Apteka.uz
SavatKirish

Imudon

Imudon chiqarilish shakllari

IMUDON tabletkalari N40
Retseptsiz
IMUDON tabletkalari N40
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Farmstandart-Tomskximfarm,OAO
•131 ta dorixonada bor
Narxi
110 000 so'm dan
IMUDON tabletkalari N24
Retseptsiz
IMUDON tabletkalari N24
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Farmstandart-Tomskximfarm,OAO
- Imudon qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Imudonning tarkibi
- Imudon ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Imudon narxi Toshkent dorixonalarida

Imudon haqida qo'llanma

Umumiy ma'lumot

Preparatning savdo nomi: Imudon®

Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN):

bakteriyalarning lizatlarini aralashmasi [L. acidophilis + delbrueckii ss lactis + L. helveticus + L. fermentum + S. pyogenes groupe A + S. sanguis groupe H + S. aureus + E. faecium + E. faecalis + K. pneumoniae ss pneumoniae + F. Nucleatum ss fusiforme + C. pseudodiphtheriticum + C. albicans] 

Dori shakli: shimish uchun tabletkalar

Farmakoterapevtik guruhi: immunrag‘batlantiruvchi vosita.

ATX kodi: L03AX

Immunobiologik va farmakologik xususiyatlari
Otorinolaringologiya va stomatologiyada mahalliy qo‘llash uchun mo‘ljallangan bakterial kelib chiqishga ega immunostimullovchi preparat. Fagotsitozni faollashtiradi, immunokompetent hujayralar sonining oshishiga yordam beradi, so‘lakda lizotsim, interferon va immunoglobulin A ishlab chiqarilishini kuchaytiradi.

Chiqarilish shakli: 8 tadan tabletka poliamid/alyuminiy/PVX kompozitsion materialdan va alyuminiy bosma laklangan folgadan tayyorlangan konturli katakli o‘ramga (blisterga) joylanadi.
8 tadan tabletkali 3 yoki 5 ta konturli katakli o‘ram (blister) qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma bilan birga karton qutiga joylanadi.

Dorixonalardan berish tartibi: Retseptsiz.

Qo‘llash uchun yaroqsiz holatlar:

  • O‘ram (blister) shikastlanganda.
  • Markirovkasi noaniq bo‘lganda.
  • Preparatning yaroqlilik muddati tugagandan keyin.

Qo‘llash ko‘rsatmalari

Og‘iz bo‘shlig‘i va halqumning infeksion-yallig‘lanish kasalliklarini davolash va oldini olishda:
•    faringit;
•    surunkali tonzillit;
•    tonzillektomiyadan oldingi tayyorgarlik va operatsiyadan keyingi davr;
•    yuzaki va chuqur parodontozlar, parodontit, stomatit (shu jumladan aftoz stomatit), glossit;
•    eritematoz va yarali gingivit;
•    og‘iz bo‘shlig‘i disbakteriozi;
•    tish olib tashlangandan keyingi infeksiyalar, sun’iy tish ildizlari implantatsiyasidan keyingi holatlar;
•    tish protezlari sabab bo‘lgan yaralanishlar.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

•    preparatga yoki uning tarkibiy qismlariga yuqori individual sezuvchanlik;
•    3 yoshgacha bo‘lgan bolalar;
•    autoimmun kasalliklar.
 

Tarkibi

Bir tabletka tarkibi
Preparat polivalent antigen kompleksidan iborat bo‘lib, og‘iz bo‘shlig‘i va halqumda yallig‘lanish jarayonlarini eng ko‘p chaqiradigan qo‘zg‘atuvchilarga mos keluvchi bakteriyalar lizatlari aralashmasidan tashkil topgan.
Faol komponent:
Imudon® (bakteriyalar lizatlari aralashmasi) — 2,7 mg (quruq modda hisobida),
shu jumladan:
bakteriyalar lizatlari: [L. acidophilus + L. delbrueckii ss lactis + L. helveticus + L. fermentum + S. pyogenes groupe A + S. sanguis groupe H + S. aureus + E. faecium + E. faecalis + K. pneumoniae ss pneumoniae + F. nucleatum ss fusiforme + C. pseudodiphtheriticum + C. albicans] — 0,1575 mg
va yordamchi moddalar:
glitsin — 2,0 mg, natriy dezoksixolat — 0,53 mg, tiomersal — 0,0125 mg dan ko‘p emas.

Yordamchi moddalar:
glitsin — 47,3 mg, laktoza monogidrat — 350 mg, mannitol — 100 mg, natriy saxarinat — 1,12 mg, povidon — 10,0 mg, natriy gidrokarbonat — 30,0 mg, suvsiz limon kislotasi — 23,0 mg, yalpiz aromatizatori — 8,0 mg, magniy stearat — 4,88 mg.

Farmakokinetikasi

Preparat asosan og‘iz bo‘shlig‘ida ta'sir qiladi, hozirgi vaqtda tizimli absorbtsiya to‘g‘risida ma'lumotlar yo‘q.

Farmakologik ta'siri

Stomatologiya va otorinolaringologiyada mahalliy qo'llash uchun bakterial kelib chiqishga ega immunostimulyatsion preparat. Og'iz bo'shlig'i va halqumda patogen jarayonlarni eng ko'p keltirib chiqaradigan bakteriyalar lizatlarini o'z ichiga olgan polivalent antigen majmuani o'zida namoyon etadi. Imudon fagotsitozni faollashtiradi, immunkompetent hujayralar sonini oshirishga yordam beradi, so'lakda lizotsim, interferon va sekretor immunoglobulin A ishlab chiqarilishini oshiradi.

Nojo'ya ta'sirlar

Kam hollarda preparatni qo‘llash quyidagilar bilan kechishi mumkin: allergik reaksiyalar (toshma, eshakemi, angionevrotik shish), me’da-ichak yo‘llari tomonidan reaksiyalar (ko‘ngil aynishi, qusish, qorin og‘rig‘i), tana haroratining oshishi, bronxial astmaning zo‘rayishi, yo‘tal.
Juda kam hollarda preparatni qo‘llash tugunli eritema, gemorragik vaskulit, trombotsitopeniya rivojlanishi bilan kechishi mumkin.

Bolalar uchun qo'llanilishi

3 yoshgacha bo‘lgan bolalarga mumkin emas.

Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi

Homilador ayollarda Imudonni qo‘llash bo‘yicha ma’lumot yetarli emas. Hayvonlarda o‘tkazilgan tegishli tajribalar va epidemiologik tadqiqotlar mavjud emas.

Imudon® ni homiladorlik yoki laktatsiya davrida qabul qilish tavsiya etilmaydi.

Dozani oshirib yuborilishi

Imudon dozasi oshirib yuborilgan holatlar tavsiflanmagan.

Dori shaklining ta'rifi

Oq yoki deyarli oq rangli, yassi silindrik shaklli, silliq yaltiroq yuzali, chetlari qiya, yalpiz hidli tabletkalar, biroz marmarlikka yo‘l qo‘yiladi.

Maxsus ko‘rsatmalari

•    3 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar tabletkalarni faqat kattalar majburiy nazorati ostida so‘rishlari kerak.
•    Imudon qo‘llangandan keyin 1 soat davomida ovqat va suv iste’mol qilmaslik, shuningdek og‘izni chaymaslik kerak, chunki bu preparatning davolovchi samaradorligini kamaytirishi mumkin.
•    Tuzsiz yoki kam tuzli parhezga rioya qilayotgan bemorlarga preparat buyurilganda, 1 tabletka Imudon tarkibida 15 mg Na+ borligini hisobga olish kerak.
•    Bakterial lizatlar saqlovchi preparatlarni qabul qilganda kasalligi zo‘rayadigan (bronxial astma xuruji yuz beradigan) bronxial astmali bemorlarga preparatni qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Avtomobil va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri
Davolanish davrida avtomobil boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashga oid faoliyatni cheklash zarurligini ko‘rsatuvchi ma’lumotlar yo‘q.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Aniqlanmagan. Imudon® boshqa guruh dori vositalari bilan birga qo‘llanishi mumkin.

Saqlash sharoitlari

SP 3.3.2.1248-03 ga muvofiq 25 °C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlanadi va tashiladi.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Yaroqlilik muddati: 2 yil.

Qo‘llash usuli va dozirovkasi

Kattalar va 14 yoshdan oshgan o‘smirlar uchun.

Og‘iz bo‘shlig‘i va halqumning o‘tkir yallig‘lanish kasalliklarida hamda surunkali kasalliklar zo‘rayganda preparat kuniga 8 tabletka qabul qilinadi. Tabletkalar og‘iz bo‘shlig‘ida 1–2 soat oralig‘ida so‘riladi (chaynalmaydi). Davolash kursining o‘rtacha davomiyligi 10 kun.

Og‘iz bo‘shlig‘i va halqumning surunkali yallig‘lanish kasalliklari zo‘rayishini oldini olish uchun preparat kuniga 6 tabletka qabul qilinadi. Tabletkalar og‘iz bo‘shlig‘ida har 2 soatda so‘riladi (chaynalmaydi). Kurs davomiyligi 20 kun. Imudon bilan profilaktik davolash kurslarini yiliga 3–4 marta o‘tkazish tavsiya etiladi.

3 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun.

Og‘iz bo‘shlig‘i va halqumning o‘tkir va surunkali yallig‘lanish kasalliklarini davolashda, shuningdek profilaktika maqsadida preparat kuniga 6 tabletka qo‘llanadi. Tabletkalar og‘iz bo‘shlig‘ida har 1–2 soatda so‘riladi (chaynalmaydi). O‘tkir kasalliklarda davolash kursi 10 kun, surunkali kasalliklar zo‘rayishini oldini olish uchun esa 20 kun. Profilaktik kursni yiliga 3–4 marta takrorlash tavsiya etiladi.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Imudon preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing
Manbalar ro‘yxati:

Imudon narxlari

Dorixonalar
Manzil
Ish vaqti
Sotib olish
CITY PHARM Bunyodkor 08
Chilonzor tumani, 6 mavze, 63 uy
24/7
120 000 so'm
Bron qilish
CITY PHARM Universam 20
Yunusobod tumani, Amir Temur shoh ko'ch., 41/3 uy
24/7
120 000 so'm
Bron qilish
CITY PHARM Kadisheva bozor 37
Yashnobod tumani, 3 mavze, 45/3 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
120 000 so'm
Bron qilish
Target Farm №6
Olmazor tumani, Farobiy ko'ch., 28/6 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-22:00
120 000 so'm
Bron qilish

Imudon haqida savollar

Imudon haqida fikr-mulohazalar

Reyting 5.0, 4 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil