Ersefuril
Ersefuril chiqarilish shakllari

Ersefuril haqida qo'llanma
Qo‘llash ko‘rsatmalari
- O'tkir bakterial diareya.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
- Yuqori sezuvchanlik (shu jumladan boshqa nitrofuran hosilalariga); 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar.
Tarkibi
- Nifuroksazid 200 mg Saxaroza 72.0 mg Magniy stearati 1.8 mg Makkajo‘xori kraxmali 88.0 mg Kapsula qobig‘i tarkibi: suv, jelatin, titan dioksidi, temir oksidi sariq.
Farmakokinetikasi
Farmakologik ta'siri
Nojo'ya ta'sirlar
- Juda kamdan-kam hollarda teri toshmalari, eshakemi, Kvinke shishi yoki anafilaktik shok kabi allergik reaktsiyalar bo'lishi mumkin.
Dozirovkasi
Preparat ichga qabul qilinadi.
Kattalarga 200 mg dan (1 kaps.) sutkasiga 4 marta (qabullar orasidagi interval 6 soat); 6 dan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarga - 200 mg dan (1 kaps.) sutkasiga 3-4 marta (qabullar orasidagi interval 6-8 soat); 3 dan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 200 mg dan (1 kaps.) sutkasiga 3 marta (qabullar orasidagi interval 8 soat) tayinlanadi.
Davolash kursi davomiyligi 5-7 kunni, lekin 7 kundan ko‘p bo‘lmagan muddatni tashkil qiladi.
Agar qabul qilishning dastlabki 3 kunida yaxshilanish kuzatilmasa, bemor shifokorga murojaat qilishi kerak.
Preparatni faqat yo‘riqnomada ko‘rsatilgan qo‘llash usuli va dozalarga muvofiq qo‘llash kerak. Zarurat bo‘lganda preparatni qo‘llashdan oldin bemor shifokor bilan maslahatlashishi kerak.
Dori shaklining ta'rifi
- Kapsulalar
Maxsus saqlash sharoitlari
Diareyani davolashda nifuroksazid bilan terapiya bilan bir vaqtda regidratatsion terapiya o'tkazish zarur. Tizimli shikastlanish belgilari (umumiy holat yomonlashishi, tana harorati ko'tarilishi, intoksikatsiya yoki infeksiya simptomlari) bilan kechuvchi bakterial diareya holatida bemor tizimli ta'sir etuvchi antibakterial preparatlarni qo'llash masalasini hal qilish uchun shifokorga murojaat qilishi kerak.
O'ta yuqori sezuvchanlik simptomlari (hansirash, teri toshmasi, teri qichishishi) paydo bo'lganda preparat qabul qilishni to'xtatish kerak.
Nifuroksazid bilan terapiya vaqtida alkogol iste'mol qilish taqiqlanadi.
Qandli diabeti bo'lgan bemorlar uchun ko'rsatma: Ersefuril® preparatining bitta bir martalik dozasi (1 kaps.) 72 mg saxaroza saqlaydi, bu 0,00072 NB ga to'g'ri keladi. Maksimal sutkalik doza (4 kaps.) 288 mg saxaroza saqlaydi, bu 0,0288 NB ga to'g'ri keladi.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Ersefuril® preparati transport vositalarini va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Nojo'ya samaralari
Allergik reaksiyalar: bo'lishi mumkin - teri toshmalari, eshakemi, Kvinke shishi, anafilaktik shok.
Agar yo'riqnomada ko'rsatilgan har qanday nojo'ya ta'sirlar kuchaysa yoki yo'riqnomada ko'rsatilmagan boshqa nojo'ya ta'sirlar qayd etilsa, bemor bu haqda shifokorga xabar berishi kerak.
- 1. Dori vositalari va tibbiy buyumlar Davlat reestri (O‘zbekiston Respublikasi)
- 2. Ishlab chiqaruvchining rasmiy yo‘riqnomasi
- 3. Anatomik-terapevtik-kimyoviy tasnif (ATX)
















