DERMAVAYT maz

DERMAVAYT maz o'xshash dorilari


DERMAVAYT maz qo'llanmasi
Absorbsiya
Topik glyukokortikosteroidlar shikastlanmagan sog'lom teridan tizimli so'rilishi mumkin. Topik glyukokortikosteroidlarning teri orqali kirish darajasi ko'plab omillar, jumladan transport va epidermal to'siqning butunligi bilan belgilanadi. Okklyuziya, yallig'lanish va/yoki boshqa teri kasalliklari ham teri orqali kirishni oshirishi mumkin.
Yagona tadqiqotda aniqlanishicha, klobetazol propionatning plazmadagi o'rtacha eng yuqori kontsentratsiyasiga (0,63 nanogramm/ml) sog'lom teriga 30 g klobetazol propionatni 0,05% surtma shaklida takroriy surtgandan 8 soat o'tgach (birinchi applikatsiyadan 13 soat o'tgach) erishiladi.
Krem ko'rinishidagi klobetazol propionatning ikkinchi dozasi (30 g) applikatsiyasidan 10 soat o'tgach, uning plazmadagi o'rtacha eng yuqori kontsentratsiyasi surtma ishlatilgandagidan biroz oshadi.
Boshqa bir tadqiqotda psoriaz va ekzema bilan og'rigan bemorlarda 25 g 0,05% klobetazol propionat surtmasini bir marta qo'llagandan 3 soat o'tgach, preparatning plazmadagi o'rtacha maksimal kontsentratsiyasi mos ravishda 2,3 ng/ml va 4,6 ng/ml ni tashkil qiladi.
Taqsimlanishi
Tizimli ta'sir ko'rsatadigan mahalliy glyukokortikosteroidlarni baholash uchun farmakodinamik yakuniy nuqtalardan foydalanish zarur, chunki aylanib yuruvchi darajalar aniqlash darajasidan ancha past.
Metabolizmi
Teri orqali so'rilgandan so'ng topik glyukokortikosteroidlar, katta ehtimol bilan, asosan jigarda metabollanadigan tizimli qo'llaniladigan glyukokortikosteroidlar kabi bir xil metabolik yo'ldan o'tadi.
Chiqarilishi
Topik glyukokortikosteroidlar buyraklar orqali chiqariladi. Bundan tashqari, ba'zi glyukokortikosteroidlar va ularning metabolitlari safro bilan ham chiqariladi.
Xavfsizlik bo'yicha klinikadan oldingi ma'lumotlar:
Fertillik
Fertillikni o'rganishda kalamushlarga 6,25 dan 50 mkg/kg/sutkacha dozalarda klobetazol propionatni teri ostiga yuborish juftlashishga ta'sir ko'rsatmadi, fertillik faqat 50 mkg/kg/sutka dozasida pasaydi.
Homiladorlik
Homiladorlik paytida sichqonlarga ( 100 mkg/kg/sutka), kalamushlarga
(400 mkg/kg/sutka) yoki quyonlarga (1 dan 10 mkg/kg/sutkacha) klobetazol propionatni teri ostiga yuborish homila rivojlanishining anomaliyalariga, shu jumladan "bo'ri tanglay"ga olib keldi.
Kalamushlarda o'tkazilgan tadqiqotda F1 avlodida 100 mkg/kg/sutka dozasida rivojlanishning kechikishi va 400 mkg/kg/sutka dozasida omon qolishning pasayishi kuzatildi. F1 va F2 avlodlarining reproduktiv funktsiyasida davolash bilan bog'liq hech qanday ta'sir aniqlanmadi.
Ta'sir mexanizmi
Topik glyukokortikosteroidlar allergik reaktsiyaning kech fazasini bostirish uchun murakkab mexanizmlar orqali yallig'lanishga qarshi agentlar sifatida ta'sir qiladi, jumladan semiz hujayralar zichligini kamaytirish, eozinofillar xemotaksisi va faollashuvini kamaytirish, limfotsitlar, monotsitlar, semiz hujayralar va eozinofillar tomonidan sitokinlar ishlab chiqarilishini kamaytirish va araxidon kislotasi metabolizmini ingibirlash.
Farmakodinamik ta'sirlar
Yallig'lanishga qarshi, qichishishga qarshi va tomir toraytiruvchi xususiyatlarga ega topik glyukokortikosteroid.
Quyidagi uchrash chastotasi ishlatilgan:
Juda tez-tez (≥1/10),
Tez-tez (≥1/100, <1/10),
Ba'zan (≥1/1000, <1/100),
Kamdan-kam hollarda (≥1/10000, <1/1000),
Juda kam hollarda (<1/10000). Shu jumladan yakka holatlar
Postmarketing ma'lumotlari
Infeksiyalar va invaziyalar
Juda kam hollarda: opportunistik infeksiyalar
Immun tizimi tomonidan
Juda kam hollarda: mahalliy o'ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari
Endokrin tizimi tomonidan
Juda kam hollarda: gipotalamo-gipofizar buyrak usti bezi (GGB) o'qining susayishi
Kushing sindromi belgilari: (masalan, oysimon yuz, markaziy semirish), tana vazni oshishining kechikishi/bolalarda o'sishning sekinlashishi, osteoporoz, glaukoma, giperglikemiya / glyukozuriya, katarakta, arterial gipertenziya, tana vaznining oshishi / semirish, endogen kortizol darajasining pasayishi, alopetsiya, sochlarning sinuvchanligi
Teri va teri osti to'qimalari tomonidan
Tez-tez: qichishish, achishish
Ba'zan: teri atrofiyasi, striyalar, teleangiektaziyalar.
Dermoveytni anamnezida glyukokortikosteroidlarga yoki preparatning yordamchi moddalaridan birortasiga mahalliy yuqori sezuvchanligi bo'lgan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak. Mahalliy yuqori sezuvchanlik reaksiyalari davolashdagi shartli simptomlarni eslatishi mumkin.
Davolashni keskin bekor qilish glyukokortikosteroid yetishmovchiligiga olib kelishi mumkin.
Tizimli ta'sirlar kuchayishi xavf omillari:
• Topik glyukokortikosteroidlarning samaradorligi va dori shakli
• Ta'sir qilish davomiyligi
• Katta sirt maydonida foydalanish
• Berkilib qolgan teri sohalarida qo'llash (masalan, bishigan sohalarda yoki okklyuzion bog'lamlar ostida (emizikli bolalarda yo'rgaklar okklyuzion bog'lamlar kabi ta'sir qilishi mumkin)
• Shox qavat gidratatsiyasi oshishi
• Yuz kabi yupqa teri sohalarida qo'llash
• Shikastlangan teri sohalarida yoki teri to'sig'i zaiflashgan sohalarda qo'llash
• Kattalarga qaraganda, bolalar va chaqaloqlar mutanosib ravishda topik glyukokortikosteroidlarning ko'proq miqdorini so'rib olishlari mumkin va shuning uchun tizimli nojo'ya ta'sirlar rivojlanishiga ko'proq moyil bo'ladilar. Bu bolalarda teri to'sig'i yetarli darajada rivojlanmaganligi va teri yuzasi maydonining vaznga nisbati kattalarnikiga qaraganda ancha katta ekanligi bilan bog'liq.
Bolalar
Chaqaloqlar va 12 yoshgacha bo'lgan bolalarda, imkon qadar topik glyukokortikosteroidlar bilan uzoq muddatli uzluksiz davolashdan saqlanish kerak, chunki bu buyrak usti bezlari funksiyasi bostirilishiga olib kelishi mumkin. Bolalar topik glyukokortikosteroidlar qo'llanilishi fonida atrofik o'zgarishlar rivojlanishiga ko'proq moyil bo'ladilar. Bolalarda Dermoveytni qo'llash zarurati tug'ilganda, qabul qilishni bir necha kun bilan cheklash kerak, shuningdek haftada kamida bir marta shifokor kuzatuvi talab etiladi.
Okklyuziyalarda infeksiya xavfi
Okklyuzion bog'lam qo'yilganda hosil bo'ladigan iliq nam sharoitlar bakterial infeksiya paydo bo'lishiga yordam beradi, shuning uchun yangi bog'lam qo'yishdan oldin terini albatta tozalash kerak.
Psoriazda foydalanish
Psoriazi bo'lgan bemorlarda topik glyukokortikosteroidlarni ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak, chunki retsidivlar rivojlanishi, preparatga rezistentlik, kasallikning generalizatsiyalangan pustulyoz shakli, teri to'siq funksiyasi buzilishi tufayli mahalliy yoki tizimli toksik reaksiyalar holatlari qayd etilgan.
Davolash davrida bunday bemorlar davolovchi shifokorning doimiy nazorati ostida bo'lishlari kerak.
Yo'ldosh infeksiyalar
Ikkilamchi infeksiya qo'shilganda tegishli antibakterial terapiya o'tkazish kerak. Infeksiya generalizatsiyasining har qanday belgilarida topik glyukokortikosteroidlar bilan terapiyani to'xtatish va antibakterial preparatlar bilan tegishli davolashni o'tkazish zarur.
Oyoqlarning surunkali yarasi
Topik glyukokortikosteroidlar ba'zida oyoqlarning surunkali yarasi atrofidagi dermatitni davolash uchun ishlatiladi. Biroq, bunday foydalanish mahalliy yuqori sezuvchanlik reaksiyalari paydo bo'lishining yuqori foizi va mahalliy infeksiya paydo bo'lishining yuqori xavfi bilan bog'liq bo'lishi mumkin.
Yuzga qo'llash
Yuzga qo'llash istalmagan, chunki bu soha atrofik o'zgarishlarga ko'proq moyil. Preparat yuzga qabul qilinganda, davolash bir necha kun bilan cheklanishi kerak.
Qovoqlarga qo'llash
Dermoveytni qovoq terisiga surtish zarurati tug'ilganda, preparatni ko'zga tushishidan saqlanish kerak, chunki ba'zi hollarda bu glaukoma va katarakta rivojlanishini qo'zg'atishi mumkin.
Dermoveytning transport vositalarini va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sirini o'rganish uchun birorta ham tadqiqot o'tkazilmagan. Dermoveytning xavfsizlik profiliga muvofiq, transport vositalarini va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga salbiy ta'sir ehtimoli yo'q.
Preparatni yaroqlilik muddati o'tgandan keyin qo'llamaslik kerak va bolalar ololmaydigan joyda saqlash kerak.
Dermovaytni qo‘llash quyidagi shartlarda mumkin emas:
- davolanmagan teri infeksiyalari;
- rosatsea (pushti husnbuzarlar);
- oddiy husnbuzarlar;
- yallig‘lanishsiz qichishish.
- perianal va genital qichishish;
- og‘iz atrofi dermatiti;
Dermovaytni qo‘llash bir yoshdan kichik bolalardagi dermatozlarda, shu jumladan dermatitlarda mumkin emas.
CYP3A4 ni ingibitsiya qilishi mumkin bo'lgan preparatlarni (masalan, ritonavir va itrakonazol) bir vaqtda qabul qilish glyukokortikosteroidlar metabolizmini ingibitsiya qiladi, bu tizimli ta'sirning oshishiga olib keladi. O'zaro ta'sir darajasi glyukokortikosteroidlar dozasi va yuborish usuliga va CYP3A4 ingibitori faolligiga bog'liq.
Boshqa preparatlar bilan mutanosibligi. Ma'lumotlar yo'q.
Surtma
Surtma quruq, lixinifikatsiyalangan yoki qipiqli zararlanishlar uchun mos keladi.
Kattalar, keksalar va 1 yoshdan oshgan bolalar
Preparatning kerakli miqdorini terining zararlangan sohalariga yupqa qatlam qilib surtish va ehtiyotkorlik bilan ishqalash kerak, kuniga 1 yoki 2 marta yaxshilanish boshlanguncha 4 haftadan ko‘p bo‘lmagan muddatda. Keyin qo‘llash tez-tezligini qayta ko‘rib chiqish yoki kamroq kuchli preparat bilan terapiyaga o‘tish kerak.
Emolentni ishlatishdan oldin preparat har bir qo‘llanilgandan so‘ng so‘rilishi uchun yetarli vaqt kerak.
Zo‘rayishlarda Dermovayt preparatlari bilan takroriy qisqa davolash kurslarini o‘tkazish mumkin.
Terining turg‘unroq zararlanishlarida, ayniqsa giperkeratozlarda, zarurat bo‘lganda Dermovayt ta’sirini ishlov berilgan yuzaga polietilen plyonka qo‘yish orqali kuchaytirish mumkin.
Odatda ijobiy natija olish uchun germetik bog‘lam butun tunga qo‘yiladi. Erishilgan samara bog‘lam qo‘ymasdan preparatni teriga oddiy surtish orqali saqlab turiladi.
Holat yomonlashganda yoki 2-4 hafta ichida aniq yaxshilanishlar bo‘lmaganda, davolash va diagnostikani qayta ko‘rib chiqish kerak.
Davolash 4 haftadan ortiq davom etmasligi kerak. Davolashni davom ettirish zarurati bo‘lganda, kamroq faol preparatlar bilan terapiyaga o‘tish kerak.
Maksimal haftalik doza 50 g/haftadan oshmasligi kerak.
Atopik dermatit (ekzema)
Nazoratga erishilganda Dermovayt surtmasi bilan terapiyani asta-sekin to‘xtatish va emolentlar bilan tutib turuvchi terapiyaga o‘tish kerak.
Dermovayt bilan terapiya keskin to‘xtatilganda oldindan mavjud bo‘lgan dermatozlar simptomlarining qaytalanishi yuzaga kelishi mumkin.
Turg‘un dermatozlar
Tez-tez qaytalanishlar bo‘lgan bemorlar
O‘tkir epizod preparatning uzoq muddatli kursi bilan samarali davolangandan so‘ng, Dermovayt qaytalanishlar tez-tezligini kamaytirish maqsadida oraliqli rejimda (kuniga 1 marta, haftasiga 2 marta, bog‘lam qo‘ymasdan) tayinlanishi mumkin.
Preparatni tananing barcha oldindan zararlangan sohalariga yoki qaytalanish rivojlanishi mumkin bo‘lgan tana sohalariga surtish kerak. Ushbu rejim emolentlarni har kuni qabul qilish bilan birga qo‘llanilishi kerak.
Bemorning holati, shuningdek uzoq muddatli davolash kursining potensial foydasi va xavflari muntazam ravishda baholanishi kerak.
Bolalar
Dermovayt bir yoshgacha bo‘lgan bolalarga qo‘llash mumkin emas.
Bolalar topik kortikosteroidlarni qabul qilish oqibatida mahalliy va tizimli nojo‘ya reaksiyalar rivojlanishiga ko‘proq moyil bo‘ladilar. Kattalar bilan solishtirganda, umuman olganda, bolalarga qisqaroq terapiya kurslari va kamroq faol preparatlar talab qilinadi.
Dermovaytni qo‘llashda ehtiyotkorlik namoyon qilish kerak. Preparatni minimal samarali miqdorda surtish kerak.
Keksa yoshdagi odamlar
Klinik tadqiqotlar keksa yoshdagi bemorlar va yosh bemorlar o‘rtasida javob reaksiyalarida farqlarni aniqlamadi. Keksa bemorlarda jigar va buyrak funksiyasining pasayishi tez-tez uchraydi, tizimli so‘rilishda eliminatsiya kechikishi mumkin. Shuning uchun, eng qisqa vaqt ichida klinik samaraga erishish uchun preparatning minimal miqdorini ishlatish kerak.
Buyrak/jigar funksiyasi buzilgan bemorlar
Tizimli so‘rilish holatida (uzoq vaqt davomida tana yuzasining katta maydoniga surtilganda) metabolizm va eliminatsiya jarayonlarining kechikishi sodir bo‘lishi mumkin, shuning uchun tizimli toksiklik xavfi ortadi. Shuning uchun, eng qisqa vaqt ichida klinik samaraga erishish uchun preparatning minimal miqdorini ishlatish kerak.
Dermavayt boshqa chiqarish shakllari

DERMAVAYT maz analoglari


















