Genferonning aptekalardagi narxlari
GENFERON suppozitorii 1000000me N10
|
|
78 ta dorixonada bor
|
128 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
190 000 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
180 000 so'mdan
Bron qilish
|
GENFERON LAYT suppozitorii 250000me N10
|
|
144 ta dorixonada bor
|
65 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
75 000 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
65 000 so'mdan
Bron qilish
|
GENFERON suppozitorii 500000me N10
|
|
87 ta dorixonada bor
|
100 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
126 000 so'mdan
Bron qilish
|
GENFERON LAYT suppozitorii 125000me N10
|
|
26 ta dorixonada bor
|
65 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
70 000 so'mdan
Bron qilish
|
GENFERON LAYT tomchilar 10000me/ml N1
|
|
98 ta dorixonada bor
|
64 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
84 000 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
77 000 so'mdan
Bron qilish
|
GENFERON LAYT sprey 50000me N1
|
|
121 ta dorixonada bor
|
57 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
77 000 so'mdan
Bron qilish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
Genferon ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
GENFERON®
GENFERONE
Preparatning savdo nomi: GENFERON®
Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): benzokain+alfa-2b interferoni+taurin&
Dori shakli: vaginal va rektal suppozitoriylar
Tarkibi:
1 suppozitoriy muvofiq dozalar uchun 55 mg+250 000 XB + 10 mg, 55 mg+500 000 XB + 10 mg, 55 mg+1000 000 XB + 10 mg quyidagilarni saqlaydi:
faol moddalar: rekombinant (ro IFN-α2b) odam alfa-2b interferoni – 250 000 XB yoki 500 000 XB yoki 1 000 000 XB; taurin – 0,01 g, benzokain – 0,055 g;
yordamchi moddalar: qattiq yog‘ – 1,65 g vaznli suppozitoriy olish uchun yetarli miqdorda, dekstran 60 000 – 0,0015 g, makrogol 1500 – 0,1240 g, polisorbat 80 – 0,0330 g, emulgator T2 – 0,1320 g, natriy gidrositrati – 0,0001 g, limon kislotasi – 0,0015 g, tozalangan suv – 0,0660 g.
Ta‘rifi: Oq yoki sarg‘ish tusli oq rangli, silindrik shaklli, o‘tkir uchli suppozitoriylar, uzunasiga kesilganida bir xil. Kesilganida havo o‘zagi yoki voronkasimon o‘yiqcha bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.
Farmakoterapevtik guruhi: immunomodulyasiya qiluvchi vositalar, interferonlar.
ATX kodi: L03AB05
Farmakologik xususiyatlari
Immunobiologik xususiyatlari
GENFERON® – majmuaviy preparat, ta‘siri uning tarkibiga kiruvchi komponentlariga bog‘liq. Mahalliy va tizimli ta‘sir ko‘rsatadi.
GENFERON® preparatining tarkibiga gen injeneriyasi usuli bilan odam alfa-2b interferon geni kiritilgan Escherichia coli bakteriya shtammlari ishlab chiqaradigan odam rekombinant alfa-2b interferoni kiradi.
Alfa-2b interferoni viruslarga qarshi, immunomodulyasiya qiluvchi, antiproliferativ va antibakterial ta‘sir ko‘rsatadi. Viruslarga qarshi samarasi viruslarning replikasiyasini ingibisiya qiluvchi qator xujayra ichki fermentlarini faollashishi bilan bilvosita bog‘liq. Immunomodulyasiya qiluvchi ta‘siri birinchi navbatda immun tizimining xujayra-orqali kechuvchi reaksiyalarini kuchayishi bilan namoyon bo‘ladi, bu viruslarga, xujayra ichki parazitlariga va o‘sma oqibatida transformasiyaga uchragan xujayralarga nisbatan immun javobning samaradorligini oshiradi. Bu CD8+, T-killerlar, NK-xujayralar (tabiiy killerlar) ni faollashuvi, V-limfositlarning differensasiyasini va ular tomonidan antitelalarni ishlab chiqarilishini kuchayishi, monositar-makrofagal tizimni va fagositozni faollashuvi, shuningdek I tur gistomutanosiblikning bosh kompleksi molekulasining ekspressiyasini oshishi hisobiga erishiladi, bu immun tizimining xujayralari tomonidan infeksiyalangan xujayralarni tanib olish ehtimolini oshiradi. Shilliq qavatning barcha qavatlarida saqlanuvchi leykositlarni interferon ta‘siri ostida faollashuvi, ularni patologik o‘choqlarini yo‘qotishida faol ishtirokini ta‘minlaydi; bundan tashqari interferonning ta‘siri hisobiga sekretor A immunoglobulinni ishlab chiqarilishini tiklanishiga erishiladi.
Antibakterial samara interferon ta‘siri ostida kuchayadigan immun tizimining reaksiyalari bilan bilvosita bog‘liq.
Taurin metabolik jarayonlarni va to‘qimalarning regenerasiyasini me‘yorlashish yordam beradi, membranani mustahkamlovchi va immunomodulyasiya qiluvchi ta‘sirga ega. Kuchli antioksidant bo‘lib, taurin kislorodning faol shakllari bilan bevosita o‘zaro ta‘sirlashadi, ularni haddan ziyod to‘planishi patologik jarayonlarni rivojlanishiga yordam beradi. Taurin preparatni qo‘llashning terapevtik samarasini kuchaytirib, interferonning biologik faolligini saqlanishiga yordam beradi.
Benzokain (anestezin) mahalliy anestetikdir. Natriy ionlari uchun xujayra membranasining o‘tkazuvchanligini kamaytiradi, membrananing ichki yuzasida joylashgan reseptorlardan kalsiy ionlarini surib chiqaradi, nerv impulslarining o‘tkazilishini bloklaydi. Sezuvchi nerv oxirlarida og‘riq impulslarining paydo bo‘lishiga va ularni nerv tolalari bo‘ylab o‘tkazilishiga to‘sqinlik qiladi. Tizimli qon oqimiga so‘rilmasdan faqat mahalliy samara ko‘rsatadi.
Farmakokinetikasi
Preparat rektal yuborilganida interferonning yuqori biokiraolishligi (80% dan ko‘p) aniqlanadi, shu sababli yaqqol ham mahalliy, ham tizimli immunomodulyasiya qiluvchi ta‘sirga erishiladi, vagina ichiga qo‘llanganida infeksiya o‘chog‘idagi yuqori konsentrasiya va shilliq qavati xujayralarida joylashishi hisobiga yaqqol mahalliy viruslarga qarshi, antiproliferativ va antibakterial samaraga erishiladi, bunda tizimli ta‘siri vaginaning shilliq qavatidan past so‘rilish qobiliyati hisobiga ahamiyatsiz. Interferonning qon zardobidagi maksimal konsentrasiyasiga preparat yuborilganidan keyin 5 soat o‘tgach erishiladi. α-interferonning asosiy chiqarilish yo‘li buyrak katabolizmidir. Yarim chiqarilish davri 12 soatni tashkil qiladi, bu preparatni sutkada 2 marta qo‘llash kerakligini belgilaydi.
Qo‘llanilishi
Kattalardagi urogenital yo‘llarining infeksion-yallig‘lanish kasalliklarini majmuaviy davolash tarkibida: genital gerpes, xlamidioz, ureaplazmoz, mikoplazmoz, qaytalanuvchi vaginal kandidozi, gardnerellyoz, trixomonoz, papillomavirusli infeksiya, bakterial vaginoz, bachadon bo‘yni eroziyasi, servisit, vulvovaginit, bartolinit, adneksit, prostatit, uretrit, balanit, balanopostit.
Kattalarda bakterial etiologiyali surunkali qaytalanuvchi sistitnimajmuaviy davolashda qo‘llanadi.
Kattalarda o‘tkir bronxitni majmuaviy davolashda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
- Ayollardagi urogenital yo‘llarining infeksion-yallig‘lanish kasalliklari.
1 suppozitoriydan (250 000 XB yoki 500 000 XB yoki 1 000 000 XB dan kasallikning og‘irligiga qarab) vaginaga yoki rektal (kasallik xarakteriga qarab) sutkada 2 marta har kuni 10 kun davomida. Cho‘zilgan shakllarida haftada 3 marta, kunora 1 suppozitoriydan 1-3 oy davomida. Vaginadagi yaqqol infeksion-yallig‘lanish jarayonida 500 000 XB 1 suppozitoriyni vagina ichiga ertalab va 1 000 000 XB 1 suppozitoriyni rektal ravishda kechasiga, bir vaqtda vaginaga antibakterial/fungisid agentlar saqlovchi suppozitoriylarni yuborish bilan birga qo‘llash mumkin. Ayollardagi urogenital yo‘llarning infeksion-yallig‘lanish kasalliklarini davolashda mahalliy immunitet ko‘rsatkichlarini me‘yorlashtirish uchun 13-40 haftalik muddatdagi homiladorlikda 250 000 XB 1 suppozitoriydan vaginaga, sutkada 2 marta har kuni, 10 kun davomida qo‘llanadi.
- Erkaklardagi urogenital yo‘llarining infeksion-yallig‘lanish kasalliklari.
Rektal 1 suppozitoriydan (500 000 XB yoki 1 000 000 XB dan kasallikning og‘irligiga qarab) sutkada 2 marta har kuni, 10 kun davomida.
- Kattalarda surunkali qaytalanuvchi sistit majmuaviy davolash tarkibida.
Kasallikni zo‘rayishida – standart antibakterial davolash kursi bilan birgalikda 10 kun davomida 1 suppozitoriydansutkada 2 marta rektal, keyin qaytalanishni oldini olish maqsadida 40 kun davomida 1 suppozitoriydan (1000 000 XB)kun ora rektal qo‘llanadi.
- Kattalarda o‘tkir bronxitni majmuaviy davolash tarkibida.
1 suppozitoriy (1 000 000 XB yoki 500 000 XB) dan sutkada 2 marta, 5 kun davomida, qo‘llaniladi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Preparat bemorlar tomonidan yaxshi o‘zlashtiriladi. Mahalliy allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin. Ushbu ko‘rinishlar qaytuvchi va yuborish to‘xtatilganidan keyin 72 soat davomida yo‘qoladi. Shifokor bilan maslahatlashgandan keyin davolashni davom ettirish mumkin.
Alfa-2b interferonning barcha turlari qo‘llanganida paydo bo‘ladigan etni uvishishi, haroratni oshishi, toliqish, ishtahani yo‘qolishi, mushak va bosh og‘riqlari, bo‘g‘imlardagi og‘riq, terlash kabi ko‘rinishlar, shuningdek leyko- va trombositopeniya kuzatilishi mumkin, ammo ko‘pincha ular sutkalik doza 10 000 000 XB dan oshganida kuzatilishi mumkin. Hozirgi vaqtgacha og‘ir nojo‘ya ko‘rinishlar kuzatilmagan.
Boshqa har qanday preparat kabi alfa-2b interferon yuborilganidan keyin haroratning oshishi hollarida, bir marta 500-1000 mg dozada parasetamol qabul qilish mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Interferonni va preparatning tarkibiga kiruvchi boshqa moddalarni shaxsiy o‘zlashtiraolmaslikda qo‘llash mumkin emas.
Ehtiyotkorlik bilan
Allergik va autoimmun kasalliklarning zo‘rayishi.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
GENFERON® urogenital kasalliklarni davolash uchun qo‘llanadigan dori vositalari (shu jumladan antibiotiklar va boshqa mikroblarga qarshi preparatlar) bilan birga qo‘llanganida juda samarali. Nonarkotik analgetiklar va antixolinesteraz dori vositalari benzokainning ta‘sirini kuchaytiradi. Benzokain sulfanilamidlarning antibakterial faolligini kamaytiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Urogenital infeksiyani qaytalanishini bartaraf qilish uchun bir vaqtda jinsiy sherikni ham davolash masalasini ko‘rib chiqish tavsiya qilinadi.
Preparatni hayz ko‘rish vaqtida qo‘llashga yo‘l qo‘yiladi.
Homiladorlik va laktasiya vaqtida qo‘llanishi
Homiladorlikning 13-40 haftalik muddatida genital gerpes, xlamidioz, ureaplazmoz, mikoplazmoz, sitomegalovirusli infeksiya, papillomavirusli infeksiya, qichishish bo‘lganida, bakterial vaginoz, urogenital yo‘llarining quyi bo‘limi sohalarida diskomfort va og‘riq hisslari bo‘lganida mahalliy immunitetning ko‘rsatkichlarini me‘yorlashtirish uchun qo‘llash ko‘rsatilgan.
Klinik tadqiqotlar bilan homiladorlikning 13-40 haftalik muddatida 250 000 XB GENFERON® preparatini qin ichiga qo‘llashning xavfsizligi isbotlangan. Preparatni homiladorlikning I uch oyligida qo‘llashning xavfsizligi o‘rganilmagan.
GENFERON® preparati alohida ehtiyotkorlik va tezkor reaksiyalarni talab qiluvchi potensial xavfli faoliyatni (transport vositalarini, mashina qurilmalarini va shu kabilarni boshqarish) bajarishga ta‘sir qilmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
GENFERON® preparatining dozasini oshrib yuborilishi hollari to‘g‘risida xabar berilmagan. Tasodifan bir vaqtda shifokor buyurganidan ko‘p miqdorda suppozitoriylar yuborilganida, keyingi yuborishni 24 soatga to‘xtatish kerak, undan keyin davolashni ko‘rsatilgan sxema bo‘yicha tiklash mumkin.
Chiqarilish shakli
Suppozitoriylar 55 mg+250 000 XB+10 mg, 55 mg+500 000 XB+10 mg, 55 mg+1 000 000 XB+10 mg
5 suppozitoriydan alyuminiy folga yoki polivinilxlorid plyonka kontur uyali o‘ramda.
1 yoki 2 kontur uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
20S dan 80S gacha bo‘lgan haroratda.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.
Chiqarish shakllari
Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?
Savol qoldirishGinekolog tomonidan mikroblarga qarshi terapiya bilan birga vaginit uchun buyuriladi. Men shamlardan kuniga 2 marta 10 kun davomida vaginal ishlatardim. Qichishish, yonish birinchi foydalanish kunidan keyin yo'qolgan.
Buni menga ginekolog buyurdi. Immunitetning pasayishi fonida menda muammo bor edi. Vaginal oqindi, qichishish, yonish mavjud. Bu yallig'lanish bo'lib chiqdi, test natijalariga ko'ra - aralash infektsiya: bakteriyalar, viruslar, zamburug'lar. Belgilangan antibiotikli terapiya va Genferon shamchalari kuniga 2 marta, rektal. Men uzoq vaqt azob chekaman deb o'ylagandim, lekin bir kundan keyin qichishish va yonish yo'qoldi. U 10 kun davolandi. Kurs uchun siz 2 ta paket sotib olishingiz kerak. Ta'siri zo'r. Chiqarish yo'qoldi va smear yaxshi qaytdi. Qo'llash paytida, shamlar hech qanday yon ta'sir ko'rsatmadi.
Menga ginekolog tomonidan mikroblarga qarshi dorilar bilan bir qatorda yallig'lanish uchun buyurilgan edi, qichishish, yonish, oqindi bor edi, shifo berish uchun uzoq vaqt kerak deb o'yladim. Ammo bir kun ichida qichishish va yonish yo'qoladi. Men Genferonni kuniga 2 marta 10 kun davomida vaginal tarzda ishlatardim. Chiqarish tugadi, smear yaxshi. Men davolanish natijasidan juda mamnunman.