Apteka.uz
SavatKirish

Erinit

Erinit chiqarilish shakllari

ERINIT tabletkalari 10mg N50
Retseptli
ERINIT tabletkalari 10mg N50
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Tatximfarmpreparati, AO
•15 ta dorixonada bor
Narxi
13 000 so'm dan
- Erinit qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Erinitning tarkibi
- Erinit ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Erinit narxi Toshkent dorixonalarida

Erinit qo'llanmasi

Ishlab chiqarilish joyi
Rossiya Federatsiyasi,
O'zbekiston
Kategoriya

Qo‘llash ko‘rsatmalari

  • YIK, stenokardiya (xurujlar profilaktikasi, sh.j. infarktdan keyingi davrda); yurak yetishmovchiligi (majmuaviy terapiya tarkibida).

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

  • O‘tkir yoki yaqinda o‘tkazilgan miokard infarkti, yaqqol arterial gipotenziya, yuqori kalla ichi va ko‘z ichi bosimi, pentaeritritila tetranitratiga yuqori sezuvchanlik.

Tarkibi

  • 1 tab. pentaeritritil tetranitrati 10 mg Pentaeritritil tetranitrat 10mg; kartoshka kraxmali, , saxaroza, stearin kislotasi, talk, dekstroza

Farmakokinetikasi

Ichga qabul qilinganda pentaeritritil tetranitrat MIYdan sekin absorbtsiya qilinadi.

Farmakologik ta'siri

Ta'sir yuklamadan oldingi bosimni (periferik venalarning kengayishi va o'ng bo'lmachaga qon oqimining kamayishi) va yuklamadan keyingi bosimni (UPTQ ning kamayishi) kamaytirish, shuningdek bevosita koronar tomirlarni kengaytiruvchi samara bilan bog'liq. Qon ta'minoti pasaygan sohada koronar qon oqimining qayta taqsimlanishiga yordam beradi. YuIK (yurak ishemik kasalligi), stenokardiyasi bo'lgan bemorlarda jismoniy yuklamaga tolerantlikni oshiradi. Yurak etishmovchiligida yuklamadan oldingi bosimni kamaytirish hisobiga miokardni engillashtirishga yordam beradi. Kichik qon aylanish doirasidagi bosimni pasaytiradi. Nitrogilitserin bilan solishtirganda ta'sir sekinroq rivojlanadi, ammo uzoqroq davomiylik bilan tavsiflanadi.

Nojo'ya ta'sirlar

  • Odatda yaxshi o'zlashtiriladi. Nitroglycerin qabul qilganda kuzatiladigan nojo'ya hodisalar (bosh og'rig'i, quloqlarda shovqin, bosh aylanishi, arterial qon bosimining pasayishi) erinit qo'llanilganda kamdan-kam uchraydi va kamroq ifodalangan; ba'zida ichak funktsiyasining buzilishi (ich ketishi) kuzatiladi. Doza kamaytirilganda yoki preparat qabul qilish to'xtatilgandan so'ng nojo'ya hodisalar o'tib ketadi.

Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

ERINIT

ERYNITUM

Preparatning savdo nomi: Erinit

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): pentaeritrit tetranitrati

Dori shakli: tabletkalar

Tarkibi:

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

«Erinit» tabletkasining massasi – erinit saqlovchi (pentaeritritila tetranitrat) –10 mg.

Ta‘rifi: oq rangli tabletkalar, dog‘lar bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.

Farmakoterapevtik guruhi: Antianginal vositalar

ATX kodi: S01DA05

Farmakologik xususiyatlari

Organik nitrat. Asosan vena tomirlariga ta‘sir etuvchi periferik vazodilyatator. Pentaeritritil trinitrat ta‘siri yurakning qisqarishi oldidagi (periferik venalarni kengayishi va o‘ng bo‘lmachaga qon kelishini kamayishi) va qisqarganidan keyingi yuklamani kamayishi (umumiy periferik tomirlarning qarshiligini kamayishi), hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri koronar tomirlarni kengaytirishi bilan bog‘liq. Qon bilan ta‘minlanishi kamaygan joylarda qaytadan koronar qon oqishini yaxshilanishiga yordam beradi. Yurak yetishmovchiligida preparat qisqarish oldi yuklamani kamaytirishi xisobiga, miokard ishini kamayishiga yordam beradi. Kichik qon aylanish doirasida bosimni kamaytiradi. Nitrogliseringa nisbatan ta‘siri sekin rivojlanadi, lekin uzoqroq davom etadi. Ichga qabul qilinganda ta‘siri 30-45 minutdan so‘ng namoyon bo‘ladi va 4-5 soat davom etadi.

Qo‘llanilishi

Stenokardiya xurujlarini oldini olish uchun (shu jumladan kechgi infarktdan keyingi davrdagi), surunkali yurak yetishmovchiligini kompleks davolash.

Qo‘llash usuli va dozalari

Ovqatdan 1 soat oldin ichiladi. Doza individual belgilanadi. Odatda 10 – 20 mg (1-2 tabletka) sutkada 3-4 marta qabul qilinadi. Zarurati bo‘lganida doza 40 mg gacha, sutkada 4 marta yoki 80 mg gacha, sutkada 2 martaga ko‘paytiriladi. Tungi stenokardiya xurujlarini oldini olish uchun 20 mg uyqudan oldin buyuriladi. Davolash  kursi odatda 2-4 xafta davom etadi. Kasallikning xolatiga qarab, davolash  kursi tanaffusdan so‘ng qayta  buyuriladi.

Uzoq vaqt preparat qabul qilinganida tolerantlik rivojlanishi mumkin.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Ortostatik gipotoniya, bosh og‘rig‘i, quloqlarda shovqin, bosh aylanishi. Teri allergik reaksiyalari, charchoqlik xissi, bezovtalik, ko‘p terlash, ichak faoliyatining buzilishi (ich ketish) xolatlari kuzatilishi mumkin. Doza kamaytirilganda yoki preparat qabul qilish to‘xtatilganda nojo‘ya ta‘sirlar o‘tib ketadi.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar

Yaqqol arterial gipotoniya, kollaps, shok, o‘tkir yoki yaqinda o‘tkazilgan miokard infarkti, ko‘z ichki va bosh miya suyagi ichki bosimini oshishida (shu jumladan gemorragik insult, bosh miya  jaroxati, yopiqburchakli glaukoma),  preparatga va boshqa organik nitratlarga yuqori sezuvchanlik.

Dorilar bilan o‘zaro ta‘siri

Digidroergotamin bilan birga qo‘llash preparatni antianginal samarasini kamayishiga olib keladi, bu birgalik norasional xisoblanadi. Anaprilin bilan kombinasiyalash rasionaldir, chunki bunda preparatni antianginal ta‘siri kuchayadi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Samarasi sekin namoyon bo‘lganligi sababli preparat stenokardiya xurujlarini bartaraf qilish uchun davolanish davrida alkogolli ichimliklar ichishdan chetlanish kerak. Arterial gipotoniyaga moyilligi bo‘lgan keksalarda, xomiladorlik va emizikli davrda preparat extiyotkorlik bilan buyuriladi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dori shakli

Tabletkalar 10 mg dan kontur uyali va uyasiz o‘ramlarda.

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:
Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Erinit preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

Erinit narxlari

Dorixonalar
Manzil
Ish vaqti
Sotib olish
CITY PHARM Universam 20
Yunusobod tumani, Amir Temur shoh ko'ch., 41/3 uy
24/7
13 000 so'm
Bron qilish
CITY PHARM Virusologiya 24
Yunusobod tumani, Yangishaxar, 24 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
13 000 so'm
Bron qilish
CITY PHARM Kardiologiya 27
Mirzo Ulug'bek tumani, Osiyo ko'ch., 17 uy
24/7
13 000 so'm
Bron qilish
Eco Pharm №7
Bektemir tumani, Suvsoz 2 mavzesi, 77 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
39 000 so'm
Bron qilish

Erinit barcha rasmlari

Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar

Erinit haqida savollar

Erinit haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil