Ташкент
logo
SavatKirish

Bisol

Bisol chiqarish shakllari

BISOL infuziya uchun eritma 100ml
Retseptli
BISOL infuziya uchun eritma 100ml
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Remedy Group SP OOO
•9 ta dorixonada bor
Narxi
29 999 so'm dan
- Bisol qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Bisolning tarkibi
- Bisol ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Bisol narxi Toshkent dorixonalarida

Bisol qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

BISOL

BISOL

 

Preparatning savdo nomi: Bisol

Ta‘sir etuvchi moddalar (XNP): qahrabo kislotasi. natriy xloridi, kaliy xloridi, kalsiy xlorid. magniy xloridi. natriy gidrokarbonati.

Dori shakli: infuziya uchun eritma.

Tarkibi:

100 ml eritmada quyidagilar saqlanadi:

faol moddalar: qahrabo kislotasi – 0,2 g, natriy xloridi – 0,62 g, kaliy xloridi – 0,03g, kalsiy xloridi – 0,0082 g, magniy xloridi – 0,01 g, natriy gidrokarbonati – 0,3 g;

yordamchi modda: in‘eksiya uchun suv 100 ml gacha.

Ta‘rifi: tiniq rangsiz eritma.

Farmakoterapevtik guruhi: Tuzli eritmalar.

ATX kodi: V05V

Farmakologik xususiyatlari:

Majmuaviy preparat bo‘lib,uning ta‘siri tarkibiga kiruvchi komponentlarning xususiyatlari bilan bog‘liq. Bu komponentlardan eng muhimi qahrabo kislotasidir.

Qahrabo kislotasi Krebs siklining yagona metaboliti bo‘lib, to‘qimalarda kislorodning parsial bosimi pasayganda, NAD-ga qaram substratlarning oksidlanishi to‘htaganida ham oksidlanish xususiyatiga ega. Qahrabo kislotasining fosforlanish tezligi NAD-ga qaram substratlarga nisbatan ahamiyatli darajada yuqori ekanligini e‘tiborga olib, vaqt birligida qahrabo kislotasining hisobiga ATF ko‘proq sintezlanadi. Gipoksiyada mitoxondriyalarning nafas zanjirini birinchi sohasini blokadasi yuz beradi va faqat qahrabo kislotasigina bunday sharoitlarda mitoxondriyalarning nafas zanjirini va hujayralarning hayot faoliyatini tiklash qobiliyatiga ega. Natijada preparat gipoksiyada organizmning energetik potensialini oshiradi.

Preparat shuningdek suv-tuz almashinuviga boshqaruvchi ta‘sir ko‘rsatadi, kislota-ishqor holatini qonda to‘liq oksidlanmagan mahsulotlarni passiv neytrallash, shuningdek hujayralardagi metabolik jarayonlarni me‘yorlashtirish hisobiga me‘yorlashtiradi. Mikrosirkulyasiyani yaxshilaydi. Turli qon yo‘qotishlarda, shoklarda, jismoniy zo‘riqishlarda gemodinamik qo‘rsatkichlarni va yurak mushaklari faoliyatini tiklaydi. Siydik haydovchi ta‘sir ko‘rsatadi. Preparatning ta‘siri yuborilgandan 20 – 30 daqiqadan so‘ng namoyon bo‘ladi.

Qo‘llanilishi

Shoshilinch holatlar: qon ketishlar (operasiya vaqtidagi gipotonik, operasiyadan keyin, me‘da – ichak, travmatik) va shoklar (travmatik, termik, gemorragik, anafilaktik, gipovolemik, septik), qon yo‘qotishlarida (1000 ml gacha) aylanayotgan qon hajmini to‘ldirish, mikrosirkulyasiyani yaxshilash, metabolik asidozni korreksiya qilish va hujayralarda metabolizmni tiklash uchun, shuningdek o‘rtacha va og‘ir darajali temir tanqisligi anemiyasida (majmuaviy davolash tarkibida) qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Shoshilinch holatlarda: qon ketishlar (operasiya vaqtidagi gipotonik, me‘da – ichak, operasiyadan keyingi, travmatik), qon yo‘qotishlarida (1000 ml gacha) va shoklarda (travmatik, termik, gemorragik, anafilaktik, gipovolemik, septik): 200-400 ml dan sutkada bir marta buyuriladi.

Tayanch-harakat apparatini shikastlanishi va kasalliklari yuzasidan operasiyalardan oldin va keyin: 400 mldan sutkada bir marta buyuriladi.

Operasiyadan keyingi davrda asidozni bartaraf qilish uchun: 200-400 ml dan sutkada bir marta buyuriladi.

Temir tanqisligi anemiyasida: asosiy davolash fonida 200 ml dan sutkada bir marta yuboriladi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Doza sezilarli oshirib yuborilganida, kamdan – kam hollarda alkaloz ko‘rinishlari paydo bo‘lishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparat alkalozda (ayniqsa dekompensasiyalangan), organizmga katta miqdordagi suyuqlikni yuborish mumkin bo‘lmagan barcha hollarda (bosh miya ichki bosimi bilan kechuvchi bosh miya yopiq jarohatida, yurak faoliyatining dekompensasiyasida, o‘pka shishida va shunga o‘hshashlarda), homiladorlik va laktasiya davrida, 18 yoshgacha bo‘lganlarda (bu toifa pasientlarda qo‘llash tajribasi yo‘qligi tufayli), pasientga boshqa ishqorlashtiruvchi va tuzli eritmalarni yuborish zarurati tug‘ulganda, shuningdek preparatga yuqori sezuvchanlikda qo‘llanilmaydi.

Dorilarni o‘zaro ta‘siri

Preparatni antibiotiklar, suvda eruvchi vitaminlar va glyukoza eritmalari bilan birga qo‘llash mumkin. Preparatni boshqa ishqorlashtiruvchi va tuzli eritmalar bilan birga qo‘llash taqiqlanadi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Preparatni qo‘llash fonida (organizmda aerob jarayonlarning faollashuvi tufayli) qon va siydikda ishqoriy reaksiya paydo bo‘lishi mumkin. Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va uni yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.

Faqat shikastlanmagan flakonlardagi tiniq eritma ishlatilsin! Saqlash sharoitiga rioya qilmaslik va noto‘g‘ri transportirovka qilish natijasida flakonlarda mikroyoriqlar paydo bo‘lishi mumkin, uning natijasida eritmaning mikroblar bilan ifloslanish xavfi oshadi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Preparatni dozasini oshirib yuborilishi to‘g‘risida ma‘lumotlar taqdim qilinmagan.

Chiqarilish shakli

Infuziya uchun eritma 100 ml, 200 ml yoki 250 ml dan flakonlarda.

 

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan harorartda saqlansin.

Steril. Vena ichiga.

Faqat bir marotabalik qo‘llash uchun!

Muzlatilmasin! Isitilmasin!

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalarda berish tartibi

Resept buyicha.

Ulashish:

Bisol narxlari

Bisol barcha rasmlari

Barcha rasmlar

Bisol savollari

Bisol fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil