Ташкент
logo
SavatKirish

VIPLAKTIN BEYBI kukuni 1g N10

Retseptsiz
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Hindiston
Faol modda:Bacillus clausii
Ishlab chiqaruvchi:Belinda Laboratories LLP, Velikobritaniya proizvedeno: Unique Biotech Limited
Vakil:VEGAPHARM
ATX kodi:A07FA
Barcha VIPLAKTIN dorilari
Mavjud emas
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

VIPLAKTIN BEYBI kukuni 1g N10 o'xshash dorilari

RENNI jevatelnie tabletkalari so vkusom mentola N24
Retseptsiz
RENNI jevatelnie tabletkalari so vkusom mentola N24
Germaniya
Vakil:
Bayer
Ishlab chiqaruvchi:
Bayer Consumer Care AG
Narxi
35 000 so'm dan
EMTRON eritma 2ml 2ml N5
EMTRON eritma 2ml 2ml N5
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Agio Pharmaceutical Limited
DIARKAL tabletkalari N30
Retseptsiz
DIARKAL tabletkalari N30
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Isshaan Healthcare Pvt. Ltd, Indiya proizvedeno: Lincoln Pharmaceuticals Ltd.
ENTEROSGEL pasta dlya priyoma vnutr 225g
Retseptsiz
ENTEROSGEL pasta dlya priyoma vnutr 225g
Rossiya Federatsiyasi
Vakil:
Nika Pharm
Ishlab chiqaruvchi:
OOO «TNK SILMA»
Narxi
209 800 so'm dan

VIPLAKTIN BEYBI kukuni 1g N10 qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi

1 gr paket quyidagilarni saqlaydi saqlaydi:
Bacillus clausii 2 milliard Koe
faol moda: Basillus Klaus i (Bacillus clausii (IH)) - 50 mg;
yordamchi moddalar: kolloid kremniy dioksid, laktoza.

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

Birlamchi o'ram: 1 g dan granulalashtirilgan kukun
paketchalarda.
Ikkilamchi o'ram: 10 ta paketcha davlat va rus tillaridagi
tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan birga
karton qutiga joylangan.

Farmakodinamikasi

Viplaktin Beybi –kelib chiqishi biologik bo'lgan eubiotik
(probiotik). Preparat normada ichakda bo'ladigan Bacillus
clausii mikroorganizmlarining sporalaridan tarkib topgan,
patogen ta'siridan maxrum. Patogen ta'sirini yo'qotgan
Bacillus clausii patogen va shartli patogen bakteriyalarning
rivojlanishiga qarshi keng spektrli antibakterial moddalar
ishlab chiqaradi va antimikrob, diareyaga qarshi ta'sir
ko'rsatadi va ichak mikroflorasini tiklaydi. Diareya,
qorindagi og'riq va meteorizmni yo'qotadi. Bacillus clausii
faoliyati tufayli Viplaktin Beybi preparati qabul
qilinganda, turli sabablar tufayli ichak mikroflorasi
buzilishi (disbakterioz) jarayonida o'zgarishga uchragan
mikroflora qayta tiklanishiga yordam beradi. Shuningdek,
Bacillus clausii turli xil vitaminlar , xususan V guruxi
vitaminlarini ishlab chiqarish qobiliyatiga egaligi sababli,
Viplaktin Beybi organizmda antibiotiklar va kimyoviy
terapevtik preparatlar chaqirgan vitaminlar disbalansini
buzilishini normallashtiradi. Viplaktin Beybi Bacillus
clausiining metabolik faolligi bilan chambarchars bog'liq
bo'lgan nospesifik antigen va antitoksik samaraga erishishga
yordam beradi.
Bundan tashqari, antibiotiklarga qarshi sun'iy chaqirilgan
yuqori geterogen chidamliligi antibiotiklarning, ayniqsa,
keng spektrli antibiotiklarning selektiv ta'siri sababli
kelib chiqadigan ichak mikroflorasini o'zgarishini oldini
olishda davolovchi bazisni xosil qilish yoki uning
muvozanatini tiklashni ta'minlaydi.
Antibiotiklarga bo'lgan bunday rezistentlik tufayli,
Viplaktin Beybi preparatini antibiotiklarning ikki dozasi
oralig'ida buyurish mumkin. Antibiotik rezistentlik
penisillinlar, tsefalosporinlar, tetrasiklinlar,
makrolidlar, aminoglikozidlar, novobiosin, Xloramfenikol,
tiamfenikol, linkomisin, izoniazid, Tsikloserin,
rifampisin, nalidiks kislotasi va pipemid kislotasiga
taalluqlidir

Farmakokinetikasi

O'zining kimyoviy va fizik omillar ta'siriga yuqori
chidamliligi tufayli Bacillus clausii sporalari ichga qabul
qilinganida me'da shirasining kislotali to'sig'idan
o'zgarmagan holda o'tadi va metabolik faol vegetativ
hujayralarga (vegetativ shaklda o'sishi va ko'payishi mumkin)
aylanib ichak yo'llariga etib boradi.
Ovqat xazm qilish yo'llarida Bacillus clausii 30 kundan ortiq
turmaydi, so'ngra tabiiy yo'l bilan chiqariladi.

Nojo'ya samaralari

Allergik reaktsiyalar: yuqori sezuvchanlik (toshma, eshakemi)

Maxsus saqlash sharoitlari

Viplaktin Beybini antibakterial davo kursi vaqtida
qo'llaganda, preparatni antibiotiklarning ikkita ketma-ket
qabul qilish vaqti orasida (masalan, antibakterial preparatni
qabul qilgandan 2-3 soatdan keyin) qabul qilish tavsiya etiladi.
Bacillus clausiining immunosupressiyasi bo'lgan bemorlarda
qo'llanilishi haqida ishonchli ma'lumotlar yo'qligi tufayli,
Viplaktin Beybini bunday bemorlarda faqat shifokorning
jiddiy kuzatuvi ostida qo'llash tavsiya qilinadi.

Qo'llanilishi

ichak mikroflorasi buzilishi (disbakterioz) va uning
oqibatida kelib chiquvchi vitaminlar balansining endogen
buzilishini davolashda va oldini olishda;
- antibiotiklar va ximioterapevtik vositalar bilan
davolash tufayli o'zgargan ichak mikroflorasini tiklash
bo'yicha davolash;
- intoksikasiya yoki ichak mikroflorasi buzilishi
(shuningdek, dizenteriyalar, salmonellezlar, ichak
ta'sirlanishi sindromi, kolitlar, NYaK, enterokolitlar,
malabsorbtsiya sindromi va boshqa funktsional genezli me'daichak buzilishlari) va ko'krak suti bilan oziqlantiriluvchi
bolalardagi disvitaminoz bilan bog'liq bo'lgan o'tkir va
surunkali me'da – ichak buzilishlari.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
- laktaza etishmovchiligi, laktozani o'zlashtiraolmaslik,
glyukozo-galaktozali malabsorbtsiya sindromida qo'llash
mumkin emas.
Extiyotkorlik bilan
- dorilarga allergiyada qo'llaniladi.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Boshqa dorilar bilan o'zaro ta'siri haqida ma'lumotlar yo'q.

Ta'rifi

och jigarrangdan och sariq ranggacha bo'lgan o'ziga xos
hidli granulalangan kukun

Dozirovkasi

Dozasi kasallikning og'irlik darajasi, organizmning holati
va yoshiga bog'liq.
Ichga qabul qilish uchun. 1 paketchadan kuniga 2 marta, ovqatdan
keyin. Paketchaning ichidagini suvda (30-50 ml xona
xaroratidagi qaynatilgan suvda eritish kerak, xosil bo'lgan suspenziyani oxirigacha erishini kutmasdan ichish kerak), sutda,
choyda yoki sharbatda (bijg'itilgan sutli maxsulotlarda, yangi
tug'ilgan chaqaloqlar yoki ko'krak yoshidagi bolalar uchun – ona
suti, yoxud sun'iy oziqlantirish vositasida eritilgani
avzalroq).
Kattalar va 12 yoshdan katta bolalar uchun: sutkasiga 2-3
paketchadan (2-3 g).
2 yoshdan 12 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun: sutkasiga 1-2
paketchadan (1-2 g).
1oydan 2 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun: sutkasiga 1-2 paketchadan
(1-2 g).
Viplaktin Beybi muntazam intervallarga rioya qilingan holda
buyuriladi (3-4 soat). Ichak mikroflorasi buzilishini
davolash va oldini olishda va antibakterial davolash vaqtida
paydo bo'lgan diareyani davolashda va oldini olishda preparat
antibakterial davolash vaqtida, shuningdek, antibiotiklar
bilan davolangandan so'ng eng kamida 1 hafta ichida qabul
qilinadi.
Davo kursining davomiyligi va ularni o'tkazilish tez-tezligi
individual ravishda aniqlanadi (kasallikning xarakteri va
erishilgan terapevtik natijaga qarab), odatda 6-14 kun. 

Dozani oshirib yuborilishi

Odatda Bacillus clausii dozasi oshirib yuborilganda nojo'ya
ta'sirlarni keltirib chiqarmaydi. Ko'rsatmalarga asoslanib
tavsiya etilgan dozalarda qo'llanganda preparatning dozasini
oshirib yuborilishi kuzatilmagan.

Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi

Preparatni homiladorlik va emizish davrida qo'llashga ruxsat beriladi.

VIPLAKTIN boshqa chiqarish shakllari

VIPLAKTIN BEYBI kukuni 1g N10 analoglari

ENTEROJERMINA suspenziya 2mlrd/5ml 5ml N10
Retseptsiz
ENTEROJERMINA suspenziya 2mlrd/5ml 5ml N10
Italiya
Vakil:
Sanofi
Ishlab chiqaruvchi:
Sanofi S.p.A.
•119 ta dorixonada bor
Narxi
50 000 so'm dan
VIPLAKTIN-C  suspenziyasi 2 mlrd/5 ml N10
Retseptsiz
VIPLAKTIN-C suspenziyasi 2 mlrd/5 ml N10
Hindiston
Vakil:
VEGAPHARM
Ishlab chiqaruvchi:
Belinda Laboratories Pvt. Ltd., Indiya proizvedeno: Unique Biotech Limited

VIPLAKTIN BEYBI kukuni 1g N10 haqida savollar

VIPLAKTIN BEYBI kukuni 1g N10 haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil