Ташкент
logo
SavatKirish

LAKSIV

LAKSIV chiqarish shakllari

LAKSIV eritma dlya priema vnutr 200 ml 3,35g/5ml
LAKSIV eritma dlya priema vnutr 200 ml 3,35g/5ml
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Agio Pharmaceutical Limited
LAKSIV eritma dlya priema vnutr 200ml 3,35g/5ml
LAKSIV eritma dlya priema vnutr 200ml 3,35g/5ml
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Agio Pharmaceutical Limited
- LAKSIV qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- LAKSIVning tarkibi
- LAKSIV ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- LAKSIV narxi Toshkent dorixonalarida

LAKSIV qo'llanmasi

Ishlab chiqarilish joyi
Hindiston
Faol modda
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

LAKSIV

LAXIV

 

Preparatning savdo nomi: Laksiv

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): laktuloza

Dori shakli: ichga qabul uchun eritma

Tarkibi:

Har 5 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: laktuloza konsentrati (USP) laktulozaga ekvivalent  – 3.35 g;

yordamchi modda: suvli asos – q.s.

Ta‘rifi: tiniq, rangsiz yoki jigarrang tusli sariq rangli qovushqoq suyuqlik.

Farmakoterapevtik guruhi: surgi vositasi

ATX kodi: A06AD11

Farmakologik xususiyatlari

Preparatning ta‘siri ostida yo‘g‘on ichak florasini o‘zgarishi (sut kislotasini hosil bo‘lishi bilan uglevodlarni parchalaydigan lakto-bakteriyalarining miqdorini oshishi) yuz beradi, bu yo‘g‘on ichak bo‘shlig‘ida kislotaliligini oshishiga olib keladi va uning peristaltikasini rag‘batlantiradi (to‘lqinsimon harakatlar). Shu bilan bir qatorda ahlat hajmi oshadi. Natijada preparat ichni suruvchi samara ko‘rsatadi, bunda u ichak shilliq qavati va mushaklariga ta‘sir qilmaydi. Shuningdek preparatning ta‘siri ostida yo‘g‘on ichakda ammiakning so‘rilishi, uning proksimal bo‘limida azot saqlovchi toksik moddalarning hosil bo‘lishini (yo‘g‘on ichakning boshlang‘ich bo‘limida), va ularni muvofiq kavak vena tizimiga so‘rilishini kamayishi yuz beradi. Preparat yo‘g‘on ichakda salmonellalarning o‘sishini ingibisiya qilish (bostirish) qobiliyatiga ega. Vitaminlarning so‘rilishini kamaytirmaydi va o‘rganib qolishni (uzoq muddat takroriy qo‘llanganida sugi samarani susayishi yoki bo‘lmasligi) chaqirmaydi. Amalda ichakdan so‘rilmaydi.

Farmakokinetikasi

Laktuloza ichga qabul qilinganidan keyin sekin so‘riladi va yo‘g‘on ichakka o‘zgarishsiz yetib boradi. 40-75 ml gacha dozada qabul qilinganidan keyin yo‘g‘on ichakda bakterial flora ishtirokida metabolizmga uchraydi. Yuqoriroq dozalarda qo‘llanganida, bir qismi o‘zgarmagan holda chiqarilishi mumkin.

Qo‘llanilishi

Surunkali qabziyatlar, jigar ensefalopatiyasi (nerv-ruxiy buzilishlar bilan birga kechuvchi jigarning og‘ir kasalliklari); salmonellez (me‘da-ichak yo‘llarining o‘tkir infeksion kasalliklari), yoyilgan shakllaridan tashqari (infeksiyani qo‘zg‘atuvchilarini qonga tushishi bilan birga kechuvchi salmonellyozlar), emizikli bolalalar va 10 yoshgacha bo‘lgan bolalarda ovqatdan zaharlanishlar natijasida chirish jarayonlari bilan bog‘liq bo‘lgan ovqatni hazm bo‘lishini buzilishlari. Laktulozani homilador va emizikli ayollarda, 6 haftalikdan katta bolalarda, keksa odamlarda, shuningdek gemorroidal tugunlarning rezeksiyasini o‘tkazgan shaxslarda (to‘g‘ri ichakning shishgan va yallig‘langan venalarini olib tashlash) qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Preparat ichga qabul qilinadi. Sutkalik doza shaxsiy tanlanadi. Qabziyatlarda va ichni yumshatish (tibbiy maqsadlarda) uchun quyidagi dozalarda buyuriladi:

boshlang‘ich doza                    tutib turuvchi doza

kattalar                                            10-45 ml                                10-25 ml

bolalar (7-14 yosh)                                   15 ml                                10-15 ml

bolalar (1-6 yosh)                                  5-10 ml                                  5-10 ml

chaqaloqlar (6 haftalik – 1 yosh)              5 ml                                        5 ml

Odatda bir necha kundan keyin pasientning ehtiyojini tutib turish uchun dozani kamaytirish mumkin. Klinik samarasi yuz berishi uchun bir necha kun talab qilinishi mumkin. Agarda birinchi 2 kun qabul qilinganidan keyin ijobiy samara bo‘lmasa, yuqoriroq dozalarni ko‘rib chiqish mumkin.

Jigar ensefalopatiyasini (koma va prekoma) davolash uchun preparat 30-50 ml dan sutkada 2-3 marta buyuriladi. Dozani 190 ml gacha oshirish mumkin. Jigarning og‘ir shikastlanishlari bo‘lgan bemorlarda jigar komasining rivojlanishini oldini olish uchun, preparat 25 ml dan sutkada 3 marta buyuriladi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Qorinda og‘riq, meteorizm, diareya, ba‘zida ko‘ngil aynishi, qusish, anoreksiya.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • Galaktozemiya,
  • O‘tkir ichak tutilishi;
  • Preparatning har qanday komponentlariga yuqori sezuvchanlik.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Yo‘g‘on ichakning rN ga bog‘liq preparatlarining ta‘siri (5-ASA kabi agentlar) pasayadi, chunki Laksiv yo‘g‘on ichakda rH darajasini pasaytiradi.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Laktulozani galaktozemiyali yoki ichakni tutilishi bo‘lgan pasientlarga, shuningdek yuqori galaktozali pasientlarga buyurish mumkin emas. Laktozani o‘zlashtiraolmasligi yoki qandli diabeti bo‘lgan bemorlarda, biroz erkin galaktoza va laktoza bo‘lganligi tufayli, ehtiyotkorlik ko‘rsatish kerak.

Homiladorlik va laktasiya

Preparatni homiladorlik va laktasiya davrida shifokorni ko‘rsatmasi bo‘yicha qo‘llash mumkin.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va uni yaroqlilik muddati tugaganidan keyin qo‘llanmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: preparat uzoq muddat qo‘llanganida diareya (suvsizlanish, gipokaliemiya) bo‘lishi mumkin.

Davolash: darhol preparatni bekor qilish.

Chiqarilish shakli

Ichga qabul qilish uchun eritma 100 ml, 200 ml dan plastik flakonlarda.

Saqlash sharoiti

Quruq, salqin, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

 

Dorixonadan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

LAKSIV barcha rasmlari

Barcha rasmlar
Barcha rasmlar

LAKSIV savollari

LAKSIV fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil