Apteka.uz
SavatKirish

Estrofem

- Estrofem qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Estrofemning tarkibi
- Estrofem ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Estrofem narxi Toshkent dorixonalarida

Estrofem qo'llanmasi

Ishlab chiqaruvchi
Kategoriya
Faol modda

Qo‘llash ko‘rsatmalari

  • — postmenopauzal davrda bo'lgan ayollarda estrogen yetishmovchiligi sindromini gormonal o'rinbosar terapiya (GOT), jarrohlik menopauzasida; — postmenopauzal davrda osteoporoz profilaktikasi.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

  • — aniqlangan yoki shubha qilingan estrogenga bog‘liq o‘sma (shu jumladan endometriy saratoni); — noaniq etiologiyali jinsiy a’zolaridan patologik qon ketishlar; — davolanmagan endometriy giperplaziyasi; — chuqur venalar tromboflebiti, tromboz yoki faol fazadagi tromboembolik kasalliklar; — yaqinda o‘tkazilgan tromboembolik kasalliklar; — o‘tkir jigar kasalliklari yoki anamnezda jigar kasalliklari, ulardan keyin jigar funksiyasi ko‘rsatkichlari normallashmagan bo‘lsa; — sut bezi saratoni (aniqlangan, anamnezda yoki shubha qilingan); — porfiriya; — homiladorlik; — laktatsiya davri; — faol moddaga yoki preparat tarkibiga kiruvchi boshqa komponentlarga yuqori sezuvchanlik. Quyidagi holatlarda preparatni ehtiyotkorlik bilan tayinlash kerak: — leyomioma (bachadon fibroadenomasi) yoki endometrioz; — tromboemboliya xavf omillari yoki anamnezda tromboemboliya; — estrogenga bog‘liq o‘smalar rivojlanishi xavf omillari (1-darajali qarindoshlar borligi, azob chekuvchi

Farmakokinetikasi

17 Β-estradiol peroral qabul qilingandan so'ng me'da-ichak traktida tez so'rilishi sodir bo'ladi. U jigar va ichakda jadal tizim oldi metabolizmiga uchraydi. Plazmadagi maksimal kontsentratsiyaga, taxminan 44 pkg/ml (30 - 53 pkg/ml) ni tashkil etadi, 2 mg qabul qilingandan 6 soat o'tgach erishiladi. Yarim chiqarilish davri 18 soatni tashkil qiladi. 61% albuminlar bilan, 37% - jinsiy gormonlarni bog'lovchi globulinlar (JGBG) bilan bog'lanadi va faqat taxminan 1 - 2% bog'lanmagan holda qoladi. 17 Β-estradiol metabolizmi nishon-a'zolarda davom etib, kamroq faol va faol bo'lmagan metabolitlar, jumladan estron, katexolestrogenlar va turli estrogen sulfatlari va glyukuronidlari hosil bo'lishiga olib keladi. Estrogenlar asosan buyraklar orqali biologik faol bo'lmagan shaklda, shuningdek safro bilan ichak orqali chiqariladi, u yerda ular gidroliz va reabsorbtsiyaga uchraydi (enterogepatik qon aylanishi).

Farmakologik ta'siri

Estrogen. Preparat tarkibiga kiruvchi 17beta-estradiol kimyoviy va biologik jihatdan insonning endogen 17beta-estradioliga aynan o'xshashdir. 17beta-estradiol menopauza davridagi ayollarda estrogenlar tanqisligini bartaraf etadi va uning simptomlarini yumshatadi, shuningdek menopauza davrida suyak massasining kamayishini oldini oladi. Menopauza simptomlarining susayishiga davolashning birinchi bir necha haftasi ichida erishiladi. Preparatning suyaklar mineral zichligiga ta'siri dozaga bog'liq.

Nojo'ya ta'sirlar

  • MNT tomonidan: depressiya, bosh og'rig'i. Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: qorinda og'riq yoki ko'ngil aynishi. Endokrin tizimi tomonidan: og'riqlilik, sut bezlarining kattalashishi. Jinsiy tizim tomonidan: sut bezi saratoni*. Sezgi a'zolari tomonidan: ko'rishning buzilishi. Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: venoz tromboz. Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: dispepsiya, qusish, meteorizm, xolelitiaz. Dermatologik reaktsiyalar: toshma, eshakemi. Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: periferik shishlar. Boshqalar: tana vaznining oshishi, oyoq mushaklarida tirishishlar.

Dori shaklining ta'rifi

  • Qobiq bilan qoplangan tabletkalar

Maxsus saqlash sharoitlari

Postmenopauza estrogenbog'liq simptomlarini O'BT (O'rin bosuvchi gormonal terapiya) bilan davolashni faqat ular ayolning hayot sifatiga noxush ta'sir ko'rsatgan hollardagina boshlash kerak. O'tkazilayotgan davolashdan foyda va xavf nisbatini baholash uchun muntazam ravishda, bemorning individual xususiyatlarini hisobga olgan holda, lekin yiliga kamida 1 marta klinik va laboratoriya ma'lumotlaridan foydalanib tibbiy tekshiruv o'tkazish zarur. O'BT ni faqat afzalliklar xavfdan ustun bo'lgunga qadar davom ettirish kerak.
Tibbiy tekshiruv/nazorat
O'BT ni boshlash/qayta boshlashdan oldin anamnez yig'ish va bemorning kasallik tarixini o'rganish, zaruriy tekshiruv (shu jumladan kichik chanoq a'zolari va sut bezlari), preparatni qo'llashning qarshi ko'rsatmalari va maxsus ehtiyotkorlik choralari bilan tanishib chiqish kerak. Ayollarga o'z vaqtida qo'shimcha tekshiruv, shu jumladan mammografiya o'tkazish maqsadida sut bezlaridagi har qanday o'zgarishlar haqida shifokorga yoki hamshiraga xabar berishni tavsiya etish kerak.
Davolashni darhol bekor qilish sabablari
Qarshi ko'rsatmalar aniqlanganda va quyidagi holatlarda davolash to'xtatilishi kerak:
Sariqlik yoki jigar funksiyasining buzilishi
Arterial bosimning sezilarli oshishi
Migren tipidagi bosh og'rig'ining yangi xuruji
Homiladorlik
Endometriy giperplaziyasi
Bachadoni saqlangan ayollarda endometriy giperplaziyasi va kartsinomasi rivojlanish xavfi estrogenlar bilan uzoq muddatli monoterapiya o'tkazilganda ortadi («Nojo'ya ta'sirlar» bo'limiga qarang). Epidemiologik tadqiqotlar ma'lumotlariga ko'ra, O'BT olmagan 50 - 65 yoshdagi 1000 ayoldan taxminan 5 tasida endometriy saratoni tashxisi qo'yilishi mumkin. Estrogen bilan monoterapiya esa, uning dozasi va davolash davomiyligiga qarab, bunday xavfni 2 - 12 baravar oshiradi.
Progestagenni qo'shish, kamida har bir siklning 12 kuni davomida, ushbu xavfni sezilarli darajada kamaytiradi. Shuningdek estradiolni kuniga 2 mg dan ortiq dozada, hatto progestagen bilan birga ham ishlatmaslik kerak.
Davolashning birinchi oylari davomida qindan qon ketishi/surkaluvchi qonli ajralmalar bo'lishi mumkin. Biroq, agar qon ketishi/surkaluvchi qonli ajralmalar davolash boshlangandan keyin qayd etilsa yoki preparat bekor qilingandan keyin davom etsa, endometriyda xavfli o'zgarishlarni istisno qilish uchun darhol shifokorga murojaat qilish kerak.
Estrogen bilan progestagensiz monoterapiya endometrioz o'choqlarining rakolli holatiga yoki malignizatsiyasiga olib kelishi mumkin.
Sut bezi saratoni
O'tkazilgan epidemiologik tadqiqotlar va «Ayollar Salomatlik Huquqi» (WHI) dasturi doirasidagi bitta randomizatsiyalangan, platsebo-nazoratli tadqiqot estrogenlar, estrogen-progestagen preparatlari yoki tibolon bilan O'BT davomiyligiga bog'liq holda sut bezi saratoni rivojlanish xavfining oshishini tasdiqladi («Nojo'ya ta'sirlar» bo'limiga qarang), ammo u davolash to'xtatilgandan so'ng bir necha (maksimum 5 gacha) yil ichida dastlabki holatga qaytadi. 51 ta epidemiologik tadqiqot, shu jumladan Million ayol epidemiologik Tadqiqoti (MWS) natijalariga ko'ra, faqat estrogenlar bilan O'BT o'tkazilganda sut bezi saratoni rivojlanishining nisbiy xavfi (NX) 1,3 - 1,35 ni tashkil etdi.
Sut bezi saratoni yuzaga kelishining nisbiy xavfi estradiolga progestagen qo'shilishi bilan, uning turi va qo'llash rejimidan qat'iy nazar ortadi. MWS natijalariga ko'ra, O'BT ni hech qachon olmagan ayollarga nisbatan, majmuaviy (estrogen + progestagen) o'rin bosuvchi terapiyaning turli tiplarini qo'llash sut bezi saratoni bilan kasallanish xavfini oshiradi (NX = 2), estrogenlar bilan monoterapiyada esa NX = 1,3. WHI ma'lumotlari bo'yicha 5,6 yil davomida majmuaviy (estrogen + progestagen) O'BT olgan ayollar uchun sut bezi saratoni rivojlanishining nisbiy xavfi platseboga nisbatan 1,24 ni tashkil etdi.
MWS va WHI ma'lumotlari bo'yicha hisoblangan xavflarning mutlaq ko'rsatkichlari quyida keltirilgan. Shunday qilib, MWS ga ko'ra, rivojlangan mamlakatlarda ayollarning sut bezi saratoni bilan kasallanishi bo'yicha ma'lumotlarni baholashda quyidagilar aniqlandi:
O'BT kursini o'tamagan 1000 ayoldan taxminan 32 tasida 50 va 64 yosh oralig'ida tashxis qo'yiladigan sut bezi saratoni bo'lishi mumkin.
O'BT kursini o'tayotgan yoki yaqinda o'tagan 1000 ayolga sut bezi saratoni bilan kasallanishning qo'shimcha holatlari soni quyidagini tashkil etadi:
- Estrogen bilan o'rin bosuvchi monoterapiyada: 5 yil davomida - 0 dan 3 holatgacha (o'rtacha 1,5); 10 yil davomida - 3 dan 7 holatgacha (o'rtacha 5);
- Majmuaviy (estrogen + progestagen) O'BT da: 5 yil davomida - 5 dan 7 holatgacha (o'rtacha 6); 10 yil davomida - 18 dan 20 holatgacha (o'rtacha 19).
WHI doirasida o'tkazilgan tadqiqotda aniqlanishicha, 50-79 yoshdagi 1000 ayol orasida 5,6 yillik kuzatuvdan so'ng tashxis qo'yilgan 8 ta qo'shimcha sut bezi saratoni bilan kasallanish holatlari majmuaviy terapiya (kon'yugatsiyalangan ot estrogenlari (KOE) + medroksiprogesteron atsetati (MPA)) bilan bog'liq bo'lishi mumkin. Olingan natijalar asosida quyidagilar aniqlandi:
5 yil davomida platsebo qabul qilinganda 1000 ayoldan taxminan 16 tasida sut bezi saratoni yuzaga kelishi mumkin.
Majmuaviy (KOE + MPA) O'BT da 5 yil davomida sut bezi saratonining qo'shimcha holatlari soni 1000 ayolga 0 dan 9 gacha (o'rtacha 4) ni tashkil etishi mumkin.
Majmuaviy (estrogen + progestagen) O'BT ni boshlayotgan yoki davom ettirayotgan 1000 ayol hisobidan sut bezi saratoni bilan kasallanishning qo'shimcha holatlari soni bir xil va qo'llash boshlangan paytdagi yoshga bog'liq emas (45 va 65 yosh oralig'i).
Preparatni yuborish yo'llariga bog'liq holda sut bezi saratoni rivojlanish xavfi darajasida farqlar mavjudligi haqida ma'lumotlar yo'q.
O'BT, ayniqsa majmuaviy davolash (estrogen + progestagen), mammografiya o'tkazishda tugunlar zichligining oshishiga yordam beradi, bu sut bezi saratonini o'z vaqtida tashxislashga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin.
Venoz tromboemboliya
O'BT ni venoz tromboemboliya (VTE) - chuqur venalar trombozi yoki o'pka emboliyasi rivojlanishining nisbiy xavfi yuqoriligi bilan bog'laydilar. O'tkazilgan tadqiqotlarda O'BT o'tkazilganda VTE xavfining 2-3 baravar oshishi aniqlangan. Aniqlanishicha, 5 yillik davr mobaynida bunday davolashni o'tamagan bemorlarda VTE holatlari soni 50 - 59 yoshdagi 1000 ayolga taxminan 3 ta va 60 - 69 yoshdagi 1000 ayolga 8 tani tashkil etadi. Taxminiy baholash bo'yicha, 5 yillik O'BT kursini o'tagan sog'lom ayollarda VTE ning qo'shimcha holatlari soni 5 yil ichida 50 - 59 yoshdagi 1000 ayolga 2 - 6 (o'rtacha 4) va 60 - 69 yoshdagi 1000 ayolga 5 - 15 (o'rtacha 9) ni tashkil etadi. VTE yuzaga kelish ehtimoli O'BT ning keyingisiga qaraganda birinchi yilida kattaroq. Qoida tariqasida, venoz tromboemboliya yuzaga kelish xavf omillariga anamnezda VTE holatlari (shu jumladan yaqin qarindoshlarda ham) va koagulogrammada tegishli o'zgarishlar, jiddiy semizlik (tana vazni indeksi >30 kg/m2), tizimli qizil yugurik kiradi. VTE rivojlanishida venalarning varikoz kengayishining ehtimoliy roli bo'yicha yagona fikr mavjud emas. O'BT bunday xavf darajasini oshirishi mumkin. Trombofiliyaga moyillikni istisno qilish uchun shaxsiy yoki oilaviy anamnezdagi barcha tromboemboliya va/yoki o'z-o'zidan abort holatlarini tahlil qilish zarur. Tegishli tekshiruv o'tkazilmaguncha, O'BT o'tkazish mumkin emas.
Antikoagulyantlarni qabul qilayotgan ayollarga O'BT tayinlash faqat O'BT qo'llashdan foyda/xavf nisbatini hisobga olgan holda mumkin. VTE yuzaga kelish xavfi uzoq muddatli immobilizatsiyada, shu jumladan jarohat, jarrohlik amaliyoti oqibatida, operatsiyadan keyingi davrda vaqtincha ortishi mumkin. Operatsiyalarni rejalashtirishda har bir aniq holatda aralashuvdan 4 - 6 hafta oldin O'BT ni to'xtatish maqsadga muvofiqligini ko'rib chiqish zarur. Davolashni koagulogramma normallashguncha va harakatchanlik tiklanguncha qayta boshlash kerak emas. Agar VTE davolash boshlangandan keyin rivojlansa, O'BT ni to'xtatish kerak. Bemor O'BT ni to'xtatib turishi va oyoq-qo'lning og'riqliligi va/yoki shishi, ko'krakda to'satdan og'riq, hansirash kabi simptomlar paydo bo'lganda darhol o'z davolovchi shifokorini xabardor qilishi kerak.
Yurak ishemik kasalligi
Yurak ishemik kasalligida O'BT samaradorligi isbotlanmagan. Ikkita katta randomizatsiyalangan nazoratli klinik tadqiqotlar majmuaviy O'BT (KOE + MPA) qo'llashning birinchi yilida yurak-qon tomir tizimi kasallanishi xavfi oshishining sezilarli ehtimolini ko'rsatdi. O'BT uchun boshqa preparatlarning klinik tadqiqotlari natijalari cheklangan va ziddiyatli.
Miya qon aylanishining buzilishi
WHI doirasidagi yirik randomizatsiyalangan klinik tadqiqotda sog'lom ayollarda majmuaviy O'BT (KOE + MPA) o'tkazilganda miya qon aylanishi buzilishi xavfining oshishi aniqlangan. Shunday qilib, O'BT bo'lmaganda, 5 yil davomida 1000 ayolga miya qon aylanishi buzilishi holatlari soni 50 - 59 yoshda taxminan 3 ta va 60 - 69 yoshda taxminan 11 tani tashkil etdi. 5 yil davomida kon'yugatsiyalangan estrogenlar va MPA qo'llagan 1000 ayolga miya qon aylanishi buzilishining qo'shimcha holatlari soni 50 - 59 yoshda 0 dan 3 gacha (o'rtacha 1) va 60-69 yoshda 1 - 9 (o'rtacha 4) ni tashkil etdi. Xavfning bunday oshishi boshqa O'BT preparatlariga tarqaladimi, noma'lum.
Tuxumdonlar saratoni
Anamnezida bachadoni olib tashlangan ayollarda tuxumdonlar saratoni xavfining oshishi ba'zi epidemiologik tadqiqotlarda O'BT da estrogenlar bilan uzoq muddatli (5-10 yil davomida) monoterapiya bilan bog'lanadi. O'BT uchun majmuaviy (estrogen va progestagen saqlovchi) preparatlarni uzoq muddat qabul qilganda tuxumdonlar saratoni rivojlanish xavfi estrogenlar bilan monoterapiyadagiga nisbatan oshishi noaniq qolmoqda.
Boshqa holatlar
Estrogenlar organizmda suyuqlik tutilishiga olib kelishi mumkin, bu yurak yoki buyrak funksiyasi buzilishlari bo'lgan bemorlarning holatini yomonlashtirishi mumkin. Estrofem® preparati qabul qilinganda buyrak yetishmovchiligining terminal bosqichida aylanib yuruvchi faol komponentlar darajasi ortadi.
Shuningdek anamnezida gipertriglitseridemiyasi bo'lgan ayollar O'BT jarayonida sinchkov tekshiruv va kuzatuv ostida bo'lishlari kerak, chunki estrogenlar bilan davolashda plazmada triglitseridlar miqdorining pankreatitga olib keluvchi sezilarli oshishi mumkin.
Estrogenlar tiroksin-bog'lovchi globulin kontsentratsiyasini oshiradi, bu oqsil bilan bog'langan yod, tiroksin (kolonkali xromatografiya yoki radioimmunologik tekshiruv o'tkazish yo'li bilan), triyodtirozin (radioimmunologik tekshiruvda) miqdori bo'yicha aniqlanadigan aylanib yuruvchi qalqonsimon bez gormonlarining umumiy kontsentratsiyasi oshishiga olib keladi. Erkin tiroksin va triyodtirozin kontsentratsiyalari o'zgarmasdan qoladi.
Qon zardobining boshqa bog'lovchi oqsillari, shu jumladan kortikoid-bog'lovchi globulin va jinsiy gormonlarni bog'lovchi globulinlar kontsentratsiyalari oshishi mumkin, bu aylanib yuruvchi kortikosteroidlar va jinsiy gormonlar kontsentratsiyasi oshishiga olib keladi. Erkin yoki biologik faol gormonlar kontsentratsiyalari o'zgarmaydi.
Plazmaning boshqa oqsillari angiotenzinogen/renin, alfa 1-antitripsin, seruloplazmin kontsentratsiyasi ham oshishi mumkin.
Kognitiv funksiyaning yaxshilanishining yetarli dalillari yo'q. Bundan tashqari, WHI - tadqiqoti o'tkazilganda 65 yoshdan katta ayollarda majmuaviy (KOE + MPA) O'BT o'tkazilganda ehtimoliy demensiya xavfining oshishi ko'rsatilgan. Bu O'BT ning boshqa preparatlariga va/yoki postmenopauzadagi yoshroq ayollarda O'BT o'tkazilganda tarqaladimi, noma'lum.
Estrofem® laktoza saqlaydi. Galaktozani o'zlashtiraolmaslik, laktaza yetishmovchiligi yoki glyukoza-galaktoza malabsorbtsiyasi - kam uchraydigan nasliy kasalliklari bo'lgan bemorlar ushbu tibbiy preparatni qo'llamasliklari kerak. Mashinalarni haydash va boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Noma'lum.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Estrogenlar metabolizmi preparat metabolizmida ishtirok etuvchi fermentlar, xususan sitoxrom R450 izofermentlari faolligini oshiruvchi dori vositalari bilan bir vaqtda qo‘llanilganda tezlashishi mumkin. Bunday dori vositalariga tutqanoqqa qarshi preparatlar (shu jumladan fenobarbital, fenitoin, karbamazepin), barbituratlar, anksiolitiklar (trankvilizatorlar), opioid analgetiklar, umumiy anesteziya uchun dori vositalari, mikrosomal fermentlar induktorlari va mikroblarga qarshi preparatlar (shu jumladan rifampitsin, rifabutin, nevirapin, efavirenz) kiradi. Dalachoy (Hypericum perforatum) saqlovchi o‘simlik preparatlari estrogenlar metabolizmini rag‘batlantirishi mumkin. Estrogenlar metabolizmining oshishi klinik jihatdan preparat samarasi pasayishi va bachadondan qon ketish xarakterining o‘zgarishi bilan namoyon bo‘lishi mumkin. Ritonavir va nelfinavir estradiolning AUC sini 40% ga kamaytiradi. Birga qo‘llanilganda estradiol erkak jinsiy gormonlari, gipoglikemik, diuretik, gipotenziv dori vositalarining samaralarini susaytiradi.

Nojo'ya samaralari

10% gacha bemorlar nojo'ya reaksiyalarni qayd etadilar. Ulardan eng ko'p uchraydiganlari: sut bezlari sezgirligining oshishi/sut bezlarida og'riq, qorinda og'riq, shishlar, bosh og'rig'i.
Quyida Estrofem® preparati bilan davolashda yuzaga kelishi mumkin bo'lgan nojo'ya reaksiyalar keltirilgan: Tarqalgan: >1/100;
Ruhiy buzilishlar: depressiya
Asab tizimi buzilishlari: bosh og'rig'i
Oshqozon-ichak trakti buzilishlari: ko'ngil aynishi, qorinda og'riq
Reproduktiv tizim va sut bezlari tomonidan buzilishlar: sut bezlari sezgirligining oshishi, sut bezlarining kattalashishi, sut bezlarida og'riq
Boshqalar: shishlar, tana vaznining oshishi, boldir mushaklarida talvasalar Tez-tez uchramaydigan: > 1/1000;
Yurak-qon tomir buzilishlari: venoz emboliya
Oshqozon-ichak trakti buzilishlari: dispepsiya, qusish, meteorizm
Gepatobiliar tizim buzilishlari: xolelitiaz
Boshqalar: toshma yoki eshakemi, ko'rishning buzilishi Kamdan-kam: > 1/10000;
Reproduktiv tizim va sut bezlari tomonidan buzilishlar: qindan atsiklik qonli ajralmalar (intakt bachadoni bo'lgan ayollarda)
Asab tizimi buzilishlari: migren, miya qon aylanishining buzilishi, bosh aylanishi, depressiya
Oshqozon-ichak trakti buzilishlari: diareya
Yurak-qon tomir buzilishlari: gipertenziya
Boshqalar: kallik
Sut bezi saratoni
Sut bezi saratoni bilan kasallanish xavfi UDT kursi davomiyligi oshishi bilan ortadi. Sut bezi saratoni bilan kasallanishning yuqori xavfi shuningdek kombinatsiyalangan UDT (estrogen plyus progestagen) kursini o'tayotgan ayollarda - estrogenlar bilan monoterapiyaga nisbatan qayd etiladi.
Endometriy saratoni
Intakt bachadoni bo'lgan ayollarda endometriy giperplaziyasi va endometriy saratoni yuzaga kelish xavfi estrogenlar bilan monoterapiya davomiyligi oshishi bilan ortadi. Estrogenlar bilan davolash sxemasiga progestagen qo'shilishi bu xavfni sezilarli darajada kamaytiradi. Boshqa estrogenlar bilan davolashda yuzaga kelgan nojo'ya reaksiyalar:
Miokard infarkti, yurak yetishmovchiligi
Venoz tromboemboliya (oyoqlar chuqur venalari va chanoq venalari trombozi, o'pka emboliyasi)
O't pufagi obstruksiyasi
Anoreksiya
Xloazma, polimorf eritema, tugunli eritema, qon tomir purpurasi, qichishish
Vaginal kandidoz
Estrogenga bog'liq xavfsiz va xavfli o'smalar, masalan, endometriy saratoni
endometriy giperplaziyasi yoki bachadon fibromasi hajmining kattalashishi, sut bezi saratoni
Uyqusizlik
Epilepsiya
Libido buzilishi
Bronxial astma kechishining yomonlashishi
Kontakt linzalarni o'zlashtira olmaslik
Demensiya bo'lishi mumkin

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Estrofem preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

Estrofem barcha rasmlari

Barcha rasmlar

Estrofem haqida savollar

Estrofem haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil