Farmajelitan
Farmajelitan chiqarilish shakllari
Farmajelitan haqida qo'llanma
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik. Qonda va siydikda kal'tsiyning yuqori darajasi. 12 yoshgacha bo'lgan bolalar.
Farmakodinamikasi
Farmajelitan vitaminlar, minerallar va mikroelementlar, shuningdek standartlashtirilgan jen'shen Panax G115 ekstraktini organizmni sutkalik talabiga muvofiq miqdorda saqlaydi.
Jen'shen ekstrakti qo'llangandan keyin mushak to'qimalarida jismoniy yuklama vaqtida sut kislotasini kontsentratsiyasini kamayishi, dopamin va noradrenalin miqdorini oshishi va miya xujayralarida serotonin saqlanishini kamayishi kuzatilgan.
B vitaminlari – majmuasi organizmni almashinuv jarayonlarini normal faoliyati uchun zarur. Preparatning tarkibi va komponentlar dozasi YeO mamlakatlarida tavsiya etilgan sutkalik dozalarga muvofiqdir.
Kuchli ozib ketish xolati (masalan, stress bilan chaqirilgan), charchoqlik, xolsizlik xissi, diqqatni pasayishi va muvozanatlanmagan yoki to'liq bo'lmagan oziqlanish kontsentratsiyasi qobiliyati (shu jumladan keksalarda va parxezdagi patsientlarda), ishtaxani yo'qolishi, anoreksiya va asteniya, o'tkir yoki surunkali kasalliklar tomonidan chaqirilgan, shu jumladan jarroxlik operatsiyalaridan keyin va sog'ayish davrida.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llash mumkin emas.
Maxsus ko‘rsatmalari
Boshqa preparatlar qabul qilganda shifokor bilan maslaxatlashish kerak.
Qo‘llash usuli va dozirovkasi
Sutkada 1 kapsuladan nonushta vaqtida yetarlicha miqdordagi suv bilan qabul qilgan avzalroq.
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli
Faol moddalar: standartizatsiya qilingan jen'shen ekstrakti G115-40mg, dimetilaminoetanol bitartrat tuzi-26 mg, A vitamini (retinol pal'mitat)-2000 XB, V1 vitamini -1,2 mg, V2 vitamini -1,3 mg, V6 vitamini -1.4 mg, V12 vitamini -2,4 mkg, S vitamini -60 mg, D3 vitamini -400 XB, Ye vitamini -10 mg, RR vitamini -16 mg, Kal'tsiy pantotenati-9,2mg, Rutin-20mg, Temir sul'fati-14mg, Kal'tsiy-90.3mg, Fosfor-70mg, Ftor-0.2mg, Mis-1mg, Kaliy-8mg, Marganets-2mg, Magniy-10mg, Tsink-1.5mg, Letsitin-66mg.
Yordamchi moddalar: BHA, BHT, EDTA, propilgallat, kolloid kremniy dioksidi, sariq asalari mumi, gidrogenlangan soya moyi I, gidrogenizatsiya qilingan soya moyi II, rafinatlangan soya moyi, sorbitol, jelatin, glitserin, temir Iv-v oksidi, titan dioksidi, etilvanilin, tozalangan suv.
Сhiqarilish shakli: yumshoq jelatin kapsulalar.
- 1. Dori vositalari va tibbiy buyumlar Davlat reestri (O‘zbekiston Respublikasi)
- 2. Ishlab chiqaruvchining rasmiy yo‘riqnomasi
- 3. Anatomik-terapevtik-kimyoviy tasnif (ATX)













