AMAREYOD
AMAREYOD chiqarish shakllari
AMAREYOD qo'llanmasi
Tarkibiy qismlarga individual sezgirlik.
1 ml - 20 tomchi
Har 1 tomchida:
Faol modda:
Yod (kaliy yodid shaklda) 0,1 mg (100 mkg)
Folat kislotasi (metil folat) 0,2 mg (200 mkg)
Folat kislota (B9 vitamini) nuklein kislotalarning sintezida va muhim aminokislotalarning konversiyasida muhim rol o'ynaydi. Agar folat kislotasi homiladorlikni rejalashtirishda va homiladorlikning boshida qabul qilinsa, yangi tug'ilgan chaqaloqlarda asab naychalari normal rivojlanishini ta’minlaydi va nuqsonlari rivojlanish xavfini kamayadi.
Folat kislota tuzlariga bo'lgan ehtiyoj, ayniqsa, homilaning embrionogenez davrida va homila tez o'sishi davrida ortadi.
Yod (kaliy yodid shaklida) qalqonsimon bezning normal ishlashiga yordam beradi va uning gormonlari (tiroksin, triiodotironin) tarkibiga kiradi. Qalqonsimon bez gormonlari barcha a'zolar va tizimlarning rivojlanishida, organizmdagi metabolik jarayonlarni tartibga solishda ishtirok etadi, organizmdagi oqsillar, yog'lar, uglevodlar va energiya almashinuvi uchun javob beradi, miya faoliyatini tartibga soladi, asab va reproduktiv va sut bezlarining yurak-qon tomir tizimlari, shuningdek, bolaning normal o'sishi va rivojlanishini rag’batlantiruvchi ta’sir ko’rsatadi
Yod tanqisligi bolalar, o'smirlar, homilador va emizikli ayollar uchun xavflidir. Yod endemik bo’qoq va kretinizm rivojlanishining oldini oladi.
Tug'ilgandan 6 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun yodning kunlik ehtiyoji 90-130 mkg, 7 yoshdan 12 yoshgacha 130-150 mkg. O'smirlar va kattalar uchun 150-200 mkg qabul qilish tavsiya etiladi va homilador ayollar va emizikli ayollarda yodga eng yuqori ehtiyoj 250 dan 300 mkg ni tashkil qiladi.
Homiladorlik va emizish davrida yod va folat kislotasiga bo'lgan ehtiyoj ortadi, shuning uchun 200 mkg yod va 400 mkg foliy kislotasi bo'lgan preparatlarni qo'llash ayniqsa muhimdir. Kaliy yodid yo'ldosh orqali va ona sutiga o'tadi. Agar emizikli ayol kaliy yodidni qabul qilsa, emayotgan chaqaloqlarga preparatni qo'shimcha kiritish talab etilmaydi.
Homiladorlik va emizish davrida preparatni faqat tavsiya etilgan dozalarda qo'llash mumkin.
Amareyod preparatini kerakli dozasini aniqlashda oziq-ovqatdan yod olishning mintaqaviy va individual xususiyatlarini hisobga olish kerak. Bu ayniqsa, yangi tug'ilgan chaqaloqlarga va 4 yoshgacha bo'lgan bolalarga preparatni buyurishda juda muhimdir.
Yod tanqisligi kasalliklarining oldini olish:
Yangi tug'ilgan chaqaloqlar va bolalar: kuniga 50-100 mkg yod, 200 mkg foliy kislotasi (Amareyod 1 tomchidan kuniga 1 maxal);
O'smirlar va kattalar: kuniga 100-200 mkg yod, 200-400 mkg foliy kislotasi (Amareyod 1 tomchidan kuniga 1-2 maxal);
Homiladorlik va emizish davrida: kuniga 100-200 mkg yod,200-400 mkg foliy kislotasi (Amareyod 1 tomchidan kuniga 1-2 maxal).
Qalqonsimon bez jarrohlik yo'li bilan olib tashlanganidan keyin.
Qalqonsimon bez gormon preparatlari bilan davolashni tugatgandan so'ng qaytalanishini oldini olish: kuniga 100-200 mkg yod, 200-400 mkg foliy kislotasi (Amareyod 1 tomchidan kuniga 1-2 maxal).
Eutiroid bo’qoqni davolash:
Yangi tug'ilgan chaqaloqlar va bolalar: kuniga 100-200 mkg yod, 200-400 mkg foliy kislotasi (Amareyod 1 tomchidan kuniga 1-2 maxal);
O'smirlar va yoshlar: kuniga 200 mkg yod,400 mkg foliy kislotasi (Amareyod 1 tomchidan kuniga 2 maxal).
25 ° C dan yuqori bo'lmagan haroratda
Bolalar qo'li etmaydigan joyda saqlang!
· homiladorlikni rejalashtirish va homiladorlik va laktatsiya davrida ayollarda yod va foliy kislotasi etishmasligining oldini olish va davolash.
· o'smirlarda o'sish va balog'at yoshining buzilishini oldini olish;
· surunkali charchoq holati, xotira buzilishi;
· senil yoshida periferik neyropatiya va angiopatiyalarni oldini olish.
· yod tanqisligini terapevtik va jarrohlik davolashdan keyin recidivni oldini olish.
· yangi tug'ilgan chaqaloqlarda, bolalarda, o'smirlarda va yosh kattalardagi diffuz eutiroid bo'qoqni davolash.
· Gipoxrom va megaloblastik anemiyani oldini olish va davolash maqsadida.
Tavsiya etilgan sutkalik dozadan oshmang.
Yaroqlilik muddati: 3 yil.
AMAREYOD barcha rasmlari













