Apteka.uz
SavatKirish

Glaseon

Glaseon chiqarilish shakllari

Glaseon kapsulalari N30
Glaseon kapsulalari N30
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
OOO"Group Asia Pharm"
•7 ta dorixonada bor
Narxi
76 000 so'm dan
- Glaseon qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Glaseonning tarkibi
- Glaseon ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Glaseon narxi Toshkent dorixonalarida

Glaseon haqida qo'llanma

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Komponentlarga yuqori sezuvchanlik, 14 yoshgacha bo'lgan bolalar.


Ogoxlantirish

Homilador ayollarda va laktasiya davrida qo'llanilish bo'yicha etarli ma'lumotlar yo'qligi tufayli qo'llashdan avval albatta shifokor bilan maslaxatlashing.

Tavsiya qilingan sutkalik dozani oshirmang.

Biologik faol qo'shimcha. Dori vositasi emas!

Tarkibi

Passiflora ekstrakti (Passionflower extract) - 150 mg
Do'lana ekstrakti (Crataegi extract) - 150 mg
Magniy laktat digidrat - 150 mg
Limono'ti ekstrakti (Melissae extract) - 100 mg
V6 vitamini (piridoksin gidroxloridi) - 2,0 mg

Farmakologik ta'siri

Ta'siri tarkibiga kiruvchi komponentlar xususiyatiga bog'liq.

Passiflora ekstrakti – alkaloidlar va flavanoid – viteksinlarni saqlaydi, Markaziy nerv tizimiga yumshoq ta'sir ko'rsatadi, uyquni tiklashda, bezovta bo'lish va asabiylashishni kamaytiradi, silliq mushaklarga spazmolitik ta'sir ko'rsatadi, yurak ishini yaxshilaydi, sedativ ta'sir ko'rsatadi. 

Do'lana ekstrakti – flavonoidlar, xolin, atsetilxolin, dubil moddalar, fitoserinlar va xokazolarni saqlaydi. Triterpen va flavonoid birikmalarining borligi hisobiga, spazmolitik ta'sir ko'rsatadi, yurak va bosh miya tomirlarini tanlab kengaytiradi, gipotenziv ta'sir ko'rsatadi, venoz bosimni normal bo'lishiga yordam beradi, tomirlar devorlarining faoliyatini yaxshilaydi. Yumshoq sedativ ta'sir ko'rsatish xususiyatiga ega.

Limono'ti ekstrakti 0,1-0,3% efir moyini saqlaydi, uning asosiy komponentlari tsitronellal, geraniol, tsitral, tsitronellol, linalool, fenilpropanoidlar, xloragenli va kofe kislotalari. Tinchlantiruvchi, antidepressant, spazmolitik, immunomodullovchi, virusga qarshi, antiallergik va antimikrob xususiyatlarga ega. Limono'tining keng ta'sir doirasi turli xil biologik faol moddalarning tarkibiga bog'liq bo'lib: asosiy sedativ ta'sirlar, antispazmolitik xususiyatlari – geraniol va tsitranellol, fenilprapanoidlardir (rozmarinli, qaxvali, xlorogenli va boshqa gidroksikor kislotalari) viruslarga qarshi, immunomodullovchi, antigistamin, mikroblarga qarshi ta'sir etish xususiyatiga ega. O'simlikni xomiladorlarda qusishga qarshi vosita sifatida, ishtaxani yaxshilash va siydik xaydovchi vosita sifatida tavsiya qilinadi.

Piridoksin gidroxlorid (vitamin V6) koferment sifatida nerv tizimni metobolizmini yo'naltirishda va ko'pgina metobolik jarayonlarda qatnashadi. Magniyni me'da-ichak traktida tez o'zlashtirish va xujayralarga tez kirib borishini va saqlanishini ta'minlaydi.

Magniy – xayot uchun muhim element hisoblanib, organizm uchun muhim bo'lgan xujayra funktsiyasi va moddalar almashinuvini me'yorlashuvida ishtirok etadi. Xususan nerv impulslarining yo'naltirishini tartibga soladi va mushaklarning qisqarishida ishtirok etadi. Magniy nerv-mushaklarini o'tkazuvchanligida ishtirok etadi. Magniy bir qator reseptorlar (NMDA-, AMPA – reseptorlari, atsetilxolin, noradrenalin va dofamin) tarkibiga kiradi, neyroreseptorlarning (katexolaminlar, tirozin, dofamin, noradrenalin, serotonin, GAMK) normal metobolizmi uchun zarur. Magniy ionlari neyronlarni qo'zg'aluvchanligini kamaytiradi, mushaklardagi ion balansini tutib turishda muhim fiziologik rol o'ynaydi, nerv – mushak o'tkazuvchanligini sekinlashtiradi, ko'pchilik fermentativ reaktsiyalarda ishtirok etadi. Organizmda magniy tanqisligi mushaklarni kuchsizlantiradi, tremor, tetaniya, ataksiya, reflektor ta'sirlanishni va asabiylikni kuchaytiradi, uyquni buzadi, yurak ritmini buzadi ekstrasistoliya yoki taxikardiya, ovqat hazm trakti diareyaga moyil bo'lib buziladi. Magniy tanqisligi magniy metobolizmidagi tug'ma nuqson tufayli birlamchi va uni qabul qilmaslik tufayli ikkilamchi bo'lishi mumkin, shuningdek me'da – ichak traktidan etarli so'rilmasligi, buyraklar tomonidan ortiqcha ajralishi va magniyga bo'lgan extiyojning ortishi (jismoniy va aqliy yuklama, stress, homiladorlik) natijasida kuzatiladi.

Dozirovkasi

Etarli miqdorda suv bilan ichga qabul qilinadi.   

Kattalarga: mutaxassis tavsiyasiga ko'ra, nevrozli qo'zg'aluvchanlikda, asab tarangligida, tushkunlikda odatda 1 kapsuladan kuniga 2-3 mahal. Maksimal sutkalik doza – 3 kapsula. Uyqu buzilganda va uyqusizlikda 2 kapsuladan uxlashdan yarim soat oldin. Davolanish kursi 1-3 oy.

Nojo'ya samaralari

Nojo'ya ta'sirlari aniqlanmagan. Tarkibiy komponetlariga individual sezuvchanlikni oshishi mumkin bo'lgan reaktsiyalar.

Qo'llanilishi

Biologik faol qo'shimcha sifatida quyidagi holatlarda qo'llaniladi: 

- qo'zg'aluvchanlik va asabiylashish kuchayganida;

- jismoniy va aqliy zo'riqishda;

- surunkali stress;

- depressiv holatda;

- tushkunlikka tushish va vaxima xolatlarida; 

- vaxima xurujida funktsional ko'rinishlarda;

- toliqishni kuchayganida; 

- uyquni buzilishida; 

- mushaklarda og'riq va spazmda;

- yurak qon tomir tizimi kasalliklarni, shu jumladan aritmiya, arterial gipertenziya, dimlangan yurak etishmovchiligi, stenokardiya, ateroskleroz va infarkt miokarddan keyingi holatlarda.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Glaseon preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

Glaseon narxlari

Dorixonalar
Manzil
Ish vaqti
Sotib olish
CITY PHARM G'uncha 11
Shayxontoxur tumani, massiv Bog'ko'cha, 2 uy
24/7
90 000 so'm
Bron qilish
CITY PHARM Virusologiya 24
Yunusobod tumani, Yangishaxar, 24 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
90 000 so'm
Bron qilish
CITY PHARM Parket bozori 30
Mirzo Ulug'bek tumani, Parket ko'ch., 9 uy, 2 xonadon
24/7
90 000 so'm
Bron qilish
CITY PHARM Sergeli 42
Sergeli tumani, 7 mavze, Mirzo Tursunzoda ko'ch., 29 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
90 000 so'm
Bron qilish

Glaseon haqida savollar

Glaseon haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil