Apteka.uz
SavatKirish

Aknekutan analoglari

To‘g‘ridan-to‘g‘ri analoglar

Analog dorilar
ROAKKUTAN kapsulalar  10mg N30
Retseptli
ROAKKUTAN kapsulalar 10mg N30
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
F.Hoffmann-La Roche Ltd, Shveysariya proizvedeno: Catalent Germany Eberbach GmbH
•1 ta dorixonada bor
Narxi
495 000 so'm dan
RETINOEVAYA 15,0 maz 0,05%
RETINOEVAYA 15,0 maz 0,05%
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
RETINOIDI, ZAO FNPP
Analoglarni taqqoslash
Taqqoslashga dori qo'shish

Aknekutan

Qo‘llash ko‘rsatmalari
  • Akne (husnbuzar) ning og'ir shakllari (tugunli-kistoz, konglobat, chandiq hosil bo'lish xavfi bo'lgan akne). Boshqa turdagi terapiyaga berilmaydigan akne.
Nojo'ya ta'sirlar
  • Aksariyat nojo'ya ta'sirlar dozaga bog'liq. Odatda nojo'ya ta'sirlar doza to'g'rilangandan yoki preparat bekor qilingandan so'ng qaytuvchan xarakterga ega, ammo ba'zilari davolash to'xtatilgandan keyin ham saqlanib qolishi mumkin. A gipervitaminozi bilan bog'liq simptomlar: teri, shilliq qavatlar, shu jumladan lablar (xeylit), burun bo'shlig'i (qon ketishlar), hiqildoq va halqum (ovoz bo'g'ilishi), ko'zlar (kon'yunktivit, shox pardaning qaytuvchan xiralashishi va kontakt linzalarni ko'tara olmaslik) qurishi. Teri va uning hosilalari: kaft va tovon terisining po'st tashlashi, toshma, qichishish, yuz eritemasi/dermatit, terlash, piogen granuloma, paronixiyalar, onixodistrofiyalar, granulyatsion to'qimaning kuchli o'sib ketishi, sochlarning turg'un ingichkalashishi, sochlarning qaytuvchan to'kilishi, akne fulminant shakllari, gipertrixoz, giperpigmentatsiya, fotosensibilizatsiya, terining yengil jarohatlanishi. Davolash boshida aknening kuchayishi yuz berishi mumkin, bu bir necha hafta saqlanib turadi. Tayanch-harakat tizimi: zardobda KFK darajasi oshishi bilan yoki usiz mushaklarda og'riq, bo'g'imlarda og'riq, giperostoz, artrit, boylam va paylarning ohaklanishi, tendinitlar. Markaziy asab tizimi va ruhiy soha: haddan tashqari charchoq, bosh og'rig'i, bosh miya ichki bosimining oshishi ("bosh miya soxta o'smasi": bosh og'rig'i, ko'ngil aynishi, qusish, ko'rishning buzilishi, ko'ruv nervining shishi), tirishish xurujlari, kamdan-kam hollarda - depressiya, psixoz, o'z joniga qasd qilish fikrlari. Sezgi a'zolari: kseroftalmiya, ko'rish o'tkirligining buzilishi holatlari, yorug'likdan qo'rqish, qorong'uga moslashishning buzilishi (shomda ko'rish o'tkirligining pasayishi), kamdan-kam hollarda - rang ajratishning buzilishi (preparat bekor qilingandan keyin o'tib ketadi), lentikulyar katarakta, keratit, blefarit, kon'yunktivit, ko'zning ta'sirlanishi, ko'ruv nervi nevriti, ko'ruv nervi shishi (bosh miya ichki gipertenziyasi ko'rinishi sifatida); ma'lum tovush chastotalarida eshitishning buzilishi, kontakt linzalarni taqishda qiyinchiliklar. Oshqozon-ichak trakti: og'iz bo'shlig'i shilliq qavatining qurishi, milklardan qon ketishi, milklarning yallig'lanishi, ko'ngil aynishi, diareya, ichakning yallig'lanish kasalliklari (kolit, ileit), qon ketishlar; pankreatit (ayniqsa 800 mg/dl dan yuqori hamroh gipertriglitseridemiyada). O'lim bilan yakunlangan kamdan-kam pankreatit holatlari tasvirlangan. Jigar transaminazalari faolligining o'tkinchi va qaytuvchan oshishi, gepatit holatlari. Ushbu holatlarning ko'pchiligida o'zgarishlar norma chegarasidan chiqmagan va davolash jarayonida dastlabki ko'rsatkichlarga qaytgan, ammo ba'zi vaziyatlarda dozani kamaytirish yoki Aknekutan®ni bekor qilish zarurati tug'ilgan. Nafas olish a'zolari: kamdan-kam hollarda - bronxospazm (ko'proq anamnezida bronxial astmasi bo'lgan bemorlarda). Qon tizimi: anemiya, gematokritning pasayishi, leykopeniya, neytropeniya, trombotsitlar sonining ko'payishi yoki kamayishi, EChT tezlashishi. Laboratoriya ko'rsatkichlari: gipertriglitseridemiya, giperxolesterinemiya, giperurikemiya, yuqori zichlikdagi lipoproteinlar darajasining pasayishi, kamdan-kam hollarda - giperglikemiya. Aknekutan® qabul qilish davomida birinchi marta aniqlangan qandli diabet holatlari qayd etilgan. Ba'zi bemorlarda, ayniqsa intensiv jismoniy yuklama bilan shug'ullanuvchilarda, zardobda KFK faolligining oshishi holatlari tasvirlangan. Immun tizimi: grammusbat qo'zg'atuvchilar (Staphylococcus aureus) keltirib chiqargan mahalliy yoki tizimli infektsiyalar. Boshqalar: limfadenopatiya, gematuriya, proteinuriya, vaskulit (Vegener granulematozi, allergik vaskulit), tizimli yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari, glomerulonefrit. Teratogen va embriotoksik ta'sirlar: tug'ma nuqsonlar - gidro- va mikrotsefaliya, bosh miya nervlarining rivojlanmay qolishi, mikroftalmiya, YuQTS rivojlanish nuqsonlari, qalqonsimon oldi bezlari, skelet shakllanishining buzilishi - barmoq falangalarining, bosh suyagining, bo'yin umurtqalarining, son suyagining, to'piqlarning, bilak suyaklarining, yuz suyagining rivojlanmay qolishi, bo'ri tanglay, quloq supralarining past joylashuvi, quloq supralarining rivojlanmay qolishi, tashqi eshitish yo'lining rivojlanmay qolishi yoki butunlay yo'qligi, bosh va orqa miya churrasi, suyaklarning bitishi, qo'l va oyoq barmoqlarining bitishi, ayrisimon bez rivojlanishining buzilishi; perinatal davrda homilaning nobud bo'lishi, erta tug'ruq, bola tushishi, epifizar o'sish zonalarining muddatidan oldin yopilishi; hayvonlardagi tajribada - feoxromotsitoma.
Batafsil

Retseptli / Retsepsiz

Kategoriya
Dermatologik
Mavjud chiqarilish shakllari
  • Kapsulalar
Bog‘liq kasalliklar uchun davolar
Husnbuzarlardan 

Retinoevaya maz

Qo‘llash ko‘rsatmalari
Ma'lumot topilmadi
Nojo'ya ta'sirlar
Ma'lumot topilmadi
Batafsil

Retseptli

Kategoriya
Dermatologik
Mavjud chiqarilish shakllari
  • Maz
Bog‘liq kasalliklar uchun davolar
Husnbuzarlardan 
scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil