Apteka.uz
SavatKirish

Karovel

Karovel chiqarilish shakllari

KAROVEL eritmasi 5 ml 1 g / 5 ml N5
Retseptli
KAROVEL eritmasi 5 ml 1 g / 5 ml N5
Turkiya
Ishlab chiqaruvchi:
World Medicine İlaç San. ve Tic. A.Ş., Tursiya proizvedeno: İdol İlaç Dolum San. ve Tic. A.Ş.
•2 ta dorixonada bor
Narxi
103 000 so'm dan
- Karovel qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Karovelning tarkibi
- Karovel ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Karovel narxi Toshkent dorixonalarida

Karovel haqida qo'llanma

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Preparatning faol moddasiga yoki yordamchi moddalaridan birortasiga o'ta yuqori sezuvchanlikda preparatni qo'llash mumkin emas.

Tarkibi

Har bir ampula quyidagilarni saqlaydi: 

faol modda: levokarnitin – 1,0 g.

yordamchi moddalar: xlorid kislotasi, in'ektsiya uchun suv.

Farmakodinamikasi

Karnitin hujayralarning tabiiy komponenti bo'lib, u erda u energiyani ishlab chiqarishda va tashilishida asosiy rol o'ynaydi. Karnitin mitoxondriyalarda uzun zanjirli yog'kislotalarini o'tishi va ularni β-oksidlanish jarayonida ishtirok etishi uchun yagona almashinmaydigan omil hisoblanadi; bundan tashqari karnitin mitoxondriyalarda ishlab chiqariladigan energiyani adenin-nukleotid-translokaza fermentini modulyasiyasi orqali tsitoplazmaga tashilishini nazorat qiladi. 

Karnitinning eng yuqori kontsentrasiyalari skelet mushaklarda va miokardda kuzatiladi. Miokard, energiya olish uchun turli substratlardan foydalanish hususiyatiga qaramay, odatda yog'kislotalaridan foydalanadi. Shuning uchun karnitin yurak metabolizmida muhim rol o'ynaydi, chunki yog'kislotalarini oksidlanishi moddaning etarli miqdoriga bog'liq. Eksperimental tadqiqotlarda, turli stress holatlarida, o'tkir ishemiya, difteriyali miokarditda miokard to'qimalarida karnitinning darajasini pasayishi mumkinligini ko'rsatdi. Hayvonlarning turli modellarida o'tkazilgan tadqiqotlarda, yurak funktsiyasining sun'iy yo'l bilan chaqirilgan turli o'zgarishlarida: o'tkir va surunkali ishemiya, yurak etishmovchiligi holati, difteriyali miokardit fonidagi yurak etishmovchiligi, medikamentoz (propranolol, Adriamisin) kardiotoksiklikda karnitinni ijobiy ta'siri tasdiqlangan. 

Levokarnitin quyidagi patologiyalarda terapevtik samaradorlik namoyon etgan: 

lipidlarni to'planishi bilan kechuvchi miopatiya, Reya sindromi turidagi jigar entsefalopatiyasi va/yoki zo'rayib boruvchi dilatasion kardiomiopatiya kabi fenotiplar bilan xarakterlanadigan birlamchi karnitin tanqisligi.

genetik organik asiduriyalari (propionat asidemiya, metilmalonat asiduriya, izovalerian asidemiya) bo'lgan pasientlarda va β-oksidlanishni genetik nuqsonlari bo'lgan pasientlarda ikkilamchi karnitin tanqisligi. Bunday holatlarda ikkilamchi karnitin tanqisligi yog'kislotalari efirlarini to'planishi bilan namoyon bo'ladi. Aslida endogen levokarnitin, metabolizmga uchramaydigan turli yog'kislotalariga nisbatan "bufer" sifatida ta'sir qiladi. 

vaqti-vaqti bilan gemodializ o'tkaziladigan pasientlarda ikkilamchi karnitin tanqisligi. Mushaklarda levokarnitinni kamayishi dializ vaqtida suyuqlik bilan yo'qotiladigan karnitin bilan ijobiy muvofiq bo'ladi. 

Gemodializ seansidan keyin bunday pasientlarda odatda kuzatiladigan mushak simptomlari levokarnitin bilan davolanganda yaxshilanadi.

Farmakokinetikasi

Levokarnitin vena ichiga yuborilganida asosan buyraklar orqali chiqariladi. Metabolik komponenti mutlaqo ahamiyatsizdir, levokartinni, uning efirlariga qaytar transformasiyasi bundan mustasno.

Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi

Fertillik Fertillikni o'rganish yuzasidan o'tkazilgan klinik tadqiqotlarda ijobiy samaralar aniqlangan, va havfsizligiga nisbatan muammolar aniqlanmagan. Homiladorlik Reproduktiv tadqiqotlar kalamushlar va quyonlarda o'tkazilgan. Teratogen samarasini ko'rsatuvchi dalillar turlarning hech birida kuzatilmagan. Kalamushlardan farqli ravishda, quyonlarda preparat maksimal dozada (sutkada 600 mg/kg) qo'llanganida postimplantasion yo'qotishlarni nazorat guruhiga nisbatan statistik jihatdan biroz oshishi kuzatilgan. Ushbu natijalarning odam uchun muhimligi noma'lum. Homilador ayollarda muvofiq klinik tadqiqotlar o'tkazilmagan. Karovel preparati homilaorlikda, ona uchun davolashdan kutiladigan foyda homila uchun potentsial havfdan ustun bo'lgan holatlardagina qo'llanishi mumkin. Laktasiya Levokarnitin ko'krak sutining tabiiy komponenti hisoblanadi. Emizadigan ayollarda levokarnitinni qo'llash o'rganilmagan. Karovel laktasiya davrida, ona uchun davolashdan kutiladigan foyda bola uchun, karnitinni haddan tashqari ekspozisiyasi oqibatida chaqirilgan potentsial havfidan ustun bo'lgan holatdagina qo'llanishi mumkin.

Dozani oshirib yuborilishi

Levokarnitinning dozasini oshirib yuborilishi va uni uzoq muddat qo'llanishi diareya bilan kechgan. Levokarnitin dializ yordamida qondan oson chiqariladi.

Maxsus ko‘rsatmalari

Qandli diabet bilan xastalangan, glyukozani utilizasiyasini yaxshilaydigan insulin yoki peroral gipoglikemik vositalarni qabul qilayotgan pasientlarda levokarnitinni qo'llash gipoglikemiyaga olib kelishi mumkin, shuning uchun bunday pasientlarda gipoglikemik davolashni o'z vaqtida korrektsiya qilish uchun glikemiyaning darajasini muntazam ravishda nazorat qilish lozim. 

Preparatni vena ichiga sekin (2-3 minut davomida) yuborish kerak. 

Anamnezida tirishish faolligiga ega bo'lgan pasientlarda levokarnitinni qo'llash yurak hurujlarini og'irlik darajasi va/yoki uchrash tezligini oshirishi mumkin. Moyillik omillari bo'lgan pasientlarda levokarnitin bilan davolash tirishishlarni chaqirishi mumkin. 

Levokarnitin fiziologik modda hisoblanadi va o'rganib qolish yoki qaramlikni rivojlanish havfiga olib kelmaydi. 

Kumarin preparatlari bilan yondosh davolangan pasientlarda Xnn oshishini juda kam holatlari qayd etilgan. Antikoagulyantlar va Karovel preparati bilan yondosh davolanayotgan pasientlarda Xnn yoki koagulyasiyaning boshqa muvofiq ko'rsatkichlarini, qiymatlar barqarorlashgunicha har hafta, so'ngra esa – har oy nazorat qilish kerak.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Levokarnitin va kumarin preparatlari o'rtasidagi o'zaro ta'sirni istisno qilish mumkin emas. Kumarin preparatlari bilan yondosh davolangan pasientlarda Xnn oshishini juda kam holatlari qayd etilgan. Antikoagulyantlar va Karovel preparati bilan yondosh davolanayotgan pasientlarda Xnn yoki koagulyasiyaning boshqa muvofiq ko'rsatkichlarini, qiymatlar barqarorlashgunicha har hafta, so'ngra esa – har oy nazorat qilish kerak. 

Levokarnitinni, karnitinni buyrak orqali chiqarilishini oshishi oqibatida gipokarnitinemiyani induktsiya qiluvchi preparatlar (valproat kislotasi, pikolevat kislotasini saqlovchi olddorilar, tsefalosporinlar, tsisplatin, karboplatin va ifosfamid) bilan bir vaqtda qo'llash levokarnitinni kiraolishligini pasaytirishi mumkin.

Qo‘llash usuli va dozirovkasi

Gemodializ fonida ikkilamchi karnitin tanqisligi: 2 g eritma dializ seansining yakunida vena ichiga sekin yuboriladi. 

2,5 g dozasi 1 yildan ortiq muddat davomida dializda bo'lgan pasientlarda qo'llash uchun ko'rsatilgan bo'lishi mumkin. 

Preparatni vena ichiga sekin (2-3 minut davomida) yuborish kerak. 

Izoh 

Levokarnitin preparatlarini uzoq muddat qo'llash talab etilgan birlamchi va ikkilamchi karnitin tanqisligi bo'lgan pasientlar preparatning peroral shaklini qabul qilishlari kerak. Preparatning sutkalik dozasi pasientning yoshi va tana vazniga bog'liq: tug'ilgandan 2 yoshgacha bo'lgan bolalarga 1 kg tana vazniga 150 mg/kg dan; 2 yoshdan 6 yoshgacha bo'lgan bolalarga – 1 kg tana vazniga 100 mg/kg dan; 6 dan 12 yoshgacha bo'lgan bolalarga – tana vazniga 75 mg/kg dan; 12 yoshdan oshganlar va kattalarga kasallikning og'irlik darajasiga va shifokorning ko'rsatmasiga qarab 2-4 g dan qabul qilish tavsiya etilgan. Peroral dori shaklini qabul qilish imkoni bo'lmagan holatlarda vena ichiga yuborish shaklini qo'llashga ruxsat etiladi. 

Pasientlarning maxsus guruhlari 

Keksa yoshdagi pasientlar 

Keksa yoshdagi pasientlarda Karovel preparatining dozasini o'zgartirish va maxsus ehtiyotkorlik choralari talab etilmaydi. Klinik tadqiqotlarda kuzatilgan havfsizlik profili keksa yoshdagi va yosh odamlarda qiyoslab bo'ladigan darajada bo'ladi. 

Diabet bo'lgan pasientlar 

Glyukozani utilizasiyasi uchun insulin yoki peroral gipoglikemik vositalar qabul qiladigan diabet bilan xastalangan pasientlarga levokarnitinni qo'llash gipoglikemiyaga olib kelishi mumkin, shuning uchun bunday pasientlarda gipoglikemik davolashni o'z vaqtida korrektsiya qilish uchun glikemiyaning darajasini muntazam ravishda nazorat qilish kerak.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Karovel preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing
Manbalar ro‘yxati:

Karovel narxlari

Dorixonalar
Manzil
Ish vaqti
Sotib olish
Vaksina Med №23
Mirzo Ulug'bek tumani, Feruza ko'ch., 1 uy, 36 xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
110 000 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №29
Yashnobod tumani, Birlashgan ko'ch., 6 kirish, 9 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
110 000 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №28
Yashnobod tumani, Birlashgan ko'ch., 51 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
110 000 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №26
Chilonzor tumani, Muqumiy ko'ch., 4 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
110 000 so'm
Bron qilish

Karovel haqida savollar

Karovel haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil