Apteka.uz
SavatKirish

Bilobil

Bilobil chiqarilish shakllari

BILOBIL FORTE kapsulalar  80mg N60
Retseptsiz
BILOBIL FORTE kapsulalar 80mg N60
Sloveniya
Ishlab chiqaruvchi:
KRKA d.d.
BILOBIL INTENS kapsulalar  120mg N60
Retseptsiz
BILOBIL INTENS kapsulalar 120mg N60
Sloveniya
Ishlab chiqaruvchi:
KRKA d.d.
BILOBIL kapsulalar  40mg N20
Retseptli
BILOBIL kapsulalar 40mg N20
Sloveniya
Ishlab chiqaruvchi:
Krka d.d. Novo Mesto
BILOBIL kapsulalar  40mg N60
Retseptli
BILOBIL kapsulalar 40mg N60
Sloveniya
Ishlab chiqaruvchi:
Krka d.d. Novo Mesto
BILOBIL FORTE kapsulalar  80mg N20
Retseptsiz
BILOBIL FORTE kapsulalar 80mg N20
Sloveniya
Ishlab chiqaruvchi:
KRKA d.d.
BILOBIL INTENS kapsulalar  120mg N20
Retseptsiz
BILOBIL INTENS kapsulalar 120mg N20
Sloveniya
Ishlab chiqaruvchi:
KRKA d.d.
- Bilobil qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Bilobilning tarkibi
- Bilobil ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Bilobil narxi Toshkent dorixonalarida

Bilobil haqida qo'llanma

Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

BILOBIL® forte

BILOBIL® forte

 

Preparatning savdo nomi: BILOBIL® forte

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): Ginkgo Biloba barglarining quruq ekstrakti

Dori shakli: kapsulalar

Tarkibi:

Har bir kapsula quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 80 mg Ginkgo biloba L barglarining (Ginkgo barglari) ekstrakti (35-67:1), bu quyidagilarga muvofiq keladi:

  • 17,6-21,6 mg flavon glikozidlari ko‘rinishidagi flavonoidlar,
  • 2,24-2,72 mg A, V, s ginkgolidlari va
  • 2,08-2,56 mg bilobalid,

ekstragent – aseton 60% v/v.

yordamchi moddalar: kukunlash bilan quritilgan suyuq glyukoza, laktoza monogidrati, makkajo‘xori kraxmali, talk, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, magniy stearati,

kapsula qobig‘i: temir (II,III) oksidi, temir (III) oksidi, titan dioksidi, azorubin bo‘yovchisi (Ye122), jelatin.

Ta‘rifi: pushti rangli kapsula.

Kapsula ichida to‘qroq rangli ko‘rinarli zarrachali ochdan to‘q-jigarranggacha bo‘lgan kukun saqlanadi. Qumoqlar bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.

Farmakoterapevtik guruhi: o‘simliklardan olingan angioprotektor vosita.

ATX kodi: N06DX02.

Farmakologik xususiyatlari

Bilobil® forte kapsulalari qon tomir devorini mustahkamlanishi va elastikligini oshishiga yordam beruvchi ginkgo biloba barglari ekstraktining biologik faol moddalari (flavon glikozidlar, terpen laktonlar) saqlaydi, qonning reologik xususiyatlarini yaxshilaydi va buning natijasida mikrosirkulyasiya, bosh miya va periferik to‘qimalarni kislorod va glyukoza bilan ta‘minlanishi yaxshilanadi. Preparat xujayralarda moddalar almashinuvini normallashtiradi, eritrositlar agregasiyasiga to‘sqinlik qiladi, trombositlar faollashuvi omilini tormozlaydi. Qon tomir tizimiga dozaga bog‘liq ravishda boshqaruvchi ta‘sir ko‘rsatadi, mayda arteriyalarni kengaytiradi, venalarning tonusini oshiradi, qon tomirlarni qon bilan to‘lishini boshqaradi.

Qo‘llanilishi

  • Diqqatni pasayishi, xotirani susayishi, intellektual qobiliyatlarni pasayishi, qo‘rquv, xavotirlik, uyquni buzilishi bilan kechuvchi turli etiologiyali dissirkulyator ensefalopatiya (insult, bosh miya jarohati, keksalik yoshi);
  • periferik qon aylanishi va mikrosirkulyasiyani buzilishi (shu jumladan, oyoqlar arteriopatiyasi), Reyno sindromi;
  • neyrosensor buzilishlar (bosh aylanishi, quloqlarda shang‘illash, gipoakuziya);
  • sariq dog‘ni keksalik davridagi degenerasiyasi;
  • diabetik retinopatiyada qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Preparat 1 kapsuladan kuniga 2 marta (ertalab va kechqurun) ichga buyuriladi. Kapsulalarni oz miqdordagi suv bilan qabul qilish kerak. Davolash kursi kamida 3 oyni tashkil qiladi. Yaxshilanishning birinchi belgilari odatda 1 oydan keyin namoyon bo‘ladi. Shifokor bilan maslahatlashgandan keyin takroriy kursni o‘tkazish mumkin.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Allergik reaksiyalar (teri toshmasi, qichishish), me‘da-ichak yo‘llari faoliyatini buzilishi (dispepsiya), bosh og‘rig‘i.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik, qon ivishini pasayishi, eroziv gastrit, me‘da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi, bosh miyada qon aylanishini o‘tkir buzilishlari, o‘tkir miokard infarkti, arterial gipotenziya, bolalar, homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Asetilsalisil kislotasi yoki antikoagulyantlarni doimiy ravishda qabul qiladigan pasientlarga Bilobil® forte preparatini qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Preparatning tavsiya etilgan dozalarini oshirish mumkin emas.

Preparatni homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi

Bilobil® forteni homiladorlik va emizish davrida buyurish tavsiya etilmaydi.

Bilobil® forte kapsulalarni ovqat va ichimliklar bilan birga qabul qilish mumkin.

Bilobil® forte kapsulalarni alkogolli ichimliklar bilan birga qabul qilish tavsiya etilmaydi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Bilobil® forte preparatining dozani oshirib yuborilishi holatlari haqida hozirgi vaqtgacha xabar berilmagan.

Chiqarilish shakli

80 mg dan kapsulalar, 10 kapsuladan blisterda.

2 yoki 6 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylanadi.

Saqlash sharoiti

25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda, namlikdan himoyalangan joyda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Shifokor reseptisiz.

Ulashish:
Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Bilobil preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

Bilobil haqida savollar

Bilobil haqida fikr-mulohazalar

Reyting 5.0, 7 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil