Apteka.uz
SavatKirish

Dofamin

Dofamin chiqarilish shakllari

DOFAMIN DARNISA konsentrat 5ml 40mg/ml N10
Retseptli
DOFAMIN DARNISA konsentrat 5ml 40mg/ml N10
Ukraina
Ishlab chiqaruvchi:
Darnisa,Farm.firma, CHAO
DOFAMIN DARNISA konsentrat 5ml 5mg/ml N10
Retseptli
DOFAMIN DARNISA konsentrat 5ml 5mg/ml N10
Ukraina
Ishlab chiqaruvchi:
Darnisa,Farm.firma, CHAO
- Dofamin qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Dofaminning tarkibi
- Dofamin ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Dofamin narxi Toshkent dorixonalarida

Dofamin qo'llanmasi

Ishlab chiqarilish joyi
Ukraina
Kategoriya
Nimaga qarshi

Qo‘llash ko‘rsatmalari

  • Turli genezli shok (kardiogen, operatsiyadan keyingi, infektsion-toksik, anafilaktik, gipovolemik /faqat AQH tiklangandan keyin/). Turli genezli o'tkir yurak-qon tomir yetishmovchiligi, kardioxirurgik bemorlarda past yurak otilishi sindromi, arterial gipotenziya, zaharlanishlarda diurezni kuchaytirish uchun.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

  • Gipertrofik obstruktiv kardiomiopatiya, feoxromotsitoma, qorinchalar fibrillatsiyasi, dopaminga yuqori sezuvchanlik.

Tarkibi

  • 1 ml dopamin gidroxloridi 40 mg Yordamchi moddalar: natriy disulfit - 5 mg, xlorid kislotasi 0.1M eritmasi - pH 2.5-5 gacha, in'ektsiya uchun suv - 1 ml gacha. Dopamin 40mg; Yordamchi moddalar: natriy disulfit, 0,1M xlorid kislotasi, suv

Farmakokinetikasi

V/i yuborilgandan so‘ng organizmda keng taqsimlanadi, qisman GEB orqali o‘tadi. Dozaning taxminan 25% neyrosekretor vezikulalar tomonidan ushlanadi, u yerda gidroksillanish sodir bo‘ladi va noradrenalin hosil bo‘ladi. Jigar, buyraklarda metabolizmga uchraydi va plazmadan T1/2 - taxminan 2 daqiqa, organizmdan - taxminan 9 daqiqa. Buyraklar orqali chiqariladi: taxminan 80% 24 soat ichida; asosan metabolitlar ko‘rinishida, dozaning kichik qismi o‘zgarmagan holda chiqariladi.

Farmakologik ta'siri

Kardiotonik va gipertenziv vosita. Dofamin retseptorlari agonisti, ularning endogen ligandi hisoblanadi. Kichik dozalarda (0,5-3 mkg/kg/daq) asosan dofamin retseptorlariga ta'sir qilib, buyrak, mezenterial, koronar va miya tomirlarining kengayishini keltirib chiqaradi. Periferik dofamin retseptorlariga o'ziga xos ta'siri tufayli buyrak tomirlari qarshiligini kamaytiradi, ularda qon oqimini, shuningdek kalavalar filtratsiyasini, natriy ionlari chiqarilishini va diurezni oshiradi; shuningdek mezenterial tomirlarning kengayishi sodir bo'ladi (dofaminning buyrak va mezenterial tomirlarga ta'siri boshqa katexolaminlar ta'siridan shu bilan farq qiladi). Kichik va o'rta dozalarda (2-10 mkg/kg/daq) postsinaptik beta1-adrenoreseptorlarni rag'batlantiradi, bu ijobiy inotrop samarani va qonning minutlik hajmi oshishini keltirib chiqaradi. Sistolik AB va puls bosimi oshishi mumkin; bunda diastolik AB o'zgarmaydi yoki biroz ko'tariladi. UPTQ (umumiy periferik tomir qarshiligi) odatda o'zgarmaydi. Koronar qon oqimi va miokardning kislorodga bo'lgan ehtiyoji, qoida tariqasida, ortadi. Yuqori dozalarda (10 mkg/kg/daq yoki undan ko'p) ?1-adrenoreseptorlar stimulyatsiyasi ustunlik qiladi, bu UPTQ, YuQS oshishini va buyrak tomirlarining torayishini (oxirgisi avval oshgan buyrak qon oqimi va diurezni kamaytirishi mumkin) keltirib chiqaradi. Qonning minutlik hajmi va UPTQ oshishi oqibatida ham sistolik, ham diastolik AB ko'tariladi. Terapevtik samara boshlanishi - v/i yuborish fonida 5 daqiqa ichida va 10 daqiqa davom etadi.

Nojo'ya ta'sirlar

  • Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: taxikardiya yoki bradikardiya, to'sh ortida og'riqlar, AB oshishi yoki pasayishi, o'tkazuvchanlikning buzilishi, QRS kompleksining kengayishi, vazospazm, chap qorinchada yakuniy diastolik bosimning oshishi; yuqori dozalarda qo'llanilganda - qorinchalar yoki qorinchalar usti aritmiyalari. Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko'ngil aynishi, qusish, OHTdan qon ketishlar. MNT va periferik asab tizimi tomonidan: tez-tez - bosh og'rig'i; kamroq hollarda - xavotirlik, harakat bezovtaligi, qo'l barmoqlari tremori. Moddalar almashinuvi tomonidan: poliuriya. Allergik reaktsiyalar: bronxial astmasi bo'lgan bemorlarda - bronxospazm, shok. Mahalliy reaktsiyalar: dopamin teri ostiga tushganda - teri, teri osti kletchatkasi nekrozlari. Boshqalar: kamroq hollarda - hansirash, azotemiya, piloerektsiya, kamdan-kam hollarda - poliuriya (past dozalarda yuborilganda).

Dozirovkasi

  • 0,5 % 4 % 40 mg/ml

Dozani oshirib yuborilishi

Belgilari: Arterial bosimning haddan tashqari oshishi, periferik arteriyalar spazmi, taxikardiya, qorinchalar ekstrasistoliyasi, stenokardiya, hansirash, bosh og‘rig‘i, psixomotor qo‘zg‘alish. Davolash: Dopamin organizmdan tez chiqarilishi sababli, ko‘rsatilgan holatlar doza kamaytirilganda yoki yuborish to‘xtatilganda bartaraf etiladi. Dozani oshirib yuborish belgilari saqlanib qolganda - qisqa ta’sirli alfa-adrenoblokatorlar (arterial bosim haddan tashqari oshganda) va beta-adrenoblokatorlar (yurak ritmi buzilishlarida).

Dori shaklining ta'rifi

  • Infuziya uchun eritma tayyorlash uchun konsentrat Inyeksiya uchun eritma 0.5% Inyeksiya uchun eritma 4% eritma tiniq, rangsiz yoki biroz sarg'ish rangli.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Diuretiklar bilan bir vaqtda qo‘llanilganda dofaminning siydik haydovchi ta’siri kuchayadi. MAO ingibitorlari (shu jumladan furazolidon, prokarbazin, selegilin), guanetidin bir vaqtda qo‘llanilganda dofaminning kardiostimulyatsiya qiluvchi va pressor samaralari intensivligi va davomiyligi kuchayishi mumkin. Dofaminni tritsiklik antidepressantlar (shu jumladan maprotilin) qabul qilish fonida yuborish uning samaralari kuchayishiga olib keladi (taxikardiya, aritmiya, og‘ir arterial gipertenziya rivojlanishi mumkin). Oktadin bilan bir vaqtda qo‘llanilganda simpatomimetik ta’sir kuchayadi. Dofamin fenitoin bilan bir vaqtda qo‘llanilganda og‘ir arterial gipotenziya rivojlanishi haqida xabar mavjud. Umumiy anesteziya uchun ingalyatsion vositalar, uglevodorod hosilalari (shu jumladan siklopropan, xloroform, enfluran, galotan, izofluran, metoksifluran) bilan bir vaqtda qo‘llanilganda og‘ir yurak ritmi buzilishlari rivojlanish xavfi ortadi. Boshqa simpatomimetiklar, shuningdek kokain kardiotoksik ta’sirni kuchaytiradi. Butirofenon hosilalari, beta-adrenoblokatorlar dofamin ta’sirini kamaytiradi. Dofamin guanadrel, guanetidin, metildopa, rauvolfiya alkaloidlarining (oxirgilar dofamin samarasini uzaytiradi) gipotenziv samarasini kamaytiradi. Levodopa bilan bir vaqtda qo‘llanilganda — aritmiyalar rivojlanish xavfi oshishi. Qalqonsimon bez gormonlari bilan bir vaqtda qo‘llanilganda — dofamin va qalqonsimon bez gormonlari ta’siri kuchayishi mumkin. Ergometrin, ergotamin, metilergometrin, oksitotsin vazokonstriktor samara va ishemiya hamda gangrena, shuningdek og‘ir arterial gipertenziya, kalla ichiga qon quyilishigacha bo‘lgan xavfni oshiradi. Yurak glikozidlari bilan bir vaqtda qo‘llanilganda yurak ritmi buzilishlari rivojlanish xavfi oshishi, additiv ijobiy inotrop samara bo‘lishi mumkin. Nitratlarning antianginal samarasini pasaytiradi, ular o‘z navbatida simpatomimetiklarning pressor samarasini pasaytirishi va arterial gipotenziya yuzaga kelish xavfini oshirishi mumkin. Ishqoriy eritmalar (dofaminni inaktivatsiyalaydi), oksidlovchilar, temir tuzlari, tiamin (B1 vitamini parchalanishiga yordam beradi) bilan farmatsevtik jihatdan mos kelmaydi.

Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

DOFAMIN-DARNISA

DOFAMIN-DARNITSA

Preparatning savdo nomi: Dofamin-Darnisa

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): dofamin gidroxloridi

Dori shakli: infuziya uchun eritma tayyorlash uchun konsentrat

Tarkibi:

1 ml konsentrat quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: dofamin gidroxloridi – 5 mg yoki 40 mg;

yordamchi moddalar: natriy metabisulfiti (Ye223), suyultirilgan xlorid kislotasi, in‘eksiya uchun suv.

Ta‘rifi: tiniq, rangsiz yoki biroz sarg‘ish suyuqlik.

Farmakoterapevtik guruhi: Noglikozid kardiotonik vositalar. Adrenergik va dofaminergik preparatlar.

ATX kodi: S01SA04.

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Kimyoviy kelib chiqishiga ko‘ra, dofamin noradrenalin biosintezining o‘tmishdoshi bo‘lib, dofamin reseptorlariga spesifik rag‘batlantiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi, katta dozalarda esa, α- va β- adrenoreseptorlarini ham rag‘batlantiradi. Dofamin-Darnisaning ta‘siri ostida qon tomirlarining umumiy periferik qarshiligi (QTUPQ) va sistolik arterial bosim oshadi, yurak qisqarishlari kuchayadi, yurakdan otilib chiqadigan qon hajmi oshadi. Yurak qisqarishlari soni nisbatan kam o‘zgaradi. Miokardning kislorodga bo‘lgan ehtiyoji oshadi, ammo koronar qon oqimini oshishi tufayli, kislorodni olib kelinishini oshishi ta‘minlanadi. Dofamin-Darnisa buyrak qon tomirlarining qarshiligini kamaytirib, ularda qon oqimini oshiradi, buyrak kalavalari filtrasiyasini, natriyni ekskresiyasini kuchaytiradi. Qayd etiladigan farmakologik samaralar ta‘sir etuvchi moddaning qondagi konsentrasiyasiga bog‘liq. Past dozalarda (minutiga 0,5-2 mkg/kg) asosan dofamin reseptorlariga ta‘sir ko‘rsatadi. Mezenterial, bosh miya, koronar qon tomirlarni kengaytiradi, buyrak qon tomirlarining qarshiligini kamaytiradi, kalavalar filtrasiyasini oshiradi, diurez va organizmdan natriyni chiqarilishini kuchaytiradi.

O‘rtacha dozalar (minutiga 2-10 mkg/kg) intervalida β1-adrenoreseptorlarni rag‘batlantiradi, bu bilan musbat inotrop samarani chaqiradi, yurakning minutli hajmini oshiradi.

Minutiga 10 mkg/kg va undan yuqoriroq dozalarda α1-adrenoreseptorlarga kattaroq ta‘sir ko‘rsatadi, bu bilan TUPQ ni oshiradi, buyrak qon tomirlarini toraytiradi, arterial bosimni oshiradi, diurezni kamaytiradi.

Yuborish to‘xtatilganidan keyin samarasi ko‘pi bilan 5-10 minut davom etadi.

Farmakokinetikasi

Dofamin noradrenalinning sintezini tabiiy oraliq mahsuloti bo‘lganligi tufayli, uning organizmdagi farmakokinetikasini kuzatishning ko‘pchilik hollarda imkoni yo‘q.

Vena ichiga yuborilganidan keyin yarim chiqarilish davri (T1/2) 5 minutni (o‘rtacha 2 minutni) tashkil qiladi. Deyarli barcha to‘qimalarda metabolizmga uchraydi. Yuborilgan dozaning 75% gacha qismi organizmdan birinchi sutkalar davomida nofaol metabolitlar ko‘rinishida chiqariladi. Yuborilgan dofaminning 25% gachasi qayta qamrab olinish mexanizmi bilan neyrovezikulalarga tushadi va noradrenalinning sintezi uchun ishlatiladi. Ta‘sirini boshlanishi – yuborish boshlanganidan keyin taxminan 5 minut, oxiri – infuziya tugaganidan keyin – 5-10 minut o‘tgach samarasi tugaydi.

Qo‘llanilishi

Shok holati yoki shokni kelib chiqishi natijasidagi xavf soluvchi holatlar:

  • O‘tkir miokard infarkti oqibatidagi yurak yetishmovchiligi (kardiogen shok);
  • Og‘ir infeksiyalar (infeksion-toksik shok);
  • Operasiyadan keyingi shok holati;
  • Arterial bosimining turli genezli og‘ir pasayishi (og‘ir gipotenziya);
  • O‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalarida (anafilaktik shok) qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Preparatning dozasini shokning og‘irlik darajasi, dofamin bilan davolashga bemorning reaksiyasi va nojo‘ya samaralarni hisobga olib, shifokor individual belgilaydi. Gemodinamikaga dofaminning kutilgan samarasini olish uchun, har bir pasient uchun titrlash yo‘li bilan dozani sinchkovlik bilan tanlash lozim.

Davolash kursini boshlashdan avval aylanib yuruvchi qon hajmini tiklash zarur. Dofaminni qo‘llash bilan bir vaqtda elektrolitlar muvozanitini nazorat qilish lozim.

Agar shifokor boshqacha buyurmagan bo‘lsa, quyidagi dozalar tavsiya etiladi:

Yurakni  va qon aylanishini funksional kuchsiz tutib turilishiga javob bera oladigan katta pasientlarga dofaminni boshlang‘ich dozada tana vazniga minutiga 2-5 mg/kg dozada yuborish mumkin.

Bunday holatda og‘ir pasientlar uchun boshlang‘ich doza 5 mg/kg ni tashkil etishi lozim, va zarurati bo‘lsa, tana vazniga nisbatan minutiga 5-10 mg/kg dan tana vazniga maksimal minutiga 20-50  mg/kg gacha oz-ozdan oshirish mumkin (masalan har 15-30 minutda).

Ko‘pchilik bemorlarda dofaminni tana vazniga minutiga 20 mg/kg dan kam dozada qo‘llanganda ham qoniqarli holatga erishish mumkin. Tana vazniga minutiga 20 mg/kg dan ortiq dozada qo‘llash buyrakda qon oqimini qisqarishlari bilan birga kechishi mumkin.

 Yurak yetishmovchiligi yomonlashgan hollarda dofaminni infuziya holida tana vazniga nisbatan minutiga 50 mg/kg dozadan kam miqdorda qo‘llash lozim.

Agar tana vazniga nisbatan minutiga 50 mg/kg dan ortiq dozani qo‘llash zarurati bo‘lsa, u holda diurezni nazorat qilish zarur.

Quyidagi jadvalda turli dozalar va turli boshlang‘ich konsentrasiyalar uchun preparatni yuborish tezligi keltirilgan.

Agar infuziya uchun eritmani tayyorlash uchun 40 mg/ml Dofamin-Darnisa konsentratining bir ampulasi 50 ml infuziya uchun eritmada eritilsa, ushbu eritmaning 1 ml 4000 mkg dofamin gidroxloridini saqlaydi. 

Dozalar Tana vazni 50 kg Tana vazni 70 kg Tana vazni 90 kg
2 mg/kg/min 1,5 ml/soat 2,1 ml/soat 2,7 ml/soat
5 mg/kg/min 3,75 ml/soat 5,25 ml/soat 6,75 ml/soat
10 mg/kg/min 7,5 ml/soat 10,5 ml/soat 13,5 ml/soat
20 mg/kg/min 15 ml/soat 21 ml/soat 27 ml/soat
50 mg/kg/min 37,5 ml/soat 52,5 ml/soat 67,5 ml/soat

Agar infuziya uchun eritmani tayyorlash uchun 40 mg/ml Dofamin-Darnisa konsentratining bir ampulasi 500 ml infuziya uchun eritmada eritilsa, ushbu eritmaning 1 ml 400 mkg dofamin gidroxloridini saqlaydi. 

Dozalar Tana vazni 50 kg Tana vazni 70 kg Tana vazni 90 kg
2 mg/kg/min 15 ml/soat

(5 tomchi/min)

21 ml/ soat

(7 tomchi/min)

27 ml/ soat

(9 tomchi/min)

5 mg/kg/min 37,5 ml/soat

(2 ½ tomchi/min)

52,5 ml/ soat

(17 ½ tomchi/min)

67,5 ml/ soat

(22 ½ tomchi/min)

10 mg/kg/min 75 ml/soat

(25 tomchi/min)

105 ml/ soat

(35 tomchi/min)

135 ml/ soat

(45 tomchi/min)

20 mg/kg/min 150 ml/soat

(50 tomchi/min)

210 ml/ soat

(70 tomchi/min)

270 ml/ soat

(tomchi/min)

50 mg/kg/min 375 ml/soat 525 ml/soat 675 ml/soat

Davolash davomiyligi pasientning klinik holatiga bog‘liq va shifokor tomonidan belgilanadi.

Gipovolemiya aniqlangan pasientlarda dofamin bilan davolashni boshlashdan avval, aylanayotgan qon xajmini tiklash lozim. Dofamin yurak bo‘lmacha-qorinchalari o‘tkazuvchanligini yaxshilashini hisobga olib, xilpillovchi aritmiyasi va qorinchalarning tez javob reaksiyasi bo‘lgan pasientlarga dofaminni buyurishdan avval yurak glikozidlarini yuborish lozim.

Hushida bo‘lmagan bemorlarni davolashda aspirasiya xavfi tufayli, nafas yo‘llarining o‘tkazuvchanligini nazorat qilish lozim. Oldingi va keyingi zo‘riqishi yuqori bo‘lgan pasientlarga yurakka zo‘riqishni kamaytirish maqsadida nitrogliserinni qo‘shimcha tarzda qo‘llash lozim.

Preparatni yuborishdan avval suyultirish lozim. Suyultirish xajmi – 1 ampula qo‘llash uchun tavsiya etilgan erituvchining 250 ml yoki 500 ml da (0,9% li natriy xloridi eritmasi yoki 5% li glyukoza eritmasi) eritiladi.

Infuziya uchun eritmani Dofamin-Darnisani qo‘shgandan so‘ng o‘z rangini o‘zgartirmaydigan,  faqat tiniq eritmalardan foydalanib, aynan uni qo‘llash vaqtida tayyorlash zarur.

Agar iloji bo‘lsa, markaziy venoz kateterni ishlatib infuziyani o‘tkazish kerak.

Tayyorlangan eritma 12 soat davomida ishlatilishi kerak.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Dofamin qo‘llanganida nojo‘ya reaksiyalarning rivojlanishi preparatning farmakologik ta‘siri bilan bog‘liq.

Markaziy va periferik nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, bezovtalik, qo‘rquv hissi, tremor, piloereksiya.

Sezgi a‘zolari tomonidan: midriaz.

Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, me‘da-ichakdan qon ketish.

Yurak-tomir tizimi tomonidan: yurak urishini his qilish, yurak ritmini buzilishi, shu jumladan taxikardiya (qorinchalar, supraventrikulyar va sinusli), bradikardiya, aritmiyalar (eksrasistoliya, qorinchalar ekstrasistoliyasi, qorinchalar aritmiyasi), ektopik yurak ritmi, aberrant qorinchalar o‘tkazuvchanligi, yurak o‘tkazuvchanligini buzilishi, AV-blokada,  QRS kompleksini kengayishi;  yurak to‘sh suyagi ortidagi og‘riq, anginal og‘riq, miokard ishemiyasi, stenokardiya, qorinchalarda bosimni oshishi, arterial bosimni oshishi, gipotenziya,  periferik arteriyalarning spazmi, vazokonstriksiya, qon ketishlar.

Siydik chiqarish tizimi tomonidan: poliuriya.

Nafas a‘zolari tomonidan: dispnoe. Nafas yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda gipoksemiyani oshishi kuzatiladi, bu gipoventilyasiyalanuvchi alveolyar sohalarda o‘ziga xos qon aylanishini oshishiga olib keladi.

Metabolik buzilishlar: azotemiya, qonda mochevina miqdorini oshishi.

Allergik reaksiyalar: o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari, giperemiya, qichishish, terida achichish hissi, bronxial astmasi bo‘lgan bemorlarda – bronxospazm, ongni buzilishi, shok.

Yordamchi modda bo‘lgan natriy metabisulfit juda kam hollarda o‘ta yuqori sezuvchanlikning og‘ir reaksiyalari va bronxospazmga olib kelishi mumkin.

Mahalliy reaksiyalar: yuborish joyida reaksiyalar, preparat teri ostiga tushganida – teri, teri osti kletchatkasining nekrozi. Shuningdek mavjud qon tomir buzilishlari bo‘lgan bemorlarda periferik ishemik gangrena rivojlanishi mumkin.

Anamnezida arterial qon tomirlarini berkilib qolishi (ateroskleroz, arterial emboliya, Reyno kasalligi, sovuq qotish, diabetik mikroangiopatiya va Vinivarbet-Byurgera kabi sovuq jarohatlari) bo‘lgan pasientlarda barmoqlar terisining rangini yoki haroratini har qanday o‘zgarishlarini sinchkov nazorat qilish lozim. Teri rangini yoki haroratini o‘zgarishi keyinchalik terida qon aylanishini yomonlashuvining belgilari bo‘lishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Dofaminga yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik.

Feoxromositoma, tireotoksikoz.

Taxiaritmiya, qorinchalar fibrillyasiyasi, shuningdek qorinchalarning to‘lishiga mexanik to‘siq bilan kechuvchi holatlar. Gipovolemiya (davolashni boshlashdan avval aylanib yuruvchi qonning tanqisligini to‘ldirish lozim).

Yopiq burchakli glaukoma.

Siydik tutilishi bilan kechuvchi prostata bezi giperplaziyasida qo‘llash mumkin emas.

Siklopropan va galogen uglevodorodlar bilan anesteziyadan saqlanish kerak.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Simpatomimetiklar, guanetidin – Dofamin-Darnisaning simpatomimetik samarasi kuchayadi.

Monoaminooksidaza ingibitorlari (MAO) dofaminning samarasini potensiyalaydi va preparatning ta‘sirini uzaytiradi. MAO ingibitorlarini qabul qilayotgan yoki oxirgi 2 xafta davomida qabul qilgan pasientlarni davolash uchun dofaminni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim. Bunday pasientlarga dofaminning eng kichik dozalarini buyurish  kerak (boshlang‘ich doza – oddiy terapevtik dozaning 1/10).

Trisiklik antidepressantlar va maprotilin. Dofamin  nerv oxirlarida erkin noradrenalinni miqdorini oshiradi. Trisiklik antidepressantlar nerv oxirlarida noradrenalinni qayta qamrab olinishini ingibisiya qiladi va shu tariqa dofaminning samarasini potensiyalaydi. Antidepressantlarni qabul qiluvchi pasientlar uchun dofaminning samarasini potensiyalanishi tufayli, uning dozasini kamaytirish lozim.

Dofamin siydik haydovchi preparatlarning ta‘sirini kuchaytirishi mumkin.

Anesteziyalovchi vositalar –kardial nojo‘ya samaralarni rivojlanish xavfi oshadi.

Butirofenon, propranolol – nojo‘ya kardial samaralarni rivojlanish xavfi kamayadi.

Galotan va Siklopropan. Dofaminni galotan, siklopropan va yurak mushaklarini sezgiriligini oshiradigan ayrim boshqa anestetiklar bilan majmuada qo‘llanganida yurak qorinchalari aritmiyasi va arterial gipertenziya rivojlanishi mumkin.

Qalqonsimon bezi preparatlari Dofamin-Darnisaning musbat xronotrop ta‘sirini pasaytiradi.

Fenitoin yoki trisiklik antidepressantlar – dofamin bilan bir vaqtda qo‘llash arterial bosimini  oshishiga va bradiartimiyani paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin.

Seligilin (Parkinson kasalligida qo‘llanadi) – seligininni dofamin bilan bir vaqtda qo‘llamagan ma‘qul.

β-adrenoblokatorlar (propranolol, metoprolol) – dofaminning kardial samaralarini kamaytiradi.

Qisqa ta‘sirga ega α-adrenoblokatorlar (fentolamin) – dofaminning periferik vazokonstriksiyasini kamaytiradi.

Katexin-o-metiltransferaza (KOMT) ingibitorlari, masalan, entakapon, katexolaminlarning, shu jumladan Dofamin-Darnisaning xronotrop va aritmogen samaralarini potensiyalashi mumkin. Potensiyalovchi o‘zaro ta‘sirning klinik ahamiyati aniqlanmagan.

Entakapon bilan davolanayotgan bemorlar dofaminni yuborishdan 1-2 kun oldin preparatning pastroq dozalarini qabul qilishlari lozim.

Dobutamin – dobutamin va Dofamin-Darnisa bir vaqtda yuborilganida arterial bosimni yanada yaqqolroq pasayishi kuzatilishi mumkin, biroq yurak qorinchalarining to‘lish bosimi bunda pasayadi yoki o‘zgarmay qoladi.

Dofamin-Darnisa nitratlarning antianginal ta‘sirini, α-β-adrenoblokatorlar va boshqa gipotenziv vositalarning antigipertenziv ta‘sirini pasaytiradi.

Dofamin-Darnisani yurak glikozidlari, shuningdek diuretik vositalar (furosemid va boshqalar) buyurilishi bilan birga qo‘shish mumkin. Gipovolemik shokda Dofamin-Darnisani plazma, plazma o‘rnini bosuvchilar yoki qonni yuborish bilan birga qo‘llash mumkin.

Shoxkuya preparatlarini qabul qilayotgan pasientlarga Dofaminni qo‘llash mumkin emas.

Nomutanosibligi

Dofamin ishqorlarga sezgir, shuning uchun uni ishqoriy eritmalar (rN 7 dan yuqori) bilan, masalan, natriy gidrokarbonati bilan aralashtirish mumkin emas.

Alteplaza va amfoterisin B dofamin borligida beqarordir.

Bundan tashqari, quyida sanab o‘tilgan moddalar bilan fizik-kimyoviy nomutanosibligi ma‘lum: asiklovir; alteplaza; amikasin; amfoterisin B; ampisillin; sefalotin; dakarbazin; teofillin etilenamin (eufillin); teofillinning kalsiyli tuzi (eufillinning kalsiyli tuzi); furosemid; gentamisin; geparin; temir tuzlari; natriy nitroprussidi; benzilpenisillin; tobramin; oksidlovchilar, tiamin (vitaminni parchalanishiga yordam beradi)

Maxsus ko‘rsatmalar

Gipoksiya, giperkapniya va asidoz nojo‘ya samaralarni yuz berish ehtimolini oshirib, preparatning samaradorligini pasaytiradi. Davolash ushbu holatlarni muvofiqlantirilishi bilan parallel o‘tkazilishi kerak.

Dofaminni yuborishni yurak qisqarishlari soni, arterial bosim, EKG, diurez ko‘rsatkichining nazorati ostida o‘tkazish lozim; shuningdek yurakni zarb xajmi, qorinchalarni to‘lishi bosimi, markaziy venoz bosim, o‘pka arteriyalarining bosimini nazorat qilish lozim.

Barcha holatlarda uzoq muddat parenteral davolashda pasient holatini o‘zgarishlari, minutli xajmi va laborator tahlillarga qaramay, elektrolit va kislota-ishqor muvozanatini, jigar va buyrak funksiyasini muntazam nazorat qilish zarur.

Shok holatidagi bemorlarga yuborishdan oldin gipovolemiya plazma va qonning o‘rnini bosuvchi boshqa suyuqliklarni yuborish bilan to‘g‘rilanishi kerak. Infuziya kardiomonitor nazorati ostida o‘tkazilishi kerak. Gipotenziyasiz diurezni kamayishi, diastolik arterial bosimni haddan tashqari oshishi yoki aritmiyalarni paydo bo‘lishi, dozani kamaytirish yoki infuziyani to‘xtatish kerakligini ko‘rsatadi.

Gipovolemiyaning xar xil turlari dofamin bilan davolashni boshlashdan oldin muvofiqlashtirilishi lozim.

Yurak va qon tomirlarini organik shikastlanishi bo‘lgan pasientlarga asosiy e‘tiborni qaratish lozim, masalan:

  • Yurak ishemik kasalligi, stenokardiyasi bo‘lgan pasientlar;
  • Arteriyalarning obliterasiyalovchi kasalliklari (ateroskleroz, tromboemboliya, Reyno kasalligi, sovuq qotish, diabetik mikroangiopatiya yoki Vinivarter-Byurger kasalligi) bo‘lgan pasientlar;
  • Aritmiyasi bo‘lgan pasientlar.

Preparat atrioventrikulyar o‘tkazuvchanlikni yaxshilashi tufayli, xilpillovchi aritmiyasi bo‘lgan bemorlarga dofamin bilan davolashni boshlashdan oldin digitalis preparatlarini buyurish kerak. O‘tkir miokard infarkti oqibatida kelib chiqqan shokda dofaminning past dozalarini qo‘llash lozim.

Agar diastolik bosimni noproporsional oshishi kuzatilsa (yurakni urish xajmini yaqqol kamayishi), infuziya tezligini kamaytirish lozim, pasientlarni esa, shifokor nazorati ostida qoldirish lozim, chunki bu periferik qon tomirlarning qarshiligini oshishi bilan izohlanadi. Dofaminning hatto kichik dozalarini yuborishni ham, kutilmagan arterial gipotenziyani oldini olish  uchun uni asta – sekin o‘tkazish lozim,  odatda infuziya tezligini oshirgandan keyin o‘tib ketadi.

Preparatning infuziyasini tezligi bemorning holati, diurez, arterial bosim va yurakdan otilib chiqayotgan qon hajmining darajasini o‘zgarishiga qarab, doimo to‘g‘rilab turish kerak. Agar dofaminni qabul qilayotgan bemorlarda, diastolik arterial bosim oshsa ya‘ni (bosim amplitudasi ahamiyatli kamaysa), unga yuborish tezligini kamaytirish lozim va u vazokonstriksiyani keyingi belgilarini sinchkov nazoratiga muhtoj, biroq faqat kutilgan samaraga erishish holatida bo‘lsa.

Diastolik arterial bosim haddan ziyod oshgan hollarda, diurez kamaygan yoki aritmiya paydo bo‘lgan hollarda dofaminni dozasini kamaytirish lozim. Yurak funksiyasi va arterial bosim barqarorlashganda optimal siydik chiqarilishini ta‘minlash maqsadida dozani kamaytirish zarur bo‘lishi mumkin.

Ishemiyani bartaraf etish fentolaminni (5-10 mg fentolamin 0,9% li fiziologik 10-15 ml eritmasida) ingichka ignali shprisda shikastlangan sohaga yuborish yo‘li bilan amalga oshirilishi mumkin. Infuziya to‘xtatilganida arterial gipotenziyani kelib chiqishini xavfi tufayli, dofaminning dozasini asta-sekin pasaytirish zarurati paydo bo‘lishi mumkin.

Dofaminni arteriya ichiga va bolyus in‘eksiyalar ko‘rinishida yuborish mumkin emas.

Anamnezida periferik qon tomirlarining kasalliklari bo‘lgan bemorlarda qo‘l-oyoqlar terisi rangini yoki haroratini har qanday o‘zgarishlarini aniqlash yuzasidan sinchkov nazorat qilish lozim.

Dofaminni yuborish natijasida, ayniqsa periferik qon tomirlarning obliterasiyalovchi kasalliklari va/yoki disseminasiyalangan qon tomir ichki qon ivishi sindromi bo‘lgan bemorlarda qon tomirlarning kuchli torayishi kuzatilishi mumkin, bu nekrozga yoki gangrenaga olib keladi. Ushbu bemorlarning holatini sinchkov nazoratini ta‘minlash zarur; ularda periferik ishemiya belgilari paydo bo‘lgan hollarda dofaminni yuborishni darhol to‘xtatish lozim. Shuningdek, jigar yoki  buyrak funksiyasini buzilishi bo‘lgan bemorlarning holatini ham nazorat qilish lozim.

Komatoz holatdagi bemorlarda nafas yo‘llarining o‘tkazuvchanligini ta‘minlash kerak.

Glyukoza eritmasini qandli diabeti bo‘lgan bo‘lgan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim.

Ekstravazatlarni paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida, dofaminni katta venaga yuborish tavsiya etiladi. Preparat yumshoq to‘qimalarga to‘satdan yuborilsa, ularning nekrozini chaqirishi mumkin. Ekstravazatlar paydo bo‘lganida shikastlangan to‘qimalarni fentolamin bilan  darhol infiltrasiya yo‘li bilan nekrozdan saqlash mumkin.

Ovqat hazm qilish yo‘llarini operativ aralashuvlaridan so‘ng yoki gemorragik diatezi bo‘lgan bemorlarda qon aylanishini qayta taqsimlanishi natijasida qon ketishlari xavfi mavjud.

Infuziya to‘xtatilganida arterial gipotenziyani kelib chiqishini xavfi tufayli, dofaminning dozasini asta-sekin pasaytirishni zarurati paydo bo‘lishi mumkin.

Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanishi.

Preparatni homiladorlik vaqtida qo‘llash tavsiya qilinmagan, chunki uning xavfsizligi va samaradorligi to‘g‘risidagi ma‘lumot yetarli emas.

Dofaminni ko‘krak sutiga chiqarilishi, hamda u chaqaloqqa qanday ta‘sir ko‘rsatishi ham noma‘lum.

Bolalar.

Dofaminni bolalarda qo‘llash to‘g‘risida ma‘lumotlar yo‘q, shuning uchun preparat bu toifa bemorlarda qo‘llanmaydi.

Avtotransrotni yoki boshqa mexanizmlarni boshqarishda  reaksiya tezligiga ta‘sir qilish xususiyati.

Dofamin-Darnisa – juda qisqa yarim parchalanish davriga ega bo‘lgan stasionar sharoitlarda qo‘llanadigan preparatdir. Stasionardan chiqarilganidan keyin avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaksiya tezligiga preparatni ta‘sir qilish imkoniyati yo‘q.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib yuborilishi simptomlari odatda dofaminning simptomatik samaralari bilan bog‘liq.

Yuqori dozalarni qo‘llashda α- reseptorlar  β- reseptorlarning antagonistik samarasi bilan birgalikda qo‘zg‘aluvchanligi oshadi, oxirida tomirlarni toraytiruvchi samarasi kuzatiladi.

Simptomlari: Arterial bosimni keskin oshishi, taxikardiya, aritmiya, chap qorinchada diastolik bosimni oshishi, keyinchalik o‘pka shishi kuzatiladi, stenokardiya xurujlari (ayniqsa yurak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda), ko‘krakda noaniq og‘riq, yurakni urib ketishi, ko‘ngil aynishi, qusish, barmoqlarni sovuq qotishi hissi, sianoz.

 Davolash. Dozani kamaytirish yoki yuborishni vaqtinchalik to‘xtatish, chunki dofaminning ta‘sir davomiyligi juda qisqa. Agar ushbu choralar yetarli bo‘lmasa, βblokatorlar va nitrogliserinni qo‘llash kerak. Zarurati bo‘lsa fentolmin yuboriladi.

Chiqarilish shakli

5 ml dan ampulada; 10 ampuladan qutida; 5 ampuladan kontur uyali o‘ramda; 2 kontur uyali o‘ramdan qutida.

Saqlash sharoiti

Original o‘ramida, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.  Muzlatilmasin.

Yaroqlilik muddati

4 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:
Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Dofamin preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

Dofamin haqida savollar

Dofamin haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil