Futsis analoglari
To‘g‘ridan-to‘g‘ri analoglar




Guruh analoglari
Futsis
Futsis quyidagi zamburug’li infektsiyalarda tavsiya etiladi (“Farmakodinamika” bo’limiga qarang).
Kattalarga quyidagi kasalliklarni davolash uchun:
• kriptokokkli meningit (“Maxsus ko’rsatmalar”ga qarang);
• koktsidioidomikoz (“Maxsus ko’rsatmalar”ga qarang);
• invaziv kandidoz;
• shilliq pardalar kandidozi, og’iz-tomoq kandidozi, qizilo’ngach kandidozi, kandiduriya
va surunkali teri va shilliq pardalar kandidozi;
• surunkali oral atrofik kandidozi (tish protezidan foydalanish tufayli kelib chiqqan), og’iz bo’shlig’i gigienasi yoki mahalliy davolash etarlicha bo’lmagan holatda;
• vaginal kandidoz, o’tkir yoki qaytalanuvchan; maxalliy terapiya to’g’ri kelmagan holatda;
• kandidozli balanit, maxalliy terapiya to’g’ri kelmagan holatda;
• dermatomikoz, shu jumladan tovon dermatomikozi, silliq teri dermatomikozi, chov dermatomikozi, turli rangli temiratki va teri kandidoz infektsiyalari, muntazam terapiya tavsiya etilgan holatda;
• dermatofit onixomikoz (onixomikoz), boshqa dori vositalari to’g’ri kelmagan holatda.
Kattalarga profilaktika uchun:
• yuqori qaytalanish xavfiga ega patsientlarda kriptokokkli meningit;
• yuqori qaytalanish xavfiga duch keladigan OIV yuqtirilgan patsientlarda qizilo’ngach yoki og’iz-tomoq kandidozi,;
• qaytalanuvchi vaginal kandidoz chastotasi kamayishi (yiliga 4 yoki undan ko’proq epizodlar);
• uzoq vaqtli neytropeniyaga ega patsientlarda (masalan, kimyoviy terapiya qabul qiladigan gematologik xavfli yangi o’smalarga ega patsientlarda yoki gematopoetik naychali hujayralar transplantatsiyasini olayotgan patsientlarda) kandidoz infektsiyalari profilaktikasi (“Farmakodinamika” bo’limiga qarang).
6 yoshdan 17 yoshgacha bolalar va o’smirlarga:
Futsis shilliq pardalar (og’iz-tomoq, qizilo’ngach) kandidozini, invaziv kandidozni, kriptokokkli meningitni davolash va susaygan immunitetli patsientlarda kandidozli infektsiyalarni profilaktika qilish uchun tavsiya etilgan. Futsis takrorlanish yuqori xavfiga ega bolalarda kriptokokkli meningit qaytalanishi oldini olish uchun quvvatlovchi terapiya sifatida qo’llanishi mumkin (“Maxsus ko’rsatmalar”ga qarang).
Terapiya kultural va boshqa laboratoriya tadqiqotlari natijalari olingungacha boshlanishi mumkin; biroq ushbu natijalar olinishi bilan taalluqli tarzda antiinfektsion terapiyaga tuzatish kiritilishi kerak.
Zamburug’ga qarshi dori vositalaridan tegishlicha foydalanish bo’yicha rasmiy qo’llanma to’g’risidagi masala ko’rib chiqilishi kerak.
Eng ko’pincha (> 1/10) quyidagi nojo’ya reaktsiyalar to’g’risida xabar berilgan: bosh og’rishi, qorindagi og’riq, diareya, ko’ngil aynishi, qayt qilish, alaninaminotransferazalar ko’payishi, aspartat-aminotransferazalar ko’payishi, qonda ishqorli fosfataza ko’payishi va toshma.
Flukonazol bilan davolashda quyidagi nojo’ya reaktsiyalar taalluqli tez-tezligi bilan kuzatilgan va ular to’g’risida xabar berilgan: juda tez-tez (≥1 / 10); tez-tez (1/100 dan <1/10 gacha); tez-tez emas (≥1 / 1000 dan <1/100 gacha); kam xollarda (1/10 000 dan <1/1000 gacha); juda kam xollarda (<1/10000), nomalum (mavjud malumotlar bo’yicha aniqlash mumkin emas).
|
Tizimli azolar sinfi |
Tez-tez |
Tez-tez emas |
Kam xollarda |
Nomalum |
|
Qon va limfatik tizim buzilishlar |
|
Kamqonlik |
Agranulotsitoz, leykopeniya, trombotsitopeniya, neytropeniya. |
|
|
Immun tizim buzilishlar |
|
|
Anafilaksiya |
|
|
Moddalar almashinuvi va oziqlanish tomonidan buzilishlar |
|
Ishtaha pasayishi |
Giperxolesterinemiya, gipertriglitseridemiya, gipokaliemiya. |
|
|
Ruhiy buzilishlar |
|
Seruyqulik, uyqusizlik |
|
|
|
Asab tizimidagi buzilishlar |
Bosh og’rishi |
Tomir tortishishlar, paresteziya, bosh aylanishi, tam sezish qobiliyati buzilishi. |
Tremor |
|
|
Eshitish va muvozanat organi tomonidan buzilishlar |
|
Bosh aylanishi |
|
|
|
Yurak tizimi tomonidan buzilishlar |
|
|
“Piruetli” yurak qorinchasi taxikardiyasi (“Maxsus ko’rsatmalar”ga qarang), QT oraliq vaqti uzayishi (“Maxsus ko’rsatmalar”ga qarang). |
|
|
Meda-ichak kasalliklari |
Qorindagi og’riq, qusish, diareya, ko’ngil aynishi |
Ich qotishli dispepsiya, meteorizm, og’iz qurishi. |
|
|
|
Gepatobiliar kasalliklar |
Alanin aminotransferaza ko’payishi (“Maxsus ko’rsatmalar”ga qarang), aspartat-aminotransferaza ko’payishi (“Maxsus ko’rsatmalar”ga qarang), qonda ishqorli fosfataza ko’payishi (“Maxsus ko’rsatmalar” bo’limiga qarang). |
Xolestaz (“Maxsus ko’rsatmalar”ga qarang), sariq kasali (“Maxsus ko’rsatmalar”ga qarang), bilirubin ko’payishi (“Maxsus ko’rsatmalar” bo’limiga qarang). |
Jigar faoliyati etishmovchiligi (“Maxsus ko’rsatmalar”ga qarang), gepatotsellyulyar nekroz (“Maxsus ko’rsatmalar”ga qarang), gepatit (“Maxsus ko’rsatmalar”ga qarang), gepatotsellyulyar shikastlanish (“Maxsus ko’rsatmalar” bo’limiga qarang). |
|
|
Teri va teriosti to’qimalar tomonidan buzilishlar |
Toshma (“Maxsus ko’rsatmalar”ga qarang). |
Dori vositasi tufayli toksidermiya (“Maxsus ko’rsatmalar”ga qarang)*, eshakemi kasalligi (“Maxsus ko’rsatmalar”ga qarang), qichima, yuqori terlashlik. |
Toksinli epidermal nekroliz (“Maxsus ko’rsatmalar”ga qarang), Stivens-Jonson sindromi (“Maxsus ko’rsatmalar”ga qarang), o’tkir tarqalgan ekzantematoz pustulez (“Maxsus ko’rsatmalar”ga qarang), eksfoliativ dermatit, Kvinke shishi, yuz shishi, alopetsiya. |
Eozinofiliya va tizimli simptomlar (DRESS)ni o’z ichiga olgan dori vositalariga reaktsiyalar |
|
Suyak-mushak va biriktiruvchi to’qimalar tomonidan buzilishlar |
|
Mialgiya |
|
|
|
Umumiy kasalliklar va dori vositasi yuborilgan joydagi reaktsiyalar |
|
Charchoqlik, lohaslik, asteniya, isitmalash. |
|
|
* shu jumladan, turg’un dori vositasi eritemasi.
Bolalar
Pediatrik klinik sinovlar vaqtida qayd etilgan nojo’ya reaktsiyalar xususiyati va tez-tezligi hamda laboratoriya anomaliyalarini, genital kandidoz ko’rsatkichidan tashqari, kattalardagi ko’rsatkichlar bilan solishtirib bo’ladi.
Retseptli
- Tabletkalar
- Eritma
- Gel
Flukanol-seem
Retseptli
- Eritma
Vizanak
Retseptli
- Eritma
- Kapsulalar



























