Apteka.uz
SavatKirish

Dro-shpa

Dro-shpa chiqarilish shakllari

DRO SHPA tabletkalari
DRO SHPA tabletkalari
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
TORIMED PHARM OOO
- Dro-shpa qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Dro-shpaning tarkibi
- Dro-shpa ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Dro-shpa narxi Toshkent dorixonalarida

Dro-shpa haqida qo'llanma

Umumiy ma'lumot

QO‘llash BO‘YICHA yO‘riQnoma

DRO–SHPA DRO-SPA

 

Preparatning savdo nomi: Dro-Shpa

Ta‘sir etuvchi modda (MNN): Drotaverin gidroxlorid

Dori shakli: tabletkalar

faol modda: drotaverin gidroxlorid – 40 mg;

yordamchi moddalar: sut qandi, kartoshka kraxmali, magniy stearati, stearin kislotasi.

Ta‘rifi: yashil-sariq rangli, yassi yuzali, faskali tabletkalar. Biroz marmarlikga yo‘l qo‘yiladi.

Farmakoterapevtik guruhi: Spazmolitik vosita.

Kod ATX: A03AD02

Farmakologik xususiyatlari

Miotrop spazmolitik. Silliq mushak hujayralariga kalsiy ionlarining kirishini kamaytiradi (fosfodiesterazani susaytiradi, hujayra ichida sAMF ning to‘planishiga olib keladi). Ichki a‘zolarning silliq mushaklari tonusini va ichakning xarakat faolligini pasaytiradi, qon tomirlarini kengaytiradi. Vegetativ nerv tizimiga ta‘sir qilmaydi, markaziy nerv tizimiga o‘tmaydi.

Silliq mushaklarga bevosita ta‘sirining borligi, M-xolinoblokatorlar guruhiga mansub preparatlarni qo‘llash mumkin bo‘lmagan hollarda (yopiq burchakli glaukoma, glaukoma, prostata bezining giperplaziyasi) spazmolitik sifatida ishlatish imkonini beradi.

 

Farmakokinetikasi

Peroral qabul qilinganida so‘rilishi yuqori, yarim so‘rilish davri – 12 minut. Biokiraolishligi – 100%. To‘qimalar bo‘ylab bir tekis taqsimlanadi, silliq mushak hujayralariga kiradi. Qonda maksimal konsentrasiyaga erishish vaqti – 2 soat. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi – 95-98%. Asosan buyraklar orqali, kam darajada – safro bilan chiqariladi. Gematoensefalik to‘siq orqali o‘tmaydi.

Qo‘llanilishi

Surunkali gastroduodenitda, surunkali xolesistitda, o‘t-tosh kasalligida, postxolesistektomik sindromida, me‘da va 12 barmoq ichakning yara kasalligida, kardio- va pilorospazmda, spastik kolitda, silliq mushaklarni spazmi bilan bog‘liq og‘riq sindromi va funksional holatlarini oldini olish va davolash.

Periferik arterial tomirlar, bosh miya qon tomirlarining spazmi, buyrak – tosh kasalligi, algodismenorreya, bachadon qisqarishlarini kuchsizlantirish va tug‘riqlarda bachadon bo‘yni spazmini olish uchun, instrumental tekshirishlarni o‘tkazishda qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozasi

Kattalarga ichga 0,04-0,08 g dan sutkada 2-3 marta buyuriladi. 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga bir martalik dozada 0,01-0,02 g, 6 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 0,02 g sutkada 1-2 marta buyuriladi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, uyqusizlik, yurak urishi, arterial bosimni pasayishi, tezlashgan yurak urishi, qizish hissi, terlash, allergik teri reaksiyalari, me‘da-ichak buzilishlari (ko‘ngil aynishi, qabziyat) kuzatiladi.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik, yaqqol jigar, buyrak, yurak yetishmovchiligi, II–III darajali atrioventrikulyar blokada, kardiogen shok, arterial gipotenziyada qo‘llash mumkin emas.

Koronar arteriyalarning yaqqol aterosklerozi, prostata bezining giperplaziyasi, glaukomasi bo‘lgan pasientlarga, homiladorlik va laktasiya davrida ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Bir vaqtda qo‘llanganida levodopaning parkinsonizmga qarshi samarasini susaytirishi mumkin.

Papaverin, bendazol va boshqa spazmolitiklarning (shu jumladan M-xolinoblokatorlar) ta‘sirini, trisiklik antidepressantlar, xinidin va prokainamid chaqirgan arterial bosimning pasayishini kuchaytiradi.

Morfinning spazmogen faolligini kamaytiradi.

Fenobarbital drotaverin gidroxloridning spazmolitik ta‘sirining yaqqolligini oshiradi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Preparat laktoza saqlaydi. Bu laktozani o‘zlashtiraolmaydigan shaxslarda me‘da-ichak shikoyatlarini chaqirishi mumkin. Ushbu shakli laktoza, galaktozani yoki glyukoza/galaktozani so‘rilishini buzilish sindromi bo‘lgan bemorlar uchun to‘g‘ri kelmaydi. Hayvonlardagi tadqiqotlari eksperimentlari va klinik ma‘lumotlarni retrospektiv tekshirishlari drotaverinni homiladorlik davrida qo‘llash teratogen va embriotoksik ta‘sirlarga olib kelmasligini ko‘rsatadi. Ammo preparatni afzalligi va xavfi nisbatini sinchiklab baholagandan keyin qo‘llash tavsiya qilinadi. Kerakli klinik ma‘lumotlarning yo‘qligi sababli laktasiya davrida buyurish tavsiya qilinmaydi. Terapevtik dozalarda ichga qabul qilinganda drotaverin avtomobilni boshqarish va diqqatni yuqori jamlashni talab qiluvchi ishlarni bajarish qobiliyatiga ta‘sir qilmaydi. Bironta nojo‘ya ta‘sirlari paydo bo‘lganida transportni haydash va stanoklarda ishlash masalasini shaxsiy ko‘rib chiqish talab qilinadi.

Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlash va uni yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatmaslik lozim.

  Dozani oshirib yuborilishi

Katta dozalarda bo‘lmacha – qorincha o‘tkazuvchanligini buzadi, yurak mushakning qo‘zg‘aluvchanligini pasaytiradi, yurak to‘xtashini va nafas markazining falajligini chaqirishi mumkin.

  Chiqarilish shakli Tabletkalar 40 mg dan. 10, 20, 50 va 100 tabletkalardan blisterlarda va flakonlarda.   Saqlash sharoiti

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

  Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

Ulashish:

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik, yaqqol jigar, buyrak, yurak yetishmovchiligi; II–III darajali atrioventrikulyar blokada, kardiogen shok, arterial gipotenziya, 1 yoshgacha bo‘lgan bolalar.
Koronar arteriyalarning yaqqol aterosklerozi, prostata bezi giperplaziyasi, glaukoma bo‘lgan bemorlarga, homiladorlik va laktatsiya davrida ehtiyotkorlik bilan tayinlanadi.

Farmakokinetikasi

Oral qabul qilinganda so'rilishi – yuqori, yarim so'rilish davri – 12 daqiqa. Biokiraolishligi – 100%. To'qimalar bo'ylab bir tekis taqsimlanadi, silliq mushak hujayralariga kiradi. Qonda maksimal kontsentratsiyaga erishish vaqti – 2 soat. Plazma oqsillari bilan bog'lanishi – 95-98%. Asosan, buyraklar orqali, kamroq darajada – safro bilan chiqariladi. Gematoensefalik to'siq orqali o'tmaydi.

Farmakologik ta'siri

Miotrop spazmolitik. Silliq mushak hujayralariga kaltsiy ionlarining kirishini kamaytiradi (fosfodiesterazani ingibirlaydi, hujayra ichidagi tsAMF to'planishiga olib keladi). Ichki organlar silliq mushaklari tonusini va ichak peristaltikasini pasaytiradi, qon tomirlarini kengaytiradi. Vegetativ nerv tizimiga ta'sir qilmaydi, markaziy nerv tizimiga o'tmaydi. Silliq mushaklarga bevosita ta'sir ko'rsatishi M–xolinoblokatorlar guruhiga kiruvchi preparatlar qarshi ko'rsatma bo'lgan hollarda (yopiq burchakli glaukoma, glaukoma, prostata bezi giperplaziyasi) spazmolitik sifatida foydalanishga imkon beradi.

Maxsus ko‘rsatmalari

Preparat laktoza saqlaydi. Bu laktozani ko'tara olmaydigan shaxslarda oshqozon-ichak shikoyatlarini chaqirishi mumkin.
Ushbu shakl laktaza tanqisligi, galaktozemiya yoki glyukoza/galaktoza so'rilishi buzilgan sindromidan aziyat chekuvchi bemorlar uchun qabul qilinishi mumkin emas.
Ichga terapevtik dozalarda qabul qilinganda, drotaverin avtomobilni boshqarish va yuqori diqqatni talab qiluvchi ishlarni bajarish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi. Har qanday nojo'ya ta'sirlar namoyon bo'lganda, transportni haydash va dastgohlarda ishlash to'g'risidagi masala individual ko'rib chiqishni talab qiladi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o'tgandan keyin uni ishlatmaslik kerak.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Bir vaqtda qo'llanilganda levodopaning parkinsonizmga qarshi samarasini susaytirishi mumkin.
Papaverin, bendazol va boshqa spazmolitiklar (shu jumladan M-xolinoblokatorlar) ta'sirini, tritsiklik antidepressantlar, xinidin va prokainamid chaqirgan arterial qon bosimining pasayishini kuchaytiradi.
Morfinning spazmogen faolligini kamaytiradi.
Fenobarbital drotaverin gidroxloridning spazmolitik ta'siri namoyon bo'lishini oshiradi.

Qo‘llash usuli va dozirovkasi

Kattalarga ichga 0,04–0,08 g dan sutkasiga 2-3 marta tayinlanadi. 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga bir martalik dozada 0,01–0,02 g, 6 dan 12 yoshgacha – 0,02 g dan sutkasiga 1-2 marta tayinlanadi.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Dro-shpa preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing
Manbalar ro‘yxati:

Dro-shpa haqida savollar

Dro-shpa haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil