Ташкент
logo
SavatKirish

EXINAKS

EXINAKS chiqarish shakllari

EXINAKS kapsulalar  N30
EXINAKS kapsulalar N30
Tailand
Ishlab chiqaruvchi:
Mega Lifesciences (Australia) Pty. Ltd, Avstraliya proizvedeno: MegaLifesciences Ltd
- EXINAKS qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- EXINAKSning tarkibi
- EXINAKS ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- EXINAKS narxi Toshkent dorixonalarida

EXINAKS qo'llanmasi

Ishlab chiqarilish joyi
Tailand
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

EXINAKS

ECHINAX

Preparatning savdo nomi: Exinaks

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): presslangan exinasea sharbatining kukuni

Dori shakli: kapsulalar

Tarkibi:

Har bir yumshoq jelatin kapsula quyidagilarni saqlaydi:

faol modda:

presslangan exinasea sharbatining kukuni                   140 mg;

6300 mg yangi exinasea o‘simligi (Echinacea purpurea) ga ekvivalent.

yordamchi moddalar: soya moyi, gidratlangan o‘simlik moyi, kolloid kremniy dioksidi, lesitin (35% RS), jelatin, gliserin, tozalangan suv, titan dioksidi, FD&C Red №40, brilliant ko‘ki.

Ta‘rifi: ovalsimon, tiniq bo‘lmagan binafsha rangli yumshoq jelatin kapsulalar.

Farmakoterapevtik guruhi: immunomodulyator vosita.

ATX kodi: L03AX

Farmakologik hususiyatlari

To‘q qizil exinaseyani ildizpoyasi va ildizi polisaxaridlar (inulin, levulyoza, betain), flavanoidlar, yog‘ va efir moylari, glikozidlar, fitosterinlar, smola, mikroelementlar (magniy, kaliy, temir, alyuminiy) saqlaydi.

Exinaseya preparatlari neytrofillar va makrofaglarning fagositar faolligini oshishiga yordam beradi, plazmatik hujayralarda V-limfositlarning transformasiyasini va interleykin-1 sintezini rag‘batlantiradi, T-xelperlarning faoliyatini yaxshilaydi, moddalar almashinuvi jarayonlarini normallashtiradi, markaziy nerv tizimining faoliyatini stimullaydi, antibakterial, viruslarga qarshi va yallig‘lanishga qarshi hususiyatlarga ega.

Qo‘llanilishi

Shamollashda va nafas yo‘llarining surunkali infeksiyalarida samarani bir maromda saqlab turuvchi davolash uchun qo‘llanadigan immunostimulyator vositadir.

Qo‘llash usuli va dozasi

1 kapsuladan kuniga 2-3 marta yoki shifokor tavsiyasi bo‘yicha qabul qilinadi.

Preparatni sakkiz haftadan ortiq qabul qilish tavsiya etilmaydi. Shunday qilib, agar exinasea bilan davolash sakkiz hafta davomida natija bermasa va kasallikning simptomlari yaqqolligicha qolgan bo‘lsa, faolroq davolashga o‘tish kerak.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Preparatning afzalligi bo‘lib uni o‘simliklardan olinishidir, bu ba‘zi dori vositalariga xos bo‘lgan bosh aylanishi kabi nojo‘ya samaralarni deyarli xolisligidan dalolat beradi. Simptomlar aniqlanganida davolovchi shifokor bilan maslahatlashing. Kam hollarda yuqori sezuvchanlik reaksiyalari, masalan teri reaksiyalari kuzatilgan.

 

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • preparatning har qanday komponentiga, shuningdek Asteraceae oilasiga mansub bo‘lgan o‘simliklarga, jumladan arnika gullari, moychechak gullari, dastorbosh, ambroziya, qo‘qongul va xrizantema gullariga yuqori sezuvchanlikda;
  • tuberkulyoz, leykoz, kollagenoz, tarqoq skleroz, OITS, OITV kabi avj olib boruvchi tizimli kasalliklarda;
  • boshqa autoimmun kasalliklarida qo‘llash mumkin emas.

Maxsus ko‘rsatmalar

Homiladorlik va laktasiya

Ma‘lumotlar yo‘q. Umumiy tibbiyot amaliyotida qabul qilinganidek homiladorlik va laktasiya davrida tibbiy maslahatsiz preparatni qo‘llash mumkin emas.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Exinaseyaning tavsiya etilgan dozalari yoki qo‘llash davomiyligi oshirib yuborilganida me‘da-ichak yo‘llari faoliyatini buzilish simptomlari (ko‘ngil aynishi, qusish), nerv qo‘zg‘aluvchanlikni oshishi, uyquni buzilishi rivojlanishi mumkin.

Dozasi oshirib yuborilganida preparatni qabul qilishni to‘xtatish va simptomatik va samarasini tutib turuvchi davolashni boshlash kerak.

Chiqarilish shakli

10 kapsuladan alyumin folga va PVX kontur uyali o‘ramda. 3 kontur uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

Saqlash sharoiti.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish tartibi.

Reseptsiz.

Ulashish:

EXINAKS barcha rasmlari

Barcha rasmlar

EXINAKS savollari

EXINAKS fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil