A4 izofermenti ingibitorlari (eritromitsin, sakvinavir, ketokonazol, itrakonazol) bilan birgalikda qo'llanilganda Viagra" preparatining boshlang'ich dozasi 25 mg ni tashkil qilishi kerak ("Boshqa dori vositalari bilan o'zaro ta'siri" bo'limiga qarang).
a-adrenoblokatorlarni qabul qilayotgan bemorlarda postural gipotenziya rivojlanish xavfini minimallashtirish uchun Viagra preparatini qabul qilishni ushbu bemorlarda gemodinamika barqarorlashgandan keyingina boshlash kerak. Shuningdek, sildenafilning boshlang'ich dozasini kamaytirish maqsadga muvofiqligini ko'rib chiqish kerak ("Maxsus ko'rsatmalar" va "Boshqa dori vositalari bilan o'zaro ta'siri" bo'limlariga qarang).
Keksa yoshdagi bemorlar
Viagra preparati dozasini to'g'irlash talab etilmaydi.Dozani oshirib yuborishViagra® preparati 800 mg gacha dozada bir marta qabul qilinganda noxush hodisalar preparat pastroq dozalarda qabul qilingandagidek bo'lgan, ammo tez-tez uchragan. 200 mg doza qo'llanilishi preparat samaradorligining oshishiga olib kelmagan, ammo nojo'ya reaktsiyalar (bosh og'rig'i, "qizishlar", bosh aylanishi, dispepsiya, burun bitishi, ko'rishning buzilishi) chastotasi oshgan.
Davolash simptomatik. Gemodializ sildenafil klirensini tezlashtirmaydi, chunki u plazma oqsillari bilan faol bog'lanadi va buyraklar orqali chiqarilmaydi.
VIAGRA 0,05 tabletkalari N4 o'xshash dorilari

VIAGRA 0,05 tabletkalari N4 xususiyatlari
Viagra boshqa chiqarish shakllari
VIAGRA 0,05 tabletkalari N4 analoglari


{
"data": {
"id": 26612,
"stores_apteka_id": null,
"slug": "viagra-0-05-n4-tabl-disperg-v-polosti-rta",
"stores_apteka_slug": null,
"name": "VIAGRA 0,05 tabletkalari N4",
"brand_name": "VIAGRA 0,05",
"image": "uploads/iblock/42b/42b80642f02aef129a87d1dfeeb4af0c.webp",
"atx_code": "G04BE03",
"drug_form_id": 1,
"over_the_counter": false,
"prescription_type": "unknown",
"availability": "not_available",
"reviews_count": 0,
"reviews_rating": 0,
"has_pickup": false,
"has_delivery": false,
"manufacturer": null,
"manufacturer_plain": "Fareva Ambuaz",
"representative": null,
"representative_plain": null,
"distributor": null,
"distributor_plain": null,
"is_manufacturer_advertiser": false,
"is_representative_advertiser": false,
"is_dietary_supplement": false,
"is_medical_device": false,
"category": {
"id": 1082,
"slug": "urologicheskie",
"name": "Urologik dorilar",
"external_link_title": "Urolog maslahati",
"external_link": "https://med24.uz/uz/doctors/urolog"
},
"drug_group": {
"id": 4187,
"slug": "viagra",
"name": "Viagra"
},
"is_purchasable": false,
"country": {
"id": 38,
"slug": "franciya",
"name": "Frantsiya"
},
"active_ingredients": [
{
"id": 8858,
"slug": "sildenafil",
"name": "Sildenafil"
}
],
"tags": [
{
"id": 154,
"slug": "dlya-muzhchin",
"name": "Erkaklar uchun"
}
]
}
}
















