Apteka.uz
SavatKirish

Adaptol

Adaptol chiqarilish shakllari

ADAPTOL tabletkalari 500mg N20
Retseptli
ADAPTOL tabletkalari 500mg N20
Latviya
Ishlab chiqaruvchi:
Olaynfarm, AO
•122 ta dorixonada bor
Narxi
108 900 so'm dan
ADAPTOL kapsulalar  300mg N20
Retseptli
ADAPTOL kapsulalar 300mg N20
Latviya
Ishlab chiqaruvchi:
Olaynfarm, AO
•127 ta dorixonada bor
Narxi
74 700 so'm dan
- Adaptol qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Adaptolning tarkibi
- Adaptol ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Adaptol narxi Toshkent dorixonalarida

Adaptol qo'llanmasi

Farmakoterapevtik guruh

Psixoanaleptiklar. Boshqa psixostimulyatorlar va nootropiklar.

Ishlab chiqarilish joyi
Latviya

Qo‘llash ko‘rsatmalari

  • — nevrozlar va nevrozsimon holatlar (ta'sirchanlik, hissiy beqarorlik, xavotir va qo'rquv); — neyroleptiklar va trankvilizatorlar chaqiradigan somatovegetativ va nevrologik nojo'ya ta'sirlarni bartaraf etish maqsadida ularni o'zlashtira olishni yaxshilash uchun; — turli genezli kardialgiya (YIK bilan bog'liq bo'lmagan); — nikotin abstinentsiyasi (tamaki chekishga bo'lgan xumorni kamaytiruvchi vosita sifatida majmuaviy terapiya tarkibida).

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

  • — homiladorlik; — laktatsiya davri (ko‘krak suti bilan boqish); — preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik.

Tarkibi

  • 2,4,6,8-tetrametil-2,4,6,8-tetraazabitsiklo-(3,3,0)-oktandion 500 mg Yordamchi moddalar: metiltsellyuloza, kaltsiy stearati

Farmakokinetikasi

So‘rilishi: Ichga qabul qilingandan so‘ng Adaptol MIYdan yaxshi so‘riladi (77-80%). Faol moddaning qon plazmasidagi Cmax preparat qabul qilingandan so‘ng 0,5 soatdan keyin erishiladi. Faol moddaning yuqori konsentratsiyasi 3-4 soat davomida saqlanib turadi, so‘ngra asta-sekin pasayadi. Taqsimlanishi: Qabul qilingan dozaning 40% gachasi eritrotsitlar bilan bog‘lanadi. Qolgan qismi plazma oqsillari bilan bog‘lanmaydi va qon plazmasida erkin holda bo‘ladi, shuning uchun faol modda to‘siqsiz organizm bo‘ylab taqsimlanadi va hujayra membranalarini erkin yengib o‘tadi. Metabolizmi: Faol modda metabolizmga uchramaydi va organizmda to‘planmaydi. Chiqarilishi: Qabul qilingan dozaning taxminan 55-70% organizmdan siydik bilan, qolgan qismi — axlat bilan o‘zgarmagan holda bir sutka davomida chiqariladi.

Farmakologik ta'siri

Anksiolitik (trankvilizator). Adaptol kimyoviy tuzilishi bo'yicha organizmning tabiiy metabolitlariga yaqin - uning molekulasi bitsiklik tuzilma tarkibiga kiruvchi ikkita metillangan mochevina fragmentidan iborat. Adaptol limbik-retikulyar majmua tarkibiga kiruvchi tuzilmalar faolligiga, xususan, gipotalamusning emotsiogen zonalariga ta'sir qiladi, shuningdek barcha 4 ta asosiy neyromediator tizimlarga: GABA-, xolin-, serotonin- va adrenergik tizimlarga ta'sir ko'rsatib, ularning muvozanati va integratsiyasiga yordam beradi, ammo periferik adrenobloklovchi ta'sir ko'rsatmaydi. Bezovtalik, xavotir, qo'rquv, ichki emotsional zo'riqish va asabiylikni bartaraf etadi yoki susaytiradi. Tinchlantiruvchi ta'sir miorelaksatsiya va harakatlar koordinatsiyasining buzilishi bilan kechmaydi. Aqliy va harakat faolligini pasaytirmaydi, shuning uchun Adaptolni ish kuni yoki o'qish davomida qo'llash mumkin. Ko'tarinki kayfiyat, eyforiya hissini yaratmaydi. Uxlatuvchi ta'sirga ega emas, lekin uxlatuvchi vositalar ta'sirini kuchaytiradi va uyqu buzilishlarida uning kechishini yaxshilaydi. Adaptol nikotin abstinentsiyasini engillashtiradi yoki bartaraf etadi. Tinchlantiruvchi ta'sirdan tashqari nootrop ta'sir ko'rsatadi. Adaptol kognitiv funktsiyalarni, diqqatni va aqliy ish qobiliyatini yaxshilaydi, produktiv psixopatologik buzilishlar simptomlarini - vasvasa, patologik emotsional faollikni rag'batlantirmaydi.

Nojo'ya ta'sirlar

  • Kamdan-kam hollarda: bosh aylanishi, AB pasayishi, dispeptik simptomlar, allergik reaktsiyalar (teri toshmasi, qichishish). Yuqori dozalarda qo'llanilganda: bronxospazm, tana haroratining pasayishi, holsizlik.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Adaptolni neyroleptiklar, trankvilizatorlar (benzodiazepinlar), uyqu vositalari, antidepressantlar va psixostimulyatorlar bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin.

Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

ADAPTOL®

ADAPTOL

Preparatning savdo nomi: Adaptol®

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): mebikar

Dori shakli: kapsulalar.

Tarkibi

Har bir kapsula quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 300 mg mebikar;

yordamchi moddalar:

kapsula ichidagi modda: metilsellyuloza, kalsiy stearati;

kapsulaning tarkibi: titan diksidi, jelatin.

Ta‘rifi: Oq yoki deyarli oq rangli kukun saqlovchi oq/oq rangli № 0 o‘lchamli qattiq jelatin kapsulalar, shisha tayoqcha tekkizilganda to‘kilib ketuvchi presslangan ustuncha ko‘rinishida bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi. Zarrachalarning o‘lchami bo‘yicha har xil bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.

Farmakoterapevtik guruhi: trankvilizatorlar

ATX kodi: N05BX

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Ta‘sir mexanizmi

Adaptol® dori vositasining ta‘sir etuvchi moddasi – mebikar anksiolitik vositalar guruhiga mansubdir. Mebikar kimyoviy tuzilishi bo‘yicha organizmning tabiiy metabolitlariga yaqin – uning molekulasi bisiklik strukturaning tarkibiga kiruvchi mochevinaning ikkita metil guruhini ajralib chiqqan fragmentlaridan iborat. Suvda va ko‘pgina organik erituvchilarda oson eruvchandir. Mebikar kimyoviy jihatdan inert bo‘lib, kislotalar, ishqorlar, oksidlovchilar va kimyoviy qaytaruvchilar, turli dori vositalari va ovqat komponentlari bilan o‘zaro ta‘sirga kirishmaydi.

Anksiolitik ta‘siridan tashqari mebikar shuningdek nootrop xususiyatlarga ham ega. Mebikar limbiko-retikulyar kompleksning tarkibiga kiruvchi strukturalar faolligiga, qisman gipotalamusning emosiogen sohalariga ta‘sir qiladi, shuningdek barcha 4 ta asosiy neyromediator tizimlarga – GAMK (gamma-aminomoy kislotasi), xolin-, serotonin- va adrenergik tizimlarga ta‘sir ko‘rsatadi, ularni muvozanatga kelishiga va integrasiyasiga yordam beradi, lekin periferik adrenonegativ ta‘sir ko‘rsatmaydi.

Farmakodinamik ta‘siri

Mebikar anksiolitik va nootrop xususiyatlarga ega; neyroleptiklar va benzodiazepinlar guruhiga mansub trankvilizator tomonidan chaqirilgan noxush nojo‘ya reaksiyalarni (emosional tushkunlik, xaddan tashqari tinchlantiruvchi samara, mushaklar kuchsizligi) kamaytiradi, alkogolga qarshi ta‘sir ko‘rsatadi.

Mebikar o‘rtacha anksiolitik faollikka ega, bezovtalik, xavotirlik, qo‘rquv, ichki emosional zo‘riqish va ta‘sirchanlikni kamaytiradi yoki bartaraf etadi. Dori vositasining tinchlantiruvchi samarasi miorelaksasiya va xarakatlar koordinasiyasini buzilishi bilan kechmaydi. Dori vositasi aqliy va harakat faolligini susaytirmaydi, shuning uchun mebikarni ish kuni yoki o‘qish vaqti davomida qo‘llash mumkin. Uxlatuvchi ta‘sirga ega emas, ammo uyqu vositalarining ta‘sirini kuchaytiradi va uyquni buzilishlarida uni kechishini yaxshilaydi.

Alkogolizmi bo‘lgan bemorlarda qon plazmasida endogen etil spirtining darajasi pasaygan bo‘ladi, bu alkogolga moyillikni kuchayishining sabablaridan biri hisoblanadi. Mebikar endogen alkogolning darajasini, alkogolga bo‘lgan moyillikni pasaytirib, boshqa trankvilizatorlarga nisbatan ko‘proq oshiradi. Mebikar nikotinli abstinensiyani yengillashtiradi yoki barataraf etadi.

Mebikar ko‘tarinki kayfiyatni, eyforiya hissini bermaydi, ko‘nikish va qaramlik, bekor qilish sindromi kuzatilmaydi.

Klinik samaradorligi va xavfsizligi

Klinik tadqiqotlarda mebikar mantiqiylik, assosiativ fikrlashni oshirishi, diqqat va aqliy ish qobiliyatini yaxshilashi, produktiv psixopatologik buzilishlar simptomatikasini – alahsirash, patologik emosional faollikni rag‘batlantirmasligi aniqlangan.

Farmakokinetikasi

So‘rilishi

Dori vositasi me‘da-ichak yo‘llaridan yaxshi (77-80%) so‘riladi, faol moddaning 40% gacha qismi eritrositlar bilan bog‘lanadi. Preparatning qolgan qismi plazma oqsillari bilan bog‘lanmaydi va plazmada erkin xolda bo‘ladi, shuning uchun ta‘sir etuvchi modda organizm bo‘ylab qarshiliksiz taqsimlanadi va hujayra membranalaridan oson o‘tadi.

Taqsimlanishi

Taqsimlanish hajmi 0,9 l/kg ni tashkil etadi. Qonda ta‘sir etuvchi moddaning maksimal konsentrasiyasiga dori vositasi qabul qilinganidan so‘ng 0,5 soatdan keyin erishiladi va yuqori darajada 3-4 soat davomida saqlanib turadi, so‘ngra asta-sekin kamayadi.

Biotransformasiyasi

Mebikar organizmda metabolizmga uchramaydi.

Chiqarilishi

Qabul qilingan dozaning 55-70% organizmdan siydik bilan chiqariladi, qolgan qismi – axlat bilan o‘zgarmagan holda sutka davomida chiqariladi.

Mebikar organizmda to‘planmaydi.

 

Qo‘llanilishi

Kattalarga

-Nevrozlar va ta‘sirchanlik, emosional beqarorlik, xavotirlik va qo‘rquv ko‘rinishlari bilan kechuvchi nevrozsimon xolatlar.

-Turli genezli kardialgiyalar (yurak ishemik kasalligi bilan bog‘liq bo‘lmagan kardialgiyalar).

-Neyroleptiklar va trankvilizatorlar tomonidan chaqiriladigan somatovegetativ va nevrologik nojo‘ya samaralarni bartaraf etish maqsadida ularni o‘zlashtira olinishini yaxshilash uchun qo‘llaniladi.

-Tamaki chekishga moyillikni pasaytiruvchi vosita sifatida kompleks davolash tarkibida qo‘llaniladi.

Bolalarga

-Nevrozlar va ta‘sirchanlik, emosional beqarorlik, xavotirlik va qo‘rquv ko‘rinishlari bilan kechuvchi nevrozsimon xolatlar – nevrasteniya; maktabdagi dezadaptasiya ko‘rinishlari; umumiy xarakterga ega xavotirli buzilishlar; vegetativ disfunksiya va neyrosirkulyator asteniya sindromi, xavotirli-fobik buzilishlarda qo‘llaniladi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Adaptol® dori vositasi kapsulalar va tabletkalar ko‘rinishida 300 mg dan va tabletkalar ko‘rinishida 500 mg dan chiqariladi. Shifokoringiz Sizga eng to‘g‘ri keladigan dozani buyuradi.

Dozalar

Kattalar 300-500 mg dan kuniga 2-3 marta qabul qiladilar. Maksimal bir martalik doza 3 g ni, sutkalik – 10 g ni tashkil qiladi. Davolash kursining davomiyligi – bir necha kundan 2-3 oygacha davom etadi.

Tamaki chekishga moyillikni pasaytiruvchi vosita sifatida majmuaviy davolash tarkibida preparat 600-1000 mg dan kuniga 3 marta 5-6 hafta davomida buyuriladi.

Bolalarga (10 yoshdan katta bolalar)

Nevrasteniya, maktab yoshdagi dezadaptasiya ko‘rinishlari, umumiy xarakterga ega xavotirli buzilishlar, xavotirli-fobik buzilishlarni davolashda: 500 mg dan kuniga 2 marta buyuriladi. (Adaptol® 500 mg li tabletkalari dori vositasini qo‘llash tavsiya qilinadi).

Vegetativ disfunksiya va neyrosirkulyator asteniya sindromida: 300 mg dan kuniga 2 marta buyuriladi Sutkalik doza – 1000 mg. Davolash kursining davomiyligi – 2 xaftadan 1 oygacha davom etadi.

Adaptol®ga ko‘nikib qolish va qaramlik aniqlanmagan.

Keksa yoshdagi pasientlar dozani kamaytirilishiga muhtoj emaslar.

Jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarga dozani pasaytirish talab etilmaydi.

Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda dozaga tuzatish kiritish o‘rganilmagan. Mazkur pasientlarda dori vositasini ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak.

Qo‘llash usuli

Adaptol® ichga ovqat qabul qilishdan qat‘iy nazar qabul qilinadi.

Agar Siz dori vositasini qabul qilishni o‘tkazib yuborgan bo‘lsangiz, uni, bu haqida eslashingiz bilanoq qabul qiling, ammo keyingi qabul qilish vaqti deyarli kelgan bo‘lsa, qabul qilishni o‘tkazib yuboring. Hech qachon ikki barobar dozalarni qabul qilmang.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Boshqa dori vositalari kabi Adaptol® ham nojo‘ya ta‘sirlarni chaqirishi mumkin, ular barcha pasientlarda xam namoyon bo‘lavermaydi.

MedDRA (Reglamentar faoliyat terminologiyasining tibbiy lug‘ati) tasnifi bo‘yicha tizimlardagi nojo‘ya ta‘sirlarning tez-tezligi:

juda tez-tez (≥1/10);

tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha);

tez-tez emas (≥1/1000 dan <1/100 gacha);

kam hollarda (≥1/10 000 dan <1/1000 gacha);

juda kam hollarda (<1/10 000);

namoyon bo‘lish tez-tezligi noma‘lum (mavjud ma‘lumotlar bo‘yicha aniqlash mumkin emas).

Nerv tizimi tomonidan buzilishlar: kam hollarda – bosh aylanishi.

Qon tomirlari tomonidan buzilishlar: kam hollarda – arterial bosimni pasayishi.

Me‘da-ichak yo‘llari  tomonidan buzilishlar: kam hollarda – ovqat hazm bo‘lishini buzilishi.

Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar: yuqori dozalar qabul qilingandan keyin allergik reksiyalar (terini qichishishi) yuz berishi mumkin. Allergik reksiya yuz bergan hollarda dori vositasini qabul qilishni to‘xtatish kerak.

Umumiy buzilishlar va yuborish joyida buzilishlar: kam hollarda – tana haroratini pasayishi, holsizlik.

Arterial bosimni pasayishi va/yoki tana haroratini pasayishi (tana harorati 1-1,5 °S ga pasayishi mumkin) dori vositasini bekor qilishga sabab bo‘la olmaydi. Arterial bosim va tana harorati davolash kursi tugaganidan keyin normallashadi.

Agar davolanish vaqtida yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan qandaydir nojo‘ya ta‘sirlar namoyon bo‘lsa yoki eslatib o‘tilmagan qandaydir nojo‘ya ta‘sirlar, ayniqsa kuchli namoyon bo‘lsa, shifokorga murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar

Mebikarga va/yoki dori vositasining yordamchi moddalariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Siz qabul qilayotgan barcha dori vositalari, shu jumladan reseptsiz beriladigan dori vositalar haqida albatta davolovchi shifokorni xabardor qiling.

Adaptol®ni neyroleptiklar, trankvilizatorlar (benzodiazepinlar), uxlatuvchi vositalar, antidepressantlar va psixostimulyatorlar bilan birga qo‘llash mumkin.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Yuqori sezuvchanlikning o‘tkir reaksiyalari haqida alohida xabarlar olingan.

Homiladorlik va emizish davri

Ta‘sir etuvchi modda organizmning barcha to‘qima va suyuqliklariga yaxshi o‘tadi. Dori vositasini homiladorlik vaqtida va emizish davrida qo‘llash bo‘yicha adekvat nazoratli klinik tadqiqotlar yo‘q, shuning uchun preparatni buyurish tavsiya qilinmaydi.

Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlarga xizmat ko‘rsatish qobilyatiga ta‘siri

Adaptol® transport vositalarini boshqarish va mexanizmlarga xizmat ko‘rsatish qobiliyatiga ta‘sir qilishi mumkin, chunki arterial bosimni pasayishini chaqirishi mumkin.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Dori vositasi kam zaharli. Dozani oshirib yuborilishi holati to‘g‘risida ikkita xabar olingan. O‘z joniga qasd qilishda dori vositasini 30 g dozada bir vaqtda qabul qilish o‘limga olib kelgan.

Davolash: doza oshirib yuborilganida umum qabul qilingan detoksikasiya usullari va simptomatik davolash o‘tkaziladi.

Spesifik antidot ma‘lum emas.

Chiqarilish shakli

Birlamchi o‘ram: 10 kapsuladan polivinilxlorid plyonka va alyumin folga kontur uyali o‘ramda (blisterda).

Ikkilamchi o‘ram: 2, 3 yoki 4 kontur o‘ram (20, 30 yoki 40 kapsuladan) va qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

Saqlash sharoiti

Namlik va yorug‘likdan ximoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

 

Ulashish:
Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Adaptol preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

Adaptol narxlari

Dorixonalar
Manzil
Ish vaqti
Sotib olish
Eco Pharm №7
Bektemir tumani, Suvsoz 2 mavzesi, 77 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
109 000 so'm
Bron qilish
Eco Pharm №2
Shayxontoxur tumani, Gulobod dahasi, 54 uy, 47-xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
109 000 so'm
Bron qilish
Eco Pharm №11
Yashnobod tumani, Parkent ko'chasi, 30B-uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
109 000 so'm
Bron qilish
Eco Pharm №10
Yunusobod tumani, Yunusobod, 8-mavze, 29-uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
109 000 so'm
Bron qilish

Adaptol barcha rasmlari

Barcha rasmlar
Barcha rasmlar

Adaptol haqida savollar

Adaptol haqida fikr-mulohazalar

Reyting 5.0, 8 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil