Ташкент
logo
SavatKirish

XONDRO-RITZ

XONDRO-RITZ chiqarish shakllari

XONDRO RITZ kapsulalar  N50
XONDRO RITZ kapsulalar N50
Gruziya
Ishlab chiqaruvchi:
GM Pharmaceuticals Ltd, OOO
- XONDRO-RITZ qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- XONDRO-RITZning tarkibi
- XONDRO-RITZ ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- XONDRO-RITZ narxi Toshkent dorixonalarida

XONDRO-RITZ qo'llanmasi

Ishlab chiqarilish joyi
Gruziya
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

XONDRO–Ritz

CHONDRO-Ritz

 

Preparatning savdo nomi: XONDRO-Ritz

Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): Chondroitin Sulfate, D-Glucosamine Sulfate.

Dori shakli: kapsula

Tarkibi:

Bir kapsula quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: 200 mg xondroitin sulfati va 250 mg D-glyukozamin sulfati;

yordamchi moddalar: magniy stearati.

Ta‘rifi: №0 o‘lchamli qattiq, jelatin kapsulalar.

Kapsulaning rangi – korpusi va qopqoqchasi – och-yashil rangda. Kapsulaning ichidagi modda – och sariq tusli oq rangli kukun.

Farmakoterapevtik guruhi: tog‘ay to‘qimasida moddalar almashinuvini boshqaruvchi preparat.

ATX kodi: M09AX02.

 

Farmakologik xususiyatlari

Tog‘ay to‘qimasida moddalar almashinuvini boshqaruvchi preparatdir. Yallig‘lanishga qarshi va og‘riq qoldiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi, tinch holatda va harakatlangandagi og‘riqni kamaytiradi, nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalarga ehtiyojni kamaytiradi.

Xondroitin sulfati – yuqori molekulyar muko-polisaxarid bo‘lib, tog‘ay to‘qimasida fosfor-kalsiy almashinuvini boshqaruvchi vositadir. Suyak to‘qimasining rezorbsiyasini sekinlashtiradi va kalsiyni yo‘qotilishini kamaytiradi, suyak to‘qimasini tiklanish jarayonlarini tezlashtiradi, tog‘ay to‘qimasini degenerasiya jarayonini tormozlaydi. Biriktiruvchi to‘qimani ezilishiga to‘sqinlik qiladi va bo‘g‘im yuzalarini o‘ziga xos moylovchi modda rolini o‘ynaydi. Gialin to‘qimasida modda almashinuvini normallashtiradi. Bo‘g‘im tog‘ayining regenerasiyasini rag‘batlantiradi.

D-glyukozamin sulfati –proteoglikanlar va glikozamin-glikanlar tarkibiga kiruvchi endogen moddadir. Tog‘ay to‘qimasining struktur yaxlitligini ta‘minlaydi. Muntazam qo‘llanilganda proteoglikanlar va gialuron kislotasini sintezini faollashishi hisobiga bo‘g‘imlar, umurtqa pog‘onasi va umurtqa pog‘onasi atrofidagi yumshoq to‘qimalarning degenerativ jarayonlarini avj olishini sekinlashtiradi.

 

Qo‘llanilishi

  • bo‘g‘imlar va umurtqa pog‘onasining degenerativ-distrofik kasalliklarini davolash va oldini olish;
  • birlamchi va ikkilamchi osteoartrit (osteoartroz);
  • turli sohalardagi osteoartrit (tizza, chanoq-son, bilak-kaft bo‘g‘imlari, umurtqa pog‘onasi va boshqalar);
  • elka-kurak periartriti;
  • osteoxondroz;
  • spondilez;
  • osteoporoz, paradontopatiya;
  • suyak sinishlarida (suyak qadog‘ini hosil bo‘lishini tezlashtirish uchun) qo‘llanadi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Boshlang‘ich doza sutkada 6 kapsulani tashkil etadi, keyinchalik davolash kursi quyidagicha davom ettiriladi: sutkada 4 kapsuladan 1,5-2 oy davomida. Kapsulalar ovqatdan oldin qabul qilinadi.

Vaqt o‘tgan sari preparatning samarasi kuchayadi, davolash kursi odatda intervallar bilan 6 oy takrorlanadi.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Kam hollarda: allergik reaksiyalar.

Epigastral sohada og‘riq, ko‘ngil aynishi, meteorizm, diareya, qabziyat kuzatilishi mumkin.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Majmuaviy qo‘llanilganda glyukozamin me‘da-ichak yo‘llaridan tetrasiklinlarni so‘rilishini kuchaytiradi va penisillin va xloramfenikolni so‘rilishini kamaytiradi.

Homiladorlik va laktasiya (emizish) davrida preparatni qo‘llash xavfsizligi yuzasidan klinik tadqiqotlar o‘tkazilmagan.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng qo‘llanmasin.

Chiqarilish shakli

Kapsulalar, 120 kapsuladan plastmass flakonlarda, bir flakondan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan o‘ramda.

Saqlash sharoiti

10-25°S haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Shifokor reseptisiz!

Ulashish:

XONDRO-RITZ narxlari

XONDRO-RITZ barcha rasmlari

Barcha rasmlar

XONDRO-RITZ savollari

XONDRO-RITZ fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil