Ташкент
logo
SavatKirish

Asvitol

Asvitol chiqarish shakllari

ASVITOL tabletkalari 25mg N10
ASVITOL tabletkalari 25mg N10
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Farmstandart-Leksredstva, OAO
- Asvitol qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Asvitolning tarkibi
- Asvitol ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Asvitol narxi Toshkent dorixonalarida

Asvitol qo'llanmasi

Ishlab chiqarilish joyi
Rossiya Federatsiyasi
Kategoriya
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

ASVITOL®

ASVITOLUM

Preparatning savdo nomi: Asvitol®

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): askorbin kislotasi

Dori shakli: chaynaladigan tabletkalar

Tarkibi:

Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: askorbin kislotasi – 200 mg;

yordamchi moddalar: saxaroza (qand) – 177,9 mg, aspartam – 3,0 mg, magniy stearati – 3,0 mg, stearin kislotasi – 1,0 mg, talk – 6,7 mg, quyi molekulyar povidon (tibbiy quyi molekulyar polivinilpirrolidon) – 5,7 mg, etilsellyuloza – 1,3 mg, sariq shafaq bo‘yovchisi – 1,0 mg, apelsin aromatizatori – 0,4 mg.

Ta‘rifi: och-sariq rangdan sariq rangligacha bo‘lgan, yassisilindrik, dog‘lari bo‘lgan, kuchsiz meva hidli tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: vitamin

ATX kodi: A11GA01

 

Farmakologik xususiyatlari

Oksidlanish-qaytarilish jarayonlarida, uglevodlar almashinuvida, qon ivishida, to‘qimalarning regenerasiyasida, steroid gormonlar sintezida ishtirok etadi; organizmning qarshiligini oshiradi, qon tomirlari o‘tkazuvchanligini kamaytiradi V1, V2, A, Ye vitaminlari, folat kislotasi, pantoten kislotasiga ehtiyojni pasaytiradi. Isitma bilan birga kechuvchi kasalliklarda organizmning S vitaminiga oshgan ehtiyojini qondiradi.

Qo‘llanilishi

S vitaminini gipo- va avitaminozini oldini olish va davolash.

Yordamchi vosita sifatida: gemorragik diatez, burun, bachadon, o‘pka va boshqa a‘zolardan qon ketishlari, shu jumladan nur kasalligi chaqirgan qon ketishlar; antikoagulyantlarning dozasini oshirib yuborilishi, sust bituvchi jaroxatlar va sinishlar, distrofiyalar, yuqori jismoniy va aqliy yuklamalar, og‘ir, davomli kasalliklardan keyingi tuzalish davri.

Qo‘llash usuli va dozalari

Preparat ichga, ovqatdan keyin qabul qilinadi. Tabletkani chaynash va katta bo‘lmagan miqdordagi suv bilan yutish kerak.

Profilaktika uchun: kattalarga sutkada 200 mg (1 tabletka) dan.

Davolash maqsadida: kattalarga 1-2 tabletkadan sutkada 1-2 marta (maksimal davolash dozasi – sutkada 1 g).

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Markaziy nerv tizimi tomonidan (MNT): bosh og‘rig‘i, charchoqlik xissi, katta dozalarda uzoq muddat qo‘llanganida – MNT yuqori qo‘zg‘aluvchanligi, uyquni buzilishi.

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: me‘da-ichak yo‘llari shilliq qavatini ta‘sirlanishi, ko‘ngil aynishi, diareya, me‘dada spazmlar.

Endokrin tizimi tomonidan: me‘da osti bezi insulyar apparatining faoliyatini susayishi (giperglikemiya, glyukozuriya).

Siydik chiqarish tizimi tomonidan: katta dozalarda qo‘llanganida giperoksalaturiya va kalsiy oksalatidan siydik toshlarini hosil bo‘lishi.

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: tromboz, yuqori dozalarda qo‘llanganida arterial bosimni oshishi, mikroangiopatiyalarni rivojlanishi, miokardiodistrofiya.

Allergik reaksiyalar: teri toshmasi, kam hollarda – anafilaktik shok

Laboratoriya ko‘rsatkichlari: trombositoz, giperprotrombinemiya, eritropeniya, neytrofil leykositoz, gipokaliemiya.

Boshqalar: gipervitaminoz, qizish xissi, katta dozalarda uzoq muddat qo‘llanganida natriyni (Na+) va suyuqlikni tutilishi, rux (Zn2+) va mis (Cu2+) almashinuvini buzilishi.

Chaynaladigan tabletkalarni ko‘p miqdorda iste‘mol qilish yoki peroral shakllarini so‘rish, tish emalini shikastlanishini chaqirishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik, tromboflebitlar, trombozlarga moyillik, qandli diabet, buyrak-tosh kasalligi, bolalar.

Ehtiyotkorlik bilan:

Giperoksalaturiya, buyrak yetishmovchiligi, gemoxromatoz, talassemiya, polisitemiya, leykemiya, sideroblast anemiya, glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligi, o‘roqsimon xujayrali anemiya, avj olib boruvchi xavfli o‘sma kasalliklari, homiladorlik.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Qonda benzilpenisillin va tetrasiklinlarning konsentrasiyasini oshiradi; sutkada 1 g dozada etinilestradiolning biokiraolishligini oshiradi. Ichakda temir preparatlarini so‘rilishini yaxshilaydi (uch valentlik temirni ikki valentlikka o‘tkazadi); deferoksamin bilan bir vaqtda qo‘llanganida temirni chiqarilishini oshirishi mumkin.

Asetilsalisil kislotasi (ASK), peroral kontraseptivlar, yangi sharbatlar va ishqoriy ichimliklar so‘rilishi va o‘zlashtirilishini pasaytiradi. ASK bilan bir vaqtda qo‘llanganida askorbin kislotasini siydik bilan chiqarilishi oshadi va ASK ni chiqarilishi pasayadi. ASK askorbin kislotasini so‘rilishini taxminan 30% ga pasaytiradi. Salisilatlar va qisqa ta‘sirga ega sulfanilamidlar bilan davolanishda kristalluriyani rivojlanish xavfini oshiradi, buyraklar orqali kislotalarni chiqarilishini sekinlashtiradi, ishqoriy reaksiyaga ega bo‘lgan preparatlarni (shu jumladan alkaloidlarni) chiqarilishini kuchaytiradi, qonda peroral kontraseptivlarning konsentrasiyasini pasaytiradi. Etanolning umumiy klirensini oshiradi, u o‘z navbatida organizmda askorbin kislotasining konsentrasiyasini pasaytiradi. Xinolon qatori preparatlari (ftorxinolonlar va boshqalar), kalsiy xloridi, salisilatlar, glyukokortikosteroidlar davomli qo‘llanganida askorbin kislotasining zahiralarini kamaytiradilar. Bir vaqtda qo‘llanganida izoprenalinning xronotrop ta‘sirini kamaytiradi. Uzoq muddat va katta dozalarda qo‘llanganida disulfiram-etanol o‘zaro ta‘sirini buzishi mumkin. Yuqori dozalarda meksiletinni buyraklar orqali chiqarilishini oshiradi. Barbituratlar va primidon askorbin kislotasini siydik bilan chiqarilishini kuchaytiradi.

Antipsixotik vositalarning (fenotiazin hosilalarining) terapevtik ta‘sirini, amfetamin va trisiklik antidepressantlarning naychalar reabsorbsiyasini kamaytiradi.

Geparin, bilvosita antikoagulyantlarning samaradorligini kamaytiradi.

 

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Askorbin kislotasini kortikosteroid gormonlarning sinteziga rag‘batlantiruvchi ta‘siri tufayli, buyrak usti bezlarining faoliyati va arterial bosimni kuzatish kerak. Katta dozalarda uzoq muddat qo‘llanganida me‘da osti bezining insulyar apparatining faoliyati susayishi mumkin, shuning uchun davolash jarayonida  uni muntazam nazorat qilish kerak. Organizmida temir miqdori yuqori bo‘lgan pasientlarda askorbin kislotasini minimal dozalarda qo‘llash kerak. Askorbin kislotasini tez proliferasiyalanuvchi va jadal metastazlanuvchi o‘smalari bo‘lgan pasientlarga buyurish, jarayonni kechishini yomonlashtirishi mumkin. Askorbin kislotasi qaytaruvchi sifatida turli laboratoriya testlarining (qonda glyukoza, bilirubinning miqdorini, transaminazalar, LDG faolligini) natijalarini buzishi mumkin.

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi

Homiladorlikning II va III uch oyliklarida askorbin kislotasiga bo‘lgan kundalik minimal ehtiyoj taxminan 60 mg.

Emizish davrida kundalik minimal ehtiyoj 80 mg. Askorbin kislotasini adekvat miqdorda saqlovchi onaning parhezi, emizikli bolada S vitaminining tanqisligini oldini olish uchun yetarlidir (emizuvchi onaning askorbin kislotasiga bo‘lgan har oylik ehtiyojning maksimumini oshirish tavsiya qilinmaydi).

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Kuniga 1 g dan ortiq qabul qilinganida jig‘ildon qaynashi, diareya, siyishni qiyinlashishi va/yoki siydikni qizil rangga bo‘yalishi, gemoliz (glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligi bo‘lgan pasientlarda) kuzatilishi mumkin.

Har qanday nojo‘ya samaralar paydo bo‘lganida preparatni qabul qilishni to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish kerak.

Chiqarilish shakli

Chaynaladigan tabletkalar 200 mg.

10 yoki 20 tabletkadan kontur uyali o‘ramda.

20, 30 yoki 50 tabletkadan polimer bankada.

1, 2 yoki 3 kontur uyali o‘ramlar yoki 1 banka qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan qutida.

 

Saqlash sharoiti

25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

Ulashish:

Asvitol savollari

Asvitol fikr-mulohazalari

Reyting 5.0, 1 ta sharh asosida
Дилфузахон
30.01.2020 21:42
5
Мне этот препарат нравится. Вкусные, как из детства) и эффективные. Цена доступная.

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil