Karditon
Karditon chiqarilish shakllari
Karditon haqida qo'llanma
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
- preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
Farmakokinetikasi
Levokarnitin meʼda-ichak yoʻllaridan oson soʻrilib, organizmning barcha toʻqimalariga oʻtadi, eng yuqori konsentratsiyalari skelet mushaklarida va miokardda hosil boʻladi. Qabul qilingandan soʻng Cmax ga 3 soatdan oʻtgach erishiladi, terapevtik konsentratsiyalari 9 soatgacha saqlanib qoladi.
Oʻzgarmagan holda buyraklar orqali (80% dan ortigʻi 24 soat ichidi) chiqariladi.
Farmakologik ta'siri
Levokarnitin - V guruhi vitaminlariga yaqin boʻlgan tabiiy modda hisoblanadi. Modda almashinuvi jarayonlarida, hujayra membranalari orqali sitoplazmadan mitoxondriyaga uzun zanjirli yogʻ kislotalarni oʻtkazuvchi sifatida ishtirok etadi, beta-oksidlanish natijasida katta miqdorda ATF shaklidagi metabolik energiyani hosil qiladi.
Karditon oqsil va yogʻ almashinuvini normallashtiradi, qonninng ishqoriy zahirasini toʻldiradi, ketokislotalarni hosil boʻlishi va anaerob glikolizni susaytiradi, laktoatsidoz darajasini kamaytiradi, shuningdek harakat faolligini va jismoniy zoʻriqishlarga chidamlilikni oshiradi, ayni paytda glikogenni tejab sarflanishiga va jigarda uning zahiralarini koʻpayishiga yordam beradi.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi
Preparat xam homiladorlik vaqtida, xam laktatsiya davrida qoʻllanishi mumkin.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtganidan soʻng ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Levokarnitinning dozasini oshirib yuborilishi natijasija toksik koʻrinishlar aniqlanmagan
Maxsus ko‘rsatmalari
Levokarnitin avtotransportni haydash va boshqa potensial xavfli faoliyat turlariga ta'sir qilmaydi.
Levokarnitinni qandli diabeti bo'lgan bemorlarga tayinlash glyukoza o'zlashtirilishi yaxshilanishi natijasida gipoglikemiya rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun preparatni qabul qilish davrida qonda glyukoza darajasini muntazam nazorat qilish va zarurat tug'ilganda gipoglikemik preparatlar va insulin dozasini korreksiya qilish kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o'tgandan keyin ishlatilmasin.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Glyukokortikosteroid preparatlar preparatni toʻqimalarda toʻplanishiga yordam beradi. Boshqa anaboliklar Karditonning samarasini kuchaytiradi.
Qo‘llash usuli va dozirovkasi
Eritma faqat ichga qabul qilish uchun moʻljallangan va sutkalik doza bemorning yoshi va tana vazniga qarab belgilanadi.
2 yoshgacha boʻlgan bolalarga – tana vazniga nisbatan150 mg/kg buyuriladi;
2 dan 6 yoshgacha - tana vazniga nisbatan 100 mg/kg buyuriladi;
6 dan 12 yoshgacha - tana vazniga nisbatan 75 mg/kg buyuriladi;
12 yoshdan katta bolalarga va kattalarga – sutkalik doza 2-4 g ni tashkil qiladi.
Gemodializda preparat ichga gemodializ seansidan keyin sutkada 2-4 g dozada buyuriladi.
Stenokardiyada va postinfarkt holatda ichga 2-6 g sutkalik dozada buyuriladi.
Oʻtkir miokard infarktida levokarnitinni inyeksiya koʻrinishida qilinganidan keyin Karditonni sutkada 2-6 g dozada peroral qabul qilishga oʻtiladi.
Karditonni qabul qilishdan oldin flakondagi ichga qabul qilish uchun eritmaning bir martalik dozasini bir stakan suv yoki meva sharbatida eritish kerak.
Preparatni ichga ovqatdan 30 minut oldin qabul qilinadi.
- 1. Dori vositalari va tibbiy buyumlar Davlat reestri (O‘zbekiston Respublikasi)
- 2. Ishlab chiqaruvchining rasmiy yo‘riqnomasi
- 3. Anatomik-terapevtik-kimyoviy tasnif (ATX)
























