Glutadin
Glutadin chiqarish shakllari

Glutadin qo'llanmasi
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik.12 yoshgacha bo'lgan bolalarda qo'llash mumkin emas.
Har bir flakon quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: kimyoviy qaytarilgan glutation – 600 mg;
yordamchi modda: natriy gidroksidi;
erituvchi saqlagan ampula: in'ektsiya uchun suyuqlik – 4 ml.
2 g glutation vena ichiga infuziya qilinganidan so'ng 15 minutdan keyin glutationning qondagi o'rtacha kontsentrasiyasi 444 mmol/l ni tashkil etadi (glutationning qondagi o'rtacha fiziologik kontsentrasiyasi – 6,9 mmol/l ni tashkil etadi). Taqsimlanish hajmi – 15 l. Yarim chiqarilish davri – 10 minut. Klirensi – minutiga 850 ml ni tashkil etadi. Infuziyadan so'ng 90 minutdan keyin siydik bilan o'zgarmagan holda yoki tsistein ko'rinishida chiqariladi.
Preparatni 12 yoshdan katta bolalarda qo'llash tavsiya etiladi. 12 yoshgacha bo'lgan bolalarda preparatni qo'llash yuzasidan ma'lumotlar yo'q. Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va muddati o'tganidan keyin qo'llanilmasin.
Xatto eksperimental tadqiqotlarda, glutationni embriofetal rivojlanish uchun zaharli emasligi aniqlangan bo'lsa ham, homilador ayollarga preparatni o'ta zarur holatlarda va shifokor kuzatuvi ostida qo'llash tavsiya qilinadi.
Onkologiya: Glutadin radio - va nur - terapiyasida ionlovchi ta'sirdan himoya qilish maqsadida qo'llanadi. Radio - va nur-terapiyasidan 15 minut oldin sutkada 1200 mg dozada fiziologik eritmada suyultirib, vena ichiga sekin yuboriladi.
Neyronlarni, yurak ho'jayralarini, nefronlarni kimyoterapiyaning (tsisplastin, oksaliplatin, Cyclophosphomid, 5 FU va boshqa) toksik ta'siridan himoya qilish maqsadida glutadinni quyidagi dozalarda 1200-2400 mg ni (in'ektsiya uchun suv yoki fiziologik eritmaning 50-200 ml da) kimiyoterapiyadan 15 minut oldin vena ichiga sekin yuboriladi. Keyinchalik 600-1200 mg dozadan 2-5 kungacha qo'llash lozim. Glutadinni har hafta 1200 mg dan vena ichiga takroran yuboriladi.
Onkologik bemorlardagi kaxeksiyada: kuniga 600 mg dan, vena ichiga sekin yuboriladi.
Jigarni shikastlanishlari: toksik, shu jumladan alkogolli, virusli, dori vositalari (antibiotiklar, o'smalarga qarshi, tuberkulyozga qarshi, viruslarga qarshi preparatlar, antidepressantlar, peroral kontratseptivlar) ta'siridagi shikastlanishlarda preparatning dozalari sutkada - 1200 mg dan vena ichiga, sog'aygunicha yuboriladi.
Glutadionni virusli gepatitda gepatositlarni himoya qilish uchun VGA, VGV, VGS replikasiyasini susaytiradi, shuningdek interferonlar bilan viruslarga qarshi davolash samarasini quchaytiradi, dozalari sutkada 600 mg vena ichiga, sog'ayguncha yuboriladi.
Jigar tsirrozida, tsirrozdan oldingi holatlar, jigar ichi xolestazida sutkada 600 mg dan vena ichiga, sog'ayguncha yuboriladi.
Alflatoxin-induktsiyalangan jigar rakini regressiyasiga erishish maqsadida dozasi sutkada 1200 mg vena ichiga yuboriladi.
Qandli diabetda glyukozaga tolerantligini oshirish uchun, tireotoksikoz. Qandli diabet bilan xastalangan bemorlarda ikkilamchi asoratlarni (gipertoniya, qon tomirlarni shikastlanishi, neyropatiyalar, trombositlar agregasiyasini pasayishi) bartaraf qilish maqsadida sutkada 600 mg dan bir necha xafta davomida vena ichiga uzluksiz va keyinchalik haftada 2-3 marta uzoq muddat davomida yuboriladi.
Operasiyadan keyingi davrda (narkoz asoratlarini bartaraf etish uchun) - sutkada 600-1200 mg dan vena ichiga yuboriladi.
O'tkir miokard infarktida reperfuziya bilan bog'liq nojo'ya samaralarni bartaraf etish maqsadida, dozalash: sutkada 1200-1800 mg dan vena ichiga yuboriladi.
Entsefalopatiyada, shu jumladan jigar etishmovchiligi (alkogolli va boshqalar) assosiasiyalangan hollarda sutkada 1200 mg dan 10-15 kun davomida, keyinchalik har hafta 600 mg dan uzoq muddat davomida qo'llanadi. Ateroskleroz, depressiv va abstinent sindromlarda, ruhiy jarohatlarda – 600 mg dan har hafta qo'llanadi.
Parkinsonizmda, Alsgeymer kasalligida. Dozalash: sutkada 600 mg dan bir-ikki oy davomida, keyin har haftada uzoq muddat davomida qo'llanadi.
Bosh miya jarohatlarida – o'tkir davrida sutkada 1800 mg gacha, keyinchalik 600-1200 mg dan pasientning ahvoli barqarorlashgunicha yuboriladi.
Artritlarda – 600 mg dan 10 -15 kun davomida, so'ngra har xaftada uzoq muddat davomida qo'llanadi.
Turli etiologiyali zaharlanishda (alkogol, narkotiklar, og'ir metallar va boshqalar tomonidan) – o'tkir davrda sutkada 1200 mg dan va keyinchalik sutkada 600 mg dan to'liq sog'aygunicha qo'llanadi.
Ko'zning shox pardasi yarasida, xoreoretinitlarda, ko'z gavharini xiralashuvida – 600 mg dan 10 kun davomida, keyinchalik haftada bir marta uzoq muddat davomida qo'llanadi.
Oligospermiya, akinospermiya bilan bog'liq erkaklar bepushtligida va dispermiyada. Dozalash: sutkada 600 mg dan, ikki oy davomida uzluksiz qo'llash zarur.
Surunkali bronxitda, pnevmoniyada, tuberkulyoz va o'pka emfizemasida 600 mg dan 10-15 kun davomida qo'llanadi.
Teri kasalliklarida va pigmentli buzilishlarda. Vitiligo, allergik dermatitlarni, psoriazni, depigmentasiyalarni davolash va terini oqartirish uchun 600 mg dan 10-15 kun davomida qo'llanadi.
Sport tibbiyotida 600-1200 mg dan har hafta qo'llanadi.
Yuborish usuli:
Kasallikning engil shakllarida preparat mushak ichiga, vena ichiga (sekin 2-3 minut davomida) yoki infuziya yo'li bilan yuboriladi. Preparatni qo'llash yuzasidan kerakli tushuntirishlarni olish uchun pasientlarni shifokorga yoki farmasevtga murojaat qilishlari tavsiya qilinadi.
Simptomlari: nojo'ya ta'sirlar kuchayishi mumkin.
Davolash: simptomatik davolash o'tkaziladi. Preparatni qabul qilishni to'xtashish lozim.
Mushak ichiga yuborilganida preparatni ampuladagi erituvchi bilan yaxshilab eritish kerak. Tayyor bo'lgan eritma tiniq va rangsiz bo'lishi kerak.
Vena ichiga yuborilganida preparatni taqdim etilgan erituvchida (in'ektsiya uchun suvda) eritish va sekin yuborish lozim yoki 20 ml dan kam bo'lmagan infuziya uchun steril eritmaga qo'shish va tomchilab yuborish kerak.
Glutationni boshqa preparatlar bilan nomutanosibligi aniqlanmagan
600 mg dan kimyoviy jihatdan qaytarilgan glutationning liofilizasiya qilingan kukunini 10 ampulasi va 4 ml erituvchi saqlagan 10 ampula kontur uyali o'ramlarga joylangan, tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Kam hollarda ko'ngil aynishi, qusish, bosh og'rig'i, shuningdek teri toshmasi qayd qilingan bo'lib, preparatni qabul qilish to'xtatilgandan keyin o'tib ketadi. Ma'lumot varag'ida saqlangan yo'riqnomalarni o'rganish, nojo'ya reaktsiyalari xavfini qisqartiradi. Biror bir nojo'ya reaktsiya paydo bo'lganida, hatto agar u yo'riqnomada ta'riflanmagan bo'lsa ham, shifokorga xabar qilish kerak.
onkologik kasalliklarni radio - va nur terapiyasi vaqtida;
-onkologik bemorlardagi kaxeksiyada;
-jigarni toksik shikastlanishlari;
-qandli diabet;
-operasiyadan keyingi davrda;
-o'tkir miokard infarkti;
-entsefalopatiya;
-bosh miya jarohatlari;
-artritlar;
-turli etiologiyali zaharlanishlar;
-ko'z shox pardasining yarasi, xoreoretinit, ko'z gavharini xiralashishi;
-erkaklar bepushtligi;
-o'pkaning surunkali obstruktiv kasalligi, o'pka tuberkulezi;
teri kasalliklari.
Oq liofilizasiya qilingan kukun.
Glutadin narxlari
Glutadin barcha rasmlari













