Ташкент
logo
SavatKirish

Lagoden

Lagoden chiqarish shakllari

LAGODEN inyeksiya uchun eritma 5ml 0,5% N5
Retseptli
LAGODEN inyeksiya uchun eritma 5ml 0,5% N5
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
OOO SP "NOVOPHARMA PLUS"
- Lagoden qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Lagodenning tarkibi
- Lagoden ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Lagoden narxi Toshkent dorixonalarida

Lagoden qo'llanmasi

Ishlab chiqarilish joyi
O'zbekiston
Kategoriya
Nimaga qarshi
Faol modda
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Umumiy ma'lumot

 QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

LAGODEN

LAGODENUM

 

Preparatning savdo nomi: Lagoden

Ta‘sir etuvchi modda: Lagoden

Dori shakli: In‘eksiya uchun eritma.

Tarkibi:

faol modda: lagoden moddasiga qayta hisoblanganda lagoden trigidrati – 5,0 g.

yordamchi moddalar: in‘eksiya uchun suv – 1 l gacha.

Ta‘rifi: Tiniq, rangsiz suyuqlik.

Farmakoterapevtik guruhi: Gemostatiklar.

Farmakologik hususiyatlari

Kelib chiqishi tabiiy bo‘lgan mast qiluvchi lagoxilus – Lagochilus inebrians Bunge gullari va barglaridan olinadigan preparat qon ketishini bartaraf qiladi, trombositlar adgeziyasini, agregasiyasini va sonini oshiradi, geparinning ta‘sirini qisqartiradi. Preparat Li-Uayt bo‘yicha ivish vaqti, trombin vaqti, protrombin indeksi, fibrinogen kabi ko‘rsatkichlarni ishonchli ravishda oshiradi, qon yo‘qotilishi kattaligini kamaytiradi. Preparatning gemostatik samarasi qon ivishining 1 va 2 fazalarini faollashtirishi, faol tromboplastinni hosil bo‘lishini tezlashtirishi va protrombinni trombinga aylanishini, mustaxkam tromb laxtasi hosil bo‘lishini tezlashtirishi bilan bog‘liq.

Qo‘llanilishi

Preparatni o‘tkir va surunkali qon ketishlarini (me‘da-ichak, gemorroidal, o‘pka, bachadon va boshqalar), parenximatoz qon ketishlarini (buyrak, taloq, bosh miya), kapillyar va boshqa qon ketishlar, otolaringologiya amaliyotidagi operativ aralashuvlardagi (tonzilloektomiyada, quloqdagi mikrojarrohlik aralashuvlarda va boshqalarda), stomatologiyada tishlarni, kista, granulemalarni olib tashlashda, me‘da-ichak yo‘llarida operasiya qilish vaqtida, bachadondagi ginekologik operasiyalarda, shu jumladan qon ivish tizimining buzilishi bilan bog‘liq bo‘lgan qon ketishlarida, davolash va oldini olish uchun buyuriladi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Preparat o‘tkir qon ketishlarida vena ichiga 0,05-0,1 g (10-30 ml) dozada yuboriladi. Samarasi kamligida yoki samarasi bo‘lmaganida preparat 20-30 minutdan keyin, dozasini 2-3 martaga oshirib, takroran yuboriladi. Sutkada preparatni 0,2-0,3 g gacha yuborish mumkin.

Surunkali qon ketishlarida preparat 0,05-0,15 g (10-30 ml) dozada, 4-5 soatlik interval bilan kuniga 2-3 marta, 5-7 kun davomida buyurilishi mumkin.

Parenximatoz (jigar, taloq, limfatik, bosh miya, suyak to‘qimasi), burun va jarohatdan qon ketishlarida preparat mahalliy ishlatiladi.

Preparatning eritmasi bilan ho‘llangan salfetka 3-5 minut tutib turiladi.

 

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Preparat qo‘llanganida nojo‘ya holatlar aniqlanmagan.

 

Ko‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparat shaxsiy yuqori sezuvchanlikda, 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda (prepartani ushbu toifa bemorlariga ta‘siri to‘g‘risida ma‘lumotlarning yo‘qligi tufayli), shuningdek giperkoagulyasion holatlarda va tromboembolik kasalliklarda qo‘llash mumkin emas.

Dorilar bilan o‘zaro ta‘siri

Dori preparatlari bilan o‘zaro ta‘siri aniqlanmagan.

Maxsus ko‘rsatmalar

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.

Chiqarilish shakli

0,5% in‘eksiya uchun eritma, ampulalarda 5 ml dan.

Saqlash sharoiti

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

2 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Lagoden savollari

Lagoden fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil