Apteka.uz
SavatKirish

KARDITON eritma 1 g/10,0 ml N10

Retseptsiz
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Gruziya
Faol modda:Levokarnitin
Ishlab chiqaruvchi:GM Pharmaceuticals Ltd.
Vakil:GMP
ATX kodi:A16AA01
Barcha Karditon dorilari
Mavjud emas
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

KARDITON eritma 1 g/10,0 ml N10 haqida qo'llanma

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

Har bir flakon (10 ml) quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 1 g– levokarnitin.

yordamchi moddalar: olma kislotasi, natriy metilparaben, natriy propilparaben, natriy saxarinat, olcha aromatizatori, inyeksiya uchun suv.

Farmakokinetikasi

Levokarnitin meʼda-ichak yoʻllaridan oson soʻrilib, organizmning barcha toʻqimalariga oʻtadi, eng yuqori konsentratsiyalari skelet mushaklarida va miokardda hosil boʻladi. Qabul qilingandan soʻng Cmax ga 3 soatdan oʻtgach erishiladi, terapevtik konsentratsiyalari 9 soatgacha saqlanib qoladi.

Oʻzgarmagan holda buyraklar orqali (80% dan ortigʻi 24 soat ichidi) chiqariladi.

Farmakologik ta'siri

Levokarnitin - V guruhi vitaminlariga yaqin boʻlgan tabiiy modda hisoblanadi. Modda almashinuvi jarayonlarida, hujayra membranalari orqali sitoplazmadan mitoxondriyaga uzun zanjirli yogʻ kislotalarni oʻtkazuvchi sifatida ishtirok etadi, beta-oksidlanish natijasida katta miqdorda ATF shaklidagi metabolik energiyani hosil qiladi.

Karditon oqsil va yogʻ almashinuvini normallashtiradi, qonninng ishqoriy zahirasini toʻldiradi, ketokislotalarni hosil boʻlishi va anaerob glikolizni susaytiradi, laktoatsidoz darajasini kamaytiradi, shuningdek harakat faolligini va jismoniy zoʻriqishlarga chidamlilikni oshiradi, ayni paytda glikogenni tejab sarflanishiga va jigarda uning zahiralarini koʻpayishiga yordam beradi.

Nojo'ya samaralari

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: biroz dispeptik buzilishlar – epigastriyada ogʻriq, meteorizm, diareya, qabziyat.

Boshqalar: allergik reaksiyalar. Uremiyadan aziyat chekuvchi patsiyentlarda mushak kuchsizligi aniqlangan.

Maxsus saqlash sharoitlari

Levokarnitin avtotransportni haydash va boshqa potensial xavfli faoliyat turlariga ta'sir qilmaydi.

Levokarnitinni qandli diabeti bo'lgan bemorlarga tayinlash glyukoza o'zlashtirilishi yaxshilanishi natijasida gipoglikemiya rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun preparatni qabul qilish davrida qonda glyukoza darajasini muntazam nazorat qilish va zarurat tug'ilganda gipoglikemik preparatlar va insulin dozasini korreksiya qilish kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o'tgandan keyin ishlatilmasin.

Qo'llanilishi

- 16 yoshgacha boʻlgan bolalar va oʻsmirlarda tana vazni tanqisligi va oʻsishini sekinlashishi;

- kardiomiopatiya, miokardit, yurak ishemik kasalligi (stenokardiya, postinfarkt holatlar);

- bosh miyada qon aylanishini buzilishi, nevrasteniya, travmatik ensefalopatiya,

miopatiyalar;

- sportchilardagi jadal jismoniy zoʻriqishlar;

- anoreksiya, surunkali gipoatsid gastritlar, surunkali pankreatit, jigar kasalliklari;

- birlamchi (genetik) yoki gemodializdagi buyrak yetishmovchiligi boʻlgan patsiyentlarda ikkilamchi karnitin tanqisligi;

- tireotoksikozning yengil shakllari, semizlik;

- psoriaz, seboreya, sklerodermiyaning teri shakllari;

- erkaklar bepushtligi (oligospermiya, azospermiya);

- tizimli kasalliklar (revmatoid artrit).

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

- preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Glyukokortikosteroid preparatlar preparatni toʻqimalarda toʻplanishiga yordam beradi. Boshqa anaboliklar Karditonning samarasini kuchaytiradi.

Dozirovkasi

Eritma faqat ichga qabul qilish uchun moʻljallangan va sutkalik doza bemorning yoshi va tana vazniga qarab belgilanadi.

2 yoshgacha boʻlgan bolalarga – tana vazniga nisbatan150 mg/kg buyuriladi;

2 dan 6 yoshgacha - tana vazniga nisbatan 100 mg/kg buyuriladi;

6 dan 12 yoshgacha - tana vazniga nisbatan 75 mg/kg buyuriladi;

12 yoshdan katta bolalarga va kattalarga – sutkalik doza 2-4 g ni tashkil qiladi.

Gemodializda preparat ichga gemodializ seansidan keyin sutkada 2-4 g dozada buyuriladi.

Stenokardiyada va postinfarkt holatda ichga 2-6 g sutkalik dozada buyuriladi.

Oʻtkir miokard infarktida levokarnitinni inyeksiya koʻrinishida qilinganidan keyin Karditonni sutkada 2-6 g dozada peroral qabul qilishga oʻtiladi.

Karditonni qabul qilishdan oldin flakondagi ichga qabul qilish uchun eritmaning bir martalik dozasini bir stakan suv yoki meva sharbatida eritish kerak.

Preparatni ichga ovqatdan 30 minut oldin qabul qilinadi.

Dozani oshirib yuborilishi

Levokarnitinning dozasini oshirib yuborilishi natijasija toksik koʻrinishlar aniqlanmagan

Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi

Preparat xam homiladorlik vaqtida, xam laktatsiya davrida qoʻllanishi mumkin.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtganidan soʻng ishlatilmasin.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. KARDITON eritma 1 g/10,0 ml N10 preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

KARDITON eritma 1 g/10,0 ml N10 o'xshash dorilari

RENNI jevatelnie tabletkalari so vkusom mentola N24
Retseptsiz
RENNI jevatelnie tabletkalari so vkusom mentola N24
Germaniya
Vakil:
Bayer
Ishlab chiqaruvchi:
Bayer Consumer Care AG
Narxi
35 000 so'm dan
BISAKODIL suppozitorii 10mg N10
Retseptsiz
BISAKODIL suppozitorii 10mg N10
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Nijfarm-Stada CIS
•57 ta dorixonada bor
Narxi
4 000 so'm dan
NO-SHPA ampulalar (inyeksiyalar uchun) 40mg/2ml №25
Retseptli
NO-SHPA ampulalar (inyeksiyalar uchun) 40mg/2ml №25
Vengriya
Vakil:
Sanofi
Ishlab chiqaruvchi:
Chinoin Pharmaceutical & Chemical Works Private Co. Ltd
•132 ta dorixonada bor
Narxi
125 000 so'm dan

KARDITON eritma 1 g/10,0 ml N10 analoglari

ELKAR eritma 50ml 0,3/ml
ELKAR eritma 50ml 0,3/ml
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Pik-farma PRO OOO
•4 ta dorixonada bor
Narxi
128 500 so'm dan
ELKAR eritma 25ml 0,3/ml
ELKAR eritma 25ml 0,3/ml
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Pik-farma PRO OOO
•6 ta dorixonada bor
Narxi
105 600 so'm dan
LEVOSTOM inyeksiya uchun eritma 5ml 1g/5ml N5
Retseptli
LEVOSTOM inyeksiya uchun eritma 5ml 1g/5ml N5
Gretsiya
Ishlab chiqaruvchi:
Help S.A.
•20 ta dorixonada bor
Narxi
123 500 so'm dan
AZ KORNI inyeksiya uchun eritma 5ml 1000mg/5ml N5
Retseptli
AZ KORNI inyeksiya uchun eritma 5ml 1000mg/5ml N5
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Coral Laboratories Ltd
•3 ta dorixonada bor
Narxi
126 000 so'm dan
KARNIT inyeksiya uchun eritma 5ml N5
Retseptli
KARNIT inyeksiya uchun eritma 5ml N5
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Diyor Biznes MChJ
•4 ta dorixonada bor
Narxi
120 000 so'm dan
KANITRIN NEO eritma dlya priema vnutr 50ml 1000mg/10ml N1
Retseptli
KANITRIN NEO eritma dlya priema vnutr 50ml 1000mg/10ml N1
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Remedy Group, SP OOO dlya Citco Chemicals Ltd
•6 ta dorixonada bor
Narxi
65 000 so'm dan
KARNILEV inyeksiya uchun eritma 1g N5
Retseptli
KARNILEV inyeksiya uchun eritma 1g N5
Gretsiya
Ishlab chiqaruvchi:
HELP S.A.
•88 ta dorixonada bor
Narxi
116 800 so'm dan
KARNILEV eritma dlya priema vnutr 1g N10
Retseptsiz
KARNILEV eritma dlya priema vnutr 1g N10
Gretsiya
Ishlab chiqaruvchi:
HELP S.A.
•108 ta dorixonada bor
Narxi
142 800 so'm dan
LEVOKAR eritma 50ml 1000mg/10ml N1
LEVOKAR eritma 50ml 1000mg/10ml N1
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Remedy Group SP OOO
•2 ta dorixonada bor
Narxi
61 000 so'm dan
LEVOKAR eritma 1000mg/5ml N5
LEVOKAR eritma 1000mg/5ml N5
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Remedy Group SP OOO
•6 ta dorixonada bor
Narxi
84 800 so'm dan
METAKARTIN eritma 2000mg/10ml N10
Retseptli
METAKARTIN eritma 2000mg/10ml N10
Buyuk Britaniya
Ishlab chiqaruvchi:
World Medicine Ltd
•101 ta dorixonada bor
Narxi
176 700 so'm dan
METAKARTIN eritma 5ml N5
Retseptli
METAKARTIN eritma 5ml N5
Buyuk Britaniya
Ishlab chiqaruvchi:
World Medicine Ltd
•92 ta dorixonada bor
Narxi
98 990 so'm dan

KARDITON eritma 1 g/10,0 ml N10 haqida savollar

KARDITON eritma 1 g/10,0 ml N10 haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Ko‘rilgan mahsulotlar

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil