logo
SavatKirish

Stopdiar

Stopdiar chiqarilish shakllari

STOPDIAR tabletkalari 100mg N24
Retseptsiz
STOPDIAR tabletkalari 100mg N24
Polsha
Ishlab chiqaruvchi:
Gedeon Richter PLC, Vengriya proizvedeno: Gedeon Richter Poland Ltd
•134 ta dorixonada bor
Narxi
33 000 so'm dan
STOPDIAR suspenziya 90ml 220mg/5ml
Retseptsiz
STOPDIAR suspenziya 90ml 220mg/5ml
Ruminiya
Ishlab chiqaruvchi:
Gedeon Richter PLC, Vengriya vipuskayushiy kontrol kachestva: Gedeon Richter Poland Co. Ltd, Polsha proizvedeno: Gedeon Richter Romania SA
•122 ta dorixonada bor
Narxi
59 100 so'm dan
STOPDIAR kapsulalar  200mg N12
Retseptsiz
STOPDIAR kapsulalar 200mg N12
Polsha
Ishlab chiqaruvchi:
Gedeon Richter Poland., Co. Ltd., Polsha (proizvoditel) dlya Gedeon Richter PLC, Vengriya
•81 ta dorixonada bor
Narxi
34 000 so'm dan
- Stopdiar qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Stopdiarning tarkibi
- Stopdiar ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Stopdiar narxi Toshkent dorixonalarida

Stopdiar qo'llanmasi

Ishlab chiqarilish joyi
Polsha,
Ruminiya,
Vengriya
Faol modda
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Qo‘llash ko‘rsatmalari
  • — ichak grammusbat bakteriyalari (Staphylococcus spp., Streptococcus spp., Haemophilus influenzae), shuningdek ba'zi grammanfiy bakteriyalar (Salmonella spp., Shigella spp., Klebsiella spp., Escherichia coli, Proteus spp., Enterobacter spp.) chaqirgan o'tkir va surunkali diareya.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
  • — 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar; — 5-nitrofuran hosilalariga yuqori sezuvchanlik reaksiyalari.
Tarkibi
  • 100 g (90 ml) suspenziya 4,0 g nifuroksazidni saqlaydi (220 mg /5 ml); yordamchi moddalar: karboksipolimetilen, saxaroza, natriy gidroksidi, limon kislotasi monogidrati, ko‘piklanishga qarshi emulsiya (Antifoam AF), metilparagidroksibenzoat, banan aromatizatori (banan essentsiyasi), tozalangan suv. nifuroksazid 100 mg Yordamchi moddalar: kolloid kremniy dioksidi (Aerosil gidrofil 200), kartoshka kraxmali, jelatin, talk, magniy stearati. Plyonka qobiq tarkibi: gipromelloza, titan dioksidi, talk, polietilenglikol 20 000, bo‘yoqchi xinolin sariq. 1 kapsula tarkibi: Ta'sir etuvchi modda: nifuroksazid - 200 mg; Yordamchi moddalar: makkajo‘xori kraxmali - 78,0 mg, saxaroza - 72,0 mg, oldindan jelatinlangan makkajo‘xori kraxmali - 8,0 mg, magniy stearati - 2,0 mg. Kapsula tarkibi: qopqoqcha: jelatin - 29,944 mg, titan dioksidi - 0,304 mg, bo‘yoqchi temir oksidi sariq - 0,152 mg; korpus: jelatin - 44,916 mg, titan dioksidi - 0,456 mg, bo‘yoqchi temir oksidi sariq - 0,228 mg.
Farmakokinetikasi
Peroral qabul qilingandan so‘ng ovqat hazm qilish traktidan deyarli so‘rilmaydi, ichakda ta'sir etuvchi moddaning yuqori konsentratsiyasini hosil qiladi. Bunday farmakokinetik xususiyatlari tufayli preparat faqat enteral antiseptik ta'sir ko‘rsatadi, tizimli antibakterial faollikka ega emas, umumiy toksik ta'sirlarni keltirib chiqarmaydi; organizmdan axlat bilan chiqariladi. Preparat qon tahlilining klinik va biokimyoviy ko‘rsatkichlariga ta'sir ko‘rsatmaydi.
Farmakologik ta'siri
Nifuroksazid - ichak antiseptigi, 5-nitrofuran hosilasi; ichak infektsiyalarining ko'pchilik qo'zg'atuvchilariga (shu jumladan boshqa mikroblarga qarshi vositalarga chidamli mutant shtammlarga): grammusbat (Staphylococcus oilasi) va grammanfiy (Enterobacteriaceae oilasi: Escherichia, Citrobacter, Enterobacter, Klebsiella, Salmonella, Shigella, Proteus, Yersinia), shuningdek Vibrio cholerae ga nisbatan faol. Pseudomonas urug'i va Proteus urug'i (Proteus inconstans turi) bakteriyalariga, shuningdek Providentia alcalifaciens turining A kichik guruh shtammlariga nisbatan faol emas. Preparat degidrogenazalar faolligini bostiradi va patogen bakteriyalarda oqsil sintezini buzadi deb taxmin qilinadi. O'rtacha terapevtik dozalarda bakteriostatik faollikka ega, yuqori dozalarda esa - bakteritsid ta'sir ko'rsatadi. Samara davolashning birinchi soatlaridan namoyon bo'ladi. Terapevtik dozalarda ichakning simbioz bakterial florasi muvozanatini deyarli buzmaydi; patogen mikroorganizmlarning rezistent shtammlari rivojlanishini va bakteriyalarning boshqa mikroblarga qarshi vositalarga kesishgan chidamliligini keltirib chiqarmaydi, bu zarurat bo'lganda, generalizatsiyalangan infektsiyalarda uni tizimli preparatlar bilan kompleks terapiyada buyurish imkonini beradi. Virusli genezli ichak infektsiyalarida bakterial superinfektsiya rivojlanishining oldini oladi.
Nojo'ya ta'sirlar
  • Nifuroksazid yaxshi o'zlashtiriladi, nojo'ya ta'sirlar deyarli kuzatilmagan. Yakka hollarda, nifuroksazidga individual yuqori sezuvchanlik mavjud bo'lganda, qorinda og'riq, ko'ngil aynishi va diareyaning kuchayishi bo'lishi mumkin (ko'rsatilgan simptomlar maxsus davolashni va preparat qabul qilishni to'xtatishni talab qilmaydi).
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborish belgilari ta’riflanmagan. Doza oshirib yuborilganda me’dani yuvish va simptomatik davolash tavsiya etiladi.
Dori shaklining ta'rifi
  • banan hidli sariq suspenziya. Parda qobiq bilan qoplangan tabletkalar Qattiq jelatin kapsulalar, o'lchami № 1. Kapsula qopqoqchasi va korpusi sariq rangli. Kapsula ichidagisi - sariq rangli kukun
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Etanol bilan bir vaqtda qo‘llanilganda disulfiramsimon reaksiya (qorinda og‘riq, ko‘ngil aynishi, qusish, bosh og‘rig‘i, taxikardiya, noaniq ko‘rish, holsizlik, tirishishlar) rivojlanishi mumkin. Markaziy nerv tizimi funksiyasini susaytiruvchi preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

STOPDIAR

STOPDIAR

Preparatning savdo nomi: Stopdiar

Ta‘sir qiluvchi modda (XPN): nifuroksazid (nifuroxazide)

Dori shakli: plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Tarkibi:

Har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

Faol modda: nifuroksazid – 100 mg;

Yordamchi moddalar: suvsiz kolloid kremniy dioksidi, kartoshka kraxmali, jelatin, talk, magniy stearati;

Qobiq tarkibi: gipromelloza, titan dioksidi (Ye171), talk, polietilenglikol, xinolin sarig‘i (Ye104).

Ta‘rifi: plyonka qobiq bilan qoplangan, dumaloq, ikki tomonlama qavariq, sariq rangli, diametri taxminan 9 mm bo‘lgan tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: Ichak infeksiyalarini davolash uchun diareyaga qarshi, yallig‘lanishga qarshi, mikroblarga qarshi vosita.

 

Farmakologik xususiyatlari

Nifuroksazid – ichak antiseptigi, 5-nitrofuran hosilasi, grammusbat (Staphylococcus oilasi) va grammanfiy (Enterobacteriaceae oilasi: Escherichia, Citobacter, Enterobacter, Klebsiella, Salmonella, Shigella, Proteus, Yersinia) bakteriyalarga nisbatan mahalliy antibakterial ta‘sirga ega.

Pseudomonas turi va Proteus inconstans, Providentia alcalifaciens turi bakteriyalarining A kichik guruhi shtammlariga nisbatan faol emas.

Ovqat hazm qilish yo‘llaridagi normal bakterial mikrofloraning muvozanatini (disbakterioz chaqirmaydi) buzmaydi, dori vositasiga chidamli mikrob shakllarini rivojlanishiga olib kelmaydi. Preparatning samaradorligi ichak bo‘shlig‘idagi rN muhitiga va bakteriyalarni antibiotiklarga sezuvchanligiga bog‘liq emas. Nifuroksazid mikroorganizmlar tomonidan toksinlar ishlab chiqarilishini kamaytiradi.

Nifuroksazid ichga qabul qilinganidan keyin, ovqat hazm qilish yo‘llaridan deyarli so‘rilmaydi, ichakda ta‘sir qiluvchi moddaning yuqori konsentrasiyasini hosil qilib, tez davolovchi samarani namoyon qiladi. Organizmga umumiy ta‘sir ko‘rsatmaydi, qonning klinik va biokimyoviy ko‘rsatkichlariga ham ta‘sir qilmaydi. Ichak orqali chiqariladi.

Qo‘llanilishi

Stopdiar preparati quyidagilarni davolashda qo‘llanadi:

  • kelib chiqishi bakterial bo‘lgan o‘tkir va surunkali diareya;
  • diareya bilan kechuvchi boshqa kasalliklar.

Qo‘llash usuli va dozalari

Stopdiar preparatining tabletkalari ichga qabul qilish uchun mo‘ljallangan.

Kattalarga va 6 yoshdan oshgan bolalarga sutkada 2 tabletkadan 4 marta buyuriladi. Preparatni ovqat qabul qilishdan qat‘iy nazar teng vaqt oralig‘ida (har 6 soatda) qabul qilinadi.

Tabletka butunligicha, chaynamasdan va maydalamasdan, ko‘p bo‘lmagan miqdordagi suv bilan yutiladi. Stopdiar plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalari o‘tkir diareyani davolash uchun 3 kun davomida qabul qilish tavsiya qilinadi. Agar bundan keyin simptomlar yo‘q bo‘lmasa, shifokorga murojaat qilish lozim. Diareya bilan kechuvchi boshqa kasalliklarni davolash kursi ko‘pi bilan 7 kunni tashkil qiladi.

6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga preparatni suspenziya shaklida buyurish tavsiya qilinadi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Qon yaratuvchi va limfatik tizim tomonidan:

Granulositopeniyaning bir holati ta‘riflangan.

Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan:

Nifuroksazidga shaxsiy yuqori sezuvchanlik holatlarida qorinda og‘riq, ko‘ngil aynishi va diareyani zo‘rayishi paydo bo‘lishi mumkin. Sust jadallikka ega bunday simptomlarni paydo bo‘lishida maxsus davolashni qo‘llash yoki nifuroksazidni qo‘llashni to‘xtatish zarurati yo‘q. Yuqorida sanab o‘tilgan kuchli jadallikka ega simptomlar rivojlanganda dorini qabul qilishni to‘xtatish lozim. Keyinchalik bemor nitrofuran hosilalarini qabul qilmasligi kerak.

Teri va teri osti kletchatkasi tomonidan:

Terida toshmalar ko‘rinishida teri reaksiyalari kam (≥1/10000 dan <1/1000 gacha) paydo bo‘lishi mumkin. Keksa yoshdagi shaxsda pustulyozning bir holati va nifuroksazidga kontakt allergiya natijasida tugunli qichitmaning bir holati ta‘riflangan.

Nifuroksazid odatda yaxshi o‘zlashtiriladi, nojo‘ya ta‘sirlarni deyarli namoyon qilmaydi.

Har qanday noxush samaralar rivojlanish hollarda davolovchi shifokorga murojaat qilish kerak!

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Nifuroksazidni uning komponentlaridan birontasiga yuqori sezuvchanlikda, shuningdek 5-nitrofuran hosilalariga allergiyada qo‘llash mumkin emas.

Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda (2 oylikkacha bo‘lgan chaqaloqlarda) qo‘llash mumkin emas.

Qo‘llashdagi ehtiyotkorlik

Nifuroksazid bilan davolanish vaqtida alkogolli ichimliklarni iste‘mol qilish mumkin emas, chunki alkogol organizmni preparatga bo‘lgan sezuvchanligini oshiradi va diareyani kuchayishi, qusish, qorinda og‘riq, teri giperemiyasi, yuzda va tananing yuqori qismida issiqlik hissi, boshda shovqin, nafasni qiyinlashishi, taxikardiya, qo‘rquv hissi bilan namoyon bo‘luvchi reaksiyalarni qo‘zg‘atishi mumkin.

Hansirash, terida toshmalar, qichishish kabi o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari namoyon bo‘lganida preparat qo‘llashni to‘xtatish kerak.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Nifuroksazid bilan davolashda preparatning kuchli adsorbsion xususiyatlari sababli, peroral vositalarni bir vaqtda qabul qilishdan saqlanish lozim. Nifuroksazid qon aylanish tizimiga tushmasligi sababli, tizimli preparatlar bilan o‘zaro ta‘sirining ehtimoli kam va hozircha ma‘lum emas.

Maxsus ko‘rsatmalar

Davolashni boshlashdan avval shifokor bilan maslahatlashing.

Preparat bilan davolanish davrida suvsizlanish simptomlari paydo bo‘lsa, bemorning klinik holatiga qarab, regidratasion davolashni o‘tkazish (kattalarga – sutkada taxminan 2 litr suyuqlik) lozim.

Nifuroksazidni sharbatlar, xom sabzavot va mevalar, achchiq va hazm qilinishi qiyin bo‘lgan ovqatlarni inkor qilingan qat‘iy parhezga rioya qilib qo‘llash kerak.

Preparatni homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi

Nifuroksazidni homiladorlik davrida qo‘llanishi:

Nifuroksazidni homiladorlik davrida qo‘llanishiga oid klinik ma‘lumotlar mavjud emas.

Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar homiladorlikni kechishi, embrion va homilani rivojlanishiga, tug‘ruqni kechishiga yoki tug‘ruqdan keyin bolaning rivojlanishiga na bevosita, na bilvosita ta‘sir ko‘rsatmaydi.

Nifuroksazidni homilador ayollarga buyurishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Nifuroksazidni emizish davrida qo‘llanishi:

Nifuroksazid me‘da-ichak yo‘llarida so‘rilmaydi. Shunga qaramasdan, yetarli klinik ma‘lumotlar yo‘qligi sababli emizikli ayollarga nifuroksazidni buyurishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Preparatni psixomotor reaksiyalarga ta‘siri

Nifuroksazid ruxiy-jismoniy ish qobiliyatni, mexanik harakatlanish vositalarini boshqarish va harakatlanuvchi mexanik qurilmalarga xizmat ko‘rsatish qobiliyatini susayishini chaqirmaydi.

Shifokor maslahatisiz preparatni belgilangan muddatdan uzoq qo‘llamang!

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib yuborish simptomlari ma‘lum emas. Dozani oshirib yuborish hollarida me‘dani yuvish va simptomatik davolash tavsiya qilinadi.

Chiqarilish shakli

24 plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar alyumin folga va PVX-plyonkali blisterda. 1 blisterdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.

 

Saqlash sharoiti

+15oS dan +30oS gacha bo‘lgan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

4 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Shifokor reseptisiz.

Ulashish:

Stopdiar narxlari

Dorixonalar
Manzil
Ish vaqti
Sotib olmoq

Stopdiar barcha rasmlari

Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar

Stopdiar haqida savollar

Stopdiar haqida fikr-mulohazalar

Reyting 5.0, 9 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil