Apteka.uz
SavatKirish

FEROZ

FEROZ chiqarilish shakllari

FEROZ suspenziya 100ml
Retseptli
FEROZ suspenziya 100ml
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Agio Pharmaceutical Limited
•1 ta dorixonada bor
Narxi
48 000 so'm dan
- FEROZ qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- FEROZning tarkibi
- FEROZ ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- FEROZ narxi Toshkent dorixonalarida

FEROZ haqida qo'llanma

Farmakokinetikasi

Temir askorbati temir va askorbatning barqaror kompleksi hisoblanadi. Temirning turli shakllari ta'sirida oksidlanmaydi, chunki temir askorbatning tarkibida o'zining dastlabki shaklini saqlaydi. Ingichka ichakda yaxshi so'riladi. Organizmdan ichak orqali ahlat bilan chiqariladi.
Folat kislotasi ichga qabul qilinganidan keyin me'da-ichak yo'llaridan yaxshi so'riladi. Qon plazmasi oqsillari bilan bog'lanishi 64% ni tashkil qiladi. Biotransformatsiyasi jigarda kechadi va buning natijasida u metabolik faol shaklga -
5-metiltetragidrofolatga aylanadi. Asosan buyrak orqali siydik bilan, qisman ichak orqali ahlat bilan chiqariladi.
Qo'llanilishi
Homilador ayollarda va bolalarda temir tanqisligi anemiyasini oldini olish va davolash.
Temir va folat kislotasi tanqisligida majmuaviy davolash tarkibida qo'llanadi.

Farmakologik ta'siri

Majmuaviy preparat. Preparatning ta'siri uning tarkibiga kiruvchi komponentlarining xususiyatlariga bog'liq.
Temir gemin fermentlari (gemoglobin, mioglobin, sitoxromlar, shu jumladan sitoxrom R450, peroksidazalar, katalazalar) va nogemin fermentlar (suktsinatdegidrogenaza, atsetil KOA- degidrogenaza, NADI+- degidrogenaza va boshqalar) ning tarkibiga kiradi.
Temir askorbati asosan pediatriya amaliyotida qo'llanadi. Temirni qon yaratish a'zolariga yetkazilishi murakkab jarayon bo'lib, u faqat ionlashgan holatdagina me'da- ichak yo'llaridan so'riladi. Xlorid kislotasi ta'siri ostida molekulyar temir. “ionlashgan” holatga o'tadi. Kislota uch valentli temirni ikki valentligiga aylanishiga yordam beradi va temirni o'n ikki barmoq ichakda so'rilishiga ta'sir qiladi, shuning uchun temir xlorid kislotasi va askorbin kislotasi bilan majmuada buyuriladi. Temir askorbati gemopoetik ta'sirga ega bo'lib, uning tez namoyon bo'ladi, me'da-ichak yo'llarining shilliq qavatiga kuchsiz ta'sirlovchi samara ko'rsatadi. Preparat bolalarda gipoxrom anemiyani va gipotrofiyani davolash uchun ham qo'llanadi.
Folat kislotasi V vitaminlari guruhiga kiradi. Folat kislotasi organizmda tetragidrofolatga aylanadi, u turli metabolik jarayonlarda, shu jumladan purin va pirimidin nukleotidlarining sintezida va shuningdek DNK sintezida ishtirok etuvchi koferment hisoblanadi. U qon hujayralarining hosil bo'lishida, shu jumladan megaloblastlarning yetilishida va normoblastlarning sintezi uchun zarur, shuningdek aminokislotalarning ayrim almashinuv jarayonlarida ishtirok etadi.

Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi

Homiladorlik
Ayollarga homiladorlik vaqtida homilaning da nerv naychasining shakllanishida nerv tizimining nuqsonlarni paydo bo'lishidan saqlanish uchun suspenziyani buyurish mumkin.
Laktatsiya
Folat kislotasi ko'krak sutiga o'tadi, buni laktatsiya davrida hisobga olish kerak.

Maxsus ko‘rsatmalari

Kattalarda temir askorbati bilan zaharlanish kam uchraydi, Ammo bolalarda, ular temir preparatini tasodifan yutib yuborganlarida uchrashi mumkin.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Temir tuzlari, antatsidlar, fitin kislotasi va magniy trisilikati temirni so'rilishini susaytirishi mumkin. Estrogen va progestagen temir bilan bog'langan oqsillar miqdorini oshiradi. Dimerkaprol temir askorbatining toksikligini oshiradi. Tutqanoqqa qarshi vositalar, tuberkulezga qarshi, peroral kontratseptivlar, alkogol va aminopterin, metotreksat ,pirimetamin, trimetoprim va sulьfanilamid kabi folat kislotasining antagonistlari folat kislotasining tanqisligini chaqirishi mumkin.

Qo‘llash usuli va dozirovkasi

Qon quyish takror o'tkazilayotgan patsiyentlar,
suspenziya va boshqa peroral temir preparatlarini uning in'ektsion dori shakllari bilan bir vaqtda qo'llash,
preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo'llash mumkin emas.

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

Har bir 5 ml suspenziya quyidagilarni saqlaydi:
faol moddalar:
Elementar temirga ekvivalent bo'lgan temir askorbati - 30 mg,
Folat kislotasi - 550 mkg;
yordamchi moddalar: bo'yovchi karamelь

Nojo'ya samaralari

Preparat odatda yaxshi o'zlashtiriladi. Lekin kam hollarda: me'da-ichak buzilishlari va allergik reaktsiyalar yuz berishi mumkin.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. FEROZ preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing
Manbalar ro‘yxati:

FEROZ haqida savollar

FEROZ haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil