Klomex
Klomex chiqarish shakllari
Klomex qo'llanmasi
Har bir suppozitoriy quyidagilarni saqlaydi:
faol moddalar: metronidazol 200 mg, Klotrimazol 160 mg, xlorgeksidina atsetat 8 mg;
yordamchi moddalar: polietilenglikol 1500, polietilenglikol 6000, titana dioksid, butilgidroksitoluol.
Klomex – bakteriyalarga va zamburug'larga qarshi keng ta'sir doirasiga ega bo'lgan majmuaviy preparatdir. Metronidazol mikroorganizmga passiv diffuziya yo'li bilan kiradi. Bakteriya hujayrasi ichida u qayta tiklanadi va biologik faol tsitotoksik metaboliti DNK ni shikastlaydi. Metronidazolning nitroguruhini tiklaydigan ferment nitroreduktaza kislorod ishtirokida samarasiz hisoblanadi, bu metronidazolni faqat anaerob sharoitlarda ishlashini tushuntiradi.
Metronidazol sodda hayvonlar (trixomonadalar, lyambliyalar), obligat anaerob bakteriyalarga (klostridiylarga) nisbatan keng ta'sir doirasiga ega.
Metronidazol ba'zi sodda hayvonlar (Trichomonas vaginalis, Entamoeba hystolitica va Giardia lamblia) va obligat anaerob mikroorganizmlar tomonidan chaqirilgan infektsiyalarga qarshi samaralidir.
Klotrimazolning antimikotik ta'siri zamburug'larning hujayra membranasi tarkibiga kiruvchi ergosterol sintezini buzilishi bilan bog'liq, bu membrananing o'tkazuvchanligini o'zgarishiga olib keladi va keyinchalik hujayralar lizisini chaqiradi. Klotrimazol past kontsentrasiyalarda fungistik ta'sir qiladi, yuqori kontsentrasiyalarda esa – fungisid ta'sir qiladi, bunda proliferasiya qiluvchi hujayralar bilan cheklanib qolmaydi. Fungisid kontsentrasiyalarda mitoxondrial va peroksidaza fermentlari bilan o'zaro ta'sirlashadi, buning natijasida vodorod peroksidining kontsentrpsiyasi toksik darajagacha ortadi, bu ham zamburug'hujayralarini nobud bo'lishiga yordam beradi. Klotrimazol zamburug'larga qarshi keng faollik ta'siriga ega.
Xlorgeksidin bakteriyalarning hujayra membranalaridagi fosfolipidlar bilan nospesifik bog'lanishi hisobiga antibakterial ta'sir ko'rsatadi, u erda xlorgeksidin degidrogenaza va ATFazaning faolligini ingibitsiya qiladi va kaliy, nukleotidlar va aminokislotalar uchun membrananing o'tkazuvchanligini yomonlashtiradi.
Xlorgeksidin eng faol mahalliy antiseptiklardan biri hisoblanadi.
Metronidazol intravaginal yuborilganida tizimli qon oqimiga so'riladi. Qondagi Cmax
6-12 soatdan keyin aniqlanadi va metronidazolning ekvivalent dozasi ichga bir marta qabul qilingandan keyin (1-3 soatdan so'ng) erishiladigan Cmax ning taxminan 50% tashkil qiladi. Metronidazol va uning metabolitlarini 60-80% buyraklar orqali chiqariladi, yuborilgan dozaning 6-15% ichaklar oqrali chiqariladi.
Klotrimazol shilliq qavatlar orqali ahamiyatsiz darajada (3%) so'riladi. So'rilgan preparat jigarda metabolizmga uchraydi va buyraklar orqali chiqariladi; yarim chiqarilish davri
3-5 soatni tashkil qiladi.
Xlorgeksidin shilliq qavatlar orqali deyarli so'rilmaydi.
Bevosita uxlashdan oldin, qo'llar yaxshilab yuvilgandan so'ng, yotgan holatda suppozitoriy barmoq uchlariga joylanadi va qinga chuqur kiritiladi. Bir marta qo'llash uchun bitta suppozitoriy kiritiladi. Davolanish kursi 7 kunni tashkil etadi. Takroriy davolanish kursi, preparatni qo'llash bekor qilingan vaqtdan boshlab, birinchi hayz qoni kelganidan so'ng o'tkaziladi.
Yuborish yo'li
Faqat vaginal qo'llash uchun mo'ljallangan.
Homiladorlik va laktasiya davrida qo'llanilishi
Homiladorlikning I uch oyligida preparatni qo'llash tavsiya etilmaydi.
Qadoqning butunligi buzilganida yoki suppozitoriyning tashqi ko'rinishi o'zgarganida preparatni qo'llash tavsiya etilmaydi.
Avtomobilni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'siri
Transport vositalari va potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga preparatni ta'sir qilish xususiyatlari aniqlanmagan.
Ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak bo'lgan o'zaro ta'sirlar:
Vaginal qo'llash uchun mo'ljallangan boshqa preparatlarni bir vaqtda qo'llash tavsiya etilmaydi.
Nistatin va natamisin klotrimazolning samaradorligini pasaytiradi.
7 suppozitoriydan blisterlarda. 1 blister tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Kam holatlarda allergik reaktsiyalar yuzaga kelishi mumkin, qinda achishish hissi kuzatilishi mumkin.
Shubha qilingan nojo'ya reaktsiyalar to'g'risida xabar berish
Dori vositasi ro'yxatdan o'tkazilgandan keyin shubha qilingan nojo'ya reaktsiyalar to'g'risida xabar berish muhim. Bu dori vositasining foyda/xavf nisbatini doimo monitoring qilib borish imkonini beradi.












