Ташкент
logo
SavatKirish

Ginkgo Biloba

- Ginkgo Biloba qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Ginkgo Bilobaning tarkibi
- Ginkgo Biloba ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Ginkgo Biloba narxi Toshkent dorixonalarida

Ginkgo Biloba qo'llanmasi

Ishlab chiqaruvchi
Ishlab chiqarilish joyi
O'zbekiston,
Rossiya Federatsiyasi,
Ukraina
Kategoriya
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Qo‘llash ko‘rsatmalari
  • Komponentlarning organizmga kompleks ta'siri quyidagilarga yordam beradi: •bosh miya, ko'z to'r pardasi, miokard qon bilan ta'minlanishini yaxshilashga (mikrotruklator darajada), •aterosklerozga qarshi ta'sirga, •trombotsitlar agregatsiyasini pasaytirish va tromb hosil bo'lishining oldini olishga, •tomir hujayralarining normal regeneratsiyasiga, •aqliy va jismoniy ish qobiliyatini yaxshilashga, •meteosezuvchanlikni pasaytirish va magnit bo'ronlari davrida holatni yaxshilashga, •qon yaratish va immunomodulyatsiya jarayonlarini yaxshilashga.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
  • Qon ivuvchanligining pasayishi, eroziv gastrit, zo‘rayish fazasidagi oshqozon va o‘n ikki barmoqli ichak yarasi, miya qon aylanishining o‘tkir buzilishlari, o‘tkir miokard infarkti, arterial gipotenziya, homiladorlik, laktatsiya, 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlar, ginkgo biloba preparatlariga yuqori sezuvchanlik.
Tarkibi
  • ginkgo biloba ekstrakti 13mg, glitsin 147mg, baykal shlemnigi ekstrakti 5mg; Yordamchi moddalar: Mkts, kaltsiy stearati Ginkgo biloba quruq ekstrakti 120 mg (shu jumladan flavonol glikozidlari) 26,4 mg Glitsin 40 mg ikki bo‘lakli ginkgo barglari quruq ekstrakti 40 mg ikki bo‘lakli ginkgo barglari quruq ekstrakti 80 mg ginkgo biloba barglari ekstrakti, do‘lana mevalari ekstrakti MKTs (to‘planishga qarshi agent) kaltsiy stearati (to‘planishga qarshi agent)
Farmakokinetikasi
Ginkgo ekstrakti ichga qabul qilingandan so‘ng terpenlaktonlar (ginkgolid A, ginkgolid B va bilobalid) yuqori biokiraolishlikka ega, bu ginkgolid A uchun 100% (98%), ginkgolid B uchun 93% (79%) va bilobalid uchun 72% ni tashkil qiladi. 80 mg ekstrakt qabul qilingandan so‘ng qon plazmasidagi maksimal konsentratsiyalar: ginkgolid A uchun 15 ng/ml, ginkgolid B uchun 4 ng/ml va bilobalid uchun taxminan 12 ng/ml ni tashkil qiladi. Yarim chiqarilish davri — 3,9 soat (ginkgolid A), 7 soat (ginkgolid B) va 3,2 soat (bilobalid). Qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanishi: ginkgolid A uchun 43%, ginkgolid B uchun 47% va bilobalid uchun 67% ni tashkil qiladi.
Farmakologik ta'siri
BFQ (Biologik faol qo'shimcha) antioksidant xususiyatlarga ega, miya va koronar qon aylanishini normallashtiradi, tsirkulyator etishmovchilikni bartaraf etadi, tomirlar elastikligini tiklaydi. Ginkgo Biloba miya faoliyatini yaxshilashga, xotirani mustahkamlashga va buning natijasida - faol hayotni uzaytirishga yordam beradi. Sinchkovlik bilan tanlangan tarkibiy qismlar yumshoq sedativ ta'sirga ega, uzoq muddatli salbiy his-tuyg'ular, aqliy va jismoniy zo'riqish fonida koronar arteriyalar spazmini susaytiradi, arterial bosimni bir tekisda pasaytiradi, yurak qisqarishlarining chastotasi va kuchini tartibga soladi, antisklerotik ta'sirga ega. Gingko Biloba BFQ tarkibiy qismlarining tavsifi: Glitsin – psixoemotsional zo'riqishni kamaytiradi, aqliy ish qobiliyatini oshiradi, markaziy nerv sistemasida himoya tormozlanish jarayonlarini normallashtiradi va faollashtiradi. Glitsin inson oziq-ovqatdan etarli miqdorda olishi kerak bo'lgan almashtirib bo'lmaydigan aminokislota hisoblanadi. * Ginkgo Biloba – miya va koronar qon aylanishini normallashtiradi, yoshga bog'liq o'zgarishlar natijasida yomonlashgan xotira, eshitish, ko'rish, nutq va harakat funktsiyalarini tiklaydi, tsirkulyator etishmovchilikni (shu jumladan aterosklerotik va yoshga bog'liq kelib chiqishga ega) bartaraf etadi, tomirlar elastikligi va mustahkamligini tiklaydi, miya va koronar tomirlar trombozlarining oldini oladi, yurak mushagining oziqlanishini yaxshilaydi, antioksidant xususiyatlarga ega. Ginkgo biloba bosh miya funktsiyalariga ijobiy ta'sir ko'rsatadi: aqliy faoliyatni faollashtiradi, xotira va uyquni yaxshilashga yordam beradi, bosh aylanishi va quloqdagi shovqinni yo'qotadi. * Baykal shlemgnigi – qon tomirlarini kengaytiradi, yurak qisqarishlari ritmini sekinlashtiradi, bosh og'rig'i va uyqusizlikni bartaraf etadi, ateroskleroz bilan birga keladigan arterial bosimni pasaytiradi; tirishishlar paydo bo'lishining oldini oladi, asab tizimining funktsional faolligini tormozlaydi.
Nojo'ya ta'sirlar
  • Ginkgo Biloba S yaxshi o'zlashtiriladi, nojo'ya ta'sirlar kamdan-kam yuzaga keladi. Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: dispeptik buzilishlar, ko'ngil aynishi, jig'ildon qaynashi (qoida tariqasida, kuchsiz ifodalangan, vaqtinchalik xarakterga ega). Markaziy asab tizimi tomonidan: bosh og'rig'i, bosh aylanishi. Allergik reaktsiyalar: teri toshmasi, qichishish. Boshqalar: qon ivishining pasayishi (uzoq muddat qo'llanilgandan keyin).
Dozirovkasi
  • 0,2 g 0,45 g 0,5 g 370 mg 40 mg 80 mg
Dozani oshirib yuborilishi
Hozirgi vaqtgacha preparatning dozasi oshirib yuborilishi holatlari qayd etilmagan. Ginkgo Biloba yaxshi o‘zlashtiriladi.
Dori shaklining ta'rifi
  • kapsulalar tabletkalar og'irligi 0,5 g bo'lgan tabletkalar Tabletkalar, sariq-yashil, o't rangli № 3 qattiq jelatin kapsulalar (sariq rangli). Kapsula ichidagisi - bosilganda parchalanadigan jigarrang va oq zarrachalari bo'lgan sarg'ish-jigarrang rangli kukun yoki zichlangan massa.
Maxsus saqlash sharoitlari

Holatning yaxshilanishi davolash boshlanganidan 1 oy o'tgach namoyon bo'ladi.

Bosh aylanishi va quloqlarda shovqin hissi tez-tez yuzaga kelganda shifokor bilan maslahatlashish zarur. Eshitish to'satdan yomonlashganda yoki yo'qolganda kechiktirmasdan shifokorga murojaat qilish kerak.

Preparatning transport vositalarini va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri:

Preparatni qabul qilishda markaziy asab tizimi tomonidan nojo'ya ta'sirlar rivojlanishi mumkinligini hisobga olib, yuqori diqqatni jamlash va psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiluvchi potensial xavfli faoliyat turlarini bajarishda (sh.j. transport vositalarini boshqarish, harakatlanuvchi mexanizmlar bilan ishlash) ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Preparatni asetilsalitsil kislotasi, antikoagulyantlar (to‘g‘ridan-to‘g‘ri va bilvosita ta’sir qiluvchi), shuningdek qon ivishini pasaytiruvchi preparatlarni doimiy qabul qilayotgan bemorlarga qo‘llash tavsiya etilmaydi. Qon ivishini pasaytiruvchi vositalarni bir vaqtda qabul qilayotgan bemorlarda yakkalangan qon ketish hollari bo‘lishi mumkin; ushbu qon ketishlarning Ikki bo‘lakli Ginkgo preparatlarini qabul qilish bilan sababiy bog‘liqligi tasdiqlanmagan. Gipotenziv vositalar bilan qo‘llanilganda antigipertenziv samara kuchayishi mumkin.
Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

GINKGO BILOBA

GINKGO BILOBA

Preparatning savdo nomi: Ginkgo biloba

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): ginkgo biloba

Dori shakli: kapsulalar 40 mg

Tarkibi:

bir kapsula quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: ginkgo biloba quruq ekstrakti – 40,0 mg;

yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, magniya stearati.

Ta‘rifi: №1 o‘lchamli, silindrik shaklli, uchlari polusferik bo‘lgan, korpusi – oq rangli, qopqog‘i – qizil rangli qattiq jelatin kapsulalar.

Farmakoterapevtik guruhi: periferik qon aylanishining buzilishini davolash uchun vosita.

ATX kodi: N06BX19

Farmakologik xususiyatlari

O‘simlik preparati, uning faol komponenti bo‘lib, ginkgo bilobani standartlashtirilgan ekstrakti hisoblanadi. Xujayralarda moddalar almashinuvi jarayonlariga, qonning reologik xususiyatlariga va mikrosirkulyasiyaga, qon tomirlarining vazomotor reaksiyalariga ta‘sir qiladi. Bosh miya qon aylanshini va bosh miyaning kislorod va glyukoza bilan ta‘minlanishini yaxshilaydi. Metabolik jarayonlarni normalashtiradi, to‘qimalarga antigipoksik ta‘sir ko‘rsatadi. Qon aylanishining yaxshilanishiga yordam beradi, trombositlarning agregasiyasiga to‘sqinlik qiladi, shishga qarshi va antioksidant ta‘sirlarga ega. Oyoq-qo‘llarda qon aylanishi yaxshilaydi.

Qo‘llanilishi

Diqqat va/yoki xotiraning buzilishlari, intellektual qobiliyatni pasayishi, qo‘rquv hissi, uyquni buzilish bilan namoyon bo‘luvchi turli genezli dissirkulyator ensefalopatiya; insultning, bosh miya jarohatlarining oqibatlari, involyutiv buzilishlarda qo‘llanadi.

Periferik qon aylanishi va mikrosirkulyasiyasini buzilishi, shu jumladan oyoqlarning arteriopatiyasi, Reyno sindromida qo‘llanadi.

Neyrosensor buzilishlarda (aqlni zaiflashishi, quloqlarni shang‘illashi, gipoakuziya, sariq dog‘ning involyutiv degenerasiyasi, diabetik retinopatiya) qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Kattalarga 1 kapsuladan sutkada 3 marta ovqatdan keyin buyuriladi. Davolash kursining o‘rtacha davomiyligi – 3 oyni tashkil qiladi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Ovqat xazm qilish yo‘llarining faoliyatini buzilishlari. Bosh og‘rig‘i, allergik reaksiyalar.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning kompenentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas. Homiladorlik va laktasiya davrida preparatni buyurish tavsiya qilinmaydi

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Ginkgo biloba dori vositasini qon ivishini kamaytiruvchi dori vositalari (masalan, fenprokumon, varfarin, klopidogrel, aspirin va boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar) bilan bir vaqtda qabul qilish tavsiya etilmaydi, chunki ularning ta‘siri kuchayishi va qon ketishlar rivojlanishi mumkin. Sitoxrom R450 3A4, 1A2, 2S19 tomonidan metabolizmga uchraydigan dori vositalarining samarasiga ta‘sir qilishi inkor etilmaydi.

Boshqa dori vositalarini, shu jumladan shifokor reseptisiz beriladigan dori vositalari bilan bir vaqtda qabul qilinganda, shifokorga murojaat etish lozim.

 

Mahsus ko‘rsatmalar

Holatni yaxshilanishi birinchi belgilari davolash boshlangandan keyin 1 oy o‘tgach paydo bo‘ladi.

Ginkgo biloba bolalarga buyurilmaydi.

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi

Ginkgo saqlovchi preparatlar qon ketishi xavfini oshirishi mumkinligi haqida ma‘lumotlar borligi tufayli, ginkgo biloba dori vositasini homiladorlik vaqtida qo‘llash mumkin emas.

Dori vosita komponentlarini ko‘krak sutiga kirish haqidagi ma‘lumotlar yo‘q. Dori vositani emizish vaqtida adekvat ma‘lumotlar yo‘qligi tufayli qo‘llash mumkin emas.

Transport vositalarini boshqarish va harakatlanuvchi mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri

Avtomobilni va harakatlanuvchi mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri haqida ma‘lumotlar yo‘q.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib yuborilishi hollari to‘g‘risida xabarlar bo‘lmagan.

Chiqarilish shakli

40 mg dan kapsulalar.

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

 

Ulashish:
Nojo'ya samaralari

Allergik reaksiyalar (terining qizarishi, shishi, qichishishi), me'da-ichak yo‘llari funktsiyasining buzilishi (ko‘ngil aynishi, qusish, diareya), bosh og‘rig‘i, eshitishning buzilishi, uyqusizlik, bosh aylanishi, qon ivishining pasayishi bo‘lishi mumkin.

Har qanday noxush holatlar yuzaga kelganda, preparatni qabul qilishni to‘xtatish va davolovchi shifokorga murojaat qilish kerak.

Ginkgo Biloba barcha rasmlari

Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar

Ginkgo Biloba haqida savollar

Ginkgo Biloba haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil