Galavit analoglari
Guruh analoglari
Galavit
Umumiy
Galavit majmuaviy davolash tarkibida immunomodullovchi va yallig‘lanishga qarshi vosita sifatida qo‘llanadi.
Tabletkalar uchun
Kattalar va 12 yoshdan oshgan o‘smirlarda:
- o‘tkir respirator infeksiyalar, nafas yo‘llari va LOR-a’zolarining bakterial va virusli etiologiyali kasalliklari, shu jumladan tez-tez qaytalanuvchi holatlarda (O‘RVI, gripp, bronxit, pnevmoniya, tonzillit, otit, adenoidit), shuningdek ularning profilaktikasida;
- og‘iz bo‘shlig‘i va tomoq shilliq qavatining yallig‘lanish kasalliklari, parodont kasalliklari;
- gerpes virusi chaqirgan surunkali qaytalanuvchi kasalliklar;
- jismoniy ish qobiliyatining pasayishi, shu jumladan sportchilarda.
Suppozitoriylar uchun
1 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda:
- intoksikatsiya va/yoki diareya bilan kechuvchi infeksion ichak kasalliklari;
- me’da va 12 barmoq ichak yara kasalligi;
- virusli gepatitlar;
- gerpes virusi chaqirgan surunkali qaytalanuvchi kasalliklar;
- papilloma virusi chaqirgan kasalliklar;
- yiringli xirurgik kasalliklar (kuyish shikastlanishlari, qaytalanuvchi furunkulyoz, surunkali osteomiyelit, omentit bilan kechuvchi gangrenoz appenditsit, peritonit, yiringli plevrit);
- astenik holatlar, nevrotik va somatoform buzilishlar, jismoniy ish qobiliyatining pasayishi;
- operatsiyadan keyingi yiringli-septik asoratlar va ularning profilaktikasi, shu jumladan onkologik bemorlarda;
- bakterial va virusli etiologiyali urogenital infeksiyalarni davolash va oldini olish;
- og‘iz bo‘shlig‘i va tomoq shilliq qavatining yallig‘lanish kasalliklari, parodont kasalliklari;
- nafas yo‘llari va LOR-a’zolarining bakterial va virusli etiologiyali tez-tez qaytalanuvchi kasalliklari;
- gripp va o‘tkir respirator infeksiyalarning profilaktikasi.
Preparat odatda yaxshi o‘zlashtiriladi.
Kam hollarda allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin.
Agar yo‘riqnomada ko‘rsatilgan nojo‘ya ta’sirlar paydo bo‘lsa va ular kuchaysa yoki yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan boshqa nojo‘ya ta’sirlar sezilsa, bu haqda shifokorga xabar bering.
Retseptli
- Tabletkalar
- Kukun
- Suppozitorlar












