Ташкент
logo
SavatKirish

Boromentol

Boromentol chiqarish shakllari

BOROMENTOL maz 10g
BOROMENTOL maz 10g
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Remedy, SP OOO Uzbeksko-Britanskoe
- Boromentol qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Boromentolning tarkibi
- Boromentol ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Boromentol narxi Toshkent dorixonalarida

Boromentol qo'llanmasi

Ishlab chiqarilish joyi
O'zbekiston
Kategoriya
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Umumiy ma'lumot

qO‘llash BO‘YICHA yO‘riqnoma

BOROMENTOL

BORMENTOLUM

 

Preparatning savdo nomi: Boromentol

Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): Mentol. borat kislotasi

Dori shakli: Surtma

Tarkibi:

Borat kislotasi – 5 g, L-mentol yoki rasemik mentol – 0,5 g, vazelin 100 g gacha.

Ta‘rifi: Oq yoki och-sariq rangli, mentol hidli surtma.

Farmakoterapevtik guruxi: Antiseptik va dezinfeksiyalovchi vosita.

ATX kodi: D08AX

 Farmakologik xususiyatlari

Majmuaviy preparat. Mentol teriga surtilganida va shilliq qavatlarga qo‘yilganida sovuqlik, yengil achishish va sanchiq xis qilish bilan birga kechuvchi va yengil og‘riqni qoldiruvchi (chalg‘ituvchi) ta‘siriga sabab bo‘luvchi nerv oxirlarini qo‘zg‘alishini chaqiradi, shuningdek kuchsiz antiseptik xususiyatga ham ega. Preparat tarkibiga kiruvchi borat kislotasi, antiseptik ta‘sir ko‘rsatadi.

 Qo‘llanilishi

Teri qichishishi; nevralgiya, rinitlarda qo‘llanadi.

 Qo‘llash usuli va dozasi

Sirtga buyuriladi. Teriga qichishishda va nevralgiyada qo‘yiladi, shuningdek rinitlarda burunni shilliq qavatlariga surtiladi.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Preparat komponentlariga bo‘lgan  maxalliy qo‘zg‘alish va allergik reaksiyalar.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparat komponentlariga bo‘lgan yuqori sezuvchanlik, bolalar, homiladorlikda qo‘llash mumkin emas.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Terining katta yuzalariga preparatni qo‘llash mumkin emas. Buyrak faoliyati buzilishi bo‘lgan pasientlarda, laktasiya davrida preparatni qo‘llash tavsiya qilinmaydi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

 Chiqarilish shakli

25, 30 g dan bankalarda va 10, 15, 20, 25, 30, 40 yoki 50 g dan tubalarda.

 Saqlash sharoiti

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratd asaqlansin.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

 Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

Ulashish:

Boromentol barcha rasmlari

Barcha rasmlar

Boromentol savollari

Boromentol fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil