Apteka.uz
SavatKirish

Aloe suyuq ekstrakti

Aloe suyuq ekstrakti chiqarilish shakllari

ALOE EKSTRAKT JIDKIY inyeksiya uchun eritma 1ml N10
ALOE EKSTRAKT JIDKIY inyeksiya uchun eritma 1ml N10
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
UZXIMFARM, AO
•1 ta dorixonada bor
Narxi
15 000 so'm dan
- Aloe suyuq ekstrakti qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Aloe suyuq ekstraktining tarkibi
- Aloe suyuq ekstrakti ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Aloe suyuq ekstrakti narxi Toshkent dorixonalarida

Aloe suyuq ekstrakti qo'llanmasi

Ishlab chiqarilish joyi
O'zbekiston,
Rossiya Federatsiyasi,
Ukraina

Qo‘llash ko‘rsatmalari

  • Biogen stimulyator sifatida surunkali kasalliklarni kompleks davolashda: gastroenterologiyada (oshqozon va o'n ikki barmoqli ichak yarasi kasalligi), nafas yo'llari (surunkali bronxit, pnevmoniya), ginekologiyada (adneksit, endometrit), trofik yaralar.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

  • — yuqori sezuvchanlik; — homiladorlik; — surunkali buyrak yetishmovchiligi; — surunkali yurak yetishmovchiligi; — arterial gipertenziya; — metrorragiya; — gemorroy; — tsistit; — OIT a’zolarining o‘tkir yallig‘lanish kasalliklari; — qon tupurish; — xolelitiaz; — gemoxromatoz, gemolitik anemiya, sideroaxrestik anemiya.

Tarkibi

  • 1000 ml preparatni olish uchun kerak: Faol komponent Daraxtsimon aloe yangi barglari— 360 g Yordamchi moddalar Natriy xlorid-8,5 g In'ektsiya uchun suv -1000 ml preparat olinguncha yetarli miqdor daraxtsimon aloe yangi barglari 360 mg daraxtsimon aloe yangi barglari 360mg

Farmakologik ta'siri

O'simlikdan olingan majmuaviy preparat, ta'siri uning tarkibiga kiruvchi komponentlar bilan bog'liq. Adaptogen, umumiy tonuslovchi, surgi, antiseptik, o't haydovchi va gemopoetik ta'sir ko'rsatadi. Hujayra metabolizmini, trofikasini va to'qimalar regeneratsiyasini yaxshilaydi, organizmning umumiy nospetsifik rezistentligini va shilliq qavatlarning shikastlovchi agentlar ta'siriga chidamliligini oshiradi, regeneratsiya jarayonlarini tezlashtiradi. Granulotsitlarning himoya funktsiyalarini rag'batlantiradi, temir tanqisligini to'ldiradi. Gemoglobin va mioglobin tarkibida to'qimalarga kislorod tashilishini ta'minlaydi; Krebs tsikli fermentlari ishida, qaytarilish va oksidlanish reaktsiyalarida, shuningdek yog' kislotalari va glyukoza sintezida ishtirok etadi; dofamin funktsiyalarini optimallashtiradi.

Nojo'ya ta'sirlar

  • Bo'lishi mumkin: allergik reaktsiyalar, AB oshishi, gipertermiya, ko'ngil aynishi, qusish, qabziyat yoki diareya

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib yuborganda nojo‘ya ta’sirlarning kuchayishi mumkin. Davolash: simptomatik.

Dori shaklining ta'rifi

  • Och-sariqdan jigarrang-qizil ranggacha bo'lgan, o'ziga xos hidli suyuqlik. Tovlanish yoki chayqatilganda tovlanish hosil qiluvchi cho'kma bo'lishiga yo'l qo'yiladi. Teri ostiga yuborish uchun eritma Teri ostiga yuborish uchun eritma

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

SH-guruhini saqlovchi dori vositalari bilan mos kelmaydi. Bir vaqtda qo‘llanilganda tetrasiklinlar guruhi antibiotiklarining absorbsiyasini pasaytiradi. Bir vaqtda qo‘llanilganda antatsidlar, sabzavotlar, donli mahsulotlar, tuxum sarig‘i, choy preparatning so‘rilishini pasaytiradi, askorbin kislotasi esa oshiradi

Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

ALOE EKSTRAKT JIDKIY

EXTRACTUM ALOES FLUIDUM

Preparatning savdo nomi:  Aloe ekstrakt jidkiy

Dori shakli: in‘eksiya uchun eritma.

Tarkibi:

1 ampula faol ingredient sifatida daraxtsimon aloening 0,336 g yangi yoki quritilgan barglarini past haroratda tindirilgan 1 ml suvli ekstraktini saqlaydi; yordamchi ingredientlar sifatida 0,0085 g natriy xloridi va 1 ml gacha in‘eksiya uchun suv saqlaydi.

Ta‘rifi: och-sariqdan jigarrang-sariq rangli, kuchsiz meva hidli, rN 4,8-6,8 bo‘lgan suyuqlik.

Farmakoterapevtik guruhi: biogen stimulyator.

ATX kodi: A16AX10**

 

Farmakologik xususiyatlari

Suyuq aloe ekstrakti o‘simliklardan olinadigan biogen stimulyatorlar saqlovchi preparat hisoblanadi. Preparat moddalar almashinuvini rag‘batlantiradi, xujayra metabolizmi, to‘qimalar trofikasi va regenerasiyasini yaxshilaydi, shuningdek organizmning nospesifik rezistentligini oshirish maqsadida buyuriladi.

Aloening immunitetni rag‘batlantiruvchi ta‘siri uning tarkibida polisaxaridlar (aloemannan, asemannan) va glikoproteidlarning mavjudligi bilan bog‘liq. Aloening neytral polisaxaridlari ba‘zi mikroorganizmlarga nisbatan mikroblarga qarshi faollikka ega. Aloening glikoproteidlari bradikinin metabolizmida ishtirok etadi, xujayra proliferasiyasiga yordam beradi. Aloe tarkibidagi polisaxaridlar rux, selen, mis kabi mikroelementlar bilan birga immunitetni rag‘batlantiruvchi xususiyatiga ega.

Farmakokinetikasi

Ma‘lumotlar yo‘q.

Qo‘llanilishi

Ayollar jinsiy a‘zolarining yallig‘lanish kasalliklari, yuqori nafas yo‘llarining o‘tkir kasalliklari, me‘da va o‘n ikki barmoq ichakning yara kasalligi, shuningdek qator ko‘z kasalliklarini kompleks davolashda qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Cho‘kma mavjud bo‘lganida ampulani ochishdan oldin bir xil suyuqlik hosil bo‘lguncha silkitish kerak!

Suyuq aloe ekstrakti kattalarga har kuni 1 ml dan teri ostiga yuboriladi. Maksimal sutkalik doza – 4 ml ni tashkil qiladi. Davolash kursi – 30-50 in‘eksiya.

In‘eksiyalar og‘riqli bo‘lganida dastlab 0,5 ml 2% prokain eritmasi yuboriladi. Takroriy davolash kurslarini 2-3 oylik tanaffusdan keyin amalga oshiriladi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

O‘ta yuqori sezuvchanlik, gipertenziya, gipertermiya, diareya, in‘eksiya joyida og‘riq.

Aloeni uzoq muddat qo‘llashda organizmda kaliyning miqdori oshishi mumkin.

 

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik; og‘ir darajali yurak-qon tomir kasalliklari, gipertenziya, me‘da-ichak yo‘llarining o‘tkir kasalliklari, jigar faoliyatini buzilishi, diffuz glomerulonefrit, homiladorlikda qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Aloe va tiazid diuretiklar, halqali diuretiklar, qizilmiya preparatlari, kortikosteroidlarni bir vaqtda qo‘llaganda kaliy tanqisligi rivojlanishi xavfi ortadi.

Aloe surgi vositalari, shuningdek qon yaratilishini rag‘batlantiruvchi preparatlarning ta‘sirini potensiyalaydi.

Ehtiyotkorlik choralari

Preparatni uzoq muddat qo‘llaganda bo‘lishi mumkin bo‘lgan organizmda kaliy miqdorini kamayishi yurak glikozidlari va antiaritmik preparatlarning ta‘sirini kuchayishiga olib kelishi mumkin.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Eritmada quyqa mavjud bo‘lishi mumkin, u saqlanganda cho‘kmaga tushishi mumkin. Ampula silkitilganida cho‘kma bir tekis quyqaga aylanadi.

Homiladorlik va emizishQo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar” ga qarang.

Preparatni ona sutiga chiqarilishi haqida ma‘lumotlar yo‘q. Shuning uchun emizish davrida preparatni qo‘llashdan saqlanish kerak.

Pediatriyada qo‘llanishi: 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda in‘eksiya uchun suyuq aloe ekstraktini qo‘llash zarurati bo‘lganida shifokor maslahati talab etiladi. Preparatni ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi.

Agar ampulani silkitishdan keyin unda cho‘kma saqlansa, preparatni qo‘llash mumkin emas!

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Ma‘lumotlar yo‘q.

Chiqarilish shakli

In‘eksiya uchun suyuqlik 1 ml dan ampulalarda; karton o‘ramda 10 ampuladan.

1 ml eritma neytral shisha ampulalarda.

10 ampuladan karton o‘ramda.

Har bir qutida ampula skarifikatori va qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi mavjud.

 

Saqlash sharoiti

Qorong‘i joyda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Shifokor resepti bo‘yicha.

 

Ulashish:
Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Aloe suyuq ekstrakti preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

Aloe suyuq ekstrakti barcha rasmlari

Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar

Aloe suyuq ekstrakti haqida savollar

Aloe suyuq ekstrakti haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil