Ташкент
logo
SavatKirish

ADAMOL

ADAMOL chiqarish shakllari

ADAMOL kapsulalar  N24
ADAMOL kapsulalar N24
Xitoy
Ishlab chiqaruvchi:
Yunnan Xitao Green Pharmaceutical Co., Ltd
- ADAMOL qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- ADAMOLning tarkibi
- ADAMOL ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- ADAMOL narxi Toshkent dorixonalarida

ADAMOL qo'llanmasi

Ishlab chiqarilish joyi
Xitoy
Kategoriya
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

ADAMOL®

ADAMOL®

 

Preparatning savdo nomi: Adamol®

Dori shakli: ichga qabul qilish uchun kapsulalar

Tarkibi:

Har bir kapsula quyidagilarni saqlaydi: g‘adir-budir sariq erbaho, guttuin serdselistli, diffuz oldendandiya (Gediotis), Xristin dorivor tizimgul, Yunnan marmarak (ko‘pildizpoyali), yopishkok remaniya, yasminsimon gardeniya, jiyakli volodushkalar, astragala, kokossimon piyoz zamburug‘i ekstraktlari, ayiq safrosidan ajratib olib quritilgan kukun, kraxmal, talk, magniy stearati – 0,46 g.

Ta‘rifi: jigarrang rangdan to to‘q jigarrang ranggacha bo‘lgan kukun saqlovchi, achchiq va yengil burushtiruvchi ta‘mli kapsulalar.

Farmakoterapevtik guruhi: prostata bezi kasalliklarida qo‘llanadigan vosita.

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Majmuaviy preparatdir. Dori preparatining tarkibiga kiruvchi dorivor o‘simliklar ekstraktining ta‘sir etuvchi moddalari siydik xaydovchi, antiseptik, spazmolitik ta‘sir ko‘rsatadi.

Qo‘llanilishi

Prostatit va prostata bezining xavfsiz giperplaziyasidagi siyishni buzilishida (pollakiuriya, dizuriya, og‘riqli siyishda) qo‘llanadi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Ichga, ovqatdan keyin qo‘llanadi. 2-3 kapsuladan kuniga 3 marta. Davolash kursi 2-3 xaftani tashkil qiladi.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Me‘da-ichak tizimi tomonidan: dispeptik buzilishlar, ko‘ngil aynishi, ishtaxani pasayishi, epigastral sohada og‘riq, og‘iz qurishi mumkin.

Allergik reaksiyalar: eshakemi, teri qichishi.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar

  • preparatning komponentlariga individual yuqori sezuvchanlik;
  • jigar va/yoki buyrak funksiyasini og‘ir buzilishlari, shuningdek yurak yetishmovchiligining og‘ir shakli;
  • me‘da va 12 barmoq ichak yara kasalligining zo‘rayish bosqichi;
  • 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

O‘rganilmagan.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Preparat ayollarda qo‘llash uchun mo‘ljallanmagan.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Aniqlanmagan.

 

Chiqarilish shakli

12 kapsuladan alyumin folga bilan yopishtirilgan blisterlarda. 2 blisterdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.

 

Saqlash sharoiti

Germetik o‘ramda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

2 yil

 

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

Ulashish:

ADAMOL barcha rasmlari

Barcha rasmlar

ADAMOL savollari

ADAMOL fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil