logo
SavatKirish

Glitsin

Glitsin chiqarilish shakllari

GLISIN tabletkalari 100mg N50
Retseptsiz
GLISIN tabletkalari 100mg N50
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Radiks, NPP
•80 ta dorixonada bor
Narxi
4 600 so'm dan
GLISIN tabletkalari 0,1g N50
Retseptsiz
GLISIN tabletkalari 0,1g N50
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Irbitskiy XFZ,OAO
•80 ta dorixonada bor
Narxi
4 600 so'm dan
GLISIN OZON tabletkalari 100mg N50
Retseptsiz
GLISIN OZON tabletkalari 100mg N50
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
OOO «Ozon»
•25 ta dorixonada bor
Narxi
6 000 so'm dan
GLISIN  tabletkalari 100 mg N50
Retseptsiz
GLISIN tabletkalari 100 mg N50
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Spring Pharmaceutic, OOO
•80 ta dorixonada bor
Narxi
4 600 so'm dan
GLISIN tabletkalari 100 mg N20
Retseptsiz
GLISIN tabletkalari 100 mg N20
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Spring Pharmaceutic, OOO
•6 ta dorixonada bor
Narxi
2 500 so'm dan
- Glitsin qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Glitsinning tarkibi
- Glitsin ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Glitsin narxi Toshkent dorixonalarida

Glitsin qo'llanmasi

Ishlab chiqarilish joyi
Rossiya Federatsiyasi,
O'zbekiston
Nimaga qarshi
Faol modda
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Qo‘llash ko‘rsatmalari
  • Stressli vaziyatlar - stressli vaziyatlarda psixoemotsional zo'riqish (sh.j. imtihonlar, nizoli vaziyatlar), aqliy ish qobiliyatining pasayishi; bolalar va o'smirlarning deviant xulq-atvor shakllari, yuqori qo'zg'aluvchanlik, hissiy beqarorlik, aqliy ish qobiliyatining pasayishi va uyqu buzilishi bilan kechuvchi nerv tizimining funktsional va organik kasalliklari (vegetativ distoniya sindromi, nevrozlar, nevrozsimon holatlar, neyroinfektsiyalar va kalla-miya travmalari oqibatlari, perinatal va boshqa turdagi entsefalopatiyalar (sh.j. alkogol genezli)); miya infarkti; narkologiyada - entsefalopatiya ko'rinishlarida, markaziy va periferik nerv tizimining organik shikastlanishlarida remissiya davrida aqliy ish qobiliyatini oshiruvchi va psixoemotsional zo'riqishni kamaytiruvchi dori vositasi sifatida.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
  • mahsulot komponentlarini individual o‘zlashtira olmaslik, homiladorlik, ko‘krak suti bilan boqish, nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar va antikoagulyantlarni qabul qilish. Qo‘llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.
Tarkibi
  • glitsin 354 mg, laktoza, to‘planishga qarshi agentlar (mikrokristall tsellyuloza, kaltsiy stearati, aerosil), piridoksin gidroxloridi (vitamin B6) 0,9 mg, tiamin gidroxloridi (vitamin B1) -0,6 mg, sianokobalamin (vitamin B12)- 1,5 mkg glitsin, gummiarabik (tashuvchi), sianokobalamin, piridoksin gidroxloridi, tiamin gidroxloridi, kukunsimon limon sharbati, tabiiy «Limon» aromatizatori, o‘simlik kelib chiqishli kaltsiy stearati, amorf kremniy dioksidi va stearin kislotasi (to‘planishga qarshi qo‘shimchalar). 2 tabletka (sutkalik qabul) saqlaydi: Glitsin 1000 mg, Piridoksin (vitamin B6) 6 mg, Tiamin (vitamin B1) 5 mg Vitamin B12 9 mkg, . 1 lunj tabletkasi saqlaydi: faol modda: glitsin - 250 mg. yordamchi moddalar: aspartam 0,4 mg, kopovidon 9,6 mg, magniy stearati 2 mg, sorbitol 8 mg. aminosirka kislotasi (glitsin), glutamin kislotasi, askorbin kislotasi, Yordamchi moddalar: qand, glyukoza, kaltsiy stearati glitsin – 250 mg, asetil-L-karnitin – 20 mg, vitamin B1 – 0,6 mg, maltodekstrin, fruktoza glitsin 100 mg; yordamchi moddalar: povidon (kollidon 25) – 4,0 mg, magniy stearati – 1,0 mg, mikrokristall tsellyuloza - 5,0 mg. Glitsin 100mg; Yordamchi moddalar: povidon, magniy stearati, MKTs glitsin 298mg, vitamin B1 1,0mg, vitamin B2 1,0mg, vitamin B12 3mkg Glitsin 300 mg, vitamin B6, vitamin B1, vitamin B12. glitsin, yordamchi: mkts, povidon, magniy stearati glitsin, modifikatsiyalanmagan kartoshka kraxmali (quyuqlashtiruvchi), kaltsiy stearati (emulgator), vitamin B6. Glitsin, kraxmal Glitsinning sutkalik dozadagi miqdori 855 mg Glitsin, Kraxmal. Glitsin, to‘ldiruvchi sorbitol, kolloid kremniy dioksidi, vitaminlar B1, B6, B12, limon kislotasi, kaltsiy stearati, tabiiy limon aromatizatori glitsin; To‘ldiruvchi: kartoshka kraxmali, amorf kremniy dioksidi, magniy stearati 6 tabletkada glitsin miqdori - 600 mg glitsin 100 mg Yordamchi moddalar: metiltsellyuloza (1 mg).
Farmakokinetikasi
Organizmning ko‘pchilik biologik suyuqliklari va to‘qimalariga, shu jumladan bosh miyaga oson o‘tadi. Kumulyatsiya qilmaydi. Jigarda glitsinoksidaza tomonidan suv va karbonat angidrid gazigacha tez parchalanadi.
Farmakologik ta'siri
Glitsin-VIS – bu majmuaviy preparat bo'lib, uning komponentlari miya hujayralarining faollashuviga, xotirani yaxshilashga, miyaning qarish jarayonini sekinlashtirishga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Glitsinning ta'siri B1, B6, B12 vitaminlari bilan kuchaytirilgan, ular samarali antidepressantlar hisoblanadi va asab tizimiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi, stressga qarshi turishga yordam beradi. Majmua komponentlari quyidagilarga yordam beradi: – miyaning qon bilan ta'minlanishini yaxshilash; – aqliy ish qobiliyatini, xotirani va assotsiativ jarayonlarni oshirish; – psixoemotsional zo'riqishni, tajovuzkorlikni, nizolilikni kamaytirish, ijtimoiy moslashuvni oshirish; – kayfiyatni yaxshilash, uyquga ketishni engillashtirish va uyquni normallashtirish; – vegeto-tomir buzilishlarini (shu jumladan klimakterik davrda) va ishemik insult hamda bosh miya jarohatida umummiya buzilishlarining namoyon bo'lishini kamaytirish; – alkogol va MNS funktsiyasini bostiruvchi dori vositalarining toksik ta'sirini kamaytirish. Glitsin – sedativ, yumshoq trankvilizator (xavotirga qarshi) va antidepressiv ta'sir ko'rsatadi. Xavotir, qo'rquv, psixoemotsional zo'riqish hissini, alkogolli abstinentsiya ko'rinishlarini kamaytiradi. Glitsin aqliy ish qobiliyatini oshiradi, diqqatni jamlashni kuchaytiradi, xotira va assotsiativ jarayonlarni yaxshilaydi, kayfiyatni yaxshilashga, uyquga ketishni normallashtirishga, stressni engilroq o'tkazishga, uning keyingi ta'siri "zarbalaridan" qochishga (arterial bosim darajasini me'yorda saqlaydi), psixotrop preparatlarning toksik ta'siridan himoya qilishga yordam beradi. Glitsin vegeto-tomir buzilishlarini (shu jumladan klimakterik davrda) va ishemik insult hamda bosh miya jarohatida umummiya buzilishlarining namoyon bo'lishini kamaytirishga yordam beradi. Vitamin B1 – asab tizimi salomatligi, aqliy ish qobiliyati uchun zarur element – bilish faolligini va fikrlash faoliyatini optimallashtiradi. Vitamin B6 – bosh miyaning normal ishlashiga yordam beradi, B12 vitaminini o'zlashtirish uchun zarur. B6 vitamini etishmovchiligi asabiylik yoki tormozlanish va uyquchanlikda namoyon bo'ladi. Vitamin B12 – nerv to'qimasi tuzilishini tiklaydi, asabiylikni kamaytiradi, diqqatni jamlashni va xotirani yaxshilaydi. Atsetilxolin – neyromediator ishlab chiqarish jarayonlarida ishtirok etadi, uning ishtirokida miyada xotira va o'qish bilan bog'liq jarayonlar sodir bo'ladi. Biologik faol qo'shimcha miya qon oqimini yaxshilash, xotirani, ish qobiliyatini oshirish, asabiylikni, zo'riqishni, stressning boshqa oqibatlarini engish, uyquni yaxshilash, vegeto-tomir simptomlari namoyon bo'lishini kamaytirish zarur bo'lgan odamlarga qo'llash uchun ko'rsatilgan. Preparat alkogolning organizmga toksik ta'sirini kamaytirish uchun ko'rsatilgan.
Nojo'ya ta'sirlar
  • Shirinlashtiruvchi modda saqlaydi. Haddan tashqari ko'p iste'mol qilinganda surgilik ta'sirini ko'rsatishi mumkin.
Dozirovkasi
  • 0,1 g 0,4 g 0,58 g 0,6 g 100 mg 110 mg 250 mg 360 mg +-5 % 600 mg
Dozani oshirib yuborilishi
Vositaning dozasi oshirib yuborilishi haqida ma’lumot yo‘q.
Dori shaklining ta'rifi
  • 12 ta tez eruvchan tabletka Bitta tez eruvchan tabletkada har bir komponentning sutkalik dozasi saqlanadi: glitsin (600 mg) va vitamin D3 (400 mg). kapsulalar kukun tabletkalar Oq yoki deyarli oq rangli, dumaloq, ikki tomonlama qavariq shaklli, xochsimon chiziqchali tabletkalar. Biroz marmarlikka yo'l qo'yiladi. shimish uchun tabletkalar og'irligi 110 mg bo'lgan tabletkalar og'irligi 600 mg bo'lgan tabletkalar til osti tabletkalari
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Glitsin VIS qator dorilarning, xususan, antidepressantlar, antipsixotik, tirishishga qarshi dori vositalarining toksik ta’sir darajasini pasaytiradi. Agar preparat trankvilizatorlar, uyqu dori vositalari bilan bir vaqtda qabul qilinsa, nerv tizimini tormozlash samarasi jamlanadi.
Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

GLISIN

GLYCINUM

Preparatning savdo nomi: Glisin

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): glisin (aminosirka kislotasi).

Dori shakli: tabletkalar

Tarkibi:

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: glisin (aminosirka kislotasi);

yordamchi moddalar: natriy-karboksimetilsellyuloza (natriy karmelozasi) yoki suvda eruvchan metilsellyuloza, magniy stearati yoki kalsiy stearati.

Ta‘rifi: oq yoki sarg‘ish tusli oq rangli tabletkalar. Mamarlikka yo‘l qo‘yiladi.

Farmakoterapevtik guruhi: Metabolik jarayonlarini muvofiqlashgiruvchi vosita.

ATX kodi: V05SX03

Farmakologik xususiyatlari

Glisin modda almashinuvini boshqaruvchi vositadir, markaziy nerv tizimida himoyaviy tormozlanish jarayonlarini normallashtiradi va faollashtiradi, psixoemosional zo‘riqishni kamaytiradi, aqliy mehnat qobiliyatini oshiradi.

Glisin glisin- va GAMK-ergik, alfa-1-adenobloklovchi, antioksidant, antitoksik ta‘sirlarga ega; glutamat (NMDA) reseptorlari faoliyatini boshqaradi; ana shuni hisobiga preparat:

– psixoemosional zuriqish, tajavuzkorlik, janjalkashlikni kamaytiradi, ijtimoiy – moslashuvchanlikni oshiradi;

– kayfiyatni yaxshilaydi;

– uyquga ketishni yengillashtiradi va uyquni me‘yorlashtiradi;

– aqliy mehnat qobiliyatini oshiradi;

– vegeto-tomir buzilishlarini (shu jumladan klimakterik davrida) kamaytiradi;

– ishemik insult va bosh miya jarohatlarida bosh miya buzilishlarining yaqqolligini kamaytiradi;

– alkogolni va markaziy nerv tizimi faoliyatini susaytiruvchi boshqa dori vositalarining zaharli ta‘sirini kamaytiradi.

Farmakokinetikasi

Organizmning ko‘pchilik biologik suyuqliklari va to‘qimalariga, shu jumladan bosh miyaga oson kiradi; suv va karbonat angidridgacha parchalanadi, uning to‘qimalarda to‘planishi yuz bermaydi.

Qullanilishi

– aqliy mehnat qobiliyatining pasayishi;

– stress holatlari – psixoemosional zo‘riqishlar (imtihon davri, janjalli va shunga o‘hshash  holatlar);

– bolalar va o‘smirlar ahloqining deviant shakllari;

– yuqori qo‘zg‘aluvchanlik, emosional beqarorlik, aqliy mehnat qobiliyatining pasayishi va uyquni buzilishi: nevrozlar, nevrozsimon holatlar va vegeto-tomir distoniyasi, neyroinfeksiyalar va bosh miya jarohatlarning oqibatlari, ensefalopatiyalarning perinatal va boshqa shakllari (shu jumladan, alkogol genezli), bilan birga kechadigan nerv tizimining turli funksional va organik kasalliklari.

– ishemik insultda qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Glisin sublingval yoki transbukkal 0,1 g dan (tabletkada yoki tabletka maydalaganidan keyingi kukun ko‘rinishida) qo‘llanadi. Sog‘lom bolalar, o‘smirlar va kattalarda psixoemosional zo‘riqishda, xotirani, diqqatni, aqliy mehnat qobiliyatini pasayishida, aqliy rivojlanishini kechikishida, ahloqni me‘yordan chetga chiqqan shaklida glisin 1 tabletkadan kuniga 2-3 marta 14-30 kun davomida buyuriladi.

Markaziy nerv tizimining yuqori qo‘zg‘aluvchanlik, emosional labillik va uyquning buzilishi bilan kechadigan funksional va organik shikastlanishlarida, 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 0,5 tabletkadan (0,05 g) kuniga 2-3 marta, 7-14 kun davomida, keyinchalik 0,05 g dan kuniga 1 marta 7-10 kun buyuriladi. Sutkalik doza – 0,1-0,15 g, kurslik – 2,0-2,6 g. 3 yoshdan katta bolalarga va kattalarga 1 tabletkadan kuniga 2-3 marta, davolash kursi 7-14 kun. Davolash kursini 30 – kungacha uzaytirish mumkin, zarurati bo‘lganida kurs 30 kundan keyin qaytariladi.

Uyquning buzilishlarida glisin uyqudan 20 minut oldin yoki bevosita uyqudan oldin 0,5-1,0 tabletkadan (yoshga bog‘liq holda) buyuriladi.

Ishemik miya insultida: insult rivojlanishining birinchi 3-6 soati davomida 1 g dan, transbukal yoki sublingval bitta choy qoshiq suv bilan, keyinchalik 1 g dan 1-5 sutka davomida, keyingi 30 sutka davomida 1-2 tabletkadan sutkada 3 marta buyuriladi.

Narkologiyada markaziy va periferik nerv tizimining organik shikastlanishlarda, ensefalopatiya holatlarining remissiyasi davrida aqliy mehnat qobiliyatini oshiruvchi va zo‘riqishni kamaytiruvchi vositasi sifatida glisin 1 tabletkadan kuniga 2-3 marta, 14-30 kun davomida qo‘llanadi. Zarurati bo‘lganida davolash kurslari yiliga 4-6 marta qaytariladi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bulmagan holatlar

Preparat komponentlarga shaxsiy yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Antipsixotik vositalar (neyroleptiklar), anksiolitiklar, antidepressantlar, uxlatuvchi va talvasaga qarshi vositalarning nojo‘ya samaralari yaqqolligini susaytiradi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

 

Chiqarilish shakli

100 mg dan tabletkalar.

Saqlash sharoiti

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

 

Ulashish:

Glitsin narxlari

Dorixonalar
Manzil
Ish vaqti
Sotib olmoq

Glitsin barcha rasmlari

Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar

Glitsin haqida savollar

Glitsin haqida fikr-mulohazalar

Reyting 4.7, 7 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil